Akademik qalam tasvir mavzu: holis fonda yalong’och erkak gavdasi


Download 361.51 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi361.51 Kb.
#584645
Bog'liq
HOLIS FONDA odam GAVDASI ishlash
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati-конвертирован, 4-Amaliy mashg`ulot Mavzu Konveyer qayta ishlash tamoyilini o'r, 6-10 lab Toshxo'jayev Elyor, 1-5 Amaliy mashg'ulot. E.Toshxo'jayev, Hyrulla Hamidov, mustaqil ish evolyutsiya Akramov Alisher, Dunyoqarash tushunchasi, 653-18 Luqmonov Sh, 5-AMALIY ISH, Oraliq nazorat ishi, Mustaqil ish 1.Ta\'limning milliy yo\'naltirilganligi, MILLIY ELEKTRON SUDLOV AXBOROT TIZIMI, 2-lab, 652,653-18 guruxlar uchun

MAVZU: HOLIS FONDA odam GAVDASI ishlash

HOLIS FONDA YALONG’OCH ERKAK GAVDASI

Odam gavdasi, badanini rangtasvirini ishlash eng murakkab vazifalardan hisoblanadi.

Odam gavdasi, badanini rangtasvirini ishlash eng murakkab vazifalardan hisoblanadi. CHunki kiyim ichida turadigan, quyoshda qorayib, rang olmagan, odam terisi juda nozik rang tuslarida bo‘ladi. Uni tasvirlash, rang-tusini o‘xshatib ifodalash ancha qiyindir. Odam, gavdasini har xil ko‘rinishlarini turli vaziyatlarda aks ettirish inson tanasi tuzilishi, anatomiyasi, o‘ziga xos shakl-shamoyilini o‘rganishni, plastik echimini topishni taqozo etadi. SHuning uchun chizilayotgan odam keksami, yoshmi gavdasining konstruktiv tuzilishini avvalo qalamtasvirini chizib, o‘rganilishi kerak. Buning uchun mayda qalam chizmalar, ranglavhalar bajarish, shakl va rang-tus munosabatlarini taxlil qilib o‘rganish lozim. SHundan so‘ng eng maqbul, chiroyli, ko‘zga yaxshi tashlanadigan joydan turib tasvirni matoga tushirish boshlanadi. Unda gavdaning sathda joylashishi kompozitsiya tomonlari puxta o‘ylab chiziladi. Rangda ishlaganda katta shakl, rang uyg‘unligiga ham alohida e’tibor bilan qaralishi, mutanosiblik barcha narsada o‘z aksini topishi kerak. Ular esa gavdaning har bir bo‘lagi, rangi, soya yorug‘ligida namoyon etiladi

Shunday qilinganda uning fonga nisbatan tutgan o‘rni, kompozitsiya mezonlariga, o‘lchamlariga amal qilinishi yengil ko‘chadi.

Yalang‘och tanani tasvirlashda juda ko‘p ranglar majmuidan foydalanish shart emas. Ranglavha asosiy rang va tus munosabatlarini, shakl ko‘rinishidagi yaxlitlikni ifodalashi kifoya. Buning uchun har bir tana a’zosi umumlashtirib, soya-yorug‘ligi aniqlanib aks ettiriladi. Agar ranglar xuddi natyurmortdagidek bor rang-barangligi bilan qo‘llansa, tasvir bachkana, g‘ayritabiiy chiqib qolishi ehtimoli bor.

Ranglavhani tezkorlik va ilk taassurotlar yo‘qolmasdan ishlash kerak. Ana shunda u asliga ko‘proq ham rang, ham shakl jihatidan monand bo‘lib chiqadi. Yalang‘och gavdani belgacha, tizzagacha yoki butun tanani ko‘rsatib tasvirlash mumkin. Bu o‘quv-mashq vazifada qanday talablar qo‘yilganiga bog‘liq.

Odam gavdasi uning soya va yopyg‘ joylarini yaxlit qilib ham tus, ham rang jihatidan ishlab chiqishdan boshlanib, hajmni ko‘rsatishga yordam beruvchi unsurlar-yarimsoya va aks shu’lalarni belgilash bilan davom ettiriladi, bunda rang koloriti ham muvofiq tarzda ko‘rsatiladi. Ayniqsa, gavdaning qorin va bel qismlari rang jihatidan juda murakkab, nozik tovlanishli tuslarga egaligi bilan ajralib turadi. Ularni «nyuans»lar yordamida ishlash mumkin. Bunda ham tus, ham rang o‘zgarishlarining salgina farqi ham hisobga olinadi.

Adabiyotlar ro‘yxati: 1. G.V.Veda. jivopis. Moskva «Prosveщenie». 1986. 2. B.Boymetov, B.Tojiev «Qalamtasvir fanidan ma’ruzalar matni». Nizomiy nomidagi TDPU. Toshkent – 2000. 3. E.S.Gromov. priroda xudojestvennogo tvorchestva. Moskva «Prosveщenie». 1986. 4. Izobrazitelnoe iskusstvo. (Pod redaksiey G.B.Smirnova) Moskva «Prosveщenie». 1977.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !


Download 361.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling