Aleksandr anabasisi


Download 17.81 Kb.
Sana26.04.2020
Hajmi17.81 Kb.

6-SINFLAR UCHUN TARIX FANIDAN TESTLAR

1.O’rta Osiyo tarixiga oid ma’lumotlar uchrovchi “Aleksandr anabasisi” asari muallifini aniqlang

A) Geradot B) Strabon C)K.K.Ruf D)Arrian

2.O’zbekiston hududidagi qaysi manzilgohdan ilk diniy etiqod namunalari topilgan

A) Teshiktosh B) Ko’lbuloq C) Zarautsoy D) Jarqo’ton

3.Ishlab chiqaruvchi xo’jalik ya’ni dexqonchilik va chorvachilik qaysi davrning eng muhim ixtirosi hisoblanadi

A) mezolit B) paleolit C) neolit D) bronza

4.Qadimgi madaniyat namunalaridan biri hisoblanadigan “ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor”O’zbekistonning qaysi qadimiy hududidan topilgan

A) Samarqand B) Farg’ona C)Surxandaryo D) Termiz

5.Shumerliklar eng qadimgi yozuvlardan biri –mixxat yozuvini ixtiro qilgan davrda Misr tarixida qanday voqea sodir bo’lgan

A)odamlar Nil daryosi qirg’oqlarini o’zlashtira boshladi

B) Menes Yuqori va Quyi Misrni birlashtirdi

C) Misrga giksoslar bostirib kirdi

D)Kir II ning o’g’li Kambiz Misrni istilo qildi

6. Sinay yarimoroli haqida bildirilgan xato ma’lumotni toping

A)Memfis shahri orqali o’tadigan yo’l sinay yarimoroliga olib borgan

B)Bu yerdan mis qazib olingan

С) Qadimgi podsholik davrida bosib olingan

D)Giksoslar butun Misrni bosib olgan,faqatgina Sinay yarimoroligina giksoslarga bo’ysunmaydi

7.Misrliklar e’tiqodiga ko’ra, qaysi hudo Misrning eng qadimgi podsholaridan biri bo’lib o’z xalqiga dexqonchilikni o’rgatgan

A)Ptax B)Osiris C)Anubis D) Apis

8.Qadimgi Misrda nimani muqaddas hisoblashib uni ‘’hudolar kalomi ‘’deb ulug’lashgan

A)hayvonlarni B)piramidalarni C) kohinlarni D) yozuvni

9.Tarixdagi qaysi xalqlar xurmo daraxtini ‘’hayot daraxti’’ deb ulug’lashgan

A)Mesopotamiyaliklar B) Misrliklar C) Xettlar D)Yunonlar

10.Bobil podsholigida qaysi hukmdor Misrni o’z davlatiga qo’shib oladi va Iyerusalim (Quddus)ni vayron qiladi

A)Xamurappi B)Navuxodonosor II C) Oshshurbonapal D) Yaxmos

11.Temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari nechanchi asrlarda O’rta Osiyodan ham topilgan

A)mil.avv XIV-XIII asrlar B)mil.avv VII-VI asrlar

C)mil.avv IX-VIII asrlar D)mil.av VI-V asrlar

12.Mis va tosh mehnat qurollari baravar qo’llanilgan insoniyat tarixidagi davrni toping

A)eneolit B)neolit C)paleolit D)mezolit

13.Qaysi davrda sopol buyumlar qushlarning tasvirlari va o’simlik naqshlari bilan bezatila boshladi

A)eneolit B)neolit C)mezolit D)paleolit

14.O’zbekistondagi ilk shahar alomatlari ko’zga tashlanadigan ikki qismdan iborat manzilgoh qanday nomlanadi

A)Sopollitepa B)Zamonbobo C)Jarqo’ton D)Zarautsoy

15.Insoniyat tomonidan sun’iy tarzda olov hosil qilish qaysi davrda ixtiro qilingan

A) Mezolit B) neolit C) eneolit D)so’ngi paleolit

16.Behisun yozuvlari haqida xato ma’lumotni toping

A)Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinidan topilgan

B)O’rta osiyo tarixiga oid eng qadimgi tarixiy manba

C)Doro I buyrug’i bilan yozilgan

D)Qadimgi O’rta osiyo xalqlari haqida malumotlar uchraydi

17.Insonning o’zini qurshab turgan tevarak dunyoni tushunishga intilishi qaysi sohani rivojlantirdi

A)tasviriy sanatni B)ilk dinlarni C)mehnat unumdorligi D)barchasi

18.o’zlashtiruvchi xo’jalik deb ataluvchi qadimgi odamlar mashg’ulotini aniqlang

A)dexqonchilik va chorvachilik B)chorvachilik va hunarmandchilik

C)chorvachilik va ovchilik D)termachilik va ovchilik

19.”nom” –bu

A)ibodatxona B)urug’ jamoasi C)shahar manzilgohlar D)shaharlar hukmdori

20.Tarixda birinchi qonunlar tuzgan hukmdorni aniqlang

A)Xammurapi B)Navuxodonosor II C)Yaxmos D)Makedoniyalik Aleksandr

21.Qadimgi Xitoyda ko’p podsholiklar davri nechanchi asrlarni o’z ichiga oladi

A)mil.avv.VIII-VII asrlar B)mil.avv.VII-Vasrlar C)mil.avv.III asr D)mil.avv.III-IIasrlar

22.Xitoyga sholi urug’i qaysi hududdan keltirilgan

A)O’rta Osiyodan B)Mesoptamiyadan C)Hindistondan D)Xitoyliklar yaratgan

23.Quyidagi ixtirolardan qaysi biri hindlar tomonidan ixtiro qilinmagan

A)Shahmat B)tut daraxti yetisgtirish C)Shakarqamishdan shakar D)nol

24.Hindiston hududidagi Mauriya davlati kimning davrida gullab yashnaydi

A)Chandragupta B)Siddharta Gautama C)Ashoka D)Sin Shihuandi

25.Quyidagilar orasidan qaysi qadimgi Hindistondagi kastalarga kirmaydi

A)Shudralar B)Braxmanlar C)kshatriylar D)Chandalllar

26.Qaysi tog’ Hindistonni sharqdan dushmanlar hujumidan saqlovchi tabiiy mudofaa vazifasini o’tagan

A)Himolay B)Hind tog’i C)Pomir tog’i D)Everest

27.Qayerda Doro I va Kserkslarning yuz ustunli zali bo’lgan

A)Suza B)Ekbatana C)Persapol D)Zagros

28.Doro I ning qaysi siyosati yunon-fors urushlariga sabab bo’lgan

A)Qora dengiz bo’yidagi skiflani bosib olishi

B)yunon koloniyalari va Frakiyaning bosib olishi

C)mamalkatni satrapliklarga bo’lishi

D)Qo’zg’alonlarni shavqatsiz bostirganligi

29.Finikiyaliklarning asosiy mashg’uloti qaysi soha bo’lgan

A)savdogarlik B)dexqonchilik C)chorvachilik D)hunarmandchilik

30.Qadimgi xettlarning eng yaqin qo’shnilari qaysi xalq bo’lgan

A)Urartu B)Ossuriya C)Mitanni D)Falastin

31.Yangi Bobil podsholigi tashkil topgan davrda bo’lgan voqeani aniqlang

A)Aleksanr Makedonskiy Ahomoniylar ustidan g’alaba qozonadi

B)Miidiya davlati Kiaksar davrida gullab yashnadi

C)Doro I taxtga o’tirdi

D)Kir II ahamoniylarni birlashtirdi

32.Qachon Hindistonda Moxanjadaro va Xarappa Shahaharlari suv toshqinlari tufayli vayron bo’lgan

A)mil.avvXIX asr B) mil avv XVIII asr C)mil avv XVII asr D)mil avv XI asr

33.Yurtimiz tarixiga oid tarixiy asarlar yozgan yunon tarixchilaridan qaysi biri keyinroq yashagan

A)Strabon B)K.K.Ruf C)Arrian D)Geradot

34.Ko’hna qadamjolarni qazish chog’ida O’rta osiyodan qaysi davlat hunarmandlari yasagan zeb ziynat buyumlari topilgan

1.Misr 2.Mesopotamiya 3.Hindiston 4.Eron 5.Kavkazorti

A)1,3,5 B)2,3,4 C)1,2,5 D)1,2,3,4,

35.Temir davriga o’tilgach O’rta Osiyoda qaysi din vujudga keldi

A)Zardushtiylik B)Moniylik C)Shomoniylik D)Islom

36.Quyidagi sak qabilalaridan qaysi biri sehrli ichimlikka sig’inuvchilar deb ataladi

A)saka tigraxauda B)saka tiay-taradarraya C)saka xaumovarka D)tjy

37.Bir xil vazifani bajargan xudolarni aniqlang

A)Tot-Shamash B)Mitra-Amon Ra C)Ishtar-Maat D)Ahuramazda-Amon Ra

38.Bundan 2,5 ming yil aval xitoyliklar yozuv uchun qaysi mahsulotdan foydalana boshladi

A)shoyi B)suyak C)qog’oz D)bambuk

39.Hashamati jihatidan Misr ehromlaridan qolishmaydigan inshoatni aniqlang

A)Buyuk xitoy devori B)Mesopotamiya Zikkuratlari

C)Sin Shihuandi maqbarasi D)Persapol saroyi



40.Qadimgi forslar qaysi yozuvdan foydalangan

A)Elam yozuvidan B)iyerogliflardan C)lotin yozuvidan D)mixxat yozuvidan
Download 17.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling