Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalari unversiteti Fan: O’zbekiston Tarixi Guruh: hsm024-1 Talaba: Yahyoyev Komronbek


Download 18.67 Kb.
Sana28.05.2020
Hajmi18.67 Kb.
#110881
Bog'liq
13-nazorat savollari YK


Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalari unversiteti

Fan: O’zbekiston Tarixi

Guruh: HSM024-1

Talaba: Yahyoyev Komronbek

O’qituvchi:Bobojonov Hasan

Vazifa: 13-nazorat savollari

Savollar


1. Nima uchun urushdan kеyingi XX asr 50- yillarida totalitar rеjim kuchaydi?

2. Siyosiy qatogʻonliklarning yangi toʻlqinida kimlar qurbon boʻldi?

3. 1946-1960-yillarda Oʻzbеkiston xalq xoʻjaligi qanday rivojlangan?

4. Oʻzbekiston sanoatida qanday siyosat olib borildi?

5. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida qanday oʻzgarishlar sodir boʻldi?

6. Oʻzbеkiston ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida qarama-qarshiliklar qay tariqa paydo boʻldi?



Javoblar

  1. 1946-yil 2-fevralda qabul qilingan O‘zbekistonda paxtachilikni tiklash va rivojlantirishga oid qarori respublikada paxta yakkahokimligi siyosatini kuchaytirish uchun asos bo‘ldi. O‘zbekistonda iqtisodiyotni tiklashda, ayniqsa, paxtachilikda muammolar ko‘p edi. 1947-1948-yillarda paxta tayyorlashning davlat rejasi bajarilmadi. 1949-yildan boshlab ahvol birmuncha o‘zgardi. 1950-yili 2 mln 222 ming tonna paxta yetkazib berildi, hosildorlik gektaridan 20,7 sentnerga yetdi. 1950-yildan paxtaning xarid narxi oshirilib, 1 tonnasiga 2200 so‘m, ya’ni avvalgidan ikki baravar ko‘p haq to‘landi.




  1. Qatag’onning yangi to’lqinida Oybek, Abdulla Qahhor, Mamarasul Boboyev, Mirtemir, Shayxzoda kabi o‘zbek yozuvchilari badnom qilindi. 1951-yili avgustda bir guruh atoqli ijodkor ziyolilar “millatchilar”, deb matbuotda nohaq tanqid qilindi, “buzg‘unchilikda” ayblandi. Keyinchalik yozuvchilardan Shayxzoda, Shukrullo, Shuhrat, Said Ahmad va boshqalar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Yuqorida ta’kidlangan qarorlar ta’sirida respublikada nashr etilayotgan, xalq sevib o‘qiyotgan “Sharq yulduzi” jurnali ham qattiq tanqid ostiga olindi va uning Oybek boshchiligidagi xodimlarining ko‘pchiligi “millatchi” aybi bilan qamoq jazosiga hukm qilindi.



  1. Qishloq aholisining moddiy ahvoli og‘ir edi. Urushdan keyingi xo‘jalikni tiklash va rivojlantirishning asosiy o’girligi qishloq mehnatkashlari zimmasiga tushdi. O‘zbekiston aholisi haddan tashqari ko‘p olinadigan soliq tufayli bog‘laridan voz kechdi. Chorvadorlar shu sababga ko‘ra mol boqib foyda ko‘rmadi. Aholining shaxsiy mollari soliq hisobiga davlat va jamoa xo‘jaliklari foydasiga olindi. shaxsiy xo‘jaliklarda chorva mollarining soni keskin kamaydi.



  1. Respublikada paxtachilikni rivojlantirish uchun ekologik sharoitni hisobga olmagan holda kimyoviy moddalar qo‘llanilishi ko‘payib, yangi yerlar o‘zlashtirildi. XX asrning 50-yillaridan boshlab qo‘riq va bo‘z yerlami o‘zlashtirish orqali paxta yetishtirishni ko‘paytirishga kirishildi. Uch yil (1953-1955) ichida respublikada 130 ming gektar yangi yerlar ochildi. Birgina Mirzacho‘lning o‘zida 1956-yilga kelib 200 ming gektar yer o‘zlashtirildi. 1960-yilda O‘zbekistonda sug‘oriladigan yer maydoni 2.571 ming gektarga yetdi. Paxtachilikni rivojlantirish uchun mineral o‘g‘itlardan foydalanishga katta e’tibor qaratilib, respublikada 1951-yilda 0,9 mln tonna mineral o‘g‘it ishlatilgan boisa, 1980-yilda uning miqdori 5 mln tonnadan oshib ketdi. G‘o‘za barglarini to‘kish va zararkunandalarga qarshi kurashda zaharli ximikatlar dan foydalanildi.



  1. Dunyo bo‘yicha pestitsidlar har bir kishiga 300 gr dan, AQSHda 800 gr dan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 1989-yil respublikaning paxta ekiladigan hududlarida har bir kishiga 25-45 kg ni tashkil etdi. Yerlarning hosildorligi tushib, sho‘rlanish ko‘paydi.Shunday bo‘lsada, O‘zbekistonda paxta yakkahokimligi siyosati tufayli yildan-yilga paxta yetishtirish ko‘payib bordi. Paxta xomashyosi yetishtirish 1946-1985-yillarda 5,5 baravar ko‘paydi, paxta ekiladigan maydonlar 1 mln ga dan ortdi. 1966-1986-yillar mobaynida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 45 mlrd rubl mablag‘ ajratilgan bo‘lib, shundan 17,1 mlrd rubli sug‘orish tarmoqlariga sarflandi. Shu davrda 1,5 mln gektar yer o‘zlashtirildi.



  1. XX asrning 60-80- yillarida SSSRda iqtisodiyotnirig rivojlanish sur’ati tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlami hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi. Iqtisodiyot ekstensiv yoʻlda, tobora koʻp qoʻshimcha mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etishda sustkashlik qilinayotgan edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega boʻlsa-da, xoʻjaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yoʻlidagi urinishlarni yoʻqqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag ajratishda qoldiq prinsipi hukmron edi.

Download 18.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling