Algoritmik modellar Algoritmning intuitiv tushunchasi va uni aniqlash zarurati. Tyuring mashinalari va ular orqali hisoblanuvchi funksiyalar Reja: 1


Download 5.95 Kb.
Sana12.05.2022
Hajmi5.95 Kb.
#667260
Bog'liq
Algoritmik modellar Algoritmning intuitiv tushunchasi va uni ani-www.hozir.org
25-32 savollar, 1-oraliq mfo'm, Kurs ishi, ijro jadval, Reja Sonli qator yig‘indisi tushunchasi Absolyut va shartli yaqi, psixologik terminlar, , TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI YANGIYER FILIALI 13-05-2022, tomat soki ishlab chiqarish texnologik jarayonini avtomatlashtirish tizimiga loyiha taklif qilish, mustaqil ish ppt, translation of newspaper texts, Hujjat

Algoritmik modellar Algoritmning intuitiv tushunchasi va uni aniqlash zarurati. Tyuring mashinalari va ular orqali hisoblanuvchi funksiyalar Reja: 1

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali TT va KT fakulteti AX-12-20 guruh talabasining Diskret tuzilmalar fanidan tayyorlagan 14-mustaqil ish Bajardi: Jo’raqulova N Qabul qildi: Hayitov B

Algoritmik modellar Algoritmning intuitiv tushunchasi va uni aniqlash zarurati. Tyuring mashinalari va ular orqali hisoblanuvchi funksiyalar Reja: 1. Algoritmik jarayonlarning matematik modellari 2. Matematik modellarni qurish bosqichlari 3. Tyuring mashinalari

Model so‘zi lotincha modulus, so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor, obraz, namuna, analog, "o‘rinbosar“


degan ma’nolarni bildiradi. Modelь tushunchasini ta’riflash
juda qiyin. Bir manbada uning 31 ta ta’rifi sanab o‘tilgan.
SHunday bo‘lsada bu tushuncha har birimizga tanish: o‘yinchoq
samolyot - samolyotning modeli, globus - Erning
modeli, planetariy ekrani-osmon va undagi
yulduzlar modeli, S=vt formula- jism 
xarakati modeli. Bu bayon qilingan
predmetlar grafik tasvirlar, formulalar bitta
"model" so‘zi bilan birlashadilar. YAna turli
shaklda berilgan ta’riflardan ba’zilarini keltiramiz.
Keng ma’noda modelь biror ob’ekt yoki ob’ektlar
sistemasining obrazi yoki namunasidir. N. N. Moiseev
ta’rifi buyicha «Modelь deganda biz predmet (hodisa )
haqida uning u yoki bu ayrim xossalarini aks
ettiruvchi ma’lum bir chegaralangan ma’lumotni
beruvchi soddalashtirilgan bilimni tushunamiz.

Modelga ma’lumotni kodlashning maxsus shakli sifatida ham qarash mumkin. Modellarni qurish kishilar faoliyatida juda katta ahamiyatga ega. Model qurish jarayoni modellashtirish deyiladi. Modellashtirish deganda ob’ekt (sistema) ning modeli yordamida shu ob’ektning xossalarini tadqiq qilish jarayoni tushuniladi. Modellashtirish - turli jarayon va hodisalarni o‘rganishning eng keng tarqalgan metodlaridan biridir. Model tushunchasi biologiya, meditsina, ximiya, fizika, iqtisodiyot, sotsiologiya, demografiya va boshqa fanlarda ham qo‘llaniladi. Modellarning matematik modelь, fizik modelь, biologik model, iktisodiy modelь va boshka turlari mavjud. Matematik modelь tushunchasining ham turli ta’riflari mavjud. Ulardan ba’zilarini keltiramiz. Jarayonning matematik tavsifini, ya’ni jarayonning matematik tildagi bayonini matematik modelь deb yuritamiz. Matematik modelь olamning ma’lum hodisalari sinfining matematik belgilar bilan ifodalangan taqribiy ifodasidir. O‘rganilayotgan jarayon yoki hodisani matematik simvollar yordamida bayon qiluvchi matematik munosabatlar sistemasi matematik model deyiladi.

Ob’ektning xarakteristikalarini bayon qiluvchi matematik ifodalar matematik model deyiladi. Misollar. Eng qadimgi matematik modellardan biri Evklid geometriyasidir. Bu bizni qurshab olgan fazo va undagi predmetlar modelidir. Hammaga ma’lum matematik modellar: butun sonlar sistemasi, haqiqiy sonlar sistemasi. Hozirgi zamon algebrasida gruppalar, xalqalar, maydonlar, vector fazolar, chiziqli algebralar, bul algebralari kabi matematik modellar bilan ish ko‘riladi. Har qanday matematik model uch yo’l bilan paydo bulishi mumkin: a) hodisani to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish natijasida, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganish va tushunish natijasida; bunday usul bilan olingan model fenomenologik model deyiladi; b) biror deduksiya jarayoni natijasida, bunda yangi modelь biror umumiyroq modeldan xususiy hol sifatida olinadi; bunday modellarasimptotik modellar deyiladi;

v) biror induksiya jarayoni natijasida, bunda yangi model "elementar" modellarning tabiiy umumlashmasidan iborat bo‘ladi. Bunday modellar ansambl modellari deyiladi. Matematik modellarni qurish bosqichlari Matematik modelni kurishni 4 boskichda amalga oshiriladi. 1. Sistema(ob’ekt) faoliyatini ifodalovchi modelь yordamida javobi izlanayotgan asosiy masalalar tuziladi. 2. Sistema(ob’ekt) faoliyatini boshqaradigan qonunlar to‘plamidan muhimlari hisobga olinadi. 3. Bu qonunlarga qo‘shimcha holda, zarurat bo‘lsa, sistema va uning sistema ostilarining ishlashi haqida gipotezalar bayon qilinadi. 4. Qonunlar va gipotezalar matematik munosabatlar shaklida ifodalanadi va bu matematik munosabatlar birlashtiriladi. Modelь yordamida o‘rganilayotgan sistemaning mohiyatiga monand dinamik, statik, determinirlangan, stoxastik, ochiq, yopiq modellar haqida gapirish mumkin. SHu munosabat bilan modellarni dinamik va statik modellarga, determinirlangan va stoxastik modellarga, ochiq va yopiq modellarga ajratish mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat



http://hozir.org
Download 5.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling