Alisher Navoiy nomidagi O`zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi


Download 106.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi106.98 Kb.
#184917
  1   2
Bog'liq
FUQAROLIK



77-Kazus

Alisher Navoiy nomidagi O`zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

fuqaro Robitov turli mavzularda hikoya, romanlar yozishni mashq qilib keladi.

U 2015-yili o`zining “Fazoviy kema” asarini “Hordiq” gazetasi sahifalarida

e`lon qildi. Ushbu asar “Sayqal” taxallusi bilan nashr etiladi. Bir necha vaqtdan

so`ng Robitov o`zining “Fazoviy kema” asari “Jahon adabiyoti” seriyasi “Abu

saxiy” nashriyoti tomonidan nashrdan chiqdi.

Mazkur holat yuzasidan noshirlar tomonidan nashr qilingan asarlar hosila

asar sifatida baholanishi zarurligini ma`lum qilishdi. Muallif Robitov esa, ushbu

holatda o`zining shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlari buzilgan deb hisobladi.

Bundan tashqari 2015-yilda Rustamov tomonidan yozilgan asar nomi

fuqaro Zufarov tomonidan Tovar belgisi sifatida Intellektual mulk agentligida

ro`yxatdan o`tkazildi.

Vaziyatga huquqiy baho baho bering.




O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan keyin FK deb

yuritiladi) 1043-moddasida hosila asarlar sirasiga tarjimalar, ishlanma asarlar,

annotatsiyalar, referatlar, muxtasar xulosalar, sharxlar, insnirovkalar,

aranjirovkalar, soddalashtirishlar hamda fan, adabiyot, san`at asarlarining qayta

ishlanmalari kiradi. Yuqoridagi vaziyatga nazar tashlaydigan bo`lsak,tarjima

asarlar hosila asar bo`lishi mumkin. Ushbu vaziyatda Robitovning huquqlari

buzilganmi yoki noshirlar aytganidek hosila asar sifatida qabul qilib barchasi

qonuniy amalga oshirilganmi?

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik

kodeksining 1048-moddasida hosila asarlarga bo‘lgan mualliflik huquqi o`z

ifodasini topgan. Ya`ni hosila asar muallifiga fan, adabiyot va san’at asarining

mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan qayta ishlanmasiga bo‘lgan

mualliflik huquqi tegishlidir. Hosila asar muallifi qayta ishlangan asar muallifi

huquqlariga rioya etgan taqdirda, o‘zi yaratgan asarga mualliflik huquqidan

foydalanadi. Hosila asar muallifining mualliflik huquqi qayta ishlashga asos

bo‘lgan asarni boshqa shaxslar ham o‘zlari qayta ishlashlariga to‘sqinlik

qilmaydi. Demak, hosila asarning muallifi qayta ishlangan asar muallifining

huquqlariga rioya qilishi kerak. Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki

undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning o‘ziga, nomiga va muallifning

ismi ko‘rsatilishiga biron-bir o‘zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan

yo‘l qo‘yiladi. Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar, so‘zboshi, xotima,

sharhlar yoki biron-bir tushuntirishlar bilan nashr etish taqiqlanadi. Savol

tug`iladiki, Robitovning buzilgan huquqlari qanday tiklanishi mumkin?

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Robitovning shaxsiy mulkiy va nomulkiy

huquqlari buzilgan. “Abu saxiy” nashri tomonidan qilingan ish hosila

asarsifatida qabul qilishimiz mumkin edi. Biroq, ushbu nashr Robitovning

mualliflik huuqini jiddiy ravishda buzgan. Ushbu holatda “Abu saxiy” nashri

muallifning ruxsatini olishi kerak edi. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi

kodeksning 177

1

-modda. Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish.



Ya`ni asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan qonunga xilof ravishda

foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining




kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning e’tiboriga yetkazish

yoxud asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining nusxalarida ularning

tayyorlovchilari haqida, ularni ishlab chiqarish joylari to‘g‘risida, shuningdek

mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolg‘on axborotni

ko‘rsatish asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini,

shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar

va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara

qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh

baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha

miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar

ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir

etilgan bo‘lsa, asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt

nusxalarini,

shuningdek

ularni

takrorlash



hamda

tarqatish

uchun

foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir



etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh

baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan

yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Undan tashqari Robitov sudga da`vo qilib ma`naviy zararni undirishi

mukin bo`ldi.

Ikkinchi vaziyatga nazar tashlaydigan bo`lsak, ushbu vaziyatda ham

huquqi buzilgan Rustamov sudga da`vo qilishi mumkin. Unga Ma`muriy

javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 177-moddasi. O‘zganing tovar belgisidan,

xizmat ko‘rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki firma

nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish. Ya`ni o‘zganing tovar belgisidan,

xizmat ko‘rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib

yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan shu turdagi

tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud

o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish fuqarolarga

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor



shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima

solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi

qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa fuqarolarga

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha,

mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda

jarima solishga sabab bo‘ladi.




23.Mijoz yoki ekspiditor o`n kun oldin boshqa tarafni ogohlantirib,

transport ekspiditsiyasi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli.

Majburiyatni bajarish muddatiga doir yetti kunlik muddat haqidagi qoidamiz-chi?

23.Mijoz yoki ekspеditor o‘n kun oldin boshqa tarafni ogohlantirib,

transport ekspеditsiyasi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli.

Transport ekspеditsiyasi shartnomasini bajarishdan bir tomonlama

bosh tortilganida, bu haqida ma’lum qilgan taraf shartnomaning bеkor qilinishi

tufayli ko‘rilgan zararni ikkinchi tarafga to‘laydi (FKning 731-moddasi). Ushbu

moddani kengroq sharhlaydigan bo`lsak, transport ekspiditsiya shartnomasidan

majburiyatni bajarishdan bir tomonlama (FK ning 237-moddasi) haqidagi

umumiy qoidadan istisno tariqasida, bir tomonlama bosh tortish imkoniyatini

ko`zda tutadi. Buning ustiga bosh tortish shartnoma tarafi tomonidan sababini

e`lon qilmasdan amalga oshirilishi mumkin. Ushbu moddaning 1-qism mijoz

yoki ekspiditor o`n kun oldin boshqa tarafni ogohlantirib, transport

ekspiditsiyasi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli ekanligini

belgilaydi. Shartnomadan bir tomonlama bosh tortilsa, shartnoma bekor qilingan

hisoblanadi. Shartnomadan bir tomonlama bosh tortgan taraf, shartnomaning

bekor qilinishi tufayli ko`rilgan zararni ikkinchi tarafga to`laydi.

Agar majburiyatni bajarish muddati ko`rsatilmagan yoki talab qilish olish

payti bilan belgilab qo`yilmagan bo`lsa, kredidor har qachon ijroni talab qilishga,

qarzdor esa - ijroni har qachon amalga oshirishga haqli bo`ladi. Majburiyatni

darhol bajarish vazifasi qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan

anglashilmasa, qarzdor bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan

boshlab yetti kunlik muddat ichida bajarishi shart (FKning 242-moddasi).

Majburiyat uning bajarish muddatini ham nazarda tutadi. Shartnomada

majburiyatlarni bajarish muddatining ko`rsatilishi, o`sha shartnoma

mazmunining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Biroq, majburiyatni bajarish

muddati belgilanmagan bo`lsa yoki talab qilish payti deb belgilangan bo`lsa,

FKning 242-moddasiga muvofiq kreditor har qachon talab qilishga,qarzdor esa



har qachon bajarishga haqli bo`ladi. Qarzdor uchun majburiyatni bajarishning

muayyan muddati ya`ni talab qilingan kundan boshlab yetti kun ichida kreditor

majburiyatning bajarilishini talab qilgan kundan boshlab aniqlashtiriladi. Aytish

mumkinki, bu holda kreditor tomonidan talabning qo`yilishi majburiyatni

bajarish muddatining aniqlashtirish sharti hisoblanadi. Ammo, qonun

hujjatlarida muddati ko`rsatilmasdan tuzilgan majburiyatlarni bajarishning ayrim

holatlarini tartibga soluvchi qoidalar mustahkamlab qo`yilgan.

Masalan,


FKning 735-moddasining 2-qismida qarz oluvchi qarzini qarz beruvchi qarzni

qaytarish haqida talab qo`ygan kundan boshlab o`ttiz kun mobaynida talab

qilishga haqli. Xuddi shunga o`xshash holatni transport eksspiditsiyasi

shartnomasida ham ko`rishimiz mumkin. Undagi muddat esa o`n kun

hisoblanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, FKning 242-moddasida nazarda tutilgan

majburiyatlarni bajarish muddati barcha shartnoma va bitimlar uchun tegishli

bo`lmaydi.

Shartnomadan

bosh


tortish

muddati


ko`rsatilamagan

shartnomalargagina FKning 242-moddasi amal qiladi. Shartnoma yoki bitimda

shartnomani bajarish muddati yoki bajarishdan bosh tortish muddati

ko`rsatilmaganlari uchun ham ushbu qoida qo`llanadi. Transport ekspiditsiyasi

shartnomasida esa 731-moddaning qoidalari qo`llanadi.



94.Yuridik shaxs yoki fuqaroning o`z xodimi tomonidan yetkazilgan

zararni qoplashda xodim maqomini aniqlashning o`ziga xos qoidalari amal

qiladi.

Muhokama qiling.

Ma’lumki, yuridik shaxs nomidan uning faoliyatini uning organlari,

rahbarlari va xodimlari amalga oshiradilar. Odatda yuridik shaxs xodimining

xizmat vazifasi bo‘yicha bajargan ishi va uning natijalari yuridik shaxsga

nisbatan huquq va majburiyatlar vujudga kеltiradi. Shu munosabat bilan yuridik

shaxs o‘z xodim tomonidan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararni to‘laydi.

Aynan shu qoidani boshqa fuqaroning yollanma mеhnatidan foydalanayotgan

fuqaroga nisbatan ham tatbiq etish mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida bir

fuqaroning ikkinchi fuqaro yollanma mеhnatidan foydalanishi odatiy hol sifatida

qaraladi. Biroq bunda ish bеrgan fuqaro ish bеruvchi yuridik shaxslar kabi o‘z

xodimi yetkazgan zararlarni qoplashi lozim. FKning 989-moddasiga muvofiq

yuridik shaxs yoxud fuqaro o‘z xodimi mеhnat (xizmat, lavozim)

majburiyatlarini bajarib turgan vaqtida yetkazgan zararni qoplaydi. Masalan,




Download 106.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling