Aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish. Avvalo, «aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish»
Download 18.34 Kb.
|
Aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish
Aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish. Avvalo, «aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish»ning iqtisodiy mohiyatini ochib berishimiz hamda mazkur tushunchaga ta‘rif berishimiz lozim. Buning uchun «aksiyadorlik jamiyatlari» – «aksiyadorlik jamiyatlarini moliyalashtirish» – «aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish» so’z birikmalari orqali ifodalanayotgan iqtisodiy ma‘no-mazmunni ham anglab olmoq taqozo etiladi. Biroq, bizning qarashimizcha, aynan shu so’zlarning ma‘no-mazmuni «aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish»ning iqtisodiy mohiyatini ochib berishga yetarli emas hisoblanadi. Ya‘ni, mazkur tushunchaning ma‘nosi yuqoridagi so’zlar anglatishi mumkin bo’lgan ma‘no-mazmunlarning mexanik tarzdagi qo’shilishidan hosil bo’lmaydi. Buning uchun yuqorida keltirilgan so’zlarning mazmuni bilan birga aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish borasida nazariy adabiyotlarga, moliyaviy-iqtisodiy lug’atlarga hamda amaliyotga murojaat qilamiz. Bularning barchasi asosida biz tomonimizdan aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish shakllarining maqsadlari hamda manbalariga bog’liq holda tavsiflangan klassifikatsiyasi ishlab chiqildi. Birinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish shakllari sifatida aksiyadorlik jamiyatlarini dastlabki moliyalashtirish, IPO orqali moliyalashtirish, kapitalizatsiyalashgan foyda hisobiga ikkilamchi moliyalashtirish, yopiq obuna asosida qo’shimcha moliyalashtirish hamda imtiyozli aksiyalar va aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog’ozlar orqali moliyalashtirish keltirildi. Ikkinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish maqsadlari sifatida aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondini shakllantirish, yangi aksiyadorlar hisobiga qo’shimcha moliyalashtirish, aksiyadorlarning uzoq muddatli aktivlari qiymatini oshirish, qo’shimcha resurs hamda steykxolderlarni jalb etish va aksiyadorlar-steykxolderlar sonini oshirmasdan moliyalashtirishni jalb etish keltirildi. Uchinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish manbalari sifatida birlamchi, cheklangan ta‘sischilar mablag’lari, aksiyadorlarning keng ommasi mablag’lari, o’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va h.k.larning mablag’lari va qat‘iy belgilangan foiz oluvchilar mablag’lari keltirildi. Aksiyadorlik jamiyatlarini dastlabki moliyalashtirish deyilganda jamiyatning dastlab ustav kapitalini shakllantirish bilan bog’liq moliyaviy munosabatlar nazarda tutilmoqda. Bunda moliyalashtirish manbasi bo’lib ta‘sischilarning mablag’lari hisoblanadi. Investitsion jarayonda aksiyalarning asosiy roli aksiyadorlik jamiyatini tashkil etilish paytidayoq aniq belgilab beriladi. Aksiyalarning birlamchi emissiyasi va ularni keyinchalik ta‘sischilar o’rtasida taqsimlash natijasida xo’jalik faoliyatini yuritish uchun asos bo’lgan ustav kapitali shakllantiriladi. Aksiyadorlik jamiyatlarini IPO (initial public offering) moliyalashtirishga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininng 10.05.2017 yildagi 268-sonli Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini o’tkazishni tashkil etish to’g’risidagi qarorida keltirilgan ta‘rif bilan kifoyalanamiz. Mazkur qarorga ko’ra, aksiyalarning birlamchi ommaviy taklifi (IPO) – aksiyalarni aksiyadorlik jamiyati tomonidan (IPO tashabbuskori) fond birjasida investorlarning cheklanmagan doirasiga joylashtirishi hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati yangi aksiyadorlar hisobiga qo’shimcha yirik moliyalashtirishni amalga oshirishni xohlasa yoki bunga ehtiyoj bo’lsa – u holda IPO orqali moliyalashtirishdan foydalanadi. Ushbu holatda aksiyadorlarning keng ommasi mablag’lari moliyalashtirish manbasi bo’lib xizmat qiladi. Aksiyadorlik jamiyatlarini kapitalizatsiyalashgan foyda hisobiga ikkilamchi moliyalashtirish deyilganda sof foydani reinvestitsiya qilish orqali aksiyadorlik jamiyatlarini moliyalashtirish tushuniladi. Bundan maqsad, sof foydaning bir qismini iste‘molga emas, balki qayta investitsiya qilish orqali aksiyadorlik jamiyatiga yo’naltirish hisoblanadi. Buning natijasida har bir aksiyaga to’g’ri keladigan qiymat oshadi. Yoki, respublikamizdagi amaldagi qonunchilikka asosan – aksiyadorlarga ulushlariga proporsional ravishda qo’shimcha aksiyalar beriladi. Aksiyadorlik jamiyatlarini qo’shimcha moliyalashtirish deyilganda mavjud ustav kapitalini oshirish yoki mablag’ jalb qilish maqsadida qo’shimcha aksiyalarni chiqarish hamda joylashtirish bilan bog’liq munosabatlar ko’zda tutilgan. Aksiyadorlik jamiyatlarini yopiq obuna asosida qo’shimcha moliyalashtirishdan maqsad – qo’shimcha resurs hamda steykxolderlarni jalb etish bo’lib, bunda mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va h.k.larning mablag’lari yopiq obuna asosida qo’shimcha jalb etiladi. Aksiyadorlik jamiyatlarini imtiyozli aksiyalar va aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog’ozlar orqali moliyalashtirishda aksiyadorlar-steykxolderlar sonini oshirmasdan moliyalashtirish amalga oshiriladi. Bunda moliyalashtirish manbasi bo’lib, qat‘iy belgilangan foiz oluvchilar mablag’lari xizmat qiladi. Imtiyozli aksiyalar va aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog’ozlar borasida mazkur bobning oldingi paragraflarida tushuncha berilganligi uchun bu yerda to’xtalmadik. Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, biz tomonimizdan aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirishga quyidagicha mualliflik ta‘rifi shakllantirildi: aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish – aksiyadorlik jamiyatlarini dastlabki moliyalashtirish, IPO orqali moliyalashtirish, kapitalizatsiyalashgan foyda hisobiga ikkilamchi moliyalashtirish, yopiq obuna asosida qo’shimcha moliyalashtirish hamda imtiyozli aksiyalar va aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog’ozlar orqali moliyalashtirishdan iborat. Yoki, mazkur ta‘rifni yanada soddaroq tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish – aksiyadorlik jamiyatlarini dastlabki, IPO orqali, kapitalizatsiyalashgan foyda hisobiga ikkilamchi, yopiq obuna asosida qo’shimcha hamda imtiyozli aksiyalar va aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog’ozlar orqali moliyalashtirishdan iborat. Aksiyadorlik jamiyatlarini moliyalashtirishning biz tomonimizdan keltirilgan tarzda tavsiflanishi aksiyadorlik jamiyatlarining strategik maqsadlaridan hamda moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Mazkur klassifikatsiyani shakllantirish orqali biz nafaqat aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish tushunchasiga ta‘rif berdik, balki mazkur moliyalashtirishning tavsifini ham ifoda qildik. Download 18.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling