Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedogogika instituti
Download 58.41 Kb.
|
Yuldasheva Gulnoza. Kurs ishi.
kichik biznes va tadbirkorlik subekt, 2, Yuldasheva Gulnoza. Kurs ishi., 2 5230977056484888261, Курс иши ишчи дастури (3), 111, portal.guldu.uz-бухгалтерия ҳ (1), shax, 1-oraliq nazorat. 2022-yil (1), raboti malik, sportage-02-13-2023, sportage-02-13-2023, marketing, Документ Microsoft Word (2)
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedogogika instituti “Boshlang’ich ta’lim” kafedrasi “ONA TILI O’QITISH METODIKASI”
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayotida bo’lgani kabi ta’lim sohasida ham ko’plab o’zgarishlar, islohotlar amalga oshirildi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining to’qqiz yillik tizimga o’tkazilishi, kasb-huhar kollejlari va akademik litseylarning tashkil etilishi buning yaqqol dalili bo’ldi. Shu bois Respublikamizda ko’plab akademik litsey va kasb-hunar kollejlari qurilib ishga tushirildi. Shu bois hozirgi kunda yoshlarni ta’lim-tarbiya olishlari uchun zaruriy chora-tadbirlar belgilanib, muayyan ishlar amalga oshirildi. Har bir inson umri davomida xalq o’g’zaki ijodidan bahramand bo’lib ulg’ayadi. Bolaligida ertak eshitib katta bo‘lmagan odam bu dunyoda yo‘q desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki har bir odam dunyoga kelgach, turli darajadagi ertak, rivoyat, afsonalarni eshitadi va aynan o’shalar orqali dunyoni o‘rganadi. Ularda xalq badiiy tafakkurining eng sara mevasi yashiringan. Buni anglash va ularni qayta kashf etish kishiga hayotni tushunish, odam va olam munosabatlarini o‘rganishga yordam beradi. Shu ma’noda o‘zbek xalq og’zaki ijodining tur va janrlarini o’rganish, ular ustida ishlash va ularning turli davrlarda turli ijtimoiy vazifani bajarishini o‘rganish adabiyotshunoslikning dolzarb muammolaridan biridir. Lekin xalq og‘zaki ijodi va uning mif, ertak, doston kabi janrlari zamiriga yashiringan ko‘plab hikmatlar hali to‘la o‘rganilmagan. O‘rganilganlari ham kishilik jamiyatining ma’lum bir davrida qayta tahlil va ilmiy izlanishni talab qiladi. Xalq og`zaki ijodini o‘rganish – xalq tarixi, urf-odati, an’analari, o‘y-kechinmalari, buguni va kelajagini tadqiq etish demakdir. Unda millatning o‘zini anglashi, o‘zligini namoyon qilish xislatlari, intilishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi aks etgan. Ana shunday yuksak ma’naviyatimizning asosi hisoblangan xalq og‘zaki ijodini tom ma’noda anglash uchun esa uning g‘oyaviy-badiiy va janr xususiyati, poetik strukturasi, tarixiy ildizlari hamda mifologik asoslari atroflicha tadqiq etilishi lozim bo‘ladi. Xalq og`zaki ijodini o‘rganishda bunday kompleks yondoshuv uning jonli og‘zaki ijro sharoitida o‘ziga xos ravishda yaratish, tarqalish xususiyatlarini, uzoq asrlik taraqqiyot jarayonida xalq dunyoqarashi va ruhiyati bilan bog‘liq ayrim hodisalarning aks etishi darajasi, konkret asarlar syujeti, obrazlar tizimida turgan o‘rni, badiiy vazifasi hamda mohiyatini alohida-alohida tadqiq etishni talab etadi. Kishilik jamiyatining ilk davridagi odam tushunchasi, dunyoqarashi inson ongining eng qadimgi manbasi sifatida e’tiborga loyiq. Dunyo haqidagi bilim va tasavvurlarni hosil qilish, boyitishga xizmat qiluvchi turli mif (asotir)lar ning bari ijtimoiy ong shakllaridir. Ilk odam o‘zi anglab – anglamay bugungi kunda san’at, ilm-fan, badiiy adabiyot, axloq, huquq, siyosat kabi turli sohalarning ilk kurtaklari shakllanishiga xizmat qilgan. Bular orasida ibtidoiy odam tabiat hodisalarini anglashga intilishi natijasida yuzaga kelgan miflar yetakchi mavqega ega. Chunki, miflar o‘sha davrdagi ijtimoiy ongning asosiy shakli edi. Dunyoning, inson va boshqa jonzotlarning paydo bo‘lishi, hayot va o‘lim sirlari, tabiat hodisalarining sodir bo‘lishi kabi inson bilishga qiziqqan masalalar miflarda o‘z ifodasini topgan. Mifik ijodiyot ongsiz, muallifning o‘zi anglab – anglamay amalga oshirgan badiiy ijodning boshlanish bosqichidir. Shuning uchun mifga va mifik obrazlarga nisbatan badiiy uslub, badiiy ifoda kabi sof badiiy atamalarni qo‘llash o‘rinsiz. Biroq, miflarda aniq hissiy shaklni ko‘rish mifik obrazlarga xosdir. Masalan, “Ur to‘qmoq” ertagidagi Laylak obrazida mifiklik mavjud va unda tuzoqqa tushib qolganda qo‘rqish hissi namoyon bo‘ladi va u tilga kiradi. Aynan shu xususiyati bilan mifik asosga ega obrazlar qadimgi miflardan meros qolgan g‘ayritabiiy imkoniyatlarini namoyon qilishadi. Shuning uchun bolalarga yoqadi. Chunki bolalarga xos samimiylik, beg‘uborlik, soddalik mifik obrazlar zamiriga ham yashiringandir. Folklor asarlarda o‘z aksini topgan dunyoqarash, qadriyatlar yosh avlodni har tomonlama bilimli, ma’naviy jihatdan yetuk etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Zero, xalq og‘zaki ijodi ma’naviy taraqqiyotning asosiy tarixiy ildizlaridandir. Har bir xalqning og’zaki ijodi o’sha xalqning fe’l-atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu-intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o’ziga xos ko’zgudir. Biz ana shu ko’zgu vositasida olamshumul ezgu niyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulm, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg’ularini ko’ramiz. Shunday ekan, xalqimizning qalb qo‘ri, yuksak aql-zakovati bilan asrlar davomida yaratilib, avloddan-avlodga o‘tkazib kelingan folklor namunalarini ham o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Kurs ishining maqsadi: Boshlang’ich ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining asosiy poydevori hisoblanadi. Bu bosqichda o’qitiladigan fanlar orqali o’quvchilarning dastlabki bilim, ko’nikmalari, shuningdek ta’limning keyingi bosqichlarini samarali o’zlashtirishga nisbatan motiv shakllantiriladi. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida maqol, ertak, topishmoq, tez aytish janrlari orqali o’quvchilarning tafakkurini o’stirishda o’qish darslari asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. O’qish darslarini tashkil etishda DTS talablarining mohiyatini to’liq anglab yetish va ta’minlash, savod o’rgatish bosqichida o’quvchilar nutqini o’stirishga alohida ahamiyat berish, shuningdek o’quvchilarning bog’lanishli nutqlarini shakllantirish shakl va vositalarini aniqlash orqali jamiyat talablari asosidagi mustaqil fikrlovchi kadrlar tayyorlash samaradorligi oshadi. Shuningdek, boshlan-g’ich sinf o’qish darslarida xalq og’zaki ijodi orqali o’quvchilar tafakkurini o’stirishning shakl va vositalarini belgilash ishning asosiy maqsadi qilib olindi. Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish,ikki bob, har bir bobda ikkitadan qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. I Bob. O’qish kitoblarida berilgan she’rlar haqida. 1.1.Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil etish. 1.2.O’qishning o’ziga xos turlari. II Bob. O’qish darslarida she’rlarni o’rgatish. 2.1.She’r va uni o’qitishning usullari. 2.2. She’rni tahlil qilish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. I Bob. Xalq og’zaki ijodi haqida ma’lumot. 1.1.Maqol – xalq og’zaki ijodining ommaviy janrlaridan biri sifatida.
Xalq og`zaki poetik ijodining asosiy xususiyati ijodiy jarayon-yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining kollektivlik xarakteriga egaligi. Uning og`zakilik, variantlilik, ommaviylik, traditsionlik, anonimlik kabi belgilarini kollektivlik tomonidan yaratilgan poetika elementlari, an'anaviy uslub vositalari asosida yuzaga kelishi. U muayyan eshituvchilar guruhiga mo`ljallangan bo`lishi va kollektiv tomonidan e'tirof etilgandagina ijtimoiy va tarixiy ahamiyat kasb etishi. Fol`klor asarlari jonli ijro jarayonidagina yashaydi. Uning ayrim janrlarida so`z va kuy omuxtaligi etakchi bo`lsa, ayrimlarida sahna san`ati unsurlari ustun turadi. Bu hol fol`klor asarlariga qorishiqlik (sinkretiklik) xususiyatini baxsh etgan. Fol`klor namunalari ijrosi xilma-xil san`at turlariga xos unsurlarni o`zida mujassamlashtirgan. Uning talay namunalari so`z va kuy uyg`unligida ijro etiladi. CHunonchi, doston va termalarni do`mbira jo`rligida kuylash an`anaviy bo`lsa, qo`shiq dutor, childirma jo`rligida kuylanadi. Aksariyat fol`klor asarlarida so`z etakchi o`rinni egallaydi. Ertak, afsona, naql, rivoyat, latifa, maqol va topishmoq janrlari shunday xarakterga ega. Xalq ertaklarida, xalq dramasida harakat va mimika muhim qimmat kasb etadi. Biroq ko`pgina asarlar ijrosida kuy g`oyaviy-badiiy mazmunni ifodalashda bir qadar qimmat kasb etsa-da, baribir so`z mazmunini ochuvchi asosiy vosita bo`lib qolaveradi. Bu fol`klorning so`z san`ati sifatidagi mohiyatini to`la–to`kis tasdiqlaydi. Xalq – fol`klorning ijodkori. Fol`klor qabila, urug`, elat, xalq yoki millatning mafkurasi va ruhiyatini aks ettiradi. Uning paydo bo`lishida hal qiluvchi rol` o`ynaydi. Ibtidoiy jamiyatda fol`klor hayot bilan mustaqil kurash vositasiga aylanib shakllandi. Qoyalardagi tasvirlar, bolta va boshqa mehnat qurollari qadimiy ajdodlarimizning tabiiy tuyg`ularini shakllantira bordi, hayvonlardan farqli o`laroq, badiiy ijod qilish iqtidorini uyg`ota boshladi, ulardagi ma`naviy kuchning qo`pol amaliy ehtiyojlar asirligidan qutulishiga ko`maklashdi. Xayolga erk berish zamirida ibtidoiy odamda estetik tuyg`u shakllana bordi, go`zallikni tushunish va anglash teranlashdi va shular zaminida xalq og`zaki ijodiyotining dastlabki namunalari hzaga keldi. Mehnat jarayoni, ijtimoiy taraqqiyot tufayli mehnatning turli tarmoqlarga taqsimlanishi esa, o`z navbatida, so`z san`atini ham shaklan, ham mazmunan xilma-xil xarakter kasb etishini ta`minladi. Jamiyat toifalariga bo`lindi. Bu hol manfaatdorlik nuqtai nazaridan ular o`rtasida ma`lum ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Natijada fol`klorda zolimlardan norozilik, zolim kuchlarga nafrat motivlari paydo bo`la boshladi. Mazlum omma hayot haqidagi tushunchalarini, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-falsafiy, badiiy-estetik, diniy-axloqiy qarashlarini ifoda etish bilan fol`klor asarlarining g`oyaviy mazmundorlik jihatidan xalqchilligini ta`minladi. Xalq og`qudratga ega pafos darajasiga ko`tarilgan. Fol`klor qadimiy so`z san`ati sifatida nafaqat chuqur g`oyaviyligi, balki hksak badiiyligi bilan ham ajralib turadi. Unda voqelikni ifodalashning doston, ertak, maqol qo`shiq, topishmoq, afsona, rivoyat va askiya singari xilma-xil janrlari shakllangan. 0‘zbek xalq og‘zaki ijodi eng qadimiy san’atlardan biri bo’lib, u jahon xalqlari poetik ijodi taraqqiyotida alohida o‘rin egallaydi. 0‘zbek folklorida turlar va janrlar quyidagicha tashkil topgan: Epik tur - mif, afsona, rivoyat, ertak, naql, latifa, lof, terma, doston va boshqalar. Lirik tur - marosim folklorining deyarli barcha ko‘rinishlari, bolalar folklorining ko‘pgina turlari, qo‘shiqning hamma xillari, ashula va shu kabilar. Dramatik tur - og‘zaki drama, qog’irchoq o‘yin, askiya, xalq teatrlari kabilar. Maxsus tur - maqol, matal, topishmoq kabilar.
Boshlang’ich ta’limda xalq og’zaki ijodining ertak, rivoyat, latifa, maqol, topishmoq, tez aytish, sanamalar, xalq qo’shiqlaridan namunalar beriladi. Maqol. Maqollarni kishilar ko‘pincha, o‘zaro suhbatda, bir-birlari bilan gaplashganlarida ishlatadilar. Maqol ibratli so‘zdir. Shunday so‘zki, so‘zga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta’sirchan qiladi. Shuning uchun ham maqol odamlar nutqida har doim hamroh bo‘ladi. Kimki uni ko‘p ishlatsa, o’shanmg nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar. «Maqol», aslida arabcha, «so‘z» degan ma’noni bildiradi. Uni «otalar so‘zi» ham deydilar. Bunday nomlash maqolni tushunishni osonlashtiradi. Haqiqatan ham, u ota-bobolarimizning qadim- qadimlardan ishlatib kelgan so‘zlari. Shu paytgacha eskirmay kelgan, unutilmagan so‘zlaridir. Zamon o‘tishi bilan ko‘p so‘zlar eskiradi, o‘rniga yangisi keladi. Vaqti kelib, o‘sha yangisi ham o‘zgaradi, o‘rniga boshqasi keladi. Masalan, «qo‘l»ni bir vaqtlar «al» deyishgan. Hozir buni yoshlar emas, kattalar ham tushunmaydilar. Til-adabiyot bilan shug‘ullanuvchilargina biladilar. «Dunyo»ni «ochun», «kitob»ni «bitik» der edilar. Ko‘ryapsizki, hamma narsa o‘zgarishda ekan. Maqollar ham o‘zgaradi, lekin juda sekin o‘zgaradi. So‘zlari o‘zgarganda ham maqsadi, mazmun-mohiyati o‘zgarmaydi. Maqol ota-bobolarimizning uzoq yillar davomida ko‘rgan – kechirganlari, tajribalari asosida kelgan xulosa so‘zlaridir. Masalan, «Ona yurting omon bo’lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas», deymiz. Bu so‘zlar zamirida vatanidan ayrilib, musofirliknmg achchiq alamlarini tortgan kishining, begona yurtlarda, notanish odamlar orasida vatansizlikdan rangi ro‘yi somon (sariq) bo‘lgan kiShining achchiq iztiroblari yotibdi. Yo bo‘lmasa, «0‘zgalar yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z elingda cho‘pon bo‘l» degan maqolni oling. Bu so‘zlar tagida ham achchiq tajribalar, boshdan kechirishlar yotibdi. Beixtiyor shoh va shoir bobomiz Bobur yodga tushadi. Hindistonday katta mamlakatga podshohlik qilgan kishi yurtdoshlari Andijondan qovun olib borganlarida yig‘lagan edi. Haqiqatan ham, Vatan mehridan kuchli narsa dunyoda yo‘q. Maqol turmush tajribalari zaminida tug'ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko'pincha she'riy shakldagi hikmatli so'zlar, chuqur ma'noli iboralardir. Maqollar xilma-xil mavzularda bo'lib, hayotning turli masalalarini qamrab oladi. Ko'pincha maqol o'git, nasihat xarakterida bo'ladi: „Yer haydasang - kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda", „Hunari yo'q kishining, mazasi yo'q ishining" kabi. Maqol xalq og'zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo'lib, unda xilma-xil badiiy ifoda vositalari-ohangdosh tovuslilar takrori bo'ladi. Katta hayotiy va ijodiy tajribaga ega bo'lgan ajoyib so'z ustalarining o'lmas satr va hikmatli so'zlari ham ko'pincha xalq maqollariga o'xshab ketadi. Masalan, A.Navoiyning „Mahbub ul-qulub” asarida aytgan bir qancha hikmatli so'zlari shular jumlasidandir: „Oz-oz o'rganib dono bo'lur, qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur", „Tilga ixtiyorsiz-elga e'tiborsiz" va boshq. Ma'lumki, badiiy asar matni ustida ishlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Maqollarni o'rganishda ham bu bosqichlarga e'tibor qaratish kerak. 1-2-sinflar maqollarni o'rganishning birinchi bosqichi bo'lsa, savod o'rgatish davri maqollarni o'qish va o'rganishning tayyorlov bosqichidir. 1.2.Ta’lim-tarbiyada maqollardan foydalanish yo’llari. Savod o'rgatish davridayoq o'quvchilar maqollarni o'qiydilar. Alifbe davrida berilgan maqollar matn mazmuni bilan bog'liq bo'lib, ular matn g'oyasini o'quvchilarga lo'nda, aniq yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Bu vaqtda o'quvchilarga maqollar o'qitiladi, ma'nosini bilganlaricha izohlab berishlari so'raladi. O'quvchilar javobini o'qituvchi to'ldirib, misollar bilan dalillab beradi. Maqollarni o'rgatish o'qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Har bir darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan g'oyaga mos maqol ustida qanday mashq uyushtirishni rejalashtirib olish lozim. Iloji boricha ularni dars rejasiga kiritish, izohli lug'atlar (Masalan: Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedovning „Hikmatnoma" (o'zbek maqollarining izohli lug'ati, Toshkent, 1990) dan uning ma'nosini oson izohlaydigan, sodda til bilan tushuntirish mumkin bo'lgan shakllarini bilib olish zarur. Buning uchun o'qituvchi „Maqollar to'plami" va ularning izohiga oid adabiyotlarga ega bo'lishi kerak. Boshlang'ich sinflarda matn ostida berilgan maqollarni o'qish va o'rganish, tahlil qilish asar o'qilib, tahlil qilinib bo'lingach amalga oshirilishi kerak. Chunki asar mazmuni va unda yozuvchi aytmoqchi bo'lgan g'oyani tushunmay turib, maqolning ma'nosini izohlash qiyin bo'ladi. Mualliflar ham maqol ma'nosini asar voqealari bilan izohlamoqchi bo'ladilar. 1-2-sinflarda maqolni ifodali o'qish va yod olishga ahamiyat beriladi. 1-sinf darsligida bo'lim yuzasidan berilgan savol-topshiriqlarda ham maqollarni o'rganishga katta e'tibor berilgan. Masalan, „Xalq o'giti-baxt kaliti" bo'limidagi savol-topshiriqlarda „Rostgo'ylik haqidagi maqollardan ayting", „Odob insonga husn" bolimida „Qanoatda-barakat" maqolining ma'nosini tushuntirib bering", „Ko'klam-yashnadi olam" bo'limidan so'ng „Bilim olish haqidagi maqollarni ayting" kabi vazifalar berilgan. Har bir bo'lim yuzasidan berilgan vazifalarda u yoki bu maqolni o'rganish ko'zda tutilgan. 1-2-sinfda maqolning mazmunini o'rganish va yod olishdan tashqari, uning matnidagi izohtalab so'zlar, birikmalar ustida lug'at ishi o'tkazish, badiiy til vositalari, ko'chma ma'noli, qarama-qarshi ma'no bildiruvchi, maqolda takrorlanib kelayotgan so'zlar ma'nosi yuzasidan ish olib borish talab etiladi. Masalan, 1-sinf „O'qish kitobi" da „Ona yurting - oltin beshiging" maqoli berilgan. Mana shu maqol matni ustida ishlaganda, „Yurt" so'zini qaysi so'zlar bilan almashtirish mumkin?", „Maqolda ona yurt nimaga tenglashtirilayapti?", „Beshik oltin bo'ladimi?" kabi savollar berish yo'li bilan o'quvchilarning lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish ustida ishlanadi. Bundan tashqari, „Eling senga cho'zsa qo'l, Unga doim sodiq bo'l" maqolining ma'nosini tushuntirishda shu bo'limdagi asarlardan, bolalar uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlardan misollar keltirish lozim. Masalan, „Jar" sport kompleksi sizning sog'lom o'sishingiz uchun yaratildi. Maktabda bepul bilim olyapsiz. Shunga javoban siz nima qilishingiz kerak?" kabi. Shu maqolning badiiy til vositasi ustida ishlashda „Qo'l cho'zsa" deganda nimani tushundingiz?" kabi savollar bilan o'quvchilarga murojaat qilish va uning qanday ma'noda kelayotganini aytib o'tish foydadan xoli bo'lmaydi. 2-sinfda „Ish ishtaha ochar" matnida'n keyin: „Ish ishtaha ochar, Dangasa ishdan qochar", „Kuch birlikda" matnidan keyin „Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar" maqollari keltirilgan. Bu maqollardan matn o'rganib bo'lingach, asarning g'oyasini ochishda va xulosa chiqarishda foydalaniladi. Su tarzda maqol mazmuni ham ochiladi. Maqol tili ustidagi l-sinfda uyushtirilgan ishlar 2-sinfda ham davom ettiriladi. Maqol ustida ishlash orqali o'quvchilar uning yaratilishi sababini, oddiy gapdan farqini bilib oladilar. l-sinfda maqollarni to'g'ri o'qish va yod olishga e'tibor ko'proq qaratiladi, 2-sinfda esa o'quvchilardan matn mazmuniga mos maqollar aytishni talab qilish mumkin. 3-4-sinflarda maqollar maxsus darslarda va badiiy asarni o'rganish jarayonida ham muntazam o'rganib boriladi. Bu sinflarda maqollarni o'rganishdan ko'zlangan maqsad o'quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, to'g'ri va ongli o'qish malakalarini takomillashtirish, maqoldagi har bir so'zning va yaxlit maqolning ma'nosini to'liq idrok etishga erishishdir. O'quvchilar o'qilgan matn ichidan maqollarni, hikmatli so'zlarni o'zi mustaqil topa olish ko'nikmasini egallashi, ular yordamida o'qilgan asarlar yuzasidan to'g'ri hukm chiqarishga o'rganishlari zarur. Shuningdek, 3-sinf “O‘qish kitobida” “Mehrjon sayli” matnidan keyin Mehnat baxt keltirar, Mehnating zabu-ziynating, Mehnat qilgan xor bo‘lmas kabi maqollar keltirilgan bo‘lib, bu maqollar orqali o‘quvchilarda mehnatsevarlik tuyg‘ulari shakllantiriladi. 3-4-sinflarda „Xalq og'zaki ijodi" bo'limi tarkibida „Maqollar" mavzusi alohida o'rganiladi. Bu mavzuni o'rganishda maqolning kelib chiqishi, yaratilishi haqida dastlabki elementar ma'lumotlar beriladi. Bunda maqollar xalqning uzoq yillik hayotiy tajribasi asosida vujudga kelganligi, tarbiya vositasi sifatida har bir xalqning milliy ma'naviyatining shakllanishida muhim vosita bo'lishi haqida dastlabki tushunchalar beriladi. Maqollar mavzular bo'yicha guruhlab o'rgatiladi. Masalan, 4-sinf „O'qish kitobi"da maqollar „Ona yurting — oltin beshiging", „Eldan ayrilguncha, jondan ayril", „Mehnat — baxt keltirar", „Odobing — zeb-u ziynating", „Olim bo'lsang, olam seniki", „Ko'ngil ko'ngildan suv ichar" kabi mavzular asosida birlashtirilib berilgan. O'quvchilarga maqollarni mavzu bo'yicha guruhlab o'rgatishda o'qish mavzulariga asoslaniladi. Bunda maqol mazmuniga mos asarlar nomini keltirish, uning mazmun va g'oyasini maqol bilan bog'lash kerak. Bu jarayonda o'quvchilaming hayotiy tajribalari asosida misollar keltirish bilan maqollarni izohlash yoki o'quvchilarga maqol g'oyasiga mos bironta hikoya tuzish mustaqil ish sifatida berilishi ham mumkin. 3-4-sinflarda maqol janri bo'yicha tahliliy ishlar o'quv yili davomida izchil uyushtirilib boriladi, ya'ni „Asar g'oyasiga oid maqol ayting", „Maqollar asosida krossvord tuzing, rebus yarating" kabi topshiriqlar beriladi, „Maqollar aytish musobaqasi", „Maqollar mushoirasi" kabilar tashkil qilinadi. Maqollarni o'rganishda ko'rgazmalilik, nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi, ta'lim-tarbiyaning birligi tamoyillariga amal qilinadi. 4-sinf yakunida maqol janrini o'rganish yuzasidan umumlashtimvchi darsni tashkil qilish zarur. Bunda o'quvchilarga yod olingan maqollar mavzusiga qarab guruhlash ustida ish olib boriladi: 1-guruh To‘g‘ri bo‘lsang o‘sib borib gul bo‘lasan, Egri bo‘lsang, o‘sib borib kul bo‘lasan. 2-guruh Tadbir bilan mushkul ish oson bo‘lar, Tadbirsizning holi tang bo‘lar. 1-guruh Yaxshiga yondosh, yomondan qoch. 2-guruh Yaxshi ko‘rgan do‘stingdan Joningni ham ayama. 1-guruh Maslahatsiz ish Keltirar tashvish. 2-guruh Kitob-bilim manbai. 1-guruh Bilagi zo‘r birni yiqar, Bilimi zo‘r mingni 2-guruh Oltin-kumushning eskisi bo‘lmas, Ota-onaning bahosi bo‘lmas. Yuqoridagilarni hisobga olganda, maqolni o'rganishda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi: 1. Maqolni o'qib, uning mazmuni ustida ishlash. 2. Maqoldagi so'zlarning ma'nosini izohlash. 3. Badiiy til vositalari ustida ishlash. 4. Maqolni yod oldirish. 5. Maqol matnidagi qarama-qarshi ma'noli va ma'nodosh so'zlarni aniqlash va ularning maqolda ifoda etilgan g'oya bilan aloqasini ochish. 6. Matn mazmuni va g'oyasiga mos maqol toptirish. 7. Maqollarni mavzular bo'yicha guruhlash. Xalq maqollari: Toma-toma ko‘l bo‘lur, Tommay qolsa cho‘l bo‘lur. Deyilishining ma’nosini hayotiy misollar bilan bolalarga anglatish, tomchi suv bir o‘simlikni qurib qolishdan asrashi, e’tiborsizlik oqibatida bekorga oqib yotgan jo‘mraklarni burab qo‘yish, tejalgan suvlar necha yillar o‘simlik, daraxtlarning o‘sishini ta’minlashi mumkinligini, bu ishda, ayniqsa, bolalarning kattalarga yordami muhim ekanligini tushuntirish vazifamizdir. O‘quvchilarga o‘tmish haqida hikoyalar aytish oddiy pand-nasihatlardan avzaldir. Bobo, buvilar aytgan quyidagi durdona so‘zlar bolalarga ijodiy ta’sir etadi: ”Suvga also tupurmang, gunoh bo‘ladi. Oqar suvga musur narsalar tashlamang, bu ham gunoh bo‘ladi. Undan odamlar ichadilar”. Donolar aytishgan. Suvsiz hayot bo‘lmas, Mehnatsiz rohat. MAQOL O'RGANISH DARSI NAMUNASI Sana: Sinf: 4-sinf Mavzu: Maqol Darsning maqsadi: Ta’limiy: o‘quvchilarga maqollar haqida ma’lumot berish, maqollarning ma’nosini tushuntirish, ongli va ifodali o‘qish, yod olish, so‘zlab berish ko‘nikmalarini takomillashtirish. Tarbiyaviy: o‘quvchilarda turmush tajribalaridan kelib chiqqan holda vatanga bo‘lgan muhabbat, ilmni, do‘stlikni qadrlash, mehnatsevarlik sifatlarini tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilar bilimini kengaytirish, og‘zaki nutqini rivojlantirish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: savol-javob, “Davomini top” o‘yinlari. Dars jihozlari: tarqatma materiallar, darslik. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. -salomlashish - xona tozaligini tekshirish - davomatni aniqlash - o’quvchilarni darsga tayyorlash. II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilardan “Laqma it” ertagining 2-qismi mazmuni so‘raladi. Mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Kim o‘ziga uy qurmadi? It nima uchun yozda o‘ziga uy qurmadi? Nima uchun itga parandalar joy bermadi? Erta g‘amini kim yer ekan? Ertakni yana qanday nomlash mumkin? Savollar to’g’ri javob bergan o’quvchilar rag’batlantiriladi. III. Yangi mavzu bayoni. – Aziz o‘quvchilar, bugun biz sizlar bilan maqollar haqida suhbatlashamiz. 1. Maqol nima? 2. Vatan haqida yana qanday maqollarni bilasiz? Javoblar tinglanib, maqol haqida ma’lumot beriladi. Arabcha bo`lib, «so‘z» degan ma’noni bildiradi. Uni «otalar so‘zi» ham deydilar. Maqol ibratli so‘zdir. Shunday so‘zki, so‘zga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta’sirchan qiladi. Shuning uchun ham maqol odamlar nutqida har doim hamroh bo‘ladi. Kimki uni ko‘p ishlatsa, o‘shaning nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar. Xalqning tarixi, urf-udumi, turmush tarzi, fe’l-atvori, ruhiyati, qo‘yingki, butun borlig‘i aks etadi. Shunga ko‘ra, maqollar xilma-xil mavzularda bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar tomonidan darsdagi maqollar mustaqil “Shivirlab o‘qish” usulida o‘qitiladi. 1. Siz qaysi maqollarni o‘qidingiz? 2. Maqollar qaysi mavzularda ekan? 3. Maqollar kim tomonidan yaratilgan? Kabi savollarga javob beriladi. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar maqollarni ifodali o‘qiydilar. Maqollar mazmuni ustida ishlanadi. “Davomini top”o‘yini o’tkaziladi. Bunda o’quvchilar ikki guruhga bo’linadi. Keyin ularga maqol yozilgan qog’ozlar tarqatiladi. Qog’ozdagi maqollarni toppish kerak bo’ladi. 1 – guruh. 1. Yaxshi yigit yurt tuzar, Yomon yigit… (yurt buzar) 2. Mehnat qilib topganing, Qand-u… (asal totganing) 3. Qush qanoti bilan tirik, Odam …(mehnati bilan) 2 – guruh. 1. Yaxshi bo‘lsang, o‘zarsan Yomon bo‘lsang…(to‘zarsan) 2. Tilingda bo‘lsa boling, Kulib turar… (iqboling) 3. Tinchlik bilan el ko‘karar, Yomg‘ir bilan... (yer). Qaysi guruh birinchi bo’lib topsa, o’sha guruh g’olib bo’ladi. V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash. O‘quvchilarga darslikdagi savollar bilan murojaat qilinadi, javoblar umumlashtiriladi. O‘quvchilar darsdagi ishtiroki va faolligiga ko‘ra baholanadi. VI. Uyga vazifa berish. “Maqollar”ni yodlash. Download 58.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling