Algoritmlash va dasturlashning asosiy tushunchalari Reja: 1,Algoritmlashning asosiy tushunchalari


Download 480.29 Kb.
bet1/4
Sana19.02.2023
Hajmi480.29 Kb.
#1214969
  1   2   3   4
Bog'liq
Презентация1

Algoritmlash va dasturlashning asosiy tushunchalari Reja:

1,Algoritmlashning asosiy tushunchalari

2,Algoritm turlari

3,Dasturlash asoslari

Algoritm so`zi algoritmi so`zidan olingan bo`lib, u IX- asrning buyuk matematigi bobokolonimiz Muhammad al-Xorazmiy nomining lotincha shaklidir. Informatika sohasida algoritm tushunchasi asosiy tushuncha bo`lib, u geometriya kursidagi nuqta, to`g`ri chiziq va tekislik, matematikadagi to`plam, kimyodagi modda, fizikadagi fazo hamda vaqt tushunchalari kabi fundamental tushuncha hisoblanadi. Algoritmga aniq bir ta`rif berish mushkul. Shunday bo`lsada, algoritmning mohiyatini aniq tushuntirish mumkin. Algoritm – biror masalani yechish uchun bajarilishi zarur bo`lgan buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligi. Tuzilgan algoritmni uning yozilish qoidalarini tushunadigan va unda ko`rsatilgan buyruqlarni bajarish imkoniga ega bo`lgan insonning o`zi yoki texnik qurilma (masalan, kompyuter) bajarishi mumkin.

Odamlar har kuni bajaradigan ishlarida o`zlari bilmagan holda shu ishlarni bajarish algoritmlardan foydalanadilar.

Algorithm va uning xossalari

Elektron hisoblash mashinalarining vujudga kelishiga qadar algorithmga har xil TA'rif berib kelindi. Lekin ularning barchasi mA'no jihatdan bir-biriga juda yaqin Bo'lib, bu TA'rif hozirgi kunda quyidagicha talqin qilinadi.

TA'rif. Algorithm deb, q'yilgan masalani echish uchun mA'lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-ketligiga aytiladi.

Har qanday algorithm mA'lum Ko'rsatmalarga binoan bajariladi va bu Ko'rsatmalarga buyruq deyiladi.

Algorithm quyidagi muhim xossalarga ega:

Aniqlik va tushunarlilik - deganda algorithmda ijrochiga berilayotgan Ko'rsatmalar aniq mazmunda Bo'lishi tushuniladi.

Ommaviylik - deganda har bir algoritm mazmuniga Ko'ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o'rinli Bo'lishi tushuniladi.


Download 480.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling