Alisher Navoiy. Hamd g'azal Ey, qilib lutfu ato birla ulus


Download 34.5 Kb.
Sana18.05.2020
Hajmi34.5 Kb.
#107541
Bog'liq
Hamd G'azal
2 5208474155158078978, Универсальное заявление 3, Универсальное заявление 3, 1 маъруза Халқ оғзаки ижоди сўз санъати сифатида Халқ оғзаки ижодининг, Shakirova PHD. O'zmu.Skopuss., курс иши мавзуси, курс иши мавзуси, kimyoviy birikmalarning izomeriyasi va nomenklaturasi, Mening kelajakdagi maqsadlarim, Islom tarixi, TAYYOR, бозорда маркетинг стратегияси., Метрик фазолар. Документ Microsoft Office Word, kinematikaning boshlangich tushunchalari


Alisher Navoiy.

Hamd g'azal
Ey, qilib lutfu ato birla ulus komi ravo,

Ey, vujudu adam ikkisi vujudingg’a guvo.
Sen solib nav’i bashar xayli mizoji aro za’f,

Sendin aflok tiboida qavi barcha quvo.
Ofarinish sipahida bir emas yuz mingdin

Mehrkim, chekti falak burjida zarbaft livo.
Yetmasa gardi rahing ko’hli bo’lub Ruhulloh

Ojiz aylar chog’i xuffosh amosig’a davo.
Lutfung ollida kirib ravzag’a ahli isyon,

Qahring o’lg’anda tushub vaylg’a ahli taqvo.
Sharqdin g’arbni bir dam borib ahli talabing

Kim, bo’lub himmat ayog’i bila ul qavm ravo.
Gulshani vaslinga har qushki havo ko’rguzdi,

Yetmadi lek agar yetti qilib erdi havo.
Zotinga g’ayrni kimsa nachuk etgay tashbih,

Mosivalloh chu savo keldiyu ul zot sivo.
Yo rab, ul barg nasib etki, Navoiy topqay,

Bog’i tavhid gulu bulbuldek bargu navo.

1- bayt.

Nasriy bayon

Ey marhamat va muruvvat bilan ulusni baxtli qilib,

Ey, borliq va yo’qlik ikkisi vujudingga yo’q.

SHarh: birinchi misrada Allohning barcha xalqqa rahmdillik bilan muruvvat ko’rsatib, ularni baxtli qilishi aytiladi. Rahmon va Rahim sifatlari bandalarga doim taskin beruvchi, ularni qo’llovchi ulug’liklardir. Shuning uchun har ishimizni rahmli va mehribon Alloh nomi bilan boshlab, Unga tavakkul qilamiz. Ikkinchi misra esa butun borlig’u yo’qlik olami va undagi mavjud narsalarning bari faqat Ungagina tegishli ekanligini izohlaydi

Istilohlar: vujud, Adam

2- bayt

Nasriy bayon:

Sen insoniyat guruhi tabiatiga zaiflik solib,

Sendan falaklar tabiatida barcha kuchlar quvvatli.

SHarh: barcha kuch va qudrat Ungagina tegishli, biz bandalar esa doim Uning qudrati va zoti qarshisida zaif va bo’ysinuvchimiz.

Ayni paytda Alloh Yer yuzini o’rab-qoplab turgan falakda bizlarga O’zini bildirib turuvchi turli kuchlarni yaratib qo’ygan. O’sh quyoshu oylar, barcha tabiat hodisalari, har dam Uning toatidagi farishtalar olami – barcha-barchasi Allohning inoyati ila quvvat va kuchga ega.

Istilohlar: bashar, aflok

3- bayt


Nasriy bayon:

Yaratilish sipohida bir emas yuz mingdan falak burjida zarbof bayroqdek quyoshni o’rnatdi.



SHarh: Alloh barcha yaratiqlari (yuz mingdan ziyod) qatorida falakda tug’ kabi qilib Quyoshni yaratdi. Quyoshga esa butun tabiatni uyg’otuvchi, yashnatuvchilik kuchini berdi.

Istilohlar: falak

4- bayt

Nasriy bayon:

Yo’ling changi yetmasa, Ruhulloh (Iso Masih) bo’lib ko’rshapalak ko’rligiga davo payti ojiz aylaydi.



SHarh: bu yaytda ham ollohning qanchalar buyuk zot ekanligi aytilgan.

Istilohlar: gard, ko'x

5- bayt

Nasriy bayon:

Lutfing oldida itoatsizlar jannatga kiradi,

Qahring kelganda taqvodorlar do’zaxga tushadi.

SHarh: bandalarning iymonga kirishi Allohning ularga beruvchi inoyati va hidoyati bilan bo’ladi. U istasa, O’ziga butunlay itoat qilmagan bandasiga hidoyat berib, hatto uni jannati bilan siylashi mumkin. Allohga umri davomida toat-ibodatda bo’lgan bandasining birgina gunohi sababli barcha savobli amallari sovurilib, uni do’zax azobiga duchor qilishi mumkin. Alloh adolatli va mehribon zot.

Istilohlar: ravza, taqvo

6- bayt

Nasriy bayon:

Talab ahling sharqdan g’arbga bir dam borib,

U qavm himmat oyog’i bilan yuruvchi bo’ldi.

SHarh: Alloh va Uning roziligi yo’lida sobitqadam bandalar yaxshilik hamda xayrli amallar bilan siylanadilar, O’zining rizosi va inoyatiga sazovor bo’ladilar.

Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom va ular bilan bir safdagi mo’minlar Allohning biru borligiga iymon keltirib, Uning yo’lida borganlar. Ayni misralarda ularning sharqdan g’arbga tomon hijratlari Allohning buyurganlarini insonlarga yetkazish uchun safar bo’lgan. Shu sabab ular yaxshilik yo’lida yuruvchi (himmat ayog’i bila ravo) bo’ldilar.

Istilohlar: talab, himmat

7- bayt


Nasriy bayon:

Vasling gulshaniga har qushki parvoz qildi,

Agar yetti deb xayol qildi(havolandi), lekin yetmadi.

Sharh: Undan kelganmiz va yana Unga qaytguvchimiz! Ruhimizda doim Allohga intilish mavjud. Ruh esa adabiyotda qushga qiyoslanadi. Baytda Alloh vaslining gulshaniga har bir qush (inson ruhi)ning intilishi, ammo U tomon qancha parvoz qilmasin, yetishish mushkulligi ta’kidlanadi. Yetishishning mushkilligi esa inson nafsining ko’pincha ustunlik qilishida.

Qush gulshanga intiladi, shu ma’noda baytda Allohning vasli ham istiora san’ati orqali gulshanga qiyoslangan. U gulshan barcha yaxshilarning, rohatning a’losi, bunday inoyatga noil bo’lish esa insondan qalbini doim Alloh bilan band qilishni hamda nafsini yengishda kuchli bo’lishishini talab qiladi.

Istilohlar: vasl

8- bayt

Nasriy bayon:

Kimsa zotingga boshqani nechun o’xshatdi,

Ollohdan o’zgasi kelsa-da, u zot boshqa.

Sharh: Alloh yagona va Undan o’zga iloh yo’q. Hech bir narsa Unga teng kelolmaydi. Iymonning avvalgi sharti ham “Allohdan o’zga iloh yo’q” kalimasidir. Baytda ham Uning zotiga o’zgasi o’xshatilmaydi (bunday bo’lishi ham mumkin emas!), shunday bo’lsa-da, u boshqa (yo’q!).

Istilohlar:

9- bayt

Nasriy bayon:

Yo rab, shunday hosil nasib etki,



Navoiy birlik bog’i gulu bulbulidek shod turmush topgay.

Sharh: hamd g’azal so’ngida Navoiy Xudoga iltijo qiladi. Umri hosilini vahdat bog’idagi gul va bulbulning shod turmushi kabi bo’lishini so’raydi. Va bu bilan olloh marhamatidan umidvorligi aks ettiradi. Baytda an'anaviy obrazlar bulbul, gul obrazlaridan foydalanadi.

Istilohlar: navo, tavhid.
Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling