Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


Fikrlar. Tashvishli, qaysar, ijodiy, tussiz (rangsiz), yoyiq,..  Shubha


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana02.03.2018
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15

Fikrlar. Tashvishli, qaysar, ijodiy, tussiz (rangsiz), yoyiq,.. 
Shubha. Azobli, dilni ezuvchi, tahlikali, chekinmas,.. 
           Tabiat. 
Quyosh. Mehribon, yorqin, tantanavor,.. 
Yomg`ir. Bir maromdagi, etni junjiktiradigan,..   
Til ustidagi kuzatishlar uchun bir darsda muayyan tasviriy vosita, adabiy-nazariy 
tushuncha  ajratilgani,  asardan  hajman  kichik  bir  parcha  (masalan,  portret,  sharoit 
tasviri,  peyzaj,  dialog  sahnasi,  muallif  tavsifi,  kichik  bir  syujet  va  boshqalar) 
tanlangani maqsadga muvofiqdir. 
Bunday  lug`at  ishi  jarayoni  o`quvchilarning  fikrlash  jarayonini  faollashtiradi. 
Ifodali  o`qish,  og`zaki  tasvirlash,  izohli  o`qish,  o`zbek  tilidagi  badiiy  nutq 
namunalarini rus tilidagi tarjimalari bilan taqqoslash, turli xil lug`atlar tuzish, evristik 
suhbatlar  tashkil  etish  va  boshqa  shu  kabi  bir  qator  tadbirlar  ana  shu  maqsad  uchun 
xizmat qiladi. 
O`qituvchi matn bilan uyg`un kela oladigan leksik mashq turlarini bilishi kerak. 
Bunda adabiy-didaktik printsipga tayanish lozim. 
So`zning poetik funktsiyasini aniqlash talab etiladigan mashqlar. 
Epitet 
(so`z 
juftida) 
Kimni 
tavsiflayotgani 
Qahramonning xatti-
harakati, intilishini atash 
Qalbi 
bo`m-
bo`sh 
Dantes 
Pushkinning qotili.  
Kar`erist. 
 
Tasviriy-ifodali  leksikaga  doir  mashqlar  kontekstning  g`oyaviy-mavzuviy 
mazmuniga yo`g`rilgan bo`lishi kerak. 
a) og`ir hayoti haqidagi epitetlar va metaforalar... 
b) quvonchi va erki... 
So`zning obrazli ma`nosini ochish talab etiladigan mashqlar. 
Matndan  obrazli  (ko`chma  ma`noda)  ishlatilgan  so`zni  topish.  Uning  o`z 
ma`nosini aytish. 
“Odatiy  so`zlar”ning  badiiy  funktsiyasini  aniqlash.  (Bu  erda  sinonimlar, 
kontekstual mavzuviy lug`at bilan ishlanadi.) 
Nutq mahsuli yashiringan leksikali lug`at mashqlari. 

 
 
74 
74 
“...siz  men  uchun  qilgan  tasaddiqni  dargohida  qabul  etmasin”  gapida  nima 
deyilmoqda? Matnda izohi yo`q. Demak, bu erda nutq mahsulida aytlmoqchi bo`lgan 
fikr yashiringan. 
Personajni tavsiflash maqsadida matn asosidagi leksik mashqlar. 
...fazilatlarini bildiruvchi so`zlarni toping. 
Perifrazlarni toping. 
Personajni tavsiflash maqsadida “sof” dialogik (avtor nutqisiz) remarkalar tuzish. 
Qahramon nima uchun bunday dedi? Bunda u nimalarni his etdi? ... 
Kartochkalar asosida olib boriladigan ishlar. 
O`quvchilarning  ijtimoiy-amaliy  faoliyatiga  chiqadigan  leksik  mashqlar. 
(Vatanimiz  xalqlarining  do`stligi  haqidagi  gapga  she`rning  qaysi  so`zi  kirishi 
mumkin? Qardosh. Aka-uka.)  
Perifrazlar bilan olib boriladigan ishlar: ... toping, ma`nosini izohlang; ...perifraz 
ishlatib ayting [27,82]. 
Xullas,  ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  sinf(guruh)larning  o`zbek  tili 
mashg`ulotlarida  adabiy  materiallarni  o`qish  jarayonida  amalga  oshiriladigan  lug`at 
ishi  o`ziga  xos,  o`quv  matnlari  ustidagi  ishlardan  farqli  jihatlari  bilan  ajralib  turadi, 
leksik materiallarning emotsional jihatlarini o`zlashtirish bilan tavsiflanadi.  
 
2.4. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida adabiy matnni 
o`qishdan oldin va keyin o`tkaziladigan o`qituvchining so`zi 
 
Ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining 
o`zbek  tili  mashg`ulotlarida  adabiy  matn  ko`pi  bilan  2-3  betlik  hajmda  bo`ladi.  Shu 
bois  unga  o`quvchini  tayyorlash  uchun  lektsiya  emas,  balki  mo``jaz  kirish  so`zi, 
darsda o`tilganlarni umulashtirish uchun esa yakuniy so`zi zarur.  
Kirish so`zidan quyidagi maqsadlar nazarda tutiladi: 
- asarning g`oyaviy-mavzuviy asosini tushunish uchun engillik tug`dirish; 
- dasturiy materialga qiziqish uyg`otish; 
- adabiy materialni idrok etishga muayyan hissiy tayyorlik vujudga keltirish; 
-  til  qiyinchiliklarini  va  badiiy  matnni  idrok  etishdagi  mushkulotlarni  bartaraf 
etish [72,121]. 
Boshqacha  aytganda,  bunday  kirish  so`zining  maqsadi  o`quvchilarni  yozuvchi 
yoki  shoirning  atoqli  shaxs,  o`qilajak  asarning  esa  yuksak  badiiy  asar  ekanligiga  
ishontirish,  asarga  nisbatan  ijobiy  munosabat  va  emotsional  his-tuyg`u  uyg`otishdan 
iborat. 
O`qituvchi  o`zining  kirish  so`zi  bilan  o`quvchilarni  ish  istiqbollari  bilan  rom 
etadi,  yaqindagi  va  yakuniy  maqsadlarni  belgilaydi,  o`quvchilar  oldida  asarga 
kitobxonlik yondashuvini namoyon qiladi [6,68]. 
Adabiyot  o`qitish  metodikasida  darsda  badiiy  asarni  o`qishdan  oldin 
o`tkaziladigan o`qituvchining kirish so`zi, ayniqsa, lektsiyasi qanday bo`lishi kerakligi 
keng  yoritilgan.  Ayniqsa,  “Aktivnыe  formы  prepodavaniya  literaturы:  lektsii  i 
seminarы  na  urokax  v  starshix  klassax”  [6],  “Ìetodika  prepodavaniya  russkoy 

 
 
75 
75 
literaturы  â  natsional`noy    shkole”  [72]  qo`llanmalarida  bu  masalalarga  katta  o`rin 
ajratilgan.  
Kirish  so`zining  boshlanishi  mas`uliyatli  davr  hisoblanadi.  Ba`zan  uni  asarning 
yaratilish  tarixidan  emas,  balki  parchadagi  yorqin  epizoddan,  faktdan,  kartinadan 
boshlash maqsadga muvofiq bo`ladi. 
Badiiy  matn  sinfda  o`qiladi,  deb  kirish  so`zidan  voz  kechib  bo`lmaydi.  Chunki 
o`qituvchining kirish so`zi asarni o`qishga o`ziga xos muqaddima bo`lib xizmat qiladi. 
Ushbu  muqaddimaning  maqsadi  rusiyzabon  o`quvchilarni  qiziqtirish,  ularning 
diqqatini  badiiy  matnni  idrok  etish  sari  markazlashtirishdan  iborat.  O`quvchi  o`ziga 
xos  kitobxon,  shuning  uchun  asarni  o`qishdan  oldin  o`qituvchi  kirish  so`zi  orqali 
o`quvchilar  oldiga  maxsus  vazifalar  qo`yadi.  Darsning  ushbu  bosqichi  bir  xillikdan 
qochish  va  o`quvchilarning  qiziqishini  oshirish,  butun  dars  davomida  bolalarning 
ishchanlik qobiliyatini qo`llab-quvvatlab turish imkonini beradi. 
O`qituvchi  kirish  so`zida  hikoyalash  usulini  qo`llaydi.  Bu  usul  asardan  parcha 
o`qishni  ham,  tarixiy  tavsifdagi  axborotni  ham  o`z  ichiga  qamrab  oladi. 
K.T.Golenkina  o`qituvchiga  qo`yadigan  talabini  inobatga  oladigan  bo`lsak,  bolalar 
kirish  so`zini  quruq  eshitibgina  qolmasinlar,  balki  ko`rsinlar,  buning  uchun  esa 
hikoyani  turli  xil  ko`rsatma  qo`llanmalarni  namoyish  etish,  didaktik  materiallarni 
qo`llash bilan qo`shib olib borsinlar  [20, 9].
 
 
O`qituvchining  muqaddimasi  o`quvchiga  mo`ljal  beradi,  asarni  idrok  etish  sari 
to`g`ri  yo`l  ko`rsatadi.  Kirish  so`zida  bolalar  oldiga  matnni  o`qish  chog`ida 
bajariladigan vazifa qo`yish ularni maqsad sari to`liq safarbar etishga yordam beradi. 
O`qituvchi  yangi  materialni  bayon  etadi,  o`quvchilarning  fikrlarini  yo`naltiradi, 
ularni faoliyat ko`rsatishga undaydi, tinglovchilar esa konkret vazifalarni hal etadilar, 
fikrlash  operatsiyalarini  amalga  oshiradilar,  o`zlari  uchun  biror  yangilik  ochadilar. 
O`qituvchining    tinglovchilarga  beradigan  savollari  tabiiy  chiqishi,  ya`ni  bayon 
davomida  tug`iladigan  fikrlarni  ifodalashi,  ularga  beriladigan  javoblar  esa 
o`quvchilarning mushohadalari sifatida yuzaga kelishi lozim. 
Bunday  mashg`ulotda  ishtirok  etayotgan  o`quvchilarning  ruhiy  holatini  hisobga 
olish  kerak:  javob  qaytarayotganlar  uchun  ayni  shu  savol  eng  muhim  savol  bo`lib 
tuyuladi. Shuning uchun o`qituvchi o`z kirish so`zida hamma vaqt savollar o`rtasidagi 
nisbatga  amal  qilishi,  har  bir  savolning  o`rinli  chiqishiga  harakat  qiladi.  “Aktivnыe 
formы  prepodavaniya  literaturы:  lektsii  i  seminarы  na  urokax  v  starshix  klassax” 
qo`llanmasida ta`kidlanganidek, tinglovchilar qo`yilayotgan muammoni tushunishlari, 
asosiy  qoidalar  va  isbotlovchi,  rivojlantiruvchi,  illyustratsiyalovchi    o`rinlarning 
nisbatiga  e`tibor  berishlari  zarur.  Shuning  uchun  bunday  darsda  mustaqil  ishlarning 
boshqa ko`rinishlari: reja yoki tezis tuzish, savollarga javob berish va boshqalar ham 
bo`lishi darkor [6,29]. 
O`qituvchi  o`z  so`zini  hayajon  bilan  bayon  etishi  lozim  bo`ladi.  Bu  adabiyot 
darslarining  asosiy  talabi.  Bunda  ishontirish,  his-tuyg`u  uyg`otish  maqsad  qilib 
qo`yiladi. Shundagina o`qituvchining so`zi katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.  
Metodik adabiyotlarda ko`proq lektsiyani tashkil etish va amalga oshirish haqida 
fikr yuritiladi. Kirish so`zini lektsiyaning qisqa ko`rinishi deb ham hisoblash mumkin. 
Shubhasiz,  lektsiyaga  qo`yiladigan  talablar  katta.  Chunonchi,  lektsiya  materialiga 
ko`ra  bir  o`rinda  o`qituvchining  to`lqinlangan  nutqi  -  monologini  ifoda  etsa, 

 
 
76 
76 
boshqasida  –  izohli  o`qishga  yaqinlashadi,  uchinchisida  –  suhbat,  konsul`tatsiya 
berish,  darslik  yoki  ma`lumotnoma  adabiyot  bilan  mustaqil  ishlash,  sirtqi  ekskursiya 
yoki bahs unsurlarini o`z ichiga oladi [6,14]. 
Badiiy  asar  yoki  undan  olingan  parcha,  she`rni  o`qishdan  avval  o`tkaziladigan 
kirish so`zi qanday bo`lishi zarurligi dolzarb muammolardan biridir. Unda nari borsa 
3-4  daqiqaga  mo`ljallangan  ma`lumot  ko`zda  tutiladi.  Rusiyzabon  talaba  uchun  bu 
ma`lumot  o`ta  muhimdir.  Nutqiy  faoliyat  turlariga  nisbatan  aytganda,  u  bu 
ma`lumotni  eshitib  qabul  qiladi:  kirish  so`zi  jarayonida  o`quvchilarning 
eshitilayotganlarni  tinglab    tushunishlari  sodir  bo`ladi.  O`qituvchi  ana  shu  jarayonni 
tashkil etishi va boshqarishi kerak.  
Shunga  ko`ra  ham,  kirish  so`zi  bilan  bog`liq  quyidagi  masalalar  o`qituvchiga 
ayon bo`lishi kerak: 
1) nima haqida qanday gapirish, qanday qilib o`quvchilarda qiziqish uyg`otish va 
uni  ushlab  turish,  o`quvchilarda  qanday  qilib  hissiy  tayyorgarlik  yuzaga  keltirish; 
kirish so`zni qanday so`zlar bilan boshlash; bunda ba`zan epigrafga e`tibor berish; 
2)  kirish  so`zi  paytida  o`quvchilar  nima  qilishlari  kerakligi,  kirish  so`zi  paytida 
o`quvchilarni faollashtirish masalasi; bunda muammoli savolning o`rni; 
3) qanday vositalardan foydalanish kerakligi; 
4) o`quvchilarga ko`rsatiladigan tarbiyaviy ta`sirning mohiyati; 
5) o`qiladigan asarning nimasiga o`quvchilarni tayyorlash; 
6)  bayon  etilayotganlarga  o`qituvchining  shaxsiy  munosabati;  adibga  nisbatan 
shaxsiy fikri; hayajonlanish sabablari; 
7) kirish so`zidan olingan taassurotlarni aniqlash. 
O`qituvchi  darsga  tayyorlanayotib,  o`z  kirish  so`zida  nimani  qanday  gapirib 
berish  haqidagina  o`ylamay,  balki  uni  qanday  etkazish  haqida  ham  bosh  qotirishi 
lozim.  U  yozuvchi yoki shoirning ijodi, uning asarni yaratishi bilan bog`liq voqealar 
to`g`risida  so`zlab  bersa,  buni  hayajon  bilan  so`zlasa,  uning  bergan  ma`lumotlari 
qiziqarli bo`lsa, o`quvchilarga ham shu hayajon ta`sir o`tkazadi, ularda qiziqish paydo 
qiladi.  Berilayotgan  ma`lumotlar  biror  turmush  tajribasidan,  hayotiy  tajribadan  voqif 
etsa, uning qiymati yana ham ortadi. Yozuvchining tarjimai holi haqidagi kirish so`zi 
o`quvchilarni uning fuqarolik mavqeidan, ma`naviy izlanishlaridan xabardor etadi. 
Darsda yozuvchi biografiyasi bilan tanishishga bag`ishlangan lektsiyani qo`llash 
umumqabul  qilingan.  O`qituvchining  so`zi  tinglovchilarni  yozuvchining  betakror 
shaxsi,  uning  ma`naviy  izlanishlari  tarixi,  ko`pincha  –  jasorati  bilan  tanishtiradi. 
O`quvchilar oldida shunday qilib adabiyot tarixining – ijodkorlarining ma`naviy hayot 
tarixi jonli manzarasi lang ochiladi. Biografiya haqidagi lektsiya asarlarni o`rganishga 
kirish  bo`lib  xizmat  qiladi,  shuning  uchun  yozuvchi  hayoti  haqidagi  hikoya 
mavzuning  keyingi  darslariga  qarata  burilgan  bo`lishi  kerak.  Va  nihoyat,  lektsiya 
tinglovchilarning shaxsiy ehtiyojlariga javob bermog`i darkor [6,44]. 
Tajribaning  ko`rsatishicha,  kirish  so`zida  yozuvchi  haqida  gap  ketganda, 
o`quvchilarni  bir  talay  ma`lumotlar  bilan  zo`riqtirib  yubormaslik  kerak.  O`qituvchi 
o`quvchilarning  ko`z  oldida  yozuvchining  jonli  siymosini  gavdalantirishga  erishishi, 
ijodiy  mahoratidan  bahs  yuritishi,  axloqiy  fazilatlaridan  voqif  etishi  darkor. 
Tinglovchida yozuvchi va uning ijodidan hayratlanish hissi uyg`onsa, kirish so`zidan 
kutilgan samara sodir bo`lgan bo`ladi. 

 
 
77 
77 
O`qituvchi  oldida  tug`iladigan  qiyinchiliklardan  biri  shundaki,    u  o`z  so`zini 
hamma  uchun  mo`ljallab  gapiradi,  lekin  har  bir  o`quvchiga  ayrim-ayrim  ta`sir 
ko`rsatishni ham unutmaydi. 
Kirish  so`zi  orqali  dasturiy  asarni  o`rganishga  qiziqish  uyg`otish  maqsadi 
ko`zlanadi.  Kitobxon  asarni  o`qishdan  zavq  olishi  aniq  bo`lsa,  qiziqishi  barqaror 
bo`ladi. Chunki, “Ìetodika prepodavaniya russkoy literaturы â natsional`noy  shkole” 
qo`llanmasida  ta`kidlanganidek,  ko`pincha  bolani  majbur  qilib  o`qitish  uning 
qiziqishini  bo`g`adi,  o`qishdan  bezdiradi,  pirovardida  uning  shaxsiyatiga  ziyon 
etkazadi [72,126]. 
O`qituvchining  muqaddimasi  qiziqtirishga  intilish  bilan  kifoyalanmaydi,  aslida 
boshqa  muhim  vazifalar  ham  bor.  Shunday  bo`ladiki,  kitobxon  kitobdan  u  berishi 
mumkin  bo`lgan  kerakli  narsani  emas,  balki  tamoman  boshqa  narsani  qidiradi, 
yozuvchi  ko`zda  tutgan  eng  muhim  va  qimmatli  narsani  esa  payqamay  qoladi.  O`zi 
zlagan  narsani  topa  olmaganda,  hafsalasi  pir  bo`ladi,  kitobni  va  uning  muallifini 
ayblaydi. Aslida hamma gap shundaki, o`quvchi kitob o`qish paytida mo`ljal olishga 
o`rganmagan bo`ladi [6, 68]. 
Har qanday lektsiyada qo`yilgan muammo muhim va o`quvchilar uchun qiziqarli 
bo`lmog`i  lozim.  Agar  o`qituvchining  so`zi  bolalar  ongida  intilish  uyg`otgan 
muammoni  hal  etishga  javob  bo`la  oladigan  bo`lsa,  shunda  uni  bolalar  to`laqonli 
qabul  qiladilar.  Biz  adabiy  asar  haqida  gapirar  ekanmiz,  u  hozirgi  yosh  kitobxonni 
nimasi  bilan  jalb  etishi,  uning  uchun  qanday  kundalik  savollarni  hal  qilishini 
tushunishga intilamiz. Yozuvchining tarjimai holi haqidagi lektsiya bolalarni fuqarolik 
mavqei, ma`naviy izlanishlari, o`z-o`zini tarbiyalash haqida masalaning qo`yilishi  va 
boshqalar qiziqtirib qoladi [6,14].  
Agar  o`qituvchining  so`zida  hayotiy  muhim,  o`quvchilar  uchun  qiziqarli 
muammo qo`yilsa, bolalar ongida bilish sari intilish uyg`otgan muammoning echimini 
bersa, berilgan javob ularni qanoatlantirsa, bunday nutq to`lig`icha e`tibor bilan qabul 
qilinadi.  
Yuqori sinflarda sharhli mavzularni o`rganishda kirish so`zini qo`llash o`ziga xos 
xususiyatga  ega.  Davr  sharhida  adabiyotning  muayyan  bosqichdagi  rivoji  haqida 
gapiriladi.  Hikoya  davrning  jonli  obrazi,  adabiy  kurash  kartinalari,  olis  davrni 
zamonamiz bilan taqqoslashlar va boshqalar tinglovchilarni o`ziga rom etishi mumkin.  
Lektsiya  chog`ida  tinglovchilarni  faollashtirish  usullari  xilma-xildir.  Bir  o`rinda 
lektor  hikoyaga  badiiy  asardan  lavha  kiritadi,  boshqasida  -  hujjat,  uchinchisida  – 
tinglovchilarga  ba`zan  javob  ham  oladigan  savollar  berishdan  foydalanadi, 
to`rtinchisida  –  muammoga  doir  turlicha  nuqtai  nazarlarni  taqqoslaydi,  ehtimol 
tutilgan  e`tirozlar  bilan  bahsga  tushadi  va  hokazolar.  Ba`zan  predmetga  odatiy 
bo`lmagan  nuqtai  nazardan  –  boshqa  davr  kishisining,  asar  qahramonining,  bolaning 
ko`zi bilan nigoh taglaydi. Ba`zida biz vaqtli istiqbol o`rnini almashtirishga murojaat 
qilamiz: keyingi voqealar haqida oldingilaridan avval, natija haqida sababdan odinroq 
hikoya  qilamiz  (“Nima  qilmoq?”  romanida  bo`lganidek),  gohida  biror  tafsilga 
sinchiklab qaraymiz va buning uchun hikoyani sekinlashtiramiz [6,21]. 
O`qituvchi  aks  aloqani  amalga  oshirish,  material  qanday  tushunilganini, 
o`quvchilarning  bilim  va  malakalari  qanday  shakllanayotganini  ko`rish,  ularning 
reaktsiyasi qandayligini bilishga harakat qilishi kerak. Umuman lektsiyaning qurilish 

 
 
78 
78 
usullari badiiy asar kompozitsiyasining qurilishiga o`xshash bo`ladi. Tajribali lektorlar 
lektsiyaning  asosiy  qismini  o`ylab  chiqar  ekan,  antiteza,  takrorlar,  gradatsiya,  ritorik 
so`roqlar va boshqa shu kabi usullardan  me`yorida foydalanadilar. Umuman og`zaki 
nutq  yozma  nutqda  farq  qiladi:  unda  jumlalar  jo`nroq,  murakkab  sintaktik 
konstruktsiyalar  kamdan-kam  qo`llanadi,  so`zlar  takroriga  yo`l  qo`yiladi.  Asosiysi  – 
uni  tinglashga  va  fikrni  ishlashga  undab  turadigan  tabiiy  intonatsiya  ajratib  turadi 
[6,22]. 
Lektsiyaning  qurilishi  –  asosiy  vazifaning  hal  etilishi,  shuning  uchun  bu  erda 
shablonga  o`rin  bo`lmasligi  kerak.  Bir  qolipdagi  gaplar  darsni  jonlantirmaydi. 
Aksincha,  kirish  so`zi  chog`ida  o`quvchining  tafakkuri,  xotirasi,  tuyg`usi,  nutqi 
rivojlanibgina qolmay, balki uning shaxsi kamol topadi.  
O`qituvchining  jonli  hikoyasi,  yozuvchi  yoki  shoirga,  uning  asarlariga  shaxsiy 
munosabati, shaxsiy fikri o`quvchilar uchun hamma vaqt muhimdir. Nimani ko`rgani, 
his  etgani  va  o`ylagani,  qanday  izlagani  va  javob  topganini  hikoya  qilish  –  bu 
tinglovchilarda  qiziqish  uyg`otishning  eng  ta`sirchan  usullaridan  biri.  Kirish  so`zi 
jonli  o`tishi,  o`quvchilarda  analitik  fikr  uyg`otishi,  tasavvur  paydo  qilishi,  umumiy 
emotsional fon yaratishi kerak. 
Kirish so`zi orqali o`quvchilarni asar bilan tanishishga tayyorlash ko`zda tutiladi. 
Bu  tayyorgarlik  asarning  g`oyaviy-mavzuviy  asosini  tushunishni  osonlashtiradi. 
Bunda asarni tushunish uchun zarur bo`lgan ma`lumotlar beriladi. 
Sinfni emotsional jihatdan tayyorlash ham muhim, axir san`atning insonga ta`siri 
birinchi navbatda tuyg`ular orqali sodir bo`ladi, biz asarga avval qalb, so`ng aql bilan 
javob beramiz.  
O`qituvchining kirish so`zi bilan badiiy matnni o`qishdan avval ko`rsatma berish, 
o`qishdan  keyin  umumlashtirish  maqsadini  ko`zda  tutadi.  9-sinf  o`quvchilarini  eng 
muhim  va  qiyin  kitobxonlik  malakasiga:  asardan  muammolarni  ko`rish,  epizodning 
ma`nisiga  etishga  o`rgatamiz.  Bunda  o`quvchilar  mavhumdan  (o`qituvchi  ta`riflagan 
muammodan)  bu  muammo  hal  etiladigan  epizodga  yoki qahramon  mushohadalariga, 
undan  –  aniqlikka  qarab  boradilar.  Bunday  yo`l  umuman  ilmiy  bilish  va  xususan 
badiiy asarni anglash yo`li bo`lib, g`oyaviy-badiiy ma`no-mazmunni tushunishga olib 
keladi.  
Oldindan fikr uyg`otadigan savol berib qo`yish, hayajon bilan boshlangan kirish 
so`zi  o`quvchilarni  tinglashga  tayyor  holatga  keltiradi.  Lekin  shuni  unutmaslik 
kerakki, bundan keyin ushbu shaylik holati butun dars davomida qo`llab-quvvatlanib 
turilmasa, u tezda so`nishi ham mumkin. Bir oz vaqtdan keyin o`quvchilarning diqqati 
ham pasayadi.  
“Aktivnыe  formы  prepodavaniya  literaturы:  lektsii  i  seminarы  na  urokax  v 
starshix  klassax”  kitobida  lektsiyani  idrok  etish  undagi  asosiy  qoidalar  va  ularni 
rivojlantiruvchi,  argumentlovchi    hamda  illyustratsiyalovchi  materiallar  nisbatiga 
bog`liq  ekanligi  alohida  uqtiriladi.  Qo`llanmada  ruhshunoslarning  har  bir  qoidasi 
muhim  bo`lgan  lektsiyani  tinglash  mumkin  emas,  degan  fikriga  urg`u  beriladi: 
“Tezislar orasida  “havo”,  eshitilganlarni  anglash uchun vaqt kerak.  Qoidani  aytgach, 
uni boshqa so`zlar bilan takrorlash (lekin diktovat` qilish emas!), boshqa tomoni bilan 
o`girish, rivojlantirish zarur” [6,19]. 

 
 
79 
79 
O`qituvchining  kirish  so`zida  asosiy  fikr,  g`oyaviy-obrazli  markaz  bo`lishi 
darkor.  Faktlar  ana shu  asosiy  fikrlar  atrofida  uyushtirilsa,  markaziy  obrazni  anglash 
sodir bo`lib, hikoyani tinglashga qiziqish kuchayadi. Kirish so`zining asosiy tomoni – 
hissiy  ta`sir.  Bunday  ta`sir  mazmunli  va  hayajonli  nutq  orqali  yuzaga  keltiriladi. 
O`quvchi o`qituvchi o`z so`zidan oldin o`rtaga tashlagan savoliga javob topish uchun 
diqqat bilan tinglaydi. Ana shu diqqat nutqni tushunishni ta`minlaydi, nutq mazmuni 
etarlicha anglansa, undan kutilgan ta`sirlanish ham yuzaga chiqadi.  
Kirish so`zi va yakuniy so`zning nazariy tushunchalarni yoritishga bag`ishlangan 
qismi o`quvchilarda qiziqish uyg`otmasligi mumkin. “Aktivnыe formы prepodavaniya 
literaturы:  lektsii  i  seminarы  na  urokax  v  starshix  klassax”  kitobida  “tushunchani 
bolalar  uchun  muhim  bir  muammoga  aylantirish”  orqali  unga  qiziqish  uyg`otish 
mumkin, degan maslahat beriladi [6,104]. 
O`qituvchi  o`zining  kirish  so`zi  qanday  chiqqani  haqida  ham  o`ylab  ko`rishi 
lozimki, bu narsa keyingi darslarda kiritiladigan tuzatishlar uchun turtki bo`lib xizmat 
qiladi.  Bunda  u  quyidagi  masalalarga  o`z  e`tiborini  qaratadi:  so`zlari  o`quvchilar 
tomonidan  to`g`ri  tushunildimi;  ular  nutqni  diqqat  va  qiziqish  bilan  tingladilarmi; 
ta`sirlanishlari  sezildimi;  asosiy  fikrlar  mantiqiy  ochib  borildimi;  isbotlar  va 
ko`rsatmalilik  etarli  bo`ldimi;  muammoli  savolga  olingan  javob  tushunganlikdan 
dalolat beradimi; hayajon bilan hikoyalashga muvaffaq bo`ldimi? 
Biz yozuvchi yoki shoirning hayoti va ijodi haqida, o`qilajak asarning yaratilishi 
to`g`risida gapirar ekanmiz, bu ma`lumotlar talabalarni nimasi bilan jalb etadi, uning 
uchun  qanday  saboq  berishi  mumkin  degan  savolni  berishimiz  kerak.  Adabiyotning 
muayyan  bosqichdagi  rivoji  xususidagi  hikoya  tinglovchilarni  davrning  ijtimoiy-
siyosiy manzarasi bilan tanishtirish uchun xizmat qilishi lozim. Adabiy kurash, atoqli 
adiblar  hayoti  va  ijodi  olis  davrni  zamonamiz  bilan  taqqoslash  imkonini  beradi. 
O`tmish  va bugungi kun  madaniyati  yangiliklari talabalarda katta qiziqish uyg`otadi. 
Lekin  hamma  gap  bu  ma`lumotlarni  qay  tarzda  hikoya  qilishda.  Eng  muhimi, 
o`qituvchining adibga bo`lgan beqiyos hurmati sezilib turishi darkor. 
Kirish  so`zida  ko`rsatmalilikka  ham  alohida  e`tibor  berish  joiz:    shaxsi  haqida 
gap  ochiladigan  yozuvchining  portreti,  kitobning  muqovasi,  hikoya  joy  olgan 
sahifalari,  asar  qo`lyozmasi  va  hokazolar.  Shoirning  she`rlariga  bastalangan  qo`shiq, 
davr  yoki  shoirning  shaxsini  ko`z  oldiga  keltirishga  yordam  beradigan  musiqiy 
asardan lavha eshittirilishi mumkin.  
Dars  jihozlari:  portretlar,  kitob  ko`rgazmalari,  stendlar,  sahnv  tarixini  aks 
ettiruvchi ekspozitsiya. 
Kirish  so`zi  qurilishining  o`zi  materialga  bog`liq,  lekin  hamma  vaqt  unda 
g`oyaviy-obrazli negiz bo`lishi darkor. Faktlarni shunchaki ma`lum qilish, qalashtirish 
emas, balki ular atrofida asosiy fikrlarni uyushtirish lozim bo`ladi, markaziy obraz esa 
kirish so`zini qiziqarli qiladi. 
O`qituvchi  o`zining  kirish  so`zi  o`rnida  biror  o`quvchining  axborotini  tashkil 
etishi  mumkin.  Bunda  o`qituvchi  o`quvchilarning  bilim  saviyasi,  o`zbek  tilida 
nutqining  rivojlanganlik  darajasi,  yosh  va  individual  xususiyatlaridan  kelib  chiqib 
ularga  2-3  dars  oldin  qisqa  ma`ruzaga  tayyorgarlik  ko`rishni  topshiradi,  shu  orada 
maslahatlar  berib,  ma`ruzani  ko`radi  va  pishitishga  yordam  beradi.  Bunday 

 
 
80 
80 
materialdan foydalanilgan dars katta qiziqish bilan o`tadi, axborot bergan o`quvchida 
ham, tinglaganlarda ham ruhlanish hissini paydo qiladi. 
Ko`pincha  o`quvchilar  axboroti  faollik  ko`rinishinigina  yaratadi:  tanqidiy 
ishlardan  ko`chirib  olingan,  ifodasiz  o`qilgan  begona  fikrlar  tinglovchilarga  ta`sir 
qilmaydi.  Hattoki  agar  axborot  tanqidchining  nuqtai  nazari  bayonini  ifoda  etsa  ham, 
ular  og`zaki  chiqishlarga  qo`yiladigan  talablarga  javob  berishiga  erishish  kerak, 
buning  uchun  esa  ma`ruzachilarga  ma`ruzagacha  va  ma`ruza  ustida  ishlash  paytida 
maslahatlar zarur [6,25]. 
Kirish so`zida ishlatiladigan leksika adabiy matn leksikasidan farq qiladi. Shunga 
ko`ra  ham  kirish  so`zini  tayyorlashda  masalaning  bu  tomoniga  ham  e`tibor  berish, 
ayrim  leksik  materiallarni  izohlab  o`tish  chorasini  ko`rib  qo`yish  maqsadga 
muvofiqdir. 
Umuman o`qituvchining shaxsiy fikri o`quvchilar uchun hamma vaqt muhimdir. 
Nimani  ko`rgani,  his  etgani  va  o`ylagani,  qanday  izlagani  va  javob topganini hikoya 
qilish  –  bu  tinglovchilarda  qiziqish  uyg`otishning  eng  ta`sirchan  usullaridan  biri. 
O`qituvchining  bunday  “ochiq  mavqei  (pozitsiyasi)”      bilim,  fikr-o`ylarga  obro`, 
fuqarolik,  halollik  va  samimiylik  yaratishga  yordam  beradi.    O`qituvchi  asar  unda 
qanday  taassurot  qoldirgani  haqida  gapirib  berar  ekan,  bolalar  asarning  zamonamiz 
uchun  ahamiyatini  jonliroq  va  chuqurroq  anglab  etadilar,  o`z  shaxsiy  taassurotlari 
to`g`risida o`ylaydilar [6,18]. 
Masalan,  Abdulla  Qahhorning  “O`g`ri”  hikoyasini  o`qishdan  oldin  adib  haqida 
quyidagi mazmunda kirish so`zi
4
 bo`lishi mumkin: 
Abdulla  Qahhor  adabiyot  maydonida  unumli  ijod  qilib,  yuzdan  ortiq  hikoya  va 
fel`etonlar,  bir  qancha  badiiy  ocherk  va  tanqidiy  maqolalar,  p`esalar  va  romanlar 
yaratib, o`zbek adabiyotini durdona asarlar bilan boyitgan o`zbek yozuvchisidir. 
Abdulla  Qahhor  madaniyat  olamiga  Maxmur,  Gulxaniy,  Muqimiy,  Zavqiy, 
Furqat, Hamza Hakimzoda kabi mohir san`atkorlarni etkazib bergan Qo`qon shahrida 
1907 yilning 17 sentyabrida kosib-temirchi oilasida tug`ildi. 
Bu  davrda  mehnatkash  omma  juda  og`ir  sharoitda  yashar  edi.  Birinchi  rus 
revolyutsiyasi  mag`lubiyatga  uchragandan  keyin  ekspluatatsiya  yana  ham  kuchayib 
ketdi.  Xalq  harakatidan  qo`rqib  qolgan  chor  samoderjaviesi  har  xil  yo`llar  bilan 
mehnatkashlarni zulmda, qorong`ilikda saqlashga zo`r berib intildi. Bu zulm, ayniqsa, 
O`rta  Osiyo  xalqlariga  nisbatan  yana  ham  zo`raydi.  Bu  erda  yashagan  xalq  ommasi 
ikki  tomonlama  ekspluatatsiya  qilinardi.  Birinchidan,  u  rus  kapitalistlari  va 
pomeshchiklari zulmi ostida ezilsa, ikkinchidan, mahalliy feodallar jabrini tortar edi. 
Abdulla  Qahhor  tug`ilgan  oila  ham  og`ir  moddiy  qiyinchiliklarda  yashar  edi. 
Otasi (Abduqahhor ota) yosh Abdullani dastlab eski maktabga o`qishga berdi.  
Abduqahhor ota adabiyotni sevadigan odam bo`lgani uchun ham yosh Abdullani 
adabiyot  olamiga  etaklashda  katta  rol`  o`ynadi,  o`g`lining  ijodiy  ishga  havasini 
uyg`otdi. 
Abdulla Qahhor adabiy faoliyatini juda erta boshladi. Qo`qon texnikumida o`qib, 
devoriy gazetaga she`r va maqolalar yozib yurganida, u o`n besh yoshlarda edi.  
                                                           
4
  Êèðèø  ñ?çèäà  ôîéäàëàíèø  ó÷óí  òàâèÿ  ýòèëàёòãàí  òàõìèíèé  ìàòåðèàë  Ќ.Àáäóñàìàòîâíèíã  “Àáäóëëà 
Sàќќîð  ќàёòè  âà  èæîäè  ќàsèäà  î÷åðê”  êèòîáèäàí  îëèíäè  (Òîøêåíò,  1960).  Áóíäàé  ìàòåðèàëíè  áîøsà 
ìàíáàëàðäàí ќàì îëèá òàéёðëàø ìóìêèí.
 

 
 
81 
81 
Abdulla  Qahhor  novellachilikda  ko`p  yozuvchilarimiz  kabi  murakkab  ijodiy 
yo`lni bosib o`tdi. Dastavval, u mashq hikoyalarni yozdi, keyin asta-sekin mukammal, 
puxta xarakterlar chizib bera boshladi. 
Abdulla  Qahhor  o`z  novellalari  bilan  o`tmishga  “darcha”lar  ochadi.  Bu 
“darcha”lardan  yozuvchining  talanti  bilan  yog`dirilgan  nurdan  zolimlik,  razillik, 
qabihlik asosida qurilgan tuzumning mohiyati ko`z oldimizda yorqin gavdalanadi. 
Yozuvchi  o`zining  “O`g`ri”  hikoyasida  kambag`al  chol  Qobil  boboning  uyiga 
o`g`ri  tushish  voqeasi  tasvirlanib,  bu  kamlik  qilganday  uning  amaldorlar  tomonidan 
pora olish orqali talanishi, Qobil boboning soddaligi, ellikboshi va aminlar tomonidan 
aldanishi va masxara qilinishi o`z yorqin ifodasini topadi. 
O`qituvchi  Abdulla  Qahhorning  hayoti  va  ijodi  haqida  yuqoridagi  mazmunda, 
lekin  o`z  so`zi  bilan  jonli  qilib  so`zlab  beradi.  Boshqa  asarga  doir  kirish  so`zida 
nimani gapirish zarurligini umumiy talablardan kelib chiqqan holda muallimning o`zi 
belgilaydi.  
“Aktivnыe  formы  prepodavaniya  literaturы:  lektsii  i  seminarы  na  urokax  v 
starshix klassax” nomli kitobda ta`kidlanishicha, kirish so`zi paytida o`quvchilar nima 
qilishlari, ular oldiga qanday maqsad qo`yish zarurligi, ularni materialni idrok etish va 
o`zlashtirishga  qanday  tayyorlash  lozimligi,  darsda  ular  bilim  va  malakalarni 
egallashda  qay  darajaga  erishishlari  va  buni  qanday  qilib  tekshirish  mumkinligi 
to`g`risida ham o`ylashi muhimdir [6,13].  
Kirish  so`zini  tinglash  chog`ida  o`quvchilar  og`zaki  taqdim  etilgan  materialni 
eshitib  idrok  etadilar.  Bunda  eshitilganlarning  mazmunini  tushunishdan  tashqari 
o`qituvchining  hayajonli  hikoyasi  ularda  muayyan  his-tuyg`ular  uyg`otadi,  faol 
fikrlash  jarayoni  kechadi,  xotira,  retseptiv  nutqiy  faoliyat  ishga  tushadi.  O`qituvchi 
gapirib  bo`lgach,  1-2  ta  muammoli  savolga  javob  olishi,  eshitilganlardan  olingan 
taassurotlarni so`rashi mumkin.  
O`qituvchi  asar  (masalan,  “O`g`ri”  hikoyasi)  o`zida qanday  taassurot qoldirgani 
haqida gapirib berar ekan, bolalar asarning zamonamiz uchun ahamiyatini jonliroq va 
chuqurroq anglab etadilar, o`z shaxsiy taassurotlari to`g`risida o`ylaydilar. 
Kirish  so`zida  ham  o`quvchilar  ta`lim  sub`ekti  sifatida  qolaverishlari  kerak. 
Buning  uchun  esa  ular  nofaol  tinglovchi  emas,  balki  biror  muammo  ustida 
o`ylaydigan bir vaziyatga tushishlari lozim. 
Kirish  so`zi  chog`ida  o`quvchi  uch  xil  faoliyat  bilan  mashg`ul  bo`ladi:  nutqni 
tinglaydi  va  tushunishga  harakat  qiladi,  his-tuyg`ular  og`ushida  bo`ladi,  muammoli 
savolga  javob  izlaydi.  O`qituvchining  faoliyati  ham  o`quvchilarning  faoliyatidan 
ajralmasdir: u so`zlaydi, ayni paytda tinglovchilarni boshqaradi.  
O`qituvchi  o`zining  kirish  so`zida  yozuvchi  yoki  shoirning  biror  asaridan  lavha 
keltirar  ekan,  uni  ham  ifodali  o`qishga  katta  e`tibor  berishi  lozim.  Odatda  shunday 
bo`ladiki,  o`qituvchi  keltirilayotgan  parchalarni  ham  monologik  nutq  ohangiga 
bo`ysundirib,  umumiy  intonatsiyaga  monand  o`qib  beradi,  natijada  badiiy  asarning 
ta`sir  kuchi  faqat  mazmuniga  ko`chirilib  qoladi.  Aslida  o`qituvchining  mayin, 
samimiy, hayajonli, turli kechinmalarga rag`bat beruvchi so`zi bo`lishi kerak. 
O`qituvchi  keltiradigan  parcha  o`qish  va  tahlil  unsurlari  bilan  birlashib,  ham 
ta`limiy, ham tarbiyaviy, ham hissiy ta`sir ko`rsatishi kerak.  

 
 
82 
82 
Ko`pincha  kirish  so`z  asarni  o`rganishning  yakuniy  bosqichida  ham  zarur 
bo`ladi. U tahlil natijalarini umumlashtiradi, o`quv-biluvda – sintez, asarni yuqoriroq 
darajada  yaxlit  anglashdagi  navbatdagi  qadamni  ifoda  etadi.  Bunday  lektsiyada  biz 
metod yoki yo`nalish haqidagi adabiy-nazariy tushunchalarga, asarning tarixiy-adabiy 
qiymatini anglashga yordam beradigan tanqidga tez-tez murojaat qilib turamiz [6,77]. 
O`qituvchining  yakuniy  so`zi  yozuvchining  shaxsi  yoki  asarning  undagi 
muammolar va obrazlar doirasiga olib kiruvchi yaratilish tarixi haqidagi hikoya ham, 
matnning o`ziga xosligini ochuvchi tahlil namunasini ham, asar ustida darsda amalga 
oshirilgan ishlarni umumlashtirishni ham ifoda etishi mumkin. 
Katalog: lektions -> ozbek%20adabiyoti -> O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Navoiyshunoslik
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi nukus davlat pedagogika
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Chet el adabiyoti tarixi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O’zbеk аdаbiyoti kаfеdrаsi

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling