Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


Download 111.24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.12.2020
Hajmi111.24 Kb.
#158352
Bog'liq
pedagogik fanlarni oqitishda talimning korgazmali metodlaridan foydalanish yollari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA 



INSTITUTI 

 

“PEDAGOGIKA” FAKULTETI 



 

 

«MAKTABGAChA TALĐM» KAFEDRASI 



 

 

 

«Maktabgacha talim» ta’lim yo’nalishi  3 “d” kurs talabasi 



Đbragimova Umidaning 

 

«Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi»  fanidan 



 

 

 

K

K

U

U

R

R

S

S

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I

I

S

S

H

H

I

I

 

 

 

Mavzu: Pedagogik fanlarni o`qitishda ta`limning ko`rgazmali 



metodlaridan foydalanish yo`llari 

 

 

Qabul qildi:                                                G.Torebekova 



 

Nukus-2014 yil 

 



MUNDARIJA: 



 

Kirish 



II 

Asosiy qism 

II.1 

Pedagogika fanlarinin o’qitishda ko’rgazmalilik metodining 



o’ziga xosligi  

II.2 


Pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish tamoyillari, 

muommolar va yechimlar  

II.3 

Ko`rgazmalilik metodida ko`rgazmali qurollarning turlari  



II.4 

Ko`rgazmali metodlardan foydalanish turlar 

 

Xulosa 


 

Foydalangan adabiёtlar 



 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 


 



KIRISH 

Mustaqillik 

davlatimizda 

mamlakatning  huquqiy 

va 


fuqarolik 

jamiyatning  oldinga  intilib  borayotgan  bir  davrida    ta`lim  yo`nalishida,  ilm, 

texnika, 

texnologiya, 

iqtisod 

va 


madaniyatga 

yutuqlarga 

erishdik. 

Mustaqillikdan  keyin  ta`lim  to`g`risidagi  qonun  va  kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturining  qabul  qilinishi  bu  yutuqlarning  ilk  namunalaridan  biri  bo`ldi  desak 

mubolag`a bo`lmaydi. 

Haqiqatdan  ham  ta`limni  tarbiyasiz  olib  borib  bo`lmaydi.  Buni 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  «Ta`limni  tarbiyadan-tarbiyani  ta`limdan  ajratib 

bo`lmaydi» deb bejiz aytmagan. Ta`lim jarayonida o`quvchilarda umuminsoniy 

va milliy fazilatlar shakllanadi. 

Ta`lim  jarayonida  o`quvchilarda  dunyoqarashni  rivojlantirish  mumkin, 

aqliy,  axloqiy,  odob-axloq,  estetik,  mehnat,  jismoniy,  huquqiy,  ekologiya  kabi 

tarbiya turlari o`quvchilar ongiga singdirilib boriladi.  

Tarbiya  bilim  berish  birgalikda  komil  insonni  tarbiyalashda  xizmat 

qiladi, milliy g`oya, istiqlol ruhida tarbiyalanadi. 

Pedagogik  fanlarni  o`qitishda  ta`limning  ko`rgazmalilik    metodidan 

foydalanishning  bugungi  kundagi  dolzarbligi-  bu  ta`lim  sohasidagi  asosiy 

masalalardan  biri  bo`lib  hozirgi  kunda  bu  borada  ko`pgina  ishlar  amalga 

oshirilmoqda. 

Bugungi  kunda  ta`limning  ko`rgazmalilik  metodidan  foydalanish 

dolzarb  masala  sababi  ta`limda  yangi  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish 

yo`lga  qo`yilmoqda.  Bu  texnologiyada  ko`rgazmalilikdan  foydalanmaslikning 

iloji  yo`q.  Ko`rgazmali  qurollardan  foydalanishda  to`g`ri  tashkil  qilish 

materiallardan  o`z  o`rnida  foydalanishni  o`rgatish  ta`lim  oldidagi  dolzarb 

masalalar  qatoriga kirmoqda.  Shunga  e`tibor qaratilgan  holda ko`pgina  amallar 

qilinmoqda. Ya`ni oliy ta`limda ham, o`rta maxsus ta`limda ham deyarli barcha 

ta`lim  turlarida  keng  foydalanilmoqda.  Buning  uchun  kerakli  bo`lgan  barcha 

qonun-qoidalar ishlab chiqilgan va barcha ta`lim muassasalari bu qonun-qoidaga 

bo`ysungan holda o`z ish faoliyatlarini yuritmoqda. 


 

Ta`lim-tarbiyada 



ta`limning 

metodlari 

qatorida 

ko`rgazmalilik 

metodidan  foydalanish  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Sababi  bu  metod  boshqa 

metod  turlariga  qaraganda  ancha  oson,  qulay  va  o`quvchiga  tushuntirishdan 

qiyinchiliklarning oldini olish oson. O`quvchilar mavzuni tushunib olishlari ham 

ancha qulayliklarni  keltirib  chiqaradi.  Bu metodda  o`qituvchi  bayon  qilayotgan 

mavzuni o`quvchi ko`rgazmali qurollar yordamida u xaqida tinglashdan tashqari 

to`liqroq ma`lumotga ega bo`lib, uni ko`rib o`tiradi. Bu esa, o`quvchining bilim 

olishida katta samarali natijalarni keltirib chiqaradi. 

Bu  metodning  ahamiyatli    tomoni  yana  shundaki,  o`quvchi  mavzuni 

takrorlash  jarayonida  o`tilgan  mavzudagi  ko`rgazmali  qurollarni  eslash  oson 

bo`lib, mavzuning takrorlab esga tushirishi ham oson bo`ladi.  

Ko`rgazmalilik metodidan foydalanishda o`qituvchidan katta mahorat va 

ijodiylik,  tashabbuskorlik,  diqqat  e`tiborlilikni  talab  qiladi.  Buni  darsda 

foydalanishda esa, pedagogik mahorat asosiy rol` o`ynaydi. 

Pedagogik  fanlarni o`qitishda  ta`limning  ko`rgazmalilik  metodidan 

foydalanishning  maqsadi-avvalo  o`quvchilarni  har  tomonlama  komil  inson 

qilib  tarbiyalash,  ta`lim  samaradorligini    oshrish,  o`quvchilarning  mavzularni 

oson va tez, hamda sifatli o`zlashtirishni ta`minlash, pedagoglarning mahoratini 

oshirish, o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirish, ta`lim-

tarbiyaning  har xilligini  ta`minlash,  ya`ni,  noan`anaviy  ta`lim  tizimini  yaratish, 

o`qituvchi  va  o`quvchi  orasida  do`stona  munosabatni  shakllantirish, 

o`quvchilarga  ijodiy  fikrlash,  mustaqil  ravishda  o`zining  bilimini,  fikrini  erkin 

bayon qilishga imkon yaratish kabilardan iborat. 

Bu  kabi  maqsadlarni  amalga  oshirishda  har  bir  pedagog-o`qituvchi 

albatta «Ta`lim to`g`risidagi»  qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» dagi 

maqsadga, yo`nalishga asoslanadi.  

Shu  asosda  yuqoridagi  maqsadlarni  o`z  oldiga  qo`ygan  holda 

o`quvchilarga bilim, ta`lim-tarbiya beradi. 


 

Ko`rgazmalilik 



metodidan 

foydalanishning 

oldiga, 

belgilangan 

maqsadlarini  amalga  oshirishda  pedagogda  bilim,  ko`nikma  va  malakani  talab 

qiladi. 


Ta`limda  ko`rgazmalilik  metodidan  foydalanishning  vazifalari  ham 

belgilar  qo`yilgan.  Ya`ni  bu  vazifalar  avvalo,  ko`rgazmalilik  metodidan 

foydalanishning  maqsadini  belgilab  olish,  metod  uchun  kerakli  jihozlarni 

tanlash,  o`tkazilish tartibini tuzish asosiy rejani tuzib olish, o`tkazilish tartibini 

oldindan  o`quvchilarga  tushuntirish,  ko`rgazmali  metoddan  foydalanishda 

ko`rgazmali  qurollarning,  topshiriqlarning  o`quvchi  yoshiga  mos  kelishini 

aniqlagan holda pedagoglarga taklif qilinishi kabilardan iborat. 

Belgilangan  vazifalarni  inobatga  olgan  holda,  ularni  bajarishga  harakat 

qilishi, har bir vazifaga diqqat, e`tiborli bo`lish uni diqqat bilan o`rganish har bir 

pedagogning asosiy vazifasi sanaladi. 

Har  bir  pedagog,  ta`lim-tarbiya  jarayonida  ko`rgazmalilik  metodidan 

boshqa metodlari bilan birgalikda foydalanish, ta`lim samaradorliligi oshirishga, 

o`quvchilarning  bilimini  oshirishda,  ko`nikma  va  malakalarni  shakllantirish  va 

shu, asosida yurt kelajagini, manfatini ta`minlashga, yordam beradi.  



Tadqiqot  maqsadi:  talim  jaraёnida  kwrgazmali  metodlarni  qwllanishning 

mazmuni va mohiyatini o`rganish va pedagogik omillarini aniqlash.  



Tadqiqot  vazifalari:  Mavzuga  oid  ilmiy-pedagogik  adabiyotlarni 

o`rganish,  tahlil  qilish,  umumlashtirish  asosida  hozirgi  vaqtda  tarbiyaning 

umumiy  metodlar,  mazmuni  va  mohiyatiga  qo`yiladigan  talablarning  didaktik 

asoslarini aniqlash. 



 



II.1 Pedagogika fanlarinin o’qitishda ko’rgazmalilik 



metodining o’ziga xosligi 

Yan  Amos  Komenskiy  «Buyuk  didaktika»  asarida  «Oltin  qoida»  ni 

ifodalagan.  «O`quvchilar-deb  yozadi  u,  -  sezib  idrok  etishi  mumkin  bo`lgan 

narsalarni,  albatta,  sezgilar  vositasida,  xususan:  ko`rish  mumkin  bo`lgan 

narsalarni  ko`z  bilan  ko`rib,  hidi  bor  narsalarni  hidlab  ko`rib,  ta`mini  sezish 

mumkin  bo`lgan  narsalarni-tatib  ko`rib,  ushlab  sezish  mumkin  bo`lgan 

narsalarni  ushlab  bilish  olishlari  kerak…  birdaniga  ko`p  sezgilar  yordamida 

idrok  etish  mumkin  bo`lgan  narsalarni  iloji  boricha,    bir  necha  sezgilar 

yordamida idrok etish lozim». 

Yana bir qator sharq pedagoglari Xorazmiy, Beruniy, Farobiylar IX-XI  

asrlarda  –  yoq  o`qitishda  ko`rgazmalilik  metodining  axamiyatini  yuqori 

baholagan  edilar.  XVII  asrga  kelib  ularning  ko`rgazmali  o`qitish  haqidagi 

fikrlarini  Ya.A.Komenskiy,  rus  pedagogikasi  otasi  hisoblangan  K.D. 

Ushinskiylar yanada rivojlantirishgan. 

Ushinskiyning fikricha, bolalar tashqi ko`rinish, rang, ovoz, sezish bilan 

fikrlaydigan  bo`lgani  uchun  ta`limda  ko`rgazmalilik  ularning  psixologik 

xususiyatlariga mos keladi deb yozadi. 

Rus  psixologi  L,V.Zankov  ko`rgazmali  qurollarni  o`qitishning  jonli, 

ta`sirli so`zi bilan har xil usulda birlashtirib dars berishning  alohidaligini ilmiy 

dalillab  berdi.  Bunda    olim  kishining  oliy  nerv  xizmatining  ikkinchi  signal 

sistemasining birligi ta`limotiga suyanadi. 

Ushinskiy  ta`lim  jarayonidagi  ko`rgazmalilik  bola  bevosita  idrok 

etadigan aniq obrazlar asosida bo`linishi ta`kidlanadi. 

Ushinskiy 

ko`rgazmalilik  tushunchasiga 

suratlar, 

kollektsiyalar, 

modellar,  jadvallar  va  boshqa  ko`rgazmali  qurollarini,  biz  ko`rib  turgan 

olamdagi buyumlar va hodisalarni, shuningdek, bolaning turmush tajribasini va 

badiiy  asarlardan  aniq  obrazlar  orqali  ifodalangan  hayotiy  voqealarni  ham 

kiritgan. 


 

Ushinskiy  ko`rgazmali  ta`lim  usulini  mukammalashtiradi,  suratlardan 



foydalanib, bolalarga hikoya qilib berish va bolalarning suratlarga qarab so`zlab 

berishlari usullarini asoslab bu usulning bir qancha aniq qoidalarini yaratadi. 

Ushinskiy  tarbiyaning  xalqchilligi  g`oyasini  maktabgacha  tarbiya  

nazariyasiga asos qilib oldi, boshlang`ich ta`lim asoslarini va metodikasi ishlab 

chiqdi. Bu uning pedagogikani rivojlantirishdagi ulkan xizmatlardan biri bo`ldi. 

Ushinskiy  boshlang`ich  ta`lim  ko`rgazmalilik  rejasiga    yozuv,  o`qitish,  rasm, 

qo`l ishlari, sanoq, hikoya, ashula gimnastika mashg`ulotlarini kiritadi. 

Ushinskiy  didaktik  o`qitish  nazariyasining  psixologik  asoslarini  o`sha 

vaqtdagi  ilmiy  muvaffaqiyatlarga  muvofiq  ravishda  bayon  qilib  berdi.  Uning 

ta`limotida  diqqat,  iroda,  xotira  va  hissiyotlarni  tarbiyalash  to`g`risida  va  bu 

psixik  hodisalar  to`g`risida  qimmatli  ko`rsatmalar  borligini  ko`ramiz. 

Chunonchi, u har qanday ta`lim jarayonida shakllar yo`li bilan bolalarning faol 

diqqatini  rivojlantirish,  qanday  qilib  ongli  xotirani  tarbiyalash,  takrorlash  yo`li 

bilan  o`quv  materiallarini  o`kuvchilar  ongida  mustahkamlashni  tavsiya  qiladi. 

Takrorlash,  deb  hisoblaydi  Ushinskiy  «unutilgan  narsalarni  qayta  fikrlash 

uchungina kerak emas, balki unutib qo`yish mumkinligining oldini olish uchun» 

zarurdir;    yo  o`qish  ishida  olga  qo`yilgan  har  bir  qadamda  o`tilgan  olimlarga 

tayanish kerak. 

Ushinskiy  «Bilim  olaman  desang,  takror  qil»  degan,  qadimdan  qolgan 

maqolni  ta`limning  o`zgarmas  qonuni  deb  hisoblaydi.  «Takrorlash  odatlarini 

mustaxkamlash  uchun  xam  har  bir  inson  xotirasida  qoldirishning  umumiy 

qonunidir» deydi olim. 

Ya.A.Komenskiy  ko`rgazmalilikni  faqat  buyum  va  qoidalarni  ko`rib 

idrok  emas,  balki  ularning  inson  sezgi  a`zolariga  ta`sir  etadigan,  inson  idroq 

qiladigan  bo`lishini  talab  etadi.  U  har  bir  narsani  didaktika  qonun-qoidalariga 

asosan, bolaga sezgilar orqali idrok qildirish, ya`ni ko`rib bo`ladigan narsalarni 

ko`rsatish bilan; eshitib bo`ladigan narsalarni eshittirish bilan, hidlarni-hidlatish, 

ta`mini  tatib  ko`rish,  ushlab  ko`rish  mumkin  bo`lgan  vositasi  bilan  idrok 

qildirishni  tavsiya  etadi.  Agar  biron-bir  narsani  bir  necha  sezgi  a`zolari  orqali 


 

idrok  qilish  uchun  bir  necha  sezgi  a`zolarining  ishga  solish  lozim. 



Ko`rgazmalilikni bolalarni buyumlar bir bevosita tanishtirish yo`li orqali amalga 

oshirish kerak. 

Ya.A.Komenskiy o`quvchilardagi o`qishga qiziqishini ularning bilimini 

o`zlashtirishlari  uchun  zaruriy  shart  deb  hisoblaydi.  U  barcha  vositalar  bilan 

o`quvchilarda  bilim  olish  ishtiyoqini  uyg`otishni  taklif  etadi  va    shu  masala 

yuzasidan 

aniq 

ko`rsatmalar 



beradi; 

o`quvchilarga 

o`rganilayotgan    

narsalarning ahamiyatini, egallagan bilimlarining mohiyatini tushuntirish lozim, 

ularni rag`batlantirish, mashg`ulotning qiziqarli bo`lishiga harakat qilish lozim. 

Komenskiy  fikricha,  mashg`ulotlavr  shunday  tashkil  etilishi  kerakki, 

oldin o`tilgan mavzu keyingi mavzuni o`rganishga yo`l ochib bersin, ya`ni oldin 

berilgan bilim uzviylikda, uning uzviy davomi bo`lishi kerak. 

Komenskiyning  fikricha,  har  bir  sinf  o`quvchilari  uchun  maxsus 

darsliklar  tuzilib,  ularda  fan  asoslari  muayyan  tartibda  bayon  qilinishi  lozim. 

Darsliklar  aniq,  tushunarli  tilda  yozilishi,  tashqi  ko`rinishi  bolalarni 

qiziqtiradigan bo`lishi kerak.  

Komenskiy  otalarni,  xususan,  onalarni  o`z  farzandlarining  to`qligi 

to`g`risida  tinimsiz  g`amxo`rlik  qilishga  da`vat  etadi  va  bolalarni  parvarish 

qilish, ovqatlantirish, kiyintirish masalalari haqida ko`rsatmalar beradi. 

 Tarqatma material va ularning tutgan o`rni 

O`tilayotgan  darslarda  talabalarga  axborot  etkazish,  ularni  darsni  puxta 

o`zlashtirishlari  va  faol  qatnashishlarini  ta`minlashda  tarqatma  materiallarning 

ahamiyati katta. 

Darslarda tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng qo`llanilmoqda. 

Tarqatiladigan  materialning  muhim  ijobiy  tomoni  shundaki,  u  bevosita 

talabaning  qo`lida  bo`lib,  uzoqdan  ko`rsatiladigan  ko`rgazmali  qurollarga  xos 

kamchiliklardan holi.  

Tarqatma materiallar-ta`lim oluvchilar uchun o`rganilayotgan mavzuga oid 

asosiy ma`lumotlarni o`z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo`lmagan (1-2 varaq) 

yozma o`quv materiali hisoblanadi. 


 

Tarqatma  materiallarning  maqsadi  va  mazmuni  jihatidan:  a)  axborot 



beruvchi,  b)  topshiriq  beruvchi,  d)  bilimni  nazorat  qiluvchi  guruhlarga  ajratish 

mumkin. 


Axborot  ko`lami  katta  bo`lgani  sababi  qisqa  vaqt  ichida  barcha  axborotni 

talabaga to`liq  etkazib  berish qiyin.  Bunday  paytda  axborotni talabalarga  to`liq 

etkazib berish qiyin. Bunday paytda axborotni tarqatma material sifatida etkazib 

berish  muhim  rol  o`ynaydi.  Bunda  gaplar  qisqacha  yozilgan  matnlar  bo`lib, 

darsga  tayyorgarlik ko`rishda, dars davomida  yoki  bilimlarni  mustahkamlashda 

foydalanish uchun ta`lim oluvchilarga taqdim etiladi. 

Tarqatma    materiallardan  ko`rgazmali  qurol  sifatida  ham  foydalanish 

mumkin.  Ayniqsa,  iqtisodiy  fanlarni  o`rganishda  turli  jadval,  grafik, 

chizmalardan juda ko`p foydalaniladi. Ularni plakat sifatida tayyorlash talabalar 

uchun anchagina noqulay. Undan tashqari: 

-talabalarga  raqamlarda  ifodalangan  ma`lumotlarni  og`zaki  etkazish  uchun 

ularni  chalkashtirib  yuborishi  bilan  birga,  eslab  qolishlariga  ham  imkon 

bermaydi; 

-miqdor  jihatdan  ko`p  ma`lumotlarni  doskaga  yozib,  tushuntirish  uchun 

ko`p  vaqt  talab  qilinadi.  Doskaga  yozish  paytida  o`qituvchi  bilan  ta`lim 

oluvchilar o`rtasida aloqa uziladi; 

-bu  jihatdan  ko`rgazmali  quroldan  namoyish  qilinuvchi  hamda  tarqatma 

material sifatida foydalanish qator afzalliklarga ega. 

Tarqatma  materiallar  talabalarga  topshiriqlarni  hamkorlikda  ishlash 

imkoniyatini ham beradi. Ayniqsa, buning uchun ishchi varaqalar tayyorlanishi 

va ular asosida dars jarayonida juft bo`lib yoki individual tarzda ishlishni tashkil 

qilish, shubhasiz talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta`minlaydi. 

Tarqatma  materiallar  ta`lim  oluvchilarning  bilimini  tekshirish  nazorat 

qilishda ham keng qo`llaniladi.  



 

10

II.2 



Pedagogik  texnologiyalarni  ishlab  chiqish  tamoyillari, 

muommolar va yechimlar  

Bugungi  kunda  pedagogikada  o‘quvchi-talabalarning  ta’lim  jarayonidagi 

faolligini  oshirishga  qaratilgan  bir  nechta  o‘qitish  uslublari  ishlab  chiqilgan: 

muammoli  o‘qitish,  ish  faoliyatini  ifodalovchi  o‘yinlar,  rolli  o‘yinlar,  mavzu 

bo‘yicha  o‘qitish  va  h.k.  Ularni  oliy  ta’lim  tizimida  keng  qo‘llaniladi,  deb 

bo‘lmaydi.  Bizningcha,  buning  sababi  har  bir  mashg‘ulotga  tayyorgarlik 

pedagogik  izlanishni  ko‘zda  tutishi,  yuksak  kasbiy  bilim  va  mahoratni,  ishda 

ijodiy yondashuv va ko‘p vaqtni sarflashni talab qilishida bo‘lsa kerak. Chunki 

har bir o‘tiladigan mashg‘ulot ishlanmasi o‘ziga xos xususiyatga ega. An’anaviy 

o‘qitish  usuli  respublikamizda  keng  tarqalgan,  biroq  ta’lim  sohasidagi 

islohotlarni 

amalga 


oshirishda 

an’anaviy 

ta’limning 

imkoniyatlari 

cheklanayotganligi, muhim ta’limiy muammolar o‘z yechimini topmayotganligi, 

qator  ilg‘or  pedagogik  tajribalarning  ommalashmayotganligini  ko‘rishimiz 

mumkin. 

 Yangi  munosabatlarning  o‘ziga  xos  jihati  an’anaviy  ta’limdagidan  farq 

qilib,  o‘quvchi-talabalarning  mustaqilligi  va  o‘quv  faoliyatini  taqiqlamasdan, 

balki  belgilangan  maqsadga  yo‘naltirish,  o‘quv  faoliyatini  hamkorlikda  tashkil 

etish, ularni faoliyatga ongli ravishda yo‘llash, biror- bir faoliyatni buyruq orqali 

amalga oshirmasdan, balki samarali tashkil etish orqali o‘quvchi-talabalarda fan 

asoslarini  o‘rganishga  bo‘lgan  qiziqishlarini  orttirish,  shaxsning  ehtiyoji, 

qiziqishi  va  imkoniyatlarini  chegaralamasdan  erkin  tanlash  huquqini  berish 

sanaladi. 

 Pedagogik  texnologiya  texnologik  yondashuvga  asoslanadi.  Texnologik 

yondashuv deganda tayyor mahsulot (ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘xshash) 

olish  uchun  ishlab  chiqarish  jarayonlarida  qo‘llaniladigan  usul  va  metodlar 

to‘plami  tushunilib,  qo‘yilgan  maqsadlarga  erishishda  kutilgan  natijalarni 

kafolatlaydigan  usul  metodlari  majmuasi  tushuniladi.  Agar  metod  bilish  yo‘li, 

tadqiqot  yo‘li  yoki  biror  faoliyatdagi  ma’lum  amaliyot  va  nazariy  bilimlar 


 

11

sohasini  egallashni  harakatlar,  operatsiyalar,  usullar  majmuasi  deb  tushunsak, 



pedagogik  texnologiyaning  ta’lim  usuli,  ma’lum  ma’noda  ta’lim-tarbiya 

jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmuasini anglatadi. 

 Pedagogik  texnologiyani  an’anaviy  o‘qitish  metodikasidan  farqlovchi 

belgilari  ko‘p.  Pedagogik  texnologiya  an’anaviy  metodikadan,  avvalo 

maqsadlarning  qo‘yilishi  va  unga  erishishi  bilan  farqlanadi.  Pedagogik 

texnologiya usuli tarkibiy qismiga ta’limning umumiy maqsadlari (o‘qituvchi va 

talabaning  maqsadlari)ni  ishlab  chiqish,  ta’lim  maqsadlarini  nazorat  (test) 

topshiriqlariga o‘tkazish, maqsadga erishish usullari kiradi. 



 1. 

Loyihalashtirish 

faoliyati 

o‘quvchi-talabalar 

bilan 


ishlashni 

tashkillashtirishning  eng  ommabop  shakllaridandir.  Loyihalash  metodi  – 

o‘qitishning tashkillashtirilishi bo‘lib, o‘quvchi-talabalar rejalashtirish va amaliy 

vazifalarni  bajarishlari  orqali  loyiha  ko‘rinishida  bilim  oladi.  Loyihalashtirish 

metodini qo‘llash natijasida loyiha (proyekt) ko‘rinishidagi bilim o‘zlashtiriladi. 

 O‘qituvchi  va  o‘quvchi  o‘rtasidagi  munosabatlarni  ifodalovchi  hamkorlik 

pedagogikasiga  tayanib,  talabalarning  birgalikda  ta’lim  olishlari  amalga 

oshiriladi.  Talabalarni  hamkorlikda  ta’lim  olishlari,  ta’lim  jarayonlarini 

loyihalashtirish,  talabalar  bilan  ishlashni  loyihalashtirish  kabilar  Pedagogik 

texnologiyar larning asosiy metodlari hisoblanadi.  

 O‘quv-tarbiya  jarayonida  vujudga  kelgan  yangi  pedagogik  munosabatlar 

mazkur  jarayonda  Pedagogik  texnologiyar  larni  qo‘llashni  taqozo  etadi. 

Pedagogika fani va amaliyotida turli xil yondashuvlar qo‘llaniladi. Ular og‘zaki-

ko‘rgazmali,  tadqiqiy,  izlanuvchan,  tizimli,  funksional,  kompleks,  texnologik, 

faoliyatli yondashuvlardir. 

2.  Og‘zaki-ko‘rgazmali  yondashuv.  U  an’anaviy  bo‘lib,  asosan 

o‘qituvchining  axborot  berishi,  o‘quvchi-talabalarning  bilimini  qabul  qilishi, 

to‘plashi  va  xotirasida  saqlashi  bilan  belgilanadi.  «Bilim»  tushunchasi  xotirada 

saqlanadigan  axborot  ma’nosida  tushuniladi.  Bunday  bilimlar,  ularni  qo‘llay 

olish  ko‘nikmalari  (imtihonda  shu  axborotga  doir  berilgan  savolga  bergan 


 

12

javobiga  qarab)  orqali  tekshirib  ko‘riladi.  Bu  tizimdagi  bilimlar  asosan,  esda 



saqlab  qolish  natijasi,  ko‘pincha  rasmiy  ma’lumotdir,  u  ko‘pincha  yuzaki 

bo‘lishi  ham  mumkin.  Ular  xotira  tubida  saqlangan  bo‘ladi  yoki  boshqa  so‘z 

bilan  aytganda,  faqat  unga  qaratilgan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  savol  qo‘yilganda  esga 

olinadi.  Qayta  esga  olish  darajasidagi  bilim  uzoq  vaqt  xotirada  saqlanmaydi. 

Talaba  savol  berilganda  eslashi,  ba’zan  esa  umuman  eslay  olmasligi  ham 

mumkin. 


 Og‘zaki-ko‘rgazmali  yondashuv  respublikamiz  o‘quv  yurtlarida  keng 

tarqalgan.  Ma’lumot  berish  tizimida  tayyor  bilimlarni  «o‘qituvchi-talabalarga», 

ularning ehtiyoji va faollik darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda, bevosita berish 

mumkin  bo‘lgan  imkoniyatidan  kelib  chiqadi.  Demak,  shunga  ko‘ra 

o‘qituvchining asosiy vazifasi – zaruriy axborotni ma’lum qilishi va uni xotirada 

mustahkamlash ustida ishlashdir. 

 V.Guzeyevning  ta’kidlashicha,  an’anaviy  metodikaga  xos  bo‘lgan 

xususiyat  dastur  talablarida  ifodalanuvchi  ta’lim  maqsadlarini  «o‘zlashtirish» 

tushunchasi  qobig‘iga  o‘ralgan  qandaydir  noaniq  tasavvur  bilan  tavsiflanadi. 

Bunda ta’lim jarayonida ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan o‘qituvchilarning ish 

tajribalarini  umumlashtirish  asosida  ta’lim  jarayonlari  tashkil  etiladi.  Har  bir 

aniq  vaziyat  uchun  ilg‘or  o‘qituvchi  (pedagog)larning  pedagogik  faoliyati 

namunasi qidiriladi, ammo ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan bir qator olimlar 

va  amaliyotchilar  alohida  metodikalarning  davri  o‘tib  ketganligi  va  har  qanday 

ilg‘or 

pedagoglar 



tajribalarini 

umumlashtirish 

tizimli 

va 


maqsadga 

yo‘naltirilgan,  samarali  ta’limni  qurish  imkonini  bermasligini  jiddiy 

ta’kidlashmoqda. 

 Respublikada  amalga  oshirilayotgan  ta’lim  sohasidagi  bir  qator  ijobiy 

ishlar,  fan-texnikaning  jadal  sur’atlar  bilan  o‘sishi,  bugungi  kunda 

raqobatbardosh yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning 

ma’lumot olish darajasini yuqori tarzda ta’minlashga nisbatan jamiyat ehtiyojlari 

bilan  o‘qitish  uslublari  o‘rtasida  ziddiyatlar  tug‘ilishiga  olib  keladi.  Shuning 



 

13

uchun  ta’lim  jarayonida  boshqa  yondashuvlarni  qo‘llash  muhim  ahamiyat  kasb 



etadi. 

 Tadqiqiy-ijodiy  yondashuv.  Ta’limning  maqsadi  talabada  biror 

muammoni  yechish  qobiliyatini  o‘stirish,  yangi  bilim  va  tajribani  mustaqil 

ravishda  o‘zlashtirish,  harakatning  yangi  zamonaviy  usullarini  topish  va 

tashabbus ko‘rsatishni nazarda tutadi.  

 Tadqiqiy–ijodiy  yondashuvda  pedagog  talabaning  o‘quv  faoliyatiga 

rag‘batlantiruvchi  usulda  rahbarlik  qiladi,  shaxsiy  tashabbusini  qo‘llab-

quvvatlab,  u  bilan  hamkorlik  qiladi  hamda  uning  fikr  va  qiziqishlarini  doimo 

nazarda  tutadi.  Pedagogning  talaba  shaxsiga  bo‘lgan  munosabati,  ularga 

muhabbati  va  jon  koyitishi,  yuksak  ishonchi,  o‘zaro  hamkorlikning  vujudga 

kelishi, muloqot madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi, tahsil olish jarayonida 

talabalarni  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  majburlashdan  voz  kechish  va  aksincha,  ijobiy 

rag‘batlantirishning  ustunligi  tufayli  ko‘zlangan  maqsadga  erishish,  talabalar 

faoliyatida  uchraydigan  kamchiliklarga  chidamli  bo‘lish,  ularni  bartaraf 

etishning eng samarali yo‘llarini qo‘llashda namoyon bo‘ladi. Ushbu yondashuv 

bo‘yicha  pedagogik  texnologiya  variantlari  ishlab  chiqilgan.  Tadqiqiy-ijodiy 

yondashuvning ta’lim tizimida o‘z o‘rni bo‘lib, o‘z joyida qo‘llanilishi lozim. 

 Izlanuvchan  yondashuv.  Bu  yondashuvdagi  maqsad  talabalarda 

muammoni  hal  etish,  yangi,  oxirigacha  tugallanmagan  tajribani  mustaqil 

o‘zlashtirish, 

ta’sir 


etishning 

yangi 


yo‘llarini 

yaratish 

va 

idrokni 


rivojlantirishdan  iboratdir.  Izlanuvchan  ta’lim  andozasining  ta’lim  mazmuni, 

tabiat  va  jamiyat  bilan  o‘zaro  ta’siri  shaxsni  tadqiqotchilik  yo‘liga  boshlash, 

uning jadal ijodiy faoliyati xarakteri bilan bog‘liq. 

 Shu  bilan  birga  pedagog  ta’lim  oluvchilar  o‘quv  faoliyatini  boshqarishda 

demokratik,  rag‘batlantiruvchi  yo‘l  tutadi,  ularning  shaxsiy  tugallanmagan 

tajribani  mustaqil  o‘zlashtirishi,  xatti-harakati,  harakatning  yangi  yo‘llarini 

yaratish  qobiliyatlarini  va  shaxsiy  ma’no  kasb  etishini  rivojlantirish  yo‘lini 

tutadi. Izlanuvchan ta’lim andozasining ta’lim mazmuni, tabiat va jamiyat bilan 



 

14

o‘zaro ta’siri shaxsni tadqiqotchilik yo‘liga boshlashi uning jadal ijodiy faoliyati 



xarakteri bilan bog‘liq. 

 Pedagog ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatini boshqarishda ijodiy yo‘l tutadi, 

talabalarning o‘quv faoliyatining operativ-texnik jihatlarini o‘zlashtirishga qadar 

uning  ahamiyati  va  rag‘batlarini  birinchi  o‘ringa  olib  chiqadi.  Bugungi  kunga 

qadar  o‘qitishda  izlanuvchan  yondashuvni  o‘z  ichiga  oluvchi  pedagogik 

texnologiya ko‘rinishlari ishlab chiqilgan. 

 Tizimli  yondashuv  –  ilmiy  bilish  metodologiyasi  va  pedagogik 

amaliyotning bir yo‘nalishi sifatida universal tavsifga ega bo‘lib, pedagogikada 

keng qo‘llaniladi. «Tizimli yondashuv» tushunchasi ko‘pincha «tizimli metod», 

«tizimli  tahlil  usuli»  tushunchalari  bilan  uzviy  bog‘liq.  Chunki  tizimli  tahlil 

usullari  ham  obyektni  yaxlit  tizim  sifatida  o‘rganishni  nazarda  tutadi.  Tizimli 

yondashuv  tuzilish  vazifasiga  ko‘ra  bajariladigan  tahlilga  juda  yaqin.  Tizimli 

tahlilning  obyekti  yaxlit  narsa  yoki  hodisa  hisoblanadi,  u  obyektning  turli 

qismlarini,  qismlarning  o‘zaro  uzviyligini,  tizim  chegaralarini  va  tizimning 

atrof-muhit  bilan  bog‘liqligi,  aloqadorligini  nazarda  tutadi.  Bu  tizimda  bir 

qancha  qoida  va  tamoyillar  majmuidan  foydalaniladiki,  ular  tadqiqotchilik  va 

amaliy faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi. 

 Texnologik yondashuv. Texnologiya tushunchasi – tayyor mahsulot olish 

uchun  ishlab  chiqarish  jarayonlarida  qo‘llanadigan  usul  va  metodlar  majmui; 

shunday usul va metodlarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan sifatida 

ta’riflanadi.  Texnologiyaning  o‘ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki,  unda 

o‘quv  maqsadlariga  erishishni  kafolatlaydigan  o‘quv  jarayoni  loyihalashtiriladi 

va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki 

loyihalashtirilgan  natijalarni  amalga  oshirish  imkonini  beruvchi  amaliy 

ko‘rsatmali tuzilmada o‘z ifodasini topadi. 

 Ta’limga  texnologik  yondashuv  o‘quv  jarayonini  o‘zaro  uzviy  bog‘liq 

etaplar  va  amallarga  ajratishni  va  bo‘lishni;  ta’limdan  ko‘zlangan  natijaga 

erishish  uchun  bajariladigan  harakatlarni  muvofiqlashtirish,  bosqichma-bosqich 



 

15

amalga oshirishni; loyihalashtirilgan ish va amallarning barchasini bir xil tarzda 



bajarishni nazarda tutadi.  

 

 

II.3 Ko`rgazmalilik metodida ko`rgazmali qurollarning 

turlari 

 

Ko`rgazmalilik  aniq  bilan  abstrakt  orasidagi  bog`liqni  ta`minlaydi, 

asbtrakt xayolning rivojlanishiga kuchli ta`sir qiladi, uning yutug`i bo`lib xizmat 

qiladi. 


Ko`rgazmali  qurollarning  sifati  bilan  ularni  qo`llash  darajasi  o`qitish 

bosqichlarida  har  xil  bo`ladi.  Boshlang`ich  sinflarda  ko`rgazmali  qurollar 

ko`pincha, to`liqroq, yuqori sinflarda akademik litsey va kasb-hunar kollejldarda 

unga qaraganda kamroq, zaruriy joyida  qo`llaniladi. 

Tadqiqotlar,  ta`lim  tajribalari  ko`rgazmali  qurollarning,  ulardan 

foydalanishning foydasi ham zarari ham bor ekanligini ko`rsatadi. 

Ko`rgazmalilik  metodidan  foydalanishda  haddan  tashqari  o`zingiz  va 

noto`g`ri qo`llash, bilimlarni  egallashda  qiyinchilikka keltirib  chiqaradi,  hamda 

o`quvchilarning  diqqatini  ahamiyatsiz  masalalarga  ag`daradi.  Shu  sababli 

o`qituvchining  barcha  vaqtda,  hamma  mavzuda,  har  bir  darsda  ko`rgazmali 

qurollarni qo`llash shart emas. 

Ko`rgazmali  qurollardan  foydalanish,  texnik  qurollardan  foydalanish, 

o`qitishning  sifatini  yaxshilash,  natijali  o`qitish  quroli,  vositasi  ekanligini 

yoddan chiqarmaslik lozim. 

Ko`rgazmali qurollar va vositalarning turlari quyidagicha: 

1.  Tarbiyaviy  ko`rgazmali  qurollar-ob`ektlar,  narsalar,  jarayonlar, 

o`simlikler, xayvonlar va boshqalar; 

2.  Ta`sirli  ko`rgazmali  qurollar-chizmalar,  suratlar,  jadvallar,  kino, 

diafil`m, diagramma va boshqalar; 


 

16

3.  Hajmli  ko`rgazmali  qurollar-geometrik  shakllar,  figuralar  va 



boshqalar; 

4. Shartli va timsolli ko`rgazmali qurollar-karta, globus va boshqalar; 

5.  Har  xil  modellar,  maxsus  priborlar,  asboblar  va  boshqalardan,  shu 

kabi turlarga bo`linadi. 

Bu  kabi  ko`rgazmali  qurollarning  turlaridan  har  bir  fanga  o`ziga  xos 

tarzda,  fan  va  mavzuga  moslab  ularni  tanlash,  ulardan  bilim  berish  jarayonida 

foydalanish bolalarning bilimini boyitishda katta foyda beradi. 

Bu  usullardan  to`g`ri  foydalanish  ta`lim  samaradorliginining  oshishida,  

bolalarda bilim, malaka va ko`nikmalar hosil qilishga yordam beradi. 

Ko`rgazmali qurollar bilim berish jarayonining barcha bosqichlarida: uy 

vazifasini  so`raganda,  ya`ni  mavzu  tushuntirganda,  o`quvchilarning  mustaqil 

ishlarni  tashkillashtirganda,  malaka  va  ko`nikmalarni  shakllantirganda,  uy 

vazifani  bajarishda,  bilimlarni  amaliyotga  tadbiq  qilganda,  o`quvchilar  bilimini 

reyting baholash va tekshirilganda qo`llaniladi. 

Ko`rgazmali o`qitish  metodidan foydalanishda to`liq boshchilikka olish 

o`kuvchilarning  bilimni  mazmunli  o`zlashtirishda,  mustahkam  xotirada 

saqlashni  bilish  kuchlari  bilan  bilash  jadalligini  rivojlantirishga,  nazariyot  bila 

nam aliyotni bog`lashga xamda tushunarli o`qitishga katta yordam beradi. 

Ko`rgazmalilik  metodi  idrok  qilishni  osonlashtirishi  va  nazariy 

bilimlarni  hayot,  amaliyot  bilan  bog`lash  imkonini  beradi.  Bu  metoddan  ta`lim 

jarayonida  foydalanish  o`rganilayotgan  materialga,  hodisa  va  mavzuga 

o`quvchilarning diqqatini qaratib, qiziqishini oshiradi, bilimlarni mukammalroq 

egallashga yordam beradi. 

Buyuk  sharq  mutafakkiri  Abu  Ali  Ibn  Sinoning  qa’yd  qilishicha,  inson 

o`zining  o`quv  mashg`ulotlari  boshlanishida,  narsaning  tashqi  xossalalarini 

o`rganishda,  uning  aslini  va  tavsirini  ko`rib,  o`zicha  bevosita  bilimlarni  hosil 

qilishi mumkin. 

Har  qanday  fanda  avvalo,  narsalarning  ta`rif  zarur.  Ularning 

mavjudligini  esa,  pirovard  natijada  isbotlash  vositasida  bilinadi.  Chunki  ular 


 

17

mazkur  fan  aniqlaydigan  hodisalardan  iborat  bo`ladi.  Ibn  Sinoning  ana  shu 



xulosasi  o`qitishdagi  ko`rgazmazilikning  faqat  bir  jihatini  yoritadi  xolos. 

Xulosada  inson  avvalo  mavjud  narsalarni  yoki  ularning  tasvirlarini  idroe  etishi 

tufayli  unda  ob`ektiv  voqelik  to`g`risida  tasavvur  hosil  bo`lishi  va  inson  ularni 

to`g`ri aks ettirishi ta`kidlanadi. 

Olimning ta`limotida ko`rgazmalilik tushunchasi idrok etishning har xil 

turlari-ko`rish,  eshitish,  sezish  va  hokazolar  bilan  bog`langan.  Idrok  etish  va 

ishlab ko`rish bilan ham ro`y beradi.  

Ishlab ko`rish sezilgan narsaning issiqligi, sovuqligi, nomligi, quruqligi, 

kattiqligi, yumshoqligi, og`irligi, engilligi, shakli va hokazolarni bilish imkonini 

beroadi.  Teri  va  muskullar-sezgining  qurolidir.  Nervlar  ana  shu  kuchli 

mushaklar va teriga etkazadi. 

Ko`rgazmali  qurollarning  afzalligi  shundaki, uni dars o`tishning barcha 

shakllari,  uslublarida  qo`llash  mumkin.  Ayrim  mavzularni  esa  umuman 

namoyish  qilinadigan  materiallarsiz,  ko`rgazmali  qurollarsiz  o`tib  bo`lmaydi. 

Darsni  tashkil  etishda  ko`rgazmali  qurollar  muhim  o`rin  tutadi.  Didaktikaning 

asosiy printsiplaridan biri darsning ko`rgazmaliligini ta`minlash.  

  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

18

 



 

 

 



 

 

 



 

 

II.4. Ko`rgazmali metodlardan foydalanish turlari 

Bilishning  birinchi  pog`onasi-jonli  mushohada,  ya`ni  tevarak-atrofdagi 

narsalar va hodisalarni idrok etishdir. 

Ko`rgazmalilik metodi idrok etishni osonlashtirishi va nazariy bilimlarni 

hayot,  amaliyot  bilan  bog`lash  imkonini  beradi.  Bu  usul  o`ganilayotgan 

hodisalarga qiziqishni oshiradi, bilimlarni puxtaroq egallashga yordam beradi. 

Yan Amos Komenskiy «Buyuk didaktika» nomli  asarida «Oltin qoida» 

ni ifodalagan. Olim va qoidaning uchta asosini  ifodalagan: 

Birinchidan,  avval  sezmagan  narsasi  haqida  kishida  bilim  xam 

bo`lmaydi.  Shuning  uchun  xam  o`qitish  narsalar  haqida  quruq  mulohaza 

yuritishdan emas, balki narsalarnit bevosita kuzatishdan boshlanishi kerak. 

Ikkinchidan,  bilimning  to`g`ri  va  aniqligi  ham  faqat  sezgilarning 

guvohligiga  bog`liq.  Demak,  bilim  sezgilarga  qanchalik  ko`proq  tayansa,  u 

shunchalik  ishonchliroq  bo`ladi.  Bolalarga  haqiqiy  va  mustahkam  ilim  berish 

uchun, umuman, hamma narsani bevosita kuzatish va sezgilar asosida o`qitilishi 

kerak. 

Uchinchidan,  sezgilar-xotiraning  eng  ishonchli  vositasi.  Agar  kishi 

tuyani  bir  ko`rib  bo`lgan  bo`lsa,  bir  marta  qand  egan  bo`lsa,  Rimga  bir  marta 

borib, uni diqqat bilan tomosha etgan bo`lsa, bulbul xonishini bir marta eshitgan 

bo`lsa,  bularning  hammasi  xotirada  mustahkam  qoladi  va  esdan  chiqib 

ketmaydi. 


 

19

Yan  Amos  Komenskiy  xulosasi-o`quvchini  boshqalarning  narsalar 



haqidagi  kuzatishlari  va  guvohliliklarini  emas,  balki  o`sha  narsalarning  o`zini 

bilishga va tadqiq etishga o`tishga zarur. 

Maktab  amaliyotida  ham  tasdiqlanganidek,  darsda  o`rganiladigan 

hodisaning eng muhim tomonlarini aniq ifodalaydigan, anna shu belgilarni avval 

ajratishga, keyin guruhlashda, umumlashtirishda o`quvchilarga xalaqit beradigan 

ortiqcha  elementlaordan  xoli  ko`rgazmali  qo`llanmalardan,  shuningdek,  obrazli 

tasvirlar  sxematik  tasvirlashga,  uyg`unlashgan  holda,  ya`ni  o`quvchilarning 

fikrlashini  muayyandan  mavxumga  oson  yo`naltiradigan  qilib  ishlangan 

ko`rsatmali qo`llanmalardan foydalanish g`oyat samarali tadbirdir. 

Boshlang`ich  sinflarda  ob`ektlarning  o`zini  namoyish  etish  yaki  ular 

bilan bevosita tabiatda tanishish, darslarda narsalarning o`zidan iborat tarqatma 

materiallarni  qo`llash maqsadga muvofiqdir.  

Aralash  ko`rgazmali  vositalar  to`plami  o`quv  jihojlarining  muhim 

elementi  bo`lishi  kerak.  Ular  dars  vaqtlarida  turli  ko`rgazmali  vaziyatlarni 

yaratish,  tez  o`zgartirish  va  o`zlashtirishga,  birlashtirishga  yordam  beradi. 

Buning  uchun  rasmli  materiallardan  foydalaniladi  yoki  doskaga  bo`r  bilan 

rasmlar, chizmalar chiziladi va har xil yozuvlar bajariladi.  

Shuni alohida ta`kidlash lozimki, ko`rgazmali qurollarni, shu jumladan, 

ta`limning  texnik  vositalarini  universallishtirish  yasamaydi.  Ular  boshlang`ich 

sinf o`quvchilarining o`qitishda beqiyos katta ahamiyatga molikdir, ammo o`quv 

jarayonida  audiovizual  qo`llanmalar,  ahyon-ahyonda  boshqa  ko`rgazmali 

vositalardan foydalaniladi. Buning esa quyidagilardan iborat turli variantlari bor. 

1.  Dasturdagi  ashyolarni  qayta  ishlash  mavzusi  bo`yicha  kirish  darsida 

o`quv  fil`mini  namoyish  etish  va  keyingi  darslarda  kinofragmentlar, 

diapozitivlar, diafil`mlar va jadvallarni qo`llash. 

2. Mavzuning xususiy masalaldarini diapozitovlar, diafil`mler, jadvallar, 

namoyin  qilinadigan  tajribalar,  kinofragmentlar  va  kinokol`sovkalardan 

foydalanib ishlab chiqish. 



 

20

Mazkur  mavzu  bo`yicha  unumlashtirish  darsida  o`quv  fil`mini 



ko`rsatish.  

3.  Darsda  o`qituvchining  tushuntirishi  bilan  birgalikda  diafil`mlar, 

diapozitivlar,  kinofgranmentlarni  va  darsning  oxirida  o`quv  fil`mini  namoyish 

etish. 


4. 

O`quvchilarning 

tasavvurini 

kengaytirish, 

shakllanadigan 

tushunchalar,  mazmuni,  to`liqligini  ta`minlashuchun  ekran  qo`llanmalarining 

bita seriyasidan foydalanib, o`kuv materialini ishlab chiqish va ularning boshqa 

to`plamini qo`llab, bilimlarni mustahkamlash. 

Ko`rgazmali  vositalarning  turli  didaktik  vazifalari  va  imkoniyatlarini 

nazarda  tutib,  darsda  ularni  kompleks  holda  qo`llash  talab  qilinadi.  Ana  shu  

taqdirdagina darsning eng yuqori samaraga erishish mumkin. Shular bilan birga, 

o`rganilayotgan hodisaning turli jihatlarini yaratish lozim bo`lgandagina har xil 

ko`rsatamalardan  foydalanish  o`zini  oqlaydi.  Chunki  mazkur  jihatlarning  har 

birini  ko`rgazmalilikning  ma`lum  turi  yordamida  ishonarli  tarzda  va  yoritilishi 

mumkin.  Ko`rgazmali  vositalarni  tanlashda  ularning  imkoniyatlarini  har  bir 

o`quv  prejmetining  o`ziga  xos  xususiyati  va  har  qaysi  darsning  mazmuni  bilan 

taqqoslash mumkin. 

Ko`rgazmali  qo`llanmalarda  ko`rgazmalilikning  quyidagi  har  xil 

turlaridan foydalaniladi. 

1.  Tabiiy  ko`rsatmalilik  o`quvchilarni  mavjud  ob`ektlar:  o`simlikler, 

hayvonlar, minerallar va hokazolar bilan tanishtirishni taqozo etadi. 

Tabiiy    ko`rgazmalilikni  sinfda  ham  ekskursiyalar  paytida  ham 

namoyish etish mumkin. 

2.  Hajmli  ko`rgazmalilik-mavjud  olamning  hajmli  aks  etishdir.  Bu  esa 

fotosurat, rasm, diafil`m va diapozonlardan iborat. 

3.  Ovozli  ko`rgazmalilik-tovush  obrazlarini  ijodkorlik  uchun  ovozli 

vositalardan  foydalanish.  Gramplastinklar  va  magnitafon  yozuvlarini  eshitish, 

ovozli kino. 



 

21

4.  Ramziy  va  grafik  ko`rgazmalilik-  xaritalar  rejalar,  sxemalar,  chizma 



va  diagrammalar.  Ular  mavjud  voqelikni  shartli  umumlashgan  ramziy 

ko`rinishda aks ettirish sababli fikrlarni rivojlantiradi. 

Maktabda 

boshlang`ich 

sinfdan 

maktabni 

bitirguncha 

ko`rgazmalilikning  ana  shu  barcha    turlaridan  foydalaniladi,  lekin  tabiiyki, 

boshlang`ich  sinflarda  o`quvchilarning  yoshini  hisobga  olib,  ularga  bevosita 

kuzatishlarni  topshirish,  yuqori  sinf  o`quvchilari  fikrlashining  rivojlanishida 

ramziy va grafik kuzatishlarni ko`proq qo`llash kerak. 

Ko`rgazmalilik  asosan,  ayniqsao`quvchilar  o`rganiladigan  u  yoki  bu 

narsalar  to`g`risida  muayyan  tasavvurga  ega  bo`lmagan  paytda  juda  zarurdir. 

Ammo  shuni  xam  unutmaslik  lozimki,  ko`rgazmali  qo`llanmalarni  namoyish 

etishda  tayyorlanmaslik  yoki  ularni  noto`g`ri  tanlash  faqatgina  uch  faoliyatga, 

o`quvchi va o`qituvchilarga zarar keltiradi. 



 

22

XULOSA 

Ma`lumki har bir o`qituvchi-pedagog o`z oldiga ta`lim-tarbiyani maqsad 

qilib qo`ygan ekan, o`z oldiga ma`lum bir usul, yo`llarni tanlab oladi. Bu usul va 

yo`llarni  tanlashda  o`qituvchining  mahorati,  qobiliyati  katta  ahamiyatga  ega. 

O`qituvchi  qanday  usul  va  vositalarni  tanlashi  o`qituvchining  bilimiga  bog`liq 

bo`ladi. 

O`qituvchi  qanday  usul  va  vositalarni,  metodlarni  tanlamasin,  ularning 

bolalar, o`quvchilar yoshiga mosligini inobatga olishi, unga ya`ni o`quvchilarga 

bu  usulning  qay  tartibda  o`tkazilishi,  qo`llanilishi  o`quvchilarga  aniq  qilib 

tushuntirish  lozim.  Dars  vaqtida  o`qituvchi  pedagogikaning  tamoyillaridan, 

metodlaridan,  tushunarlilik,  ilmiy,  ko`rgazmalilik,  ko`rsatmalilik,  tizimlilik, 

bilimlarni  o`zlashtirishi  kabi  usul  va  metodlaridan  foydalanishi  mumkin.  Bu 

metod  va  usullardan  foydalanishning,  metod  va  usullarning  ishisida 

ko`rgazmalilik metodi ahamiyatli hisoblanadi. 

Ko`rgazmalilik  metodi  bola  uchun  ancha  ahamiyatliligi  barcha  uchun, 

o`quvchilar uchun mavzuni o`zlashtirishda ancha osonlashtiradi. 

Ta`limdagi  ko`rgazmalilikni  faqat  buyum  va  qoidalarni  ko`rib  idrok 

qilish  emas,  balki  ularning  inson  sezgi  a`zolariga  ta`sir  etadigan,  inson  idrok 

qiladigan  bo`lishini  talab  etar  ekan  shunga  qarab  pedagog  ko`rgazmali 

metodlarni  tanlashi,  dars  paytida  ulardan  unumli  foydalanishi  lozim. 

Ko`rgazmalilik  metodini  foydalanishda  didaktika  qonun-qoidalariga  asosan, 

bolaga sezgilar orqali idrok qildirish mumkinligini har bir pedagog juda yaxshi 

biladi  albatta.  Har bir  darsda  har xil ko`rgazmali  metodlardan  foydalanish  ham 

ta`lim  samarasini  oshirishga  yordam  beradi.  Pedagog  foydalangan  ko`rgazmali 

metodlardan,  qurollardan  bolalar  albatta,  o`zlari  uchun  biron-bir  ma`lumot 

olishlari  zarur.  Foydalanilayotgan  ko`rgazmali  qurollar  bolalarga  o`quvchi-

tarbiyachilarga har tomonlama ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlanuvchi ta`limda ijobiy 

ta`sir qilishiga pedagog diqqat-e`tiborini qaratishi lozim. Bu esa, juda ahamiyatli 

yurtimiz kelajagi yoshshlar qo`lida ekan. Ularga ta`lim-tarbiya berish jarayonida 

faqat  ko`rgazmali  qurollarning,  metodlarning  ahamiyati  katta  ekan.  Nafaqat  bu 


 

23

ko`rgazmalilik metodi, balki boshqa  metodlarni ham usul va vositalari ham juda 



muhim  sanaladi.  Bulardan  o`qituvchi  o`z  o`rnida  oqilona  foydalana  olishi  ham 

muhim.  Buning  uchun  esa  pedagog  davr  talabi  bilan,  yangi  pedagogik 

ma`lumotlardan xabardor bo`lishi kerak.  

Dars  jarayonida  ko`rgazmali  qurollar  va  tarqatma  materiallardan 

foydalanish  muhim  ahamiyatga  ega.  Buning  uchun  ularni  tayyorlashni  ham 

o`rganish  zarur.  Ko`rgazmali  qurol  va  tarqatma  materiallarni  tayyorlayotganda 

ularni  nima  maqsadda  tayyorlayotgani,  qanday  shakl  va  mazmunda  etkazish 

ta`qul  ekanini  hamda  ularni  tayyorlash  qoidalariga  rioya  qilishni  yoddan 

chiqarmaslik kerak. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

24

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 

1. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch». I.Karimov. Toshkent. 2008 yil  

2. «O`zbekiston buyuk kelajak sari». I.Karimov. Toshkent. 2009 

3.  «Pedagogika  tarixi».  A.Zunnunova,  B.To`xliev,  X.Ma`sudov. 

Toshkent. 2002 yil  

4. «Pedagogika». R.Mavlonova, O.To`raeva, K.Xolikberdiev. Toshkent. 

«O`qituvchi». 2002 

5. «Pedagogika». Q.Qosnazarov, A.Pazılov, A.Tilegenov. Nukus. 2010  

6.  «Pedagogika».  N.G`aybullaev,  R.Yodgorov,  R.Mamatqulova, 

Q.Toshmuratova. Toshkent. 2000 yil  

7. 


«Pedagogik 

psixologiya». 

X.Ibragimova, 

A.A.Yuldasheva, 

X.Bobomirzaev. Toshkent. 2009 

8. 


«Maxsus 

fanlarni 

o`qitish 

metodikasi». 

D.Tajiboeva, 

A.Yo`ldosheva.Toshkent. 2009. 

9. Ochilov M. Muallim qalb me`mori. – T.: O`qituvchi, 2001. 

10.  Hasanboeva  O.,  Djamilova  N.  Pedagogik  fanlarni  o`kitish 

metodikasi. – T.: 2008. 

11. Kukushin V.S. Teoriya i metodika obucheniya. – Rostov-na-Donu.: 

Feniks, 2005. 

12. Kukushin V.S. Teoriya i metodika vospitaniya.  – Rostov-na-Donu.: 

Feniks, 2006. 

13.  Tolipov  O`.,  Usmonboeva  M.  Pedagogik  texnologiyalarning 

tadbiqiy asoslari. – T.: 2005. 

 

 



 

 

 



 

Download 111.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling