Alisher navoiy asarlarida til va nutq masalalari


Download 23.53 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi23.53 Kb.
#139149
Bog'liq
2- mavzu


2- Mavzu: ALISHER NAVOIY ASARLARIDA TIL VA NUTQ MASALALARI
REJA:

  1. Alisher Navoiy asarlarida til va nutq masalalari.

  2. Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug’atayn» — «Ikki til muhokamasi» asari


Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug’atayn» — «Ikki til muhokamasi» deb nomlangan asar  905 hijriy yilning jumodiyul avval oyi- 1499- melodiy yilning dekabr oyi oxirlarida chorshanba kuni yozib tugatilgan.

«Muhokamat ul-lug’atayn» da turkiy-o’zbek va fors-tojik tillarini qiyosiy o’rganish vositasida turkiy-o’zbek tilining Sharqda mashhur bo’lgan arab va fors-tojik tillari darajasidagi mavqeidan so’z yuritiladi hamda ulardan, xususan fors-tojik tilidan farq qiluvchi xususiyatlari turli xildagi ko’pgina misollar, jumladan «yuz lafz» (yuzta so’z)ni keltirib, talqin qilish bilan isbotlanadi. Bu ma’no Alisher Navoiyning quyidagicha yozganlarida ham o’z ifodasini topgan.

«Turkiy va sort lug’ati kayfiyati va haqiqati sharhida bu risolani jam’ qilib bitidim va anga «Muhokamat ul-lug’atayn» ot qo’ydum, to turk eli tili fasohatu diqqati va balog’atu vus’ati… zohir qildim. Va xayolimg’a mundoq kelurkim, turk ulusi fasihlariga ulug’ haq sobit qildimki, o’z alfoz va iboratlari haqiqati va o’z til va lug’atlari kayfiyatidin voqif bo’ldilar». (MAT, 20 tomlik, 16-tom, 40-bet).

Shuni eslatish joizki, Alisher Navoiy turkiy tilning fazilatlari haqida so’z yuritganda o’sha davrda mashhur bo’lgan arab, fors-tojik va hind tillarini kamsitmaydi, aksincha ularning har biriga xos bo’lgan xususiyatlarni ham ehtirom bilan bayon etadi.

Bundan kuzatilgan maqsad turkiy tilning fasohati va balog’ati haqida ilmiy asoslangan mulohazalarni bayon etish bilan bir qatorda «turk nozimlari (shoirlari) o’z alfozlari bilan she’rg’a mashg’ulluq qilg’aylar va ko’ngul g’unchasi dog’idinki, pechlar chirmanibdur, bahor nasimidek anfos bila guldek ochilg’aylar». (MAT, 20 tomlik, 16-tom, 38-bet).

Demak, Alisher Navoiy turkiy tilning fasohati va lug’aviy boyligini dalillar bilan isbotlash vositasida turkiy tildagi adabiyot-she’riyatning yanada ravnaq topishi lozimligini ham nazarda tutgan. «Muhokamat ul-lug’atayn»da faqat qiyosiy tilshunoslik masalalaridan so’z yuritilgan emas, balki unda til tarixi, o’zbek adabiyoti tarixi, she’riy janr va badiiy san’atlar, fors-tojik adabiyoti namoyandalari asarlari va o’zi (Alisher Navoiy)ning ijodiga doir qimmatbaho mulohazalar ham mavjud.

Alisher Navoiyning qayd qilishicha, turkiy til va turkiy tildagi adabiyot tarixi o’zaro chambarchas bog’lidir. Bu jarayonning Sulton Husayn Boyqaro-Husayniy tomonidan qo’llab-quvatlashi tufayli yanada rivojlangani ta’kidlanadi.

A.Navoiy o’zbek tilining boy sinonimlaridan o’z asarlarida ustalik bilan foydalangan. O’zbek tilida turli ma‘no nozikliklarini ifodalovchi sinonimik fe‘llardan 100tasi «Muhokamatul lug’atayn»da ham eslatib o’tadi: «Bu 100 lafzdurki, g’arib maqosid tayin qilibdurlarki, hech qaysi uchun sort tilida lafz yasamaydurlar». A.Navoiy o’zi keltirgan 100 fe‘lning har biri o’zbek tilida o’z sinonimlariga ega ekanligini ta‘kidlaydi. Masalan, biror bir suyuqlikni ichish harakatini ko’rsatuvchi ichmoq fe‘li bor. Navoiy bu fe‘lning sipqarmoq, tomshimoq kabi sinonimlardan ham foydalangan:

Soqiyo, tut bodakim, bir lahza o’zimdin boray,

Shart bukim, har necha tutsang labo-lab sipqaray.

Soqiy, chu ichib, menga tutar qush,

Tomshiy-tomshiy oni qilay no’sh.

A.Navoiy asarlarida «yig’lamoq» so’zining yig’lamsinmoq, bo’xsamoq, ingramoq, singramoq, siqtamoq, o’kirmak, inichkirmak, hoy-hoy yig’lamoq kabi sinonimlarini samarali qo’llagan.

Istasam dabir gulidin ishqingni pinhon aylamak,

Kechalar gah ingramakdur odatim, gah singramak.

Ul oyki, kula-kula hirog’latti meni

Yig’latti meni demaki, siqtatti meni.

A.Navoiy yuqoridagi misollarni keltirar ekan, ulardagi sinonimlarning poetik ustunligini, stilistik bo’yoqdorligini va poeziyadagi rolini ko’rsatadi. Bu bilan tildagi sinonimlarning rolini yaxshi tushunib yetganligini ko’rstadi.

Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug’atayn»da o’zini faqat tilshunos olim sifatida emas, balki arab, fors va turkiy adabiyot tarixining ham ulkan bilimdoni – olimi ekanini namoyish etgan.

A.Navoiy turkiy va forsiy tillarni qiyoslar ekan, juda ko’p turli soha so’zlarini bittama bitta yig’adi, tahlil qiladi. Hayotning turli sohalarga tegishli istilohlarini o’z asarlariga singdirdi.



Masalan:

Oziq-ovqat nomlari: qaymoq, qatlama, bulamiq, qurut, manti, quymoq, o’rqamach, qimiz, suzma, bo’za, tatmach, umach, kumach va b.

Chorvachilikka doir nomlar: to’bichak, arg’umak, yaka, yabu, tatu, toy, g’unon, dunon, to’lan, chirg’a, lang’a, jibildir, xana, tuqum, chilvir.

Kiyim-bosh nomlari: dastor, qalpoq, navruzi, tuppi, shirdoq, jarak, dakla, qur, terlik.

Ov hayvonlari nomlari: kiyik, to’ng’uz, xuna, qilchaqchi, suykun, bug’u, maral, ohu, gavazin, huk, guraz kabilar.

Qarindosh urug’chilik terminlari qiyosi: Ulug’ini og’a, kichigini «ini» derlar birodar Ulug’ qiz qardoshini «egachi» Kichigini «singil» hohar Otaning og’a-inisini «opag’a» alar hech qaysig’a ot Ona qarindoshini «tog’oyi» qo’ymabdur «ko’kaltash» turkcha til bila atka, enaga aytur.

Hayvon, qush nomlari. Kiyik erkagini «xo’na» ohu Urg’ochisini «qilchoqchi» der gavazin Suyqunning erkagini «bug’u» Urg’ochisini «maral» Elbasun-o’rdakning bir turi sartlar uni bilmaydi . Turklar o’rdakning erkagini sartlar ikkalasini ham «suna»,urg’ochisini «burchin» «murg’obi» derlar. Turkiy alfozda: kurka, erka, Suqtur,chaqirqavot,temirqanot, Oldaldag’a, alapo’ka,bonchol kabi sartlar barisin Nomlar bilan o’rdakning turla- murg’obi derlar. rini ayturlar. Ot nomlari: Tubichoq, arg’umoq, yaka, yobu barisin turkcha ay- Tatu turlar Toy, g’unon, do’nan, go’lan, lang’a yoshiga qarab cha aytur, ko’plari bilmaydur. Kiyim-kechak nomlari. Dastor, qalpoq: navro’ziy,to’ppi turkcha ayturlar. Shirdoq, dakla, yalak, yog’lig’,terlik Taom nomlari Orqa,oshuqlig’,yonso’ngak turkcha ayturlar qoburg’alik, qatlama, bo’g’izlag’u qaymog’, qurut, ulabi qimiz,suzma va b. Ko’rinadiki, A.Navoiy o’zbek tilining leksik imkoniyatldari fors tilidan qolishmasligini yuqoridagi misollar bilan ochiq-oydin isbotlagan. Buning uchun u turkiy xalqlarning mahalliy sheva xususiyatlarini, har bir so’z anglatgan ma‘nolarni chuqur bilgan va o’rgangandir. A.Navoiy turkiy va sart tillaridagi so’z yasalishi sohasida quyidagilarni misol sifatida keltiradi:

-sh- turk tilida harakatning bir necha kishi tomonidan bajarilishini bildiradi: chopishmoq, topishmoq, quchishmoq, o’pishmak;

-t- turk tilida orttirma nisbat yasaydi: yugurt, yashurt, qildurt, chiqart;

-chi qo’shimchasi mansab nomlarini yasaydi: qurchi, suvchi, xazinachi, yurtchi, tamg’achi, jebachi, yo’rg’achi, holvachi, qo’ychi, quvchi, kiyikchi, turnachi.

-vul esa: qiravul, yasavul, chingavul, bakavul, latavul , suzavul kabi.

-l qaqol, yasol, qabol, tumqol,tusgol, sevog’ol kabi.

Gumon va nisbat etish qo’shimchasi. -dek: borg’udek, yorg’udek, kelgudek, bilgudek, aytqudek, urg’udek, surg’udek. -ch fe‘lda harakat turii ko’rsatadi: aytgach, barg’ach, topg’ach, satqach.

-r so’zlarning oxiriga qo’shilib, mubolag’a va harakat bildiradi: bilako’r, qilako’r, ketako’r, Etako’r.

Shunday qilib, Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug’atayn» ilmiy asari turkiy tilshunoslikning nodir yodgorligi bo’lib, unda turkiy tilning o’ziga xos xususiyatlari, uning buyuk ahamiyatga molik badiiy yodgorliklarni yaratishga qodirligi masalasi ilmiy asosda yoritilgan. Shuning bilan birga asarning mavzu doirasi keng bo’lib, unda umuman adabiyotshunoslikning turli xildagi muhim muammolari tilga olingan va o’sha davrdagi nasrning o’ziga xos xususiyatlari o’z ifodasini topgan.



Asosiy adabiyotlar:

1. A.Navoiy. Tanlangan asarlar. III tom. «Muhokamat-ul lug’atayn». O’zbekiston Davlat nashriyoti. T. 1948 y. 171-194 betlar.

2.Tursunov U. O’rinboev B. «A.Navoiy va o’zbek adabiy tili tarixi» Samarqand. 3-29 b.

3.Reshetov V. Shoabdurahmonov Sh. «O’zbek dialektologiyasi» T.1962. 120-b.

4.Holmonova Z. Adabiy tildan ma’ruzalar umumlashmasi-T.: «O‘zbekiston» 2013, 250 b.

5.Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, -T.: «Fan», 1992, 254 b.


Amaliyot


  1. topshiriq. Matnni o‘qing. Alisher Navoiyning til imkoniyatlari va so‘z

ma’nosi taraqqiyoti haqidagi qarashlari asosida insho yozing.

«Muhokamat ul-lug‘atayn»dan.

Ko‘ngil barcha ma’nolarni jamlagan ummondir, so‘z — ko‘ngil dengizidagi bir inju. Dengizdan injuni g‘avvos olib chiqqani va uning qiymatini tayin etganidek, ko‘ngildagi so‘z injusi so‘zlovchi tarafidan bezaladi, qiymati ham anglash darajasining nisbatiga ko‘ra belgilanadi. Injuning qiymati haqida: «darajalari ko‘p», hatto;«qiymati bir dirhamdan 100000 dirhamgacha bo‘lgan injular bor» deyish mumkin...So‘z injusining qiymati bundan-da ulug‘, darajasi bundan-da yuksakdir. Uning ulug‘ligi shu darajaki, o‘lik tanga ruh bag‘ishlaydi. Ayni paytda, tirik jonni ruhdan mahrum etmog‘i mumkin. Har bir jamiyatning so‘z boyligi boshqalaridan, so‘zlarning ma’nolari-da o‘zgalaridan farqlidir va bir-birlarida bo‘lmagan bir necha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Qushlarning, hayvonlarning, yirtqichlarning tillari ham shundaydir. Har birining o‘ziga xos gapirish tarzi, bir bo‘lmagan tovush va sayrashlari bor. Ammo so‘z ma’no ifodalash xususiyatiga, inson fikrlash salohiyatiga egadir. So‘z — ma’no, inson esa bayon bulog‘idir.



  1. topshiriq. Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn» asaridan olingan ushbu parchaga e’tibor bering. Turkiy tilning imkoniyatlari haqida fikr yuriting.

Yana bir adolari borki, ba’zi alfozning so‘ngg‘ida «ch, i» «ki», «chi» lafzidir, orttururlar, yo mansabning, yo hunarning, yo peshaning izhori uchun; forsiyda yo‘qtur, balki alar ham turkcha ayturlar.

Mansabda andog‘ki, qo‘rchi va suvchi va xizonachi va kerak-yarog‘chi va chavgonchi va nayzachi va shukurchi va yurtchi va shilonchi va axtachi yo‘sunlug‘ ko‘ptur.

Hunar va peshada andog‘ki, qushchi va borschi va qo‘ruqchi va tamg‘achi va jibachi va yo‘rg‘achi va halvochi va kemachi va qo‘ychi...


  1. topshiriq. So‘zlardagi ichki ma’noviy farqlarni izohlab bering.

Boshqacha — o‘zgacha — ajib — ajoyib — g‘alati — g‘aroyib — alomat — antiqa.

Тuzuk — durust — bir navi — yaxshi — zo‘r — a’lo — gap yo‘q — mixdek.


  1. topshiriq.Quyidagi so‘zlarning har biri bilan ikkitadan gaplar tuzing. Ularning birida shu so‘z o‘z asl ma’nosida ikkinchisida ko‘chma ma’noda qo‘llansin.

Shayton, tulki, ola, tor, yumshoq, dum, ajdaho, ilon, tamoq, luqma, dunyo, og‘irlik, shisha, tosh, karam...

  1. topshiriq. Quyida berilgan so‘zlar qavs ichidagi so‘zlar bilan birga qanday ma’noga ega bo‘lganligini tushuntiring.

Maslahat (oldi, qildi, soldi), dili (qora, siyoh, pok), toshmoq (suv, ichi, to‘lib), mayl(i) (qo‘shimchasi, bo‘ldi, bildirdi), zarar (yetkazadi, qildi, ko‘rdi), iliq (gap, suhbat, suv), dars (hayot, matematika), ochmoq (ko‘ngil, eshik, yo‘l).




  1. topshiriq. Tushunchalarga berilgan misollarni moslashtiring.

1

Metafora

A

Chirog‘ing piligini pasaytir.

2

Metanimiya

B

Ko’zimdan yomg’irlar to’kilar tinmay.

3

Sinekdoxa

C

Pushkin menga ko‘rsatdi har kech,

Yig‘lab turgan bir cherkas qizni.

4

Vazifadoshlik

D

Osmonda sayr etar million juft ko‘zlar
Tutilib, shoshilib, hovliqib tillar,
Parashyutchi qizni – Bashorni so‘zlar.




To‘g‘ri javob:

1

2

3

4

B

C

D

A

Download 23.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling