Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


 Uzluksiz ta`lim tizimida adabiy materiallarni o`rganish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana02.03.2018
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15

2.3. Uzluksiz ta`lim tizimida adabiy materiallarni o`rganish 
jarayonida lug`at ishi. 
 
TRTdagi  maktablar,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining  o`zbek  tili 
dars(mashg`ulot)larida  adabiy  matnlarni  o`qib  mazmunini  tushunish,  badiiy  idrok 
etishning  to`g`riligi  va  to`liqligi,  chuqurligi  ko`p  jihatdan  ulardagi  leksik  va 
grammatik  materiallarning  qanchalik  o`zlashtirilganligiga  bog`liqdir.  So`z  boyligini 
hosil  qilish,  L.A.Sheymanning  fikricha,  asl  nusxada  rus  adabiyoti  namunalarini 
o`zlashtirishdagi  o`quvchilar  yo`lida  turgan  til  “to`sig`i”  ni  engib  o`tishning  asosiy 
yo`lidir  [118,141].  O`zbek  adabiyoti  namunalarini  o`rganishda,  rusiyzabon 
o`quvchilarning o`zbekcha nutqi talab darajasida emasligini hisobga oladigan bo`lsak, 
bu yo`l yana ham muhim ahamiyat kasb etadi.  
Badiiy  asarlarda  ishlatiladigan  so`zlar  jonli  so`zlashuvga  xos  lekskadan, 
shuningdek,  ilmiy-ommabop  matnlardagi  leksikadan  ma`lum  tafovutlarga  ega. 
Bunday  farqlar,  ayniqsa,  nutq  uslublaridagi  tafovutlar  tilshunoslikda  atroflicha 

 
 
66 
66 
yoritilgan.  Badiiy  asarlarda  so`z  ishlatilishi  qo`llanish  chastotasiga  ko`ra  ham 
o`rganilgan.  S.Rizaev,  N.Bo`ronovlarning  “Abdulla  Qahhor  “Sinchalak”  povesti 
tilining  chastotali  lug`ati”  da  hisoblab  chiqilishicha,  mazkur  asarda  jami  37482  so`z 
ishlatilgan  bo`lib,  bular  10590  lug`at  birligini  ifoda  etadi  [93,6].  “O`zbek  tili”  DTSi 
talabiga  ko`ra  esa  2-9-sinflarda  jami  2100  lug`at  birligi  o`rganiladi.  Farq  juda  katta. 
Ushbu farqlanish badiiy matnni tushunishda tug`iladigan leksik qiyinchiliklarning bir 
jihati, xolos. Boshqa qiyinchiliklar ko`p ma`nolilik va boshqa leksik hodisalarga borib 
taqaladi.  
Badiiy  asarning  til  xususiyatlari  nazariy  tomondan  atroflicha  yoritilgan. 
“Adabiyot  nazariyasi”  kitoblarida  ham,  adabiy-nazariy  tushunchalarni  o`rganishga 
doir  qo`llanmalarda  ham,  ayrim  tadqiqot  ishlarida  ham  bu  masala  atroflicha  ko`rib 
chiqilgan.  Xususan,  keyingi  yillarda  M.M.Yo`ldoshev,  M.A.Mamadalievalarning 
tadqiqotlari,  tilshunoslikda  H.Ne`matov,  R.Rasulovlarning  asarlarida,  adabiyot 
o`qitish  metodikasida  T.Boboev,  M.Mirqosimovaning  qo`llanmalarida  keng 
to`xtalgan.  Ikkinchi  tilni  o`qitish  metodikasida  Zal`diner,  K.T.Golenkina, 
L.G.Baykievalarning tadqiqotlari, R.Yo`ldoshevning maqolalarida yoritilgan. 
H.Ne`matov  va  R.Rasulovlar  o`zbek  tili  leksikasini  uzviy  (komponent)  tahlil 
asosida  yoritar  ekanlar,  so`z  ma`nosining  tarkibidagi  ifoda  semalariga  “semema 
tarkibidagi  atash  semasidan  tashqari  turlicha  qo`shimcha  ma`nolarni  (uslubiy 
bo`yoqni,  shaxsiy  munosabatni,  qo`llanish  doirasini)  anglatuvchi  semalar”  deb  ta`rif 
beradilar [82,60].  
M.M.Yo`ldoshev  “Cho`lponning  badiiy  til  mahorati”  mavzusidagi  tadqiqot 
ishida ma`nodosh, zid ma`noli so`zlarning tasviriy imkoniyatlari haqida atroflicha so`z 
yuritadi.  Chunonchi,  o`zbek  tilida  o`ramoq,  burkamoq,  chulg`amoq,  chirmamoq 
tarzidagi  ma`nodosh  so`zlar  qatoridagi  burkamoq  so`zida  o`ramoq  so`ziga  nisbatan 
o`rash  belgisi  anchayin  ortiq,  ya`ni  uning  ma`no  qurilishida  “hech  bir  ochiq  joyini 
qoldirmay”  degan  qo`shimcha  ifoda  semasi  mavjud.  Shuning  uchun  ham  ushbu 
parchada  Cho`lpon  tegishli  mazmun  ifodasi  uchun  o`ramoq  so`zini  emas,  balki  ayni 
burkamoq  so`zini  tanlash  orqali  tasvirdagi  aniqlik  va  ekspressivlikni  oshirishga 
muvaffaq bo`lgan [39,8].  
Ko`pincha,  asarda  birdaniga  uchta  ma`nodosh  so`z  yonma-yon  qo`llanadi  va 
ifoda  semalari  belgining  darajalangan  holda  ifodalanishiga  xizmat  qiladi  [39,8]. 
Romanda  frazeologik  ma`nodoshlikning  ham  go`zal  namunalari  mavjud.  Tilimizdagi 
achchig`ini  chiqarmoq  va  g`ashini  qo`zg`atmoq  iboralari  o`zaro  ma`nodosh,  ular 
romanda  bir  qadar  bir-biriga  qarshilantirilgan  holda  qo`llangan:  Buning  uchun 
so`fining achchig`ini chiqaradigan emas, uning bir oz g`ashini qo`zg`atadigan bir gap 
aytib qo`ydi [39,9].  
Leksik-frazeologik  ma`nodoshlik  romanda  muayyan  mazmunni  quyuq 
ekspressiya bilan ifodalashga xizmat qiladi.  
Cho`lpon  romanida  zid  ma`noli  so`zlar  asosida  yuzaga  keltiriladigan  tazod, 
zidlantirish,  qarshilantirish  san`atining  betakror  namunala-rini  yaratgan.  Zid  ma`noli 
so`zlar  qatoridan  foydalangan  holda  yozuvchi  turli  tushunchalar,  belgilar,  holatlar, 
obrazlarni  qarshilantirish  orqali  ularni  yanada  ta`kidlash  imkoniga  ega  bo`ladi. 
Romanda foydalanilgan lisoniy sathdagi leksik zid ma`nolilik ko`proq ot, sifat, ravish, 

 
 
67 
67 
fe`l turkumlariga oiddir. Misollar: Opa – ba`zida do`st, ba`zida dushman... Singil ham 
shunday! (190) [39,10].  
Cho`lpon  romanda  tasvirlanayotgan  davr  voqeligini  real  tasvirlash,  asarning 
tarixiylik  ruhini  ta`minlash  maqsadida  tarixiy  so`zlardan  o`rinli  va  unumli 
foydalangan [39,12].  
Har  qanday  badiiy  nutq  nazariyasida  ko`chimlar  markaziy  figura  sifatida 
qaraladi, chunki ko`chimlarning aksariyati badiiy nutqda emotsionallik, ekspressivlik, 
ta`sirchanlik,  obrazlilik  kabi  muhim  sifatlarni  beradi.  Har  qanday  o`xshatishning 
lingvopoetik  asosini  o`xshatish  etaloni  tashkil  etadi.  O`xshatishning  originalligi 
o`xshatish  etalonining  originalligiga  ko`ra  yuzaga  keladi.  Nutqimizdagi  ayiqday 
qo`pol, qo`yday  yuvosh, tulkiday ayyor,  paxtaday oq, toshday qattiq kabi bir qancha 
o`xshatishlardagi  o`xshatish  etalonlari  originalligini  yo`qotganligi  uchun  an`anaviy 
o`xshatishlar deb qaraladi [39,16]. 
M.M.Yo`ldoshev  M.Mukarramovning  an`anaviy  o`xshatishlar  obrazlilik  va 
emotsional-ekspressivlik xususiyatlarini yo`qotgan degan fikrini eslar ekan, tildagi har 
qanday  so`z  yoki  iborani  tasviriylik,  obrazlilik  maqsadiga  xizmat  qildirish 
yozuvchining  mahoratiga  bog`liq  deb  alohida  ta`kidlaydi.  Cho`lpon  bunday 
o`xshatishlarga, ular bilan bir qatorda tasvirni kuchaytiruvchi turli vositalarni keltirib, 
go`yoki  yangidan  ekspressiv  nur  beradi.  Devday  ulkan  (baquvvat)  an`anaviy 
o`xshatishi romanda mana bunday kontekstda qo`llangan: “Men, - deydi Zebi, - yakka 
boshim  bilan  qarshilik  qilib  eplay  olamanmi?  U  –  devday  bir  erkak  bo`lsa,  men  bir 
siqim joni bor qiz bo`lsam? (219) Misolda an`anaviy o`xshatish bir siqim joni bor qiz 
birikmasiga  zidlantirilgan  holda  qo`llangan  va  kuchli  kontrast  yuzaga  keltirilgan  shu 
asosda devday o`xshatishi kuchli ekspressivlik kasb etgan [39,16].  
Tadqiqotchi  metafora  xususida  to`xtalib,  mutaxassislarning  bu  vositadan  nomi 
yo`q  bo`lgan  narsa-tasavvurlarga  nom  berish  maqsadida  foydalanish  faqat  ana  shu 
ehtiyojgagina bog`liq emas, u inson tabiatidagi obrazli ifodaga o`chlik bilan aloqador, 
nomi  bor  narsalarni  ham  metaforik  yo`l  bilan  ifodalashga  insonda  ichki  bir  tabiiy 
intilish  mavjud  degan  fikrlariga  to`xtalib,  bunday  deydi:    “Metaforalar,  ayniqsa, 
xususiy-muallif  metaforalari  ko`proq  estetik  maqsad,  ya`ni  borliqni  sub`ektiv 
munosabatni qo`shib ifodalagan holda nomlash asosida yuzaga keladi. Shuning uchun 
ham  ularda  hamisha  konnotativ  ma`no  mavjud  bo`ladi”...  “Asarda  yaratilgan  ba`zi 
metaforalar  o`sha  davr  ijtimoiy  hayotiga  yangi  kirib  kelgan  tushunchalarni 
ifodalaydigan  so`zlarga  asoslangan.  Masalan,  Muncha  sergap  ekan  bu  xotin?  –  dedi 
Miryoqub. – Gramofon-a!” (151) [39,19]. 
Badiiy  asarning  til  xususiyatlari  haqida  gapirganda  shuni  ham  nazardan 
qochirmaslik  kerakki,  poetik  so`z  ko`p  ma`noli  bo`ladi,  lekin  ushbu  o`zbekcha 
so`zning  rus  tilidagi  muqobili  poetik  bo`lmasligi  mumkin.  Bu  o`rinda  o`qituvchi 
o`quvchilarni  ruscha  muqobillar  orasidan  jumlaga  badiiylik  baxsh  etadigan  so`zlarni 
bilib,  aniq  tanlashga  o`rgatishi,  ularda  kezi  kelganda  o`zi  tarjima  qilib  tushunadigan 
o`zbekcha  gapning  ruscha  ifodasida  ham  hissiyot  sezilib  turishiga  e`tibor  berish 
odatini  hosil  qilishi  lozim.  Chunki  badiiy  matnda  so`z  qo`llash  so`zning  eng  asosiy 
xususiyati  -  ko`p  ma`nolilikka  asoslanadi.  Bunday  so`z  qo`llash  barqaror  bo`lmay, 
doimiy ravishda o`zgarib turadi. 

 
 
68 
68 
Adabiyotning  ayrim  tushunchalari  til  darslarida  yaxshiroq  o`zlashadi.  Masalan, 
oltin qo`llar. Epitet: tucha mrachnaya.   
Shu bilan birga so`zlarning assotsiativ aloqalariga hamma vaqt e`tiborni qaratish, 
shu  assotsiatsiyalarni  uyg`otib  turish  muhim  bo`lib,  ayni  shu  erda  kichik  yoshdagi 
o`quvchilarning  faoliyatiga  rahbarlik  qilish  imkoniyatlari  yashiringan.  Bu  faoliyat 
badiiy asarni estetik idrok etishga yo`nlatirilishi kerak [2,9]. 
Badiiy so`z bilan nutqning mutanosibligi muayyan qiyinchiliklar tug`diradi. Ana 
shu mutanosiblikni tushunishga o`rgatish estetik jihatdan ongli o`qish ko`nikmalarini 
rivojlantirish  uchun  mustahkam  poydevor  yaratadi  [96,9].  Shuning  uchun  jonli  nutq 
tahliliga  ham  e`tibor  berish  lozim.  So`zning  jarangdorligi  shunda  to`liq  namoyon 
bo`ladi. O`quvchi eshitib qabul qilish va his etishga o`rganadi.  
“Metodika  ob`yasnitel`nogo  i  literaturnogo  chteniya”  kitobida  ilgari  surilgan 
quyidagi  fikr  o`rinli:  “Ruscha  so`zlar  (bizning  holatda  –  o`zbekcha  so`zlar)  ona 
tilining shakllari bilan emas, balki tushunchalari bilan assotsiatsiyalanishi kerak. Ayni 
ko`ruv  obrazi  o`zga  til  shakllarining  ob`ektiv  voqelik  buyumlari,  hodisalari  bilan 
bevosita assotsiativ bog`lanishlarini uyg`otadi, o`quvchilarning ushbu tilda obrazli va 
tushunchali fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi [71,221]. 
Ta`kidlash joizki, o`zbek tili mashg`ulotlarida rusiyzabon talabalarning mustaqil 
fikrlashlariga  monelik  ko`rsatadigan  holatlar  juda  ko`p.  Masalan,  adabiy  matnda 
uchragan  notanish  so`zni  lug`atdan  qidirib  topa  olmaslik,  topganda  esa  bu  so`zning 
ruscha muqobili ikki va undan ortiq bo`lganda, qay birini tanlash kerak degan vazifa 
yuzaga  keladi.  Bu  vazifani  to`g`ri  hal  etish,  mustaqillik  namoyon  qilish  uchun 
talabada  o`z  kuchiga  ishonch  hissi  namoyon  bo`lishi  kerak.    O`z  kuchiga  ishonchi 
qat`iy bo`lmagan o`quvchining mustaqil qaror qabul qila olmasligi esa hammaga ayon 
haqiqat.  
Adabiy  asarda  so`zga  badiiy  obrazlilik  yuklanadi.  Bu  holat  tarjimada  ham 
uslubiy  bo`yoqli  muqobillarni tanlashga undaydi.  Grammatik  vositalar xususida  ham 
xuddi  shu  vaziyatga  duch  kelish  mumkin.  Xullas,  adabiy  materialni  o`rganishda 
qadam-baqadam mustaqil qaror qabul qilib borishni taqozo etadigan jihatlar nihoyatda 
ko`p. 
Xullas, adabiy matnni o`qish jarayonida talay leksik va grammatik qiyinchiliklar 
yuzaga  keladi.  Shu  qiyinchiliklarni  bartaraf  etishga  qaratilgan  quyidagi  ish  turlari 
bajarilishi taqozo etiladi: 
1. Yangi, shuningdek, ma`nosi unutilgan so`zlar ustidagi lug`at ishi. 
2.  Matndagi  gaplar  mazmunini  tushunish  yo`lidagi  leksik  va  grammatik  tahlil 
ishlari. 
3. Tasviriy ifodalar ustidagi ishlar. 
Yangi, shuningdek, ma`nosi unutilgan so`zlar ustidagi  
lug`at ishi 
O`zbek  tilini  o`rganish  mashg`ulotlarida  adabiy  material  ta`lim  va  tarbiyaning 
muhim va salmoqli omili sanaladi. Bir tomondan, leksik va grammatik materiallardan 
real  muloqotga  yaqin  sharoitda  foydalanish  adabiyot  orqali  oson  kechadi,  ikkinchi 
tomondan,  leksik  materiallar  bilan  tanishishda  o`ziga  yarasha  ayrim  qo`shimcha 
qiyinchiliklar  ham  tug`iladi.  Lekin,  nima  bo`lgan  taqdirda  ham,  badiiy  asarlarni 
o`rganish oxir oqibatda badiiy bo`lmagan matnlarni o`qishni engillashtiradi. 

 
 
69 
69 
TRTdagi  maktablar,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining  o`zbek  tili 
dars(mashg`ulot)larida  o`rganiladigan  so`zlarning  ajratilish  tartibiga  nazar  tashlansa, 
ikki  xil  yondashuv  bo`lganligi  ma`lum  bo`ladi:  1)  yangi  so`zlar  har  bir  sinf  lug`at 
minimumiga muvofiq tanlanadi va darslarga bo`lib chiqiladi; 2) yangi so`zlar matnda 
uchrashiga, mavzuviy xosligiga qarab o`rganiladi. 
Birinchi  xildagi  yondashuv  R.Yo`ldoshev boshchiligida  yaratilgan  “O`zbek  tili” 
darsliklariga [42; 40] xos bo`lib, bu darsliklar qat`iyan sinflar bo`yicha tuzib chiqilgan 
lug`at  minimumiga  rioya  etgan  holda  yaratilgan,  ya`ni  so`zlar  tasodifiy  (matnda 
uchrashiga  qarab)  tanlanmagan,  balki  aniq  so`zlar  ro`yxati  bilan  ish  ko`rilgan.  Bu 
tartibda  badiiy  matnlar  o`rganilgan  leksika  hajmida  tanlangan;  o`quvchilarni  matnni 
o`qib mazmunini tushunishga oldindan tayyorlash maqsadi ilgari surilgan. 
Ikkinchi  xildagi  yondashuv  professor  R.Tolipova  boshchiligida  yaratilgan 
“O`zbek tili” darsliklariga [105; 106] xos sanalib, bu erda darslar uchun yangi so`zlar 
mavzuviylik  asosida,  shuningdek,  matnlarda  uchrashiga  qarab  ajratilgan.  O`qituvchi 
uchun  mo`ljallangan  metodik  qo`llanmada  ta`kidlanishicha,  yangi  so`zlar  leksik 
mavzu bilan semantik mavzu mutanosibligida tanlangan [105,15]. 
Umuman, “O`zbek tili” darsliklarida asosan uslubiy neytral so`zlar yangi so`zlar 
sirasiga  kiritilgan.  Ayrim  so`zlar  bir  martalik  printsipiga  ko`ra  matnni  o`qish 
munosabati bilangina tanishtirilgan. 
O`zbek  tili  mashg`ulotlarida  adabiy  asarlardan  olingan  parchalarni  o`qib-
o`rganish  munosabati  bilan  lug`at  ishini  to`g`ri  tashkil  etish  va  o`tkazishning 
ahamiyati  benihoya  ortdi.  Lekin  bu  masala  hanuz  rusiyzabon  o`quvchi(talaba)larga 
o`zbek tilini o`qitish jarayonida adabiy  materiallar ustida ishlash metodikasida jiddiy 
tadqiq etilganicha yo`q. Vaholonki, badiiy asar so`zni turli xil ohang jilolarida ko`rish 
uchun  keng  imkoniyatlar  yaratadi.  K.T.Golenkinaning  bergan  ta`rifiga  ko`ra,  badiiy 
adabiyot  asari  uning  g`oyasini  ochib beradigan,  yorqin  timsollarini  chizib  beradigan, 
chuqur  kechinmalar  uyg`otadigan  jonli  ifodali  so`zda  to`liqroq  va  chuqurroq  idrok 
etiladi [20,12].  
To`g`ri, rusiyzabon o`quvchilarni o`zbekcha so`zlar bilan dastlab neytral uslubda 
tanishtirish  odat  tusiga  kirgan.  Asarda  uchragan  yangi  so`z  esa  ifodali  bo`lib, 
ta`sirchan  holatda  ilk  bor  idrok  etiladi  va  bunday  so`z  tezroq  yodda  olib  qolinadi. 
Lekin  badiiy  asardan  olingan  parchani  estetik  idrok  etishning  birinchi  sharti  undagi 
barcha  so`zlarni  o`qib  tushuna  oladigan  darajadagi  tayyorgarlik  amalga  oshirilgan 
bo`lishi kerak. Kuzatishlardan ma`lumki, o`quvchi bir matndan ba`zan 20-30, ba`zida 
esa 30-40 so`zning ma`nosini tushuna olmaydi. Shunga ko`ra ham dastlab bu so`zlarni 
o`qib  tushunish  mumkin  bo`lgan  (nofaol,  retseptiv)  darajada  o`zlashtirishga  erishish 
lozim.  Bunga  bir  necha  dars  oldin  oz-ozdan  lug`at  ishini  tashkil  etish  orqaligina 
erishish mumkin. 
Tajriba  olib  borilgan  sinflarda har  bir  adabiy  material  bo`yicha  40  so`z  atrofida 
yangi va ma`nosi unutilgan so`zlar lug`atini tayyorlab, 2 dars oldin o`quvchilar qo`liga 
berib  qo`ydik,  ularni  o`qitib,  talaffuzini  mashq  qildirgach,  tarjimasini  eslab  qolishni 
uyga  vazifa  qilib  topshirdik.  Navbatdagi  darsdan  3-4  daqiqa  ajratib,  so`zlarni  yalpi 
takrorlash  o`tkazdik.  Shundagina  uchinchi  darsga  kelib  yangi  va  ma`nosi  unutilgan 
barcha  so`zlarning  adabiy  matnni  o`qish  chog`ida  anglanishini  ta`minlash  mumkin 
bo`ldi.    

 
 
70 
70 
Badiiy nutqni kuzatish lug`at ishining mazmuni borasida alohida ahamiyat kasb 
etadi.  Bu  ish  o`quvchilarning  nutqini  yangi  leksik-frazeologik  materiallar  bilan 
boyitibgina qolmay, til hissini yana ham o`stiradi. 
Badiiy  asar  tilini  o`rganishda  keng  tarqalgan  ikki  asosiy  yo`nalish  mavjud:  1) 
lingvistik yo`nalish; 2) stilistik yo`nalish. Birinchi yo`nalishda leksika ustida ish olib 
boriladi.  Ikkinchi  yo`nalishda  yozuvchining  umumxalq  tiliga  bo`lgan  munosabati,  til 
boyliklaridan foydalanishi, yozuvchi mahorati, uslubi bilan bog`liq kuzatishlar amalga 
oshiriladi. 
L.G.Baykieva  adabiy  matnni  o`qish  jarayonida  bajariladigan  lug`at  ishi  bilan 
bog`liq  muammoning  metodik  jihatdan  ishlanmaganligi  amaliyotda  bir  qator 
kamchiliklarni  keltirib  chiqarayotganligini  aniqlagan.  Tadqiqotchi  bu  kamchiliklar 
sirasiga  quyidagilarni  kiritgan:  tahlilning  tasviriyligi;  til  ustidagi  kuzatishlarning 
tasodifiyligi;  badiiy  nutq  ustida  chuqur  ish  olib  borish  ishi  lug`atni  sharhlash  bilan 
almashtirilayotganligi [11,3].  
Ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  maktablarning  o`zbek  tili  darslarida  badiiy 
asardan  olingan  parcha  ko`p  vaqt  o`quv  matni  sifatida  o`rganilayotganligi  uchun 
so`zning  badiiy  tahlili  o`tkazilmayotganligi  yana  ham  achinarli  holdir.  O`quv  matni 
bilan  ishlagan  o`qituvchi  matndagi  minimumdan  tashqari  so`zlarga  bir  marotaba 
o`rgatiladigan nofaol so`zlar  sifatida munosabatda bo`lib, shunga odatlangan. Adabiy 
parchada  ayni  shu  so`zlar  ko`pincha  obraz  yaratishda  ishtirok  etayotgan  bo`lishi 
mumkin.  Ba`zi  eskirgan  so`zlar  tarixiylik  printsipiga  ko`ra  ma`nolaridagi 
o`zgarishlarni  kuzatish  imkonini  beradi.  Lekin  lug`at  ishi  odatda  yangi  va  ma`nosi 
unutilgan so`zlarning rus tilida ifodalanishini ko`rsatishdan nariga o`tmaydi. 
Har  bir  so`z  badiiy  matnda  ikki  saviyada  qo`llanadi  –  leksik  va  poetik,  obrazli. 
Dastlab  so`z  asosiy  ma`nosida  mustahkamlanadi.  Bu  mashqlarning  tub  farqi  –  ular 
suo`z,  so`z  birikmasi,  gap  darajasida  mustahkamlanadi.  Lekin  barcha  yangi  so`zlar 
ishtirokida jumlalar tuzish noto`g`ri. Chunki ularning bir qismi faol, bir qismi nofaol 
bo`ladi. 
Adabiy matnni o`qishdan oldin lug`at ishi ko`zda tutilishi maqsadga muvofiqdir. 
Bunda: 
1. Fahmlovga doir mashqlar. 
2. Morfologik tarkibiga qarab so`z (yasama so`z) ma`nosini aniqlash. 
3. Potentsial tanish so`zlar ustida ishlash (olinma so`zlar). 
Mavzu (asar mavzusini aniqlash), mavzuga doir so`zlarni eslash, mavzuviy lug`at 
bilan ishlash kabi qo`shimcha mashqlar lug`at ishi miqyosini birmuncha kengaytiradi. 
Badiiy  asardan  olingan  parcha  o`qilgandan  keyin  quyidagi  kabi  lug`at-axborot 
jadvallari bilan ishlash maqsadga muvofiqdir: 
                         “Oloy malikasi” 
                   Hikoyaning bosh qahramonlari. 
1.  Qurbonjon  dodxoh  –  o`zbegu  qirg`izlar  hukmdori;  “Oloy  malikasi; 
qirg`izcha qalpoqli... 
 
Badiiy  matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida yo`l-yo`lakay bajariladigan 
leksik  mashqlar  davom  ettiriladi.  Bunda  yasama  so`zlar,  ma`nosi  unutilgan  so`zlar 
aniqlanadi,  gapni  sintagmalarga  bo`lishga  doir  ko`rsatmalar  munosabati  bilan  ayrim 

 
 
71 
71 
so`z  birikmalari,  yordamchi  so`zlar,  ko`chma  ma`noli  so`zlarga  e`tibor  qaratiladi. 
Gaplar o`rtasidagi sabab-natija aloqalari munosabati bilan shu aloqalarni ta`minlovchi 
leksik materiallar ko`rsatiladi va hokazo.  
Asar tahlili jarayonida voqea-hodisaga, qahramonga muallifning bergan bahosini 
ifodalovchi so`zlarni topish; so`z nima maqsadda tanlaganini aniqlash; so`z bilan rasm 
chizish  kabi  ishlar  bajariladi.  Bulardan  tashqari,  o`zbek  tili  darslarida  o`tilgan 
materiallarni esga olish ham lug`at ishini davom ettirish imkonini vujudga keltiradi.  
 
Matndagi gaplar mazmunini tushunish yo`lidagi  
leksik va grammatik tahlil ishlari 
R.Éo`ldoshevning “¡zbek tili darslarida o`qish paytida leksik analizga o`rgatish” 
[43],  “O`zbek  tili  darslarida  o`qish  paytida  grammatik  analizga  o`rgatish”  [44],  “IV-
VIII    sinf  o`zbek  tili  darslarida  sintetik  o`qishga  o`rgatish  metodlarini 
takomillashtirish”  [46]  nomli  maqolalari matndagi gaplar  mazmunini  tushunish  bilan 
bog`liq  qiyinchiliklar  xususida.  Bu  maqolalarda  o`qish  jarayonida    qiyinchilik 
tug`diradigan leksik va grammatik materiallar hamda bu qiyinchiliklarni bartaraf etish 
yo`llari,  kontekstual  fahmlovga  tayanish  mumkin  bo`lgan  holatlar  atroflicha  talqin 
qilinadi. Shunga ko`ra ham biz bu masalaga maxsus to`xtalishni lozim topmadik. 
Tasviriy ifodalar ustidagi ishlar 
Navbatdagi  bosqichda  asarning  badiiy  jihatlarini  o`rganish    ustidagi  ishlarga 
kirishiladi.  Bunda  o`quvchilarga  timsollar  hamda  tafsillarni  anglatish  muhim  o`rin 
tutadi. 
M.Mirqosimova  she`riy  asarlarda  timsol  yaratish  xususiyati  haqida  to`xtalar 
ekan,  shunday  deydi:  “...olamni  (yoki  inson  dunyosini)  go`yo  ichdan  yorituvchi 
ehtirosli fikr, kechinma shu qadar kuchli, rivojlanish sur`ati shu qadar shiddatkorki, u 
bizni  tamom  asir  etadi,  natijada,  shoir  qo`llagan  teran  va  hayajonli  so`zlar,  ifodalar, 
ularning  stilistik  xususiyatlari  nazarimizdan  chetda  qoladi.  Ammo  she`r  tahlilida 
badiiy ifodaning mazmunli, hayajonli bo`lishini ta`minlagan so`zlar, timsollar, she`riy 
shakllarning  ahamiyati  beqiyos”  [74,7].  Badiiy  asar  bilan  bog`liq  lug`at  ishining 
vazifasi ham shunda. 
Badiiy  asarni  idrok  etish  o`quvchi-kitobxonning  aql-zakovati,  tuyg`ulari  va 
tasavvurini  batamom  zabt  etadigan  jarayon  sifatida  birinchi  navbatda  uning  tiliga  – 
so`z yordamida obraz yaratishning asosiy zahirasiga chuqur kirib borishni talab etadi. 
Asardan  olingan  parchani,  ayniqsa,  she`riy  nutqni  o`rganish  obraz  yaratish  tizimiga 
doir  bilimlarni  egallash  uchun  mustahkam  zamin  vujudga  keltiradi.  O`quvchi 
obrazlarning  umumlashtiruvchilik  xususiyatini  anglab  olishdan  tashqari,  asarning 
g`oyaviy mazmunini to`g`ri va kutilganidek tushunish imkoniga ega bo`ladi. 
Badiiy  nutqda  hatto  o`zining  to`g`ri  ma`nosi  bilan  qo`llangan  so`z  lug`atdagi 
ayni  shu  so`z  bilan  teng  emas.  U  estetik  butunlik  bo`lgan  yaxlit  badiiy  asar  matni 
tarkibida  boshqa  so`zlar  bilan  faqat  semantik-grammatik  jihatdangina  emas,  balki 
hissiy-estetik jihatdan ham munosabatda bo`ladi. 
Tildagi  nominativ  birliklarning  ma`no  tuzilishini  o`rganishda  tilshunoslikda 
semantikaning 
konnotativ 
jihati 
tushunchasiga 
alohida 
e`tibor 
qilinadi. 
V.N.Teliyaning  ta`riflashicha, “konnotatsiya – til birliklari semantikasiga uzual yoki 
okkazional ravishda kiradigan, nutq sub`ektining borliqni jumlada ifodalashida uning 

 
 
72 
72 
ayni  shu  borliqqa  bo`lgan  hissiy-baholash  va  stilistik  munosabatini  ifodalaydigan 
hamda shu axborotga ko`ra ekspressiv qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyatidir” 
[101,5].  Konnotatsiya  semantikaning  ekspressiv  qiymatga  ega  bo`lgan  uzvi  sifatida 
nomlash jarayonlaridagi borliqni baholagan holda idrok qilish va aks ettirish mahsuli 
hisoblanadi.  
Cho`lponning  asl  til  mahorati  uning  leksik  ma`nodoshdikdan  tasvir  tiniqligi, 
ifodadagi  muayyan  nuqtaga  urg`u  berish  maqsadlarida  foydalanishida  yaxshi 
ko`rinadi. Masalan, quyidagi gapda “kitobiy” ifoda semasiga ega qalb va odatdagi dil 
ma`nodosh  so`zlarini  yonma-yon  qo`llash  orqali  yozuvchi  ayni  shu  ob`ektga  alohida 
urg`u,  ta`kid  bergan:  Holbuki,  musulmonlik  kiyimda  emas,  qalbda,  dilda  (186). 
M.M.Yo`ldoshevning  fikricha,  har  qanday  badiiy  nutq  nazariyasida  ko`chimlar 
markaziy  figura  sifatida  qaraladi,  chunki  ko`chimlarning  aksariyati  badiiy  nutqda 
emotsionallik,  ekspressivlik,  ta`sirchanlik,  obrazlilik  kabi  muhim  sifatlarni  beradi 
[39,16-bet]. 
Rusiyzabon  o`quvchi  uchun  an`anaviy  ko`chimlarni  (o`xshatish  va  boshqalar) 
tushunish oson. M.M.Yo`ldoshev adabiyotshunos olim M.Mukarramovning an`anaviy 
o`xshatishlar  obrazlilik  va  emotsional-ekspressivlik  xususiyatlarini  yo`qotgan  deb 
qaraladi degan fikriga e`tiroz bildirib, bunday deydi: “Ammo tildagi har qanday so`z 
yoki  iborani  tasviriylik,  obrazlilik  maqsadiga  xizmat  qildirish  yozuvchining 
mahoratiga  bog`liq.  Cho`lpon  bunday  o`xshatishlarga,  ular  bilan  bir  qatorda  tasvirni 
kuchaytiruvchi  turli  vositalarni  keltirib,  go`yoki  yangidan  ekspressiv  nur  beradi. 
Devday  ulkan  (baquvvat)  an`anaviy  o`xshatishi  romanda  mana  bunday  kontekstda 
qo`llangan: “Men, - deydi Zebi, - yakka boshim bilan qarshilik qilib eplay olamanmi? 
U  –  devday  bir  erkak  bo`lsa,  men  bir  siqim  joni  bor  qiz  bo`lsam?  (219)  Misolda 
an`anaviy o`xshatish bir siqim joni bor qiz birikmasiga zidlantirilgan holda qo`llangan 
va  kuchli  kontrast  yuzaga  keltirilgan,  shu  asosda  devday  o`xshatishi  kuchli 
ekspressivlik kasb etgan” [39,16].  
Rusiyzabon  o`quvchilar  o`xshatish,  metafora  va  boshqa  nazariy  tushunchalarni 
rus adabiyoti darslarida o`rganadilar. O`zbek tili darslarida tegishli terminlarni tarjima 
yo`li  bilan  anglatish  asosida  adabiy-nazariy  tushunchalarga  asoslangan  holda  badiiy 
asardan olingan parcha ustidagi tahlil ishlarini bajarishga kirishaverish mumkin. 
Lekin,  eslatish  joizki,  asar  tiliga  oid  tahlil  jarayonida  o`quvchilarga  matndan 
sifatlash, o`xshatish, jonlantirish, kinoya va mubolag`a kabi tasviriy ifoda vositalarini 
topish  va  tagiga  chizish  vazifasi  topshirilsa,  ular  bu  ishni  qoyilmaqom  qilib 
bajarishlari  mumkin.  Ammo  shuning  bilan  cheklanilsa,  tahlil  nomigagina  bo`ladi. 
Agar  o`qituvchi  asar  matni  ustida  ishlash  jarayonida  muallif  nima  uchun  sifatlash, 
o`xshatish,  jonlantirish,  kinoya  va  mubolag`aga  qayta-qayta  “murojaat  qilish  siri”ni 
ochsa, ya`ni ularning asarda badiiy tasvir vositalarini qo`llash orqali qandats maqsadni 
ko`zlagani va uning mazkur asarda nechog`li amalga oshganiga e`tiborni qaratsagina 
ijodkor yaratgan badiiy olamga yo`l ochiladi [69,21-22]. 
L.G.Baykieva o`tkazgan tajribaga o`xshatib o`zbek tilidagi adabiy material ustida 
ish olib borilganda shu narsa ma`lum bo`ldiki, rusiyzabon o`quvchi o`zbekcha so`zdan 
ta`sirlangan o`quvchilar juda oz bo`ldi, holbuki shu so`z rus tiliga tarjima qilinganda, 
ushbu  badiiy  tasviriy  vosita  -  timsoldan  ko`pchilikning  ta`sirlangani  yaqqol  sezildi. 

 
 
73 
73 
Kutilayotgan samaraga erishish uchun badiiy asardan olingan parcha ustidagi ishlarni 
quyidagi izchillikda tashkil etgan ma`qul: 
a)  asar  matnining  to`liq  tushunilishiga  erishishni  ta`minlaydigan  lug`at  ishini 
amalga oshirish; 
b) parchani tushunib o`qish; 
v)  badiiy  timsollar  ustida  ishlash,  shu  jumladan  nutq  o`stirish  mashqlarini 
o`tkazish; 
g) parchani ifodali o`qish. 
Lug`at ishi badiiy asar tilini o`rganish bilan bog`lab tashkil etilganda rusiyzabon 
o`quvchilarning  diqqati  so`z  ifodaliligiga  qaratiladi.  Ularga  “Epitetlar  lug`ati”ni 
tuttirish ham katta naf keltiradi. Lug`atdan namuna: 
           Inson. 
Katalog: lektions -> ozbek%20adabiyoti -> O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Navoiyshunoslik
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi nukus davlat pedagogika
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Chet el adabiyoti tarixi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O’zbеk аdаbiyoti kаfеdrаsi

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling