Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakul


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.08.2020
Hajmi0.77 Mb.
#126436
  1   2   3   4
Bog'liq
dastlabki tergovda protsessual xujjatlarning oziga hos xususiyatlari.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 

TA`LIM VAZIRLIGI 

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT 

UNIVERSITETI 

 

HUQUQSHUNOSLIK FAKUL’TETI 

 

«JINOYAT HUQUQI» KAFEDRASI 

MAVZU: Dastlabki tergovda protsessual xujjatlarning o’ziga hos 

xususiyatlari 

 

BAJARUVCHI: 4-kurs kunduzgi  

bo’lim tolibi Bekzod Xolmurodov 

ILMIY RAHBAR: dots. D.Qurbonov 

 

 

 

 

SAMARQAND – 2013 


 

 



 

 

Mundarija 

 

Kirish……………………………………………………………………...3-7 

I  BOB.  Dastlabki  tergovdagi  protsessual  hujjatlarning  umumiy 

tavsifi…………………………………………………………………………...8-24 

1.1.  Dastlabki  tergov  protsessual  hujjatlari  va  ularni  rasmiylashtirish 

tushunchalari va ularga qo’yiladigan talablar……………………………….…8-19 

1.2. Dastlabki tergov protsessual hujjatlarining tasniflanishi………..20-24 



 

II  BOB.  Dastlabki  tergovdagi  protsessual  hujjatlarni  tuzishning 

umumiy qoidalari…………………………………………………………….25-67 

2.1. Dastlabki tergovdagi qarorlarni tuzishning umumiy qoidalari… 25-28 

2.2  Dastlabki  tergov  bayonnomalarining  protsessual-huquqiy  tabiati,  ularni 

tuzishning umumiy qoidalari………………………………………………....29-41 

2.3.  Dastlabki  tergovdagi  yordamchi  protsessual  hujjatlarni  tuzishning 

umumiy qoidalari……………………………………………………………...42-54 

2.4. Ayblov xulosasini tuzishning umumiy qoidalari………………...55-61 

2.5.  Dastlabki  tergovdagi  protsessual  hujjatlarni  rasmiylashtirishda  texnik 

vositalarni qo’llash masalalari………………………………………………….62-67 

Xulosa…………………………………………………………………. 68-70 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………… 71-75 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 



 

Kirish 

Mavzuning  dolzarbligi.  Har  qanday  demokratik  huquqiy  davlat  va 

fuqarolik jamiyatida, birinchi navbatda inson va fuqarolar huquqlarini ta`minlashga 

alohida  e`tibor  qaratiladi.  Inson  huquqlari  va  uni  muhofaza  qilish  masalasi 

demokratik  huquqiy  davlatning  muhim  belgilaridan  biri  bo’lib,  mamlakat 

rivojlanishining  asosiy  omiliga  aylandi.  Islom  Karimov  o’zining  “YUksak 

ma`naviyat-engilmas kuch” deb nomlangan asarida ta`kidlaganlaridek, “Aslida, har 

qanday  islohotning  eng  muhim  samarasi  avvalo  xalqning  ma`naviy-ruhiy 

qarashlaridagi  yangilanish  jarayonlari,  uning  ongi  tafakkurining  yuksalishi, 

mamlakatda  yuz  berayotgan  o’zgarishlar  uning  hayotiga,  taqdiriga  daxldor 

bo’lganini  chuqur  his  qilishi  va  shundan  xulosa  chiqarishi  bilan  belgilanadi.  Biz 

amalga  oshirayotgan  islohotlarimizda  ana  shunday  natijalarga  erishish  uchun 

barcha o’zgarish va yangilanishlarning markaziga inson hamda uning manfaatlarni 

qo’ydik”

1



Sud-huquq 

tizimida 

bo’layotgan 

va 


bosqichma-bosqich 

amalga 


oshirilayotgan  islohotlar  qonunlarimizni  liberallashuviga  olib  kelmoqda  hamda 

inson  huquq  va  erkinliklarini  muhofaza  qilishning  kafolatiga  aylanmoqda,  chunki 

Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek, islohot-islohot uchun emas, avvalo inson uchun, 

uning  farovon  hayoti  uchun  xizmat  qilishi  kerak.

2

  Inson  huquq  va  erkinliklarini 



ta`minlash  tushunchasi  ularni  turli  g’ayriqonuniy  tajovuzlardan  himoya  qilishni  ham 

qamrab  oladi.  Insonlarning  huquqlariga  qilinadigan  eng  jiddiy  g’ayriqonuniy  tahdid 

jinoiy  tajovuz  xisoblanadi.  SHu  sababli,  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  huquqni 

muhofaza qiluvchi organlar amalga oshirishi zarur bo’lgan muhim vazifadir. 

Jinoyatlarni oldini olish, jinoyatni asosiy sabab va sodir etilishiga imkon bergan 

shart-sharoitlarni  aniqlash  tergovchi,  prokuror  va  sud  zimmasiga  yuklatilgan. 

Jinoyatlarning  oldini olish  choralari  doimo  muhim  vazifa  bo’lib  kelgan.  Bu  masalaga 

Prezident  Islom  Karimov,  e`tiborlarini  qaratib,  jinoyatchilikning  oldini  olish,  unga 

                                                           

1

 Ислом Каримов. “Юксак маънавият-енгилмас куч”. –Тошкент: “Манавият”, 2008. -105 б. 



2

 Ислом Каримов. “Юксак маънавият-енгилмас куч”. – Тошкент. “Манавият”, 2008. – 106 б. 



 

 



 

qarshi kurashish samaradorligi jazoning og’irligi va shafqatsizligi emas, balki birinchi 

navbatda,  qonunni  buzgan  shaxsning  jazoning  muqarrarligini  nechog’li  anglashiga 

bog’liq ekanligini alohida ta`kidladilar

3

.  


Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov faoliyatini olib borayotgan vakolatli 

organ  va  mansabdor  shaxslar  harakatlari  va  qarorlarining  qonuniyligi  hamda 

asosliligidan  guvohlik  beruvchi  yuridik  talablarning  barchasiga  rioya 

etilayotganlik fakti protsessual hujjatda namoyon bo’ladi.  

Jinoiy  ta`qibning  asosiy  maqsadlaridan  biri  bo’lgan  ob`ektiv  haqiqatni 

aniqlashga  dalillarni  to’plash,  tekshirish,  baholashdan  iborat  bo’lgan  isbot  qilish 

jarayonida erishiladi. Ushbu faoliyatda dalillarni to’plash va uning tarkibiy qismi 

– protsessual hujjatlashtirish muhim o’rin tutadi. Agar tergov harakati davomida 

olingan  dalillar  qonuniy  tartibda  jinoyat  protsessual  hujjatlarda  qayd  etilmasa 

haqiqatni aniqlash ham qiyin bo’ladi. SHunday ekan, isbot qilishning maqsadiga 

erishish uchun olingan dalillar protsessual rasmiylashtirilishi lozim. 

Hujjatdagi  faktlar  to’g’risidagi  ma`lumotlar  nafaqat  o’rnatilgan  qonuniy 

tartibda  olinishi,  balki,  tegishli  tartibda  rasmiylashtirilishi  bilan  yuridik  kuchga 

ega bo’ladi. Protsessual hujjatlarni to’g’ri rasmiylashtirish ish bo’yicha haqiqatni 

aniqlashni,  qonuniylikni  mustahkamlashni,  shaxs  huquq  va  erkinlikllari 

himoyasini ta`minlaydi. 

Dastlabki  tergov  protsessual  hujjatlari  jinoyatlarni  tez  va  to’la  ochish, 

aybdor  shaxslarni  jinoiy  javobgarlikka  tortish,  aybsiz  shaxslarni  jazoga 

tortilmasligini  ta`minlash,  qonuniylikni  mustahkamlash,  jinoyatlarning  oldini 

olish,  jinoyatning  sabablarini  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-

sharoitlarni  bartaraf  qilish,  shaxs,  davlat  va  jamiyat  manfaatlarini  himoya  etish 

vazifalarini amalga oshirishning zaruriy vositasi hisoblanadi. 

Dastlabki  tergovda  rasmiylashtriladigan  protsessual  hujjatlarning  soni 

hozirda  ikki  yuzdan  oshib  ketganligi,  protsessual  hujjatlar  va  ularni  tuzishning 

                                                           

3

  Каримов  И.  А.  Адолат  –  қонун  устуворлигида.  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисининг  иккинчи 



чақириқ олтинчи сессиясидаги маърузаси. // Халқ сўзи. 2001. 30 августь 

 

 



 

protsessual-huquqiy jihatdan ilmiy aspektlari kompleks tarzda o’rganilmaganligi, 

shuningdek,  amaliyotdagi  tuzilayotgan  hujjatlarni  bir  xillashtirish  va  protsessual 

hujjatlarni 

tuzishni 

tartibga 

soluvchi 

jinoyat-protsessual 

qonunchilikni 

takomillashtirish zarurati mavzuning dolzarbligini bildiradi. 

YUqoridagilar  dastlabki  tergovdagi  protsessual  hujjatlar  va  ularni 

rasmiylashtirishga oid tushunchalarning mohiyatini qayta anglash va mushohada 

qilish,  ushbu  hujjatlashtirishni  amalga  oshirish  uslub  va  vositalarini 

takomillashtirish asnosida qayta ko’rib chiqishni taqazo etadi. 



Tadqiqot  ishining  o’rganilganlik  darajasi.  Dastlabki  tergovdagi 

protsessual  hujjatlarning  huquqiy  tabiati,  shakli,  mazmuni  va  boshqa  ayrim 

jihatlari  ustida  Z.F. Inog’omjonova,  G.Z. To’laganova,  U.A. Abduraxmonov, 

A.X. Raxmonqulov,  A.J. Davletov,  M.G.  esanov,  M.H. Obidov,  SH.P. Alaev, 

D.T. Zaynutdinova, 

R.Z. Najmitdinov, 

L.P. Bakanova, 

YU.S. Pulatov, 

G’.A. Abdumajidov, 

M.X. Rustamboev, 

B.X. Po’latov, 

SH.F. Fayzievlar 

tomonidan protsessual hujjatlarning ayrim jihatlarini tadqiq etganlar.  

Dastlabki  tergov  protsessual  hujjatlari  xorijlik  olimlardan  X.A. Sabirov, 

YU.S. Jarikov,  N.G. Muratova,  V.A. Kamishin,  L.V. Voronina,  Z.T. Gul’kevich 

kabi protsessualist olimlar tomonidan tadqiq etilgan. 



Tadqiqot ishining maqsadi dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarning 

mazmuni, mohiyati, ahamiyati, zaruriyati unga qo’yilgan talablar, tuzilishi, shakli, 

ularni  qabul  qilish  va  rasmiylashtirilish  tartibining  tergov  faoliyatini  samarali 

amalga  oshirishdagi  ahamiyatini  yoritib  berish  va  bilan  bog’liq  protsessual 

tartibni yanada takomillashtirish borasida ilmiy asoslantirilgan taklif va tavsiyalar 

ishlab chiqishdan iborat. 



Tadqiqot ishining vazifalari

- yuridik  adabiyotlar,  qonunchilik  bazasi  va  amaliyot  asosida  dastlabki 

tergovda  rasmiylashtiriladigan  protsessual  hujjatlarni  kompleks  tarzda  o’rganish 

va  ularning  umumiy  tavsifini  berish  hamda  o’ziga  xos  xususiyatlarini  tahlil 

qilish; 


 

 



 

- jinoyat  protsessida  dastlabki  tergov  protsessual  hujjatlarining  mohiyati, 

mazmuni va ularning shaklini tadqiq etish; 

- dastlabki  tergovdagi  protsessual  hujjatlar  va  ularni  rasmiylashtirishning 

nazariy  asoslari  xususida  bildirilgan  ilmiy  fikrlar  va  qarashlarni  tahlil  qilish, 

tizimlashtirish hamda ularni umumlashtirish; 

- dastlabki  tergovdagi  protsessual  hujjatlarni  qabul  qilish  va  tuzish 

qoidalari, ularga qo’yiladigan talablarni tahlil qilish; 

- ayrim  xorijiy  mamlakatlar  jinoyat-protsessual  qonunchiligining dastlabki 

tergov protsessual hujjatlariga oid normalarini tahlil etish; 

- dastlabki 

tergovdagi 

protsessual 

hujjatlar 

va 

ularni 


tuzishni 

takomillashtirish  bo’yicha  ilmiy  asoslantirilgan  xulosa  va  takliflar  ishlab 

chiqishdan iborat. 

Malakaviy bitiruv ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, O’zbekiston 

Respublikasida  hozirgi  faol  sud-huquq  islohotlari  sharoitida  dastlabki  tergov 

organlari protsessual hujjatlari va ularni tuzish faoliyatini takomillashtirishga oid 

nazariy, huquqiy va amaliy masalalar jinoyat-protsessual huquqi nuqtai nazaridan 

ilk  bor  kompleks  tadqiq  etishga  yo’naltirilgan  tadqiqot  ishidir.  Ishda  dastlabki 

tergov organlari protsessual hujjatlarining yangi tasnifi taklif etilgan.  

Dastlabki  tergov  organlari  protsessual  hujjatlarining  o’ziga  xos 

xususiyatlari  va  ularni  tuzish  chog’ida  kelib  chiqayotgan  muammolar  atroflicha 

va har tomonlama tadqiq etilib, turli xorijiy davlatlarda qo’llanilayotgan dastlabki 

tergov organlari protsessual hujjatlariga oid qonunchilik qiyosiy tahlil qilingan.  



Tadqiqot  natijalarining  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati.  Tadqiqotning 

nazariy  ahamiyati  shundan  iboratki,  tadqiqot  jinoyat-protsessual  huquqi 

nazariyasining  rivojlanishiga  muayyan  hissa  qo’shadi.  Tadqiqot  ishida  ishlab 

chiqilgan  ilmiy-nazariy  qoidalar,  ilgari  surilgan  xulosalar,  taklif  va  tavsiyalar 

jinoyat-protsessual  qonunchiligini  takomillashtirish,  tadqiqotlar  olib  borish, 

talabalarga  ma`ruza  o’qish,  ular  bilan  amaliy  mashg’ulotlar  o’tkazishda  nazariy 



 

 



 

manba sifatida xizmat qiladi.  

Tadqiqotning  amaliy  ahamiyati  shundaki,  unda  ishlab  chiqilgan  xulosa, 

taklif  va  tavsiyalardan  protsessual  hujjatlarni  tuzish,  rasmiylashtirish  bo’yicha 

surishtiruv,  tergov,  prokuratura  organlari  faoliyatini  takomillashtirishda,  yuridik 

o’quv  muassasalarida  jinoyat  protsessual  huquqi  va  jinoyat  protsessual  hujjatlar 

fanlaridan dars o’tish jarayonida foydalanish mumkin. 

Malakaviy  bitiruv  ishining  tuzilishi  kirish,  ikki  bob,  etti  paragrafa, 

xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va sud amaliyoti materiallaridan foydalanilgan.  

 

 

 

 



 

 

 

 



 

I BOB. DASTLABKI TERGOVDAGI PROTSESSUAL HUJJATLARNING 

UMUMIY TAVSIFI 

1.1. Dastlabki tergov protsessual hujjatlari va ularni rasmiylashtirish 

tushunchalari va ularga qo’yiladigan talablar 

Jinoyat  protsessida  rasmiylashtiriladigan  protsessual  hujjatlar  o’z  mazmun, 

mohiyatiga  ko’ra  muhim  ahamiyatga  ega.  Sudda  va  sudgacha  tuziladigan 

protsessual hujjatlar aniq shakl va talabga javob berishi kerak. Har bir protsessual 

hujjatni  rasmiylashtirish  zaruriyati,  sub`ekti,  shart-sharoiti,  tarkibi  va  mazmuni 

mavjud.  

Biron-bir faktni, hodisa yoki harakatni tasdiqlashning keng tarqalgan vositasi 

hujjat  xisoblanadi.  Ularda  ushbu  maqsadda  fan,  texnika,  huquq,  boshqaruv,  ishlab 

chiqarish  kabi  sohalarda  foydalaniladi.  Qo’llanish  sohasining  xususiyati  va 

vazifalariga  bog’liq  holda  “hujjat”  atamasi  turli  mazmunga  ega  bo’ladi.  Hujjat  – 

huquqni  tasdiqlovchi,  qandaydir  holatga  guvohlik  beruvchi  ish  qog’ozi  bo’lib, 

isbotning  manbalaridan  biri  xisoblanadi.  Hujjat  aniq  mazmuni  mavjud  bo’lgan 

axborotni saqlash va etkazish uchun vujudga keladi, zarur rekvizitlar: shtamp, imzo, 

muxr, sana, tartib raqami hujjatning elementlari xisoblanadi

4

.

 



 

Hujjat – bu ma`lumotlar ifodalangan moddiy ob`ekt. 

Hujjat – bu ma`lumot tashuvchi. 

Hujjat – bu har qanday  moddiy ob`ektda har qanday usul bilan qayd etilgan 

tushunarli ma`lumot

5



Ma`lumotlarni  hujjat  shaklida  mustahkamlash,  saqlash  turli  xil  belgilar 

yordamida 

amalga 

oshiriladi. 



Ma`lumotlarni 

mustahkamlashning 

yangi 

imkoniyatlari ularni nafaqat qog’ozlarda, balki moddiy ob`ektlarda ham qayd etish 



mumkinligini ko’rsatadi (disk, fotoplyonka va b.lar). 

Davlat va huquq paydo  bo’lgan paytlardanoq odamlar  va davlat o’rtasidagi 

muhim  huquqiy  munosabatlarni  qayd  etishda  hujjat  alohida  o’ringa  ega  bo’lgan. 

                                                           

4

 Юридик энциклопедия. / У.Таджихановнинг умумий таҳрири остида. – Т.: Шарқ, 2001.  



5

  Миренский  Б.,  Асамутдинов  А.,  Камалходжаев  Ж.  Жиноят  процессида  далиллар  назарияси  муаммолари: 

Дарслик. – Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2002. –Б. 99. 


 

 



 

Ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi munosabatlar tegishli huquqiy hujjatlarda o’z 

aksini topa borgan.  

Huquqiy  hujjatlarning  hilma  xilligi  ularni  ma`lum  bir  guruhlarga  bo’lish 

zaruratini  keltirib  chiqaradi.  Huquqiy  hujjatlarni  quyidagi  mezonlarga  ko’ra 

guruhlarga ajratish mumkin: 

a) hujjatni tuzuvchi sub`ektiga ko’ra; 

b) hujjatning shakliga ko’ra (oddiy va maxsus); 

v) hujjatda  qayd  etilgan  huquqiy  munosabatlar  va  yuridik  faktlarning 

xarakteriga ko’ra (ma`muriy-huquqiy, fuqarolik va b.); 

g) hujjatning mazmuniga ko’ra (tartibga soluvchi, ma`lumot beruvchi); 

d) hujjatda ko’rsatilgan  ma`lumotlarning  daliliy  ahamiyatiga  ko’ra  (ashyoviy 

dalil va yozma dalil). 

SHunday  qilib  huquqiy  hujjat  bu  –  huquqiy  ahamiyatga  faktlar  to’g’risidagi 

ma`lumotlarni bayon  etish  yoki  huquq  va majburiyatlarni tasdiqlash uchun tegishli 

vakolatli  tashkilotlar,  organlar,  mansabdor  shaxslar  tomonidan  belgilangan  shaklda 

tuzilgan hujjat

6



Huquqiy  ma`noda  “hujjat”  bu  –  nimanidir  isbot  qilish  yoki  nimagadir 

bo’lgan huquqni belgilashga (diplom, shartnoma va b.) xizmat qiluvchi qandaydir 

yuridik faktlarni tasdiqlovchi yozma shakldagi akt. 

Jinoyat  protsessida  “hujjat”  tushunchasining  shakllanishi  isbot  qilish 

faoliyatida foydalanilishi bilan bog’liqdir.  

Nazariyada  “yozma  dalil”  atamasi  ham  ishlatiladi.  Ammo  ko’pchilik 

protsessualist  olimlar  hujjat  va  yozma  dalil  tushunchalarini  bir  xil  deb 

xisoblashmaydi. N. Vukovskiyning fikricha jinoyat ishida yozma hujjat ahamiyatiga 

ko’ra turlicha bo’lishi mumkin, asosan: jinoyatning tarkibi, ishga aloqador hodisalar, 

harakatlar 

yoki 

holatlar 



to’g’risida 

mansabdor 

shaxslarning 

tasdig’i, 

ishtirokchilarning ko’rsatmasi

7



                                                           

6

 Ўзбекистон Республикаси юридик энциклопедияси. –Т.: Адолат. 2009. – Б. 655-656. 



7

 Вуцковский Н. Очерки судебных порядков по Уставам 20 ноября 1864 г. С. 35. 



 

 

10 



 

YAna  bir  guruh  olimlar  hujjatlar  faqat  alohida  hollardagina  mustaqil  dalil 

sifatida  foydalanilishi  mumkin  deb  fikr  bildirishgan.  S.I. Viktorskiy  shunday 

ta`kidlaydi:  “yozma  akt  ashyoviy  dalilning  rasmiy  tavsifi  yoki  og’zaki 

tushuntirishning tasdig’i yoxud ashyoviy dalil sifatida namoyon bo’ladi”. Hujjatdan 

alohida  dalil  manbasi  sifatida  foydalanish  mumkin  bo’lsa-da,  ammo  bu  qat`iy 

chegaralangan. Boshqacha aytganda “hujjat” atamasi: 

a) dalillar mustahkamlangan yozma protsessual akt ; 

b) ashyoviy dalil; 

v) alohida  hollarda  mustaqil  dalil  tushunchalarini  ifodalash  uchun 

qo’llaniladi

8



Jinoyat-protsessual hujjat tushunchasi – aniq hayotiy vaziyatlarda (fuqarolik, 

jinoiy,  xo’jalik  ishlari)  huquqiy  normalarning  qo’llanishi  rasmiylashtirilgan 

individual huquqiy hujjatlar tarzida talqin qilinadi

9



Fakt  to’g’risidagi  ma`lumot  sifatida  dalil  tushunchasini  va  bu  ma`lumotni 

olish  hamda  qayd  etishning  shakli  sifatida  protsessual  hujjat  tushunchasini  aniq 

farqlash  zarur.  Daliliy  ma`lumotni  olish  va  qayd  etishning  protsessual  shakllari 

dalillarni  qonuniyligi,  ishonchliligi  va  yuridik  ahamiyatini  ta`minlaydi.  Qonunda 

aniq  va  bandma-band  ko’rsatilgan  shart-sharoitlar,  jinoyat-protsessual  harakatlarni 

izchillik  bilan  rasmiylashtirish,  tegishli  huquqiy  munosabatlarning  vujudga  kelishi, 

o’zgarishi yoki tugatilishi jinoyat-protsessual shakl deb ataladi

10

.  



Jinoyat-protsessual  shakl  tizimida  protsessual  hujjatlarni  tuzish  muhim  o’rin 

tutadi.  Aynan  qonun  talablariga  binoan  rasmiylashtirilgan  protsessual  hujjatlarda 

tegishli huquqiy savollarga javob topiladi.  

Hujjatdagi  faktlar  to’g’risidagi  ma`lumotlar  nafaqat  o’rnatilgan  qonuniy 

tartibda olinishi, balki, tegishli tartibda rasmiylashtirilishi bilan yuridik kuchga ega 

                                                           

8

 Викторский С. И. Русский уголовный процесс. М., 1997. С. 325. 



9

  Зайнутдинова  Д.  Т.,  Нажмитдинов  Р.  З.  Процессуал  ҳужжатларнинг  стилистик  моделлари:  Ўқув 

қўлланмаси. – Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2008.  5- б. 

10

 Жиноят процесси. Дарслик. З.Ф.Иноғомжонованинг умумий таҳрири остида. Т., 2007. Б.6.; Иноғомжонова 



З.Ф., Тўлаганова Г.З. “Жиноят-процессуал ҳуқуқи” фанидан ўқув-услубий қўлланма. –Т.: ТДЮИ нашриѐти, 

2010. Б.10. 



 

 

11 



 

bo’ladi.  Protsessual  hujjatlarni  to’g’ri  rasmiylashtirish  va  protsessual  shakl  ish 

bo’yicha  haqiqatni  aniqlashni,  qonuniylikni  mustahkamlashni,  shaxs  huquq  va 

erkinlikllari himoyasini ta`minlaydi

11



SHunday qilib “hujjat” atamasi jinoyat protsessida ikki ma`noda qo’llaniladi. 



Tor ma`noda “hujjat” deganda qonun talabiga ko’ra protsessual shaklga ega bo’lgan, 

jinoyat  ishi  tergovi  doirasida  tuziladigan  rasmiy  jinoyat-protsessual  hujjat 

tushiniladi.  Unga  tergov  harakatlari  bayonnomalari,  tergovchi  qarorlari,  ayblov 

xulosasi  kabi  bir  qator  protsessual  hujjatlar  taalluqlidir.  Keng  ma`noda  “hujjat” 

atamasi  jinoyat  ishini  yuritish  bilan  bog’liq  holda  tuziladigan  barcha  hujjatlarni 

qamrab oladi. 

Aynan  shu  hujjatlardan  qonun  “absolyut”  yuridik  kuchni  talab  qiladi. 

hujjatlarning  yuridik  kuchga  ega  bo’lish  masalasi  muayyan  shartlarni  o’rnatish  va 

normativ  mustahkamlashga  borib  taqaladi.  Barcha  shartlar  to’rtta  asosiy  talablarga 

bog’liq bo’lishi mumkin: 

1)  hujjat  aniq  bir  jinoyat  ishi  doirasida  vakolatli  organ  (mansabdor  shaxs) 

tomonidan tuzilishi lozim; 

2)  qonun bilan o’rnatilgan protsessual shaklga ega bo’lishi lozim; 

3)  protsessual  hujjatni  rasmiylashtirish  jarayonida  ma`lumotni  o’zgarishi, 

almashishi,  zararlanishi,  yo’qolishidan  himoyalashni  ta`minlovchi  barcha  zaruriy 

shartlarga amal qilinishi lozim; 

4)  ushbu  hujjatning  tarkibi  qonunda  o’rnatilgan  tartibda  ishonchli 

tasdiqlangan bo’lishi lozim. 

Mansabdor  shaxslar  va  organlar  tomonidan  qabul  qilinadigan  barcha 

asosiy  qarorlar,  jinoyat  ishi  yuzasidan  amalga  oshiriladigan  tergov  va  u  bilan 

bog’liq harakatlar qonunda ko’rsatilgan bo’lib, ular protsessual xarakterga ega. 

Ularning  natijalari  protsessual  hujjatda  yozma  shaklda  ifodalangan 

                                                           

11

  Дастлабки  текширишда  жиноят  ишини  қўзғатиш  ва  эҳтиѐт  чорасини  танлаш  тўғрисидаги  процессуал 



актлар. Муаллифлар жамоаси. Т., 1985. Б. 6 . 

 

 

12 



 

taqdirdagina  ular  protsessning  rivoji  va  jinoyat  ishini  to’la  ochilishida 

ahamiyatga ega bo’ladi. 

Jinoyat-protsessual  kodeksiga  muvofiq  jinoyat  protsessida  hujjatlarni 

qabul  qilish  Kodeks  asosida  tartibga  solinadi.  Bunda  shuni  e`tiborga  olish 

lozimki,  JPK  jinoyat-protsessual  munosabatlarni  tartibga  solishning  yagona 

manbai 

hisoblanadi



12

Jinoyat-protsessual 



qonunlarga 

muvofiq 


rasmiylashtirilgan  ushbu  harakat  va  qarorlar  fanda  –  jinoyat-protsessual 

hujjatlar  deb  nomldanadi.  Ular  jinoyatlarni  tez  va  to’la  ochishda,  aybdorlarni 

topish  va  jinoiy  javobgarlikka  tortishda,  fuqarolarning  qonuniy  huquq  va 

manfaatlarini  taminlashda,  shaxsni  noqonuniy  jinoiy  javobgarlikka  tortilishini 

oldini olishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. 

 Jinoyat-protsessual 

hujjat 

tushunchasiga 



qonunchilikda 

ta`rif 


berilmagan  bo’lib,  shu  boisdan  u  to’g’risida  olimlarning  fikrlari  ham  har  xil. 

Bu  borada  har  xil  qarashlar  mavjudligi  ijobiy,  chunki  protsessual  hujjat 

tushunchasini  o’rganish  faqat  uni  tarkibiy  komponentlarini  tahlil  qilish  yo’li 

bilan  amalga  oshadi.  Harakat,  qaror  va  hujjatlarning  jamlanmasi  sifatida 

jinoyat-protsessual  hujjatlarni  kompleks  o’rganish  huquqni  muhofaza  qilish 

organlari  faoliyatida  muhim  rol  o’ynaydi,  chunki,  bu  uning  barcha 

elementlariga nisbatan qonun talablarini aniqlaydi.  

Jinoyat-protsessual  hujjat  tushunchasi  bilan  bir  xil  emas,  chunki  “akt” 

harakat  ma`nosini  ham  hujjat  ma`nosini  ham  angalatadi.  SHu  boisdan 

nazariyada  va  amaliyotda  jinoyat  protsessida  rasmiylashtiriladigan  hujjatlar 

haqida  fikr  yuritilganda  “jinoyat-protsessual  hujjat”  tushunchasini  qo’llash 

maqsadga muvofiq bo’ladi deb xisoblaymiz. 

SHunday  qilib  yuqorida  bayon  etilgan  fikrlarga  asosan,  jinoyat 

protsessual  hujjatni  –  vakolatli  mansabdor  shaxs  tomonidan  qonun  bilan 

o’rnatilgan  protsessual  shaklga  rioya  qilgan  holda  ish  uchun  ahamiyatga  ega 

                                                           

12

  Мустафоев  С.  Ўзбекистон  Республикасининг  инсон  ҳуқуқлари  соҳасидаги  халқаро  ҳамкорлиги  // 



Замонавий  халқаро  муносабатлар  ва  Ўзбекистон  Республикасида  ислоҳотларнинг  долзарб  муаммолари: 

Илмий–амалий конференция материаллари тўплами. – Тошкент, 2007. – Б. 60–64.  



 

 

13 



 

faktik  ma`lumot  yoki  qarorlar  mustahkamlangan  hujjat  deb  tushinishimiz 

lozim. 

Rasmiylashtiriladigan 



protsessual 

harakatlar 

va 

qarorlarning 



qonunchilikda  mustahkamlanganligi  protsessual  hujjatlarning  muhim  belgisi 

va xususiyati hisoblanadi. 

Dalil,  agar  ularni  topishda  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi 

bilan  kafolatlangan  inson  va  fuqarolarning  huquqlari  yoki  jinoyat-protsessual 

qonunchilikda  o’rnatilgan  to’plash  va  qayd  etish  tartibi  buzilgan  bo’lsa, 

shuningdek,  dalillarni  to’plash  va  qayd  etish  tegishli  bo’lmagan  shaxs,  organ 

tomonidan  yohud  protsessual  normalarda  nazarda  tutilmagan  harakatlar 

natijasida amalga oshirilgan bo’lsa, noqonuniy olingan hisoblanadi. 

Dastlabki  tergovdagi  protsessual  hujjatlarning  quyidagi  xususiyatlarini  aytib 

o’tish lozim: 

1)  Ma`lumotlarni  qayd  etishning  yozma  shakli  ekanligi.  Protsessual 

hujjatning  unda  qayd  etiladigan  ma`lumotlarning  yozma  shaklda  bo’lishligi 

xususiyati muhim ahamiyatga ega. CHunki undagi ma`lumotlar kimga yo’naltirilgan 

bo’lsa,  o’sha  shaxslar  tomonidan  bir  xilda  qabul  qilinishi,  tushinilishi  lozim. 

Ma`lumotlarni  aniq  tushinish  imkoniyatini  esa  faqat  yozma  belgilar  ta`minlaydi. 

Hujjat matni qo’lda, yozuv mashinkasi, komp’yuter yordamida yozilishi mumkin.  

Sxemalar,  fotosuratlar,  audio,  kino,  video  tasmalar  protsessual  hujjatning 

ilovasi  yoki  tarkibiy  qismi  vazifasini  amalga  oshiradi.  Zarur  hollarda  chizmalar, 

sxemalar,  videoyozuvlardan  foydalanish  bayon  etilayotgan  ma`lumotlarni  yanada 

aniqroq  bo’lishiga  va  ishonchliligini  ta`minlanishiga  yordam  beradi.  SHu  sababli 

aytib o’tilgan materiallar ko’pincha hujjatning zaruriy ajralmas qismi bo’lib xizmat 

qiladi. Masalan, xodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish bayonnomasi va unga 

ilova qilingan fotosuratlar.  

2)  Qonunda  belgilangan  maxsus  tuzilish  shakliga  egaligi.  Dastlabki 

tergovdagi  protsessual  hujjatlar  jinoyat-protsessual  qonun  normalaridan  kelib 

chiqadigan  maxsus  shaklga  ega  bo’lishi,  tegishli  tuzilish  talablariga  javob  berishi 



 

 

14 



 

lozim.  Dastlabki  tergovdagi  protsessual  hujjatlarning  turiga  qarab  uning  zaruriy 

tarkibiy  elementlari  ham  har  xil  bo’ladi:  masalan,  bayonnomada  tergov 

harakatlarining  ishtirokchilari  to’g’risidagi  ma`lumotlar,  bu  shaxslarga  ularning 

huquq va majburiyatlari tushuntirilgani, tergov harakatining o’tkazilish joyi va vaqti, 

shart-sharoitlari,  tartibi  va  natijalari,  unda  topilgan  moddiy  ob`ektlar  tavsifi  va 

ularning  ish  uchun  ahamiyatli  bo’lgan  belgilari;  tergov  harakati  ishtirokchilari 

tasdiqlashni  so’ragan  faktlar;  ularning  yuz  berayotgan  hodisa  sabablari  xususidagi 

ko’rsatuvlari, 

tushuntirishlari, 

mulohazalari; 

ular 


tomonidan 

berilgan 

iltimosnomalar,  shikoyatlar,  rad  etishlar;  tergov  harakatini  olib  borish  jarayoni 

qoidalarini  buzish  holatlari  va  ularni  bartaraf  etish,  shuningdek  uni  oldini  olish 

uchun  ko’rilgan  chora-tadbirlar  aks  ettirilishi  lozim  (JPK  90-modda).  Bayonnoma-

larga  yuqoridagilar  bilan  birgalikda  tergov  harakatlarining  turiga  qarab  JPKning 

tegishli  moddalariga  muvofiq  tegishli  ma`lumotlar  ham  ko’rsatiladi  (JPK  134-

modda  -  ko’rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo’lgan  joyda  tekshirish  bayonnomasi,  JPK 

141-modda  -  ko’zdan  kechirish  bayonnomasi  va  boshqalar).  Qarorda  qachon, 

qaerda,  kim  tomonidan  chiqarilganligi  (mansabi,  maxsus  unvoni,  familiyasi), 

ishning haqiqiy holatlari, qanday xulosa va to’xtamga kelinganligi, qanday asoslarga 

ko’ra  shu  qaror  qabul  qilinganligi,  shuningdek  jinoyat-protsessual  kodeksining  shu 

qarorni qabul qilishga asos bo’lgan moddasi ko’rsatilishi lozim. 

3)  Tuzuvchilarning  tegishli  vakolatlarga  ega  ekanligi.  Vakolat  deganda 

jismoniy  yoki  yuridik  shaxsda  ma`lum  bir  huquqiy  maqomga  egalik  tushuniladi. 

Vakolat  deganda  hujjatni  tuzuvchi  shaxsning  qandaydir  ma`lumotlarni  yoki 

tasdiqlovchi  faktlarni  bayon  etish  yuzasidan  huquq  va  majburiyatlari  jamlanmasini 

ham  tushinish  mumkin.  Vakolat  chegarasi  protsessdagi  mas`ul  subektlarning 

funktsiyasi,  vazifasi  doirasi  bilan  belgilanadi  (prokuror,  tergovchi,  tergov 

boshqarmasi,  bo’limi,  bo’linmasi,  guruhi  boshlig’i  va  uning  o’rinbosarlari). 

Dastlabki  tergov  protsessual  hujjatlari  dastlabki  tergovni  olib  borish  vakolati 

berilgan  mansabdor  shaxslar  tomonidan  tuziladi.  Qonunchilikda  nazarda  tutilgan 



 

 

15 



 

hollarda  tergovchining  topshirig’iga  ko’ra  topshiriqni  bajarish  yuklatilgan  shaxs 

tomonidan xam tuziladi.  

4)  Ma`lumotlarni  tasdiqlovchi  xususiyatga  ega  ekanligi.  Dastlabki 

tergovdagi  protsessual  hujjatlar  vakolatlilik  xususiyatidan  tashqari,  yana  o’z 

mazmuni bilan huquqiy ahamiyatga ega bo’lgan ma`lum bir holatni tasdiqlash yoki 

aniqlash xususiyatiga ham ega bo’lishi lozim. Masalan, tanib olish uchun ko’rsatish 

tergov  harakati  bayonnomasida  jinoyat  sodir  etganlikda  gumon  qilinib  ushlangan 

shaxsni  jabrlanuvchiga  tanib  olish  uchun  ko’rsatish  natijasida  shu  shaxsning 

jinoyatga aloqadorligi tasdiqlanadi yoki aksincha.  

5)  Protsessual hujjatlarning turlari jinoyat-protsessual qonunchilikda aniq 

belgilab  qo’yilganligi  (qaror,  bayonnoma,  ayblov  xulosasi,  taqdimnoma,  tilxat, 

talabnoma, xabarnoma va boshqalar); 

6) 

Protsessual hujjatlarni tuzishning o’ziga xosligi. Dastlabki tergovdagi 

protsessual  hujjatlarning  shakllanishi  muallif  xis  etishi  va  tushunishi  orqali  ishga 

taalluqli holatlarni aks etishi xisoblanadi;  

7)  Protsessual  hujjatlarning  faktlar  to’g’risidagi  ma`lumotlarni  saqlash 

uchun mo’ljallanganligi; 

8)  Protsessual  hujjatlarning  qayd  etilgan  ma`lumotlarni  o’zgarmas  shaklda 

uzoq  vaqt  saqlash  layoqati.  Ular  imzolanib,  tasdiqlanib  ish  materiallariga 

qo’shilgandan so’ng ularga hech qanday o’zgartirishlar kiritilmaydi; 

9) 

Hujjatning  o’xshashi  bilan  almashtirib  bo’lmasligi.  (masalan,  olib 

qo’yish to’g’risidagi qaror bilan tintuv o’tkazib bo’lmasligi); 

10) 

Aniq  bir  maqsadga  qaratilganligi.  Ma`lum  bir  faktik  ma`lumot 

bo’lgandagina protsessual hujjatlar rasmiylashtirilishi.  

YUqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Dastlabki tergovdagi protsessual 

hujjat  deganda  –  dastlabki  tergovni  olib  borishga  vakolatli  mansabdor  shaxsning 

jinoyat-protsessual  qonunchilikda  belgilangan  harakat  hamda  qarorlari  protsessual 

shaklga solingan holda ifodalangan protsessual hujjatni tushinilishi lozim. 



 

 

16 



 

Jinoyat-protsessual  hujjatda  harakatlar  va  qarorlar  o’zining  aniq  ifodasini 

topadi.  Protsessual  hujjat  huquqiy  munosabat  boshlanishidan  oldin  ham  tuziladi 

(ekspert xulosasi, xodisa joyining ko’zdan kechirish, ushlab turish bayonnomalari). 

Protsessual  hujjatda  dastlabki  tergovda  amalga  oshirilgan  harakatlarning  natijasi 

ifodalanadi  (jinoyat  ishida  ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok  etishga  jalb  qilish 

to’g’risidagi qaror, ayblov xulosasi, jinoyat ishini tugatish to’g’risidagi qaror va b.), 

isbot qilish, protsess ishtirokchilari huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bilan 

bog’liq  ko’pgina  masalalar  hal  etiladi  (tintuv  o’tkazish,  olib  qo’yish  to’g’risidagi 

qaror, ayblanuvchini jinoyat ishi materiallari bilan tanishtirish bayonnomasi). 

Jinoyat-protsessi  nazariyasida  “protsessual  hujjatlashtirish”  tushunchasini 

qo’llash  maqsadga  muvofiqdir.  Hujjatlashtirish  qayd  etish  tushunchasiga  nisbatan 

kengroq tushuncha. U tegishli hujjatlarni ish materiallariga qo’shishni va jinoyat ishi 

materiallarini  tizimlashtirishni  ham  qamrab  oladi.  Protsessual  hujjatlashtirish  – 

vakolatli  shaxslar  tomonidan,  jinoyat-protsessual  qonunchilik  qoidalariga 

asoslangan,  jinoyatlarni  ochish  va  odil  sudlovni  amalga  oshirish  maqsadida, 

protsessual  harakatlar  va  qarorlarni,  shuningdek,  jinoyat  ishi  bo’yicha  tergovning 

butun  jarayoni  va  natijalarini  jinoyat-protsessual  hujjatlarda  yoritilishiga  qaratilgan 

faoliyatdir. 

Jinoyat-protsessual  qonunchilikda  jinoyat  ishi  yuzasidan  tuziladigan 

hujjatlarga  nisbatan  qo’yiladigan  umumiy  talablar  mavjud  emas.  Unda  ayrim 

hujjatlarning  faqatgina  nomi  aytib  o’tilgan,  mazmuni  esa  yoritib  berilmagan. 

Protsessual  hujjatlarga  qo’yiladigan  talablar  jinoyat  protsessual  huquqi 

nazariyasida  ishlab  chiqilgan

13

.  Ularni  umumiy  va  maxsus  talablarga  bo’lish 



mumkin.  Umumiy  talablar  protsessual  hujjat  mazmunining  tashqi  jihatiga 

nisbatandir.  Unga  ko’ra  xatosiz  rasmiylashtirishi,  aniq  va  dona-dona  ajralib 

turishi, mantiqiy, ishonarli, qisqa va tushunarli bayon etilishi lozim. Bitta yoki bir 

nechta  talablarga  rioya  etmaslik  faqat  alohida  hollarda  protsessual  hujjatni 

                                                           

13

  Жиноят  процесси:  (Махсус  қисм):  Юридик  олий  ўқув  юртлари  ва  университетларининг  юридик 



факультетлари  учун  талабалари  учун  дарслик  (З.Ф.  Иноғомжонованинг  умумий  таҳрири  остида).-Т.: 

“Адолат” 2008. 98-б.;  



 

 

17 



 

yuridik  kuchga  ega  emas  deb  tan  olishga  sabab  bo’lishi  mumkin.  Masalan,  agar 

ish  materiallarida  ko’plab  tugallanmagan  fikrlar,  tuzatishlar  bo’lgan  tergov 

harakati  bayonnomasi  mavjud  bo’lsa,  albatta  u  dalil  sifatida  taqdim  etilishi 

mumkin  emas.  Maxsus  talablar  asosan  dastlabki  tergovni  olib  boruvchi  organ 

mansabdor  shaxsi  tomonidan  amalga  oshirilgan  harakatlar  va  qabul  qilingan 

qarorlar  qayd  etiladigan  hujjatlarga  nisbatandir  (qaror,  bayonnoma,  ayblov 

xulosasi, taqdimnoma v.b.). Ular protsessual hujjatning ichki mazmunini to’laroq 

ochib  beradi.  Ularga  quyidagilar  taalluqli:  qonuniylik,  asoslilik  va  motivlilik. 

Protsessual  hujjatlarni  tuzishda  aytib  o’tilgan  maxsus  talablar  bajarilmasa, 

protsessual  qarorning  bekor  qilinishiga  sabab  bo’ladi.  SHu  boisdan  tadqiqotda 

protsessual  hujjatlarga  qo’yilgan  ushbu  muhim  talablarga  alohida  etibor  berish 

lozim. 

Qonuniylik  tuziladigan  protsessual  hujjatning  huquqiy  normalarga  aniq 

mos  kelishini  anglatadi.  Protsessual  hujjatning  qonuniyligi  uni  tuzish  vaqtida 

amaldagi  qonunchilik,  xususan  jinoyat-protsessual  qonunchilikning  barcha 

talablariga rioya etilishi kerakligini bildiradi

14

.  


Dastlabki  tergov  hujjatlarining  qonuniyligi  uchta  elementdan  tashkil 

topadi:  jinoyat-protsessual  qonunchilik  normalariga  rioya  etish;  jinoyat  huquqi 

normalarini to’g’ri qo’llash; huquqning boshqa normalariga rioya etish. 

Agar  uning  shakli,  qabul  qilinish  tartibi  jinoyat-protsessual  qonunchilik 

normalari bilan qat`iy belgilangan bo’lsa, u vakolatli organ yoki shaxs tomonidan 

qabul qilingan bo’lsa, barcha shart bo’lgan ma`lumotlardan tarkib topgan bo’lsa, 

protsessual  hujjat  qonuniy  deb  tan  olinadi.  A.R. Mixaylenko  maxsus  talablarga 

protsessual hujjatlarni qayd etishning ketma-ketligini ham kiritadi. Bu bizningcha 

maqbul  fikr,  chunki,  har  qanday  protsessual  hujjat  protsessual  harakatning 

ma`lum  ketma-ketlikda  amalga  oshirilishiga  muvofiq  tarzda  tuziladi.  Masalan, 

qonunda  nazarda  tutilgan  asoslar  va  tartibga  ko’ra  shaxs  ayblanuvchi  tariqasida 

                                                           

14

  Рахмонқулов  А.Х.  Ички  ишлар  органларида  дастлабки  тергов.  Дарслик.  –Т.:  -  Уз.Р.  ИИВ  Академияси, 



2005. – Б. 175. 

 

 

18 



 

jalb  etilishi  mumkin.  Sud  amaliyoti  tergov  harakatlarini  rasmiylashtirish  ketma-

ketligi  buzilgan  holda  olingan  dalillarni  maqbul  deb  tan  olmaydi.  Tanib 

olinayotgan  narsa  buyumning,  belgilari,  alomatlari  va  xususiyatlari  to’g’risida 

tanib  oluvchi  oldindan  so’roq  qilingandan  so’ng  narsalarni  tanib  olish 

bayonnomasi tuzilishi lozim. 

Protsessual  hujjat  qonuniyligining  sanab  o’tilgan  belgilari  birdamlikda  amal 

qiladi.  Bu  shuni  anglatadiki,  hatto  ulardan  bittasining  bo’lmasligi  hujjatning 

qonuniyligini  shubha  ostiga  qo’yishi  mumkin.  Ayrim  protsessual  qoidalarning 

buzilishi juda jiddiy bo’lib, u protsessual hujjatning bekor bo’lishiga sabab bo’ladi. 

Masalan,  agar  biron-bir  sababga  ko’ra  bayonnomalarda  barcha  zarur  ma`lumotlar 

bo’lmasa,  mazkur  kamchilikni  zarur  qo’shimcha  tergov  harakatlarini  o’tkazish 

orqali  tuzatish  kerak.  To’liq  bo’lmagan  bayonnoma  o’zining  isbotlovchi  kuchini 

yo’qotadi

15



Protsessual  hujjatda  uning qabul  qilinish  asoslari va  motivi tushunarli bayon 



etilmasa  hujjatning  asoslanganligi  shubha  o’yg’otishi  mumkin.  Protsessual  hujjatni 

tuzishda  u  bilan  tanishadigan  shaxsga  uning  mazmuni  qanday  ta`sir  etishi  hisobga 

olinishi zarur. 

Dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlar maxsus talablar bilan bir qatorda 

nazariya  va  tergov  amaliyotida  ishlab  chiqilgan  umumiy  talablarga  ham  javob 

berishi 


lozim. 

Umumiy 


talablar 

protsessual 

hujjatni 

rasmiylashtirish 

madaniyatidan  guvohlik  beradi.  Bu  talablar:  ishonchlilik,  mantiqiylik,  aniqlik, 

hammaga tushunarli tilda bayon etilishidir

16

.  


Mantiqiylik  dastlabki  tergov  protsessual  hujjati  mazmuniga  qo’yiladigan 

muhim  talabdir.  Mantiqiylik  –  bu  dastlabki  tergov  protsessual  hujjatning  alohida 

qismlari  aniqlangan  holatlar  yuzasidan  to’plangan  dalillar,  xulosalar  o’rtasida 

qarama-qarshilik,  ziddiyat  bo’lmasligini  ta`minlovchi  sifatdir.  SHu  bilan  birga 

mantiqiylik  bayon  etishning  bir  qator  ketma-ketligini,  izchilligini  talab  qiladi. 

                                                           

15

  Рахмонқулов  А.Х.  Ички  ишлар  органларида  дастлабки  тергов.  Дарслик.  –Т.:  -  Уз.Р.  ИИВ  Академияси, 



2005. – Б. 175. 

16

 Муратова Н.Г. Процессуальные акты органов предварительного расследования. Казань, 1989, С. 24. 



 

 

19 



 

YA`ni,  protsessual  hujjatning  har  bir  navbatdagi  qismi  oldingi  qismining  davomi 

bo’ladi  va  oldingi  fikrdan  kelib  chiqadi.  Faqat  har  bir  protsessual  hujjatgina  emas, 

balki ularning ish bo’yicha jamlanmasi ham mantiqiylikka asolanishi lozim. YA`ni, 

ayrim faktik ma`lumotlarning boshqalari bilan birga bayon etilishi, tasdiqlanishi va 

dastlabki  tergov  yakuniy  hujjatlarida  xulosalarning  asoslanishi  ketma-ketligi  talab 

etiladi (ayblov xulosasi, jinoyat ishini qo’zg’atish to’g’risidagi qaror). 

Mantiqiylik  bayon  etishning  qarama-qarshiligini,  izchil  emasligini,  xulosalar 

va  qabul  qilinayotgan  qarorlarning  noaniqligini  istisno  etadi.

17

  Mantiqiylik  bir 



hujjatni  boshqasiga  zid,  qarama-qarshi  bo’lmasligini  ta`minlaydi.  Masalan,  agar 

tergovchi  tashkilot  rahbariga  yuboradigan  taqdimnomasida  taftish  qoniqarsiz 

o’tkazilganligini,  shu  boisdan  uning  akti  moddiy  ziyonni  belgilash  uchun  dalil 

kuchiga  ega  bo’lmasligini  ta`kidlasa,  ammo  shunga  qaramasdan  uni  ayblov 

xulosasida  ziyon  keltirishda  ayblanuvchining  aybdorligi  dalili  sifatida  ko’rsatsa  bu 

mantiqqa to’g’ri kelmaydi. 

O’rganilayotgan  talablar  orasida  tergov  va  boshqa  protsessual  harakatlar 

bayonnomalariga ta`luqli bo’lgan dastlabki tergov protsessual hujjatining to’liqlilik 

(mukammallik) va ishonchlilik talablarini ham aytib o’tish lozim. Hujjatga nisbatan 

ishonchlilik  –  bu  hujjatda  ko’rsatilgan  faktlarning  ob`ektiv  voqelik  bilan  mos 

kelishidir. Unga qonunda belgilangan talablar vositasida erishiladi (JPK 90-modda).  

Protsessual hujjatning ishonchliligi uning qaysidir qabul qilingan protsessual 

qarorni  to’g’riligi  nuqtai  nazaridan  aksiologik  baholanishidir.  Huquqiy  hujjatni 

baholashda ishonchlilikning asosi adolat bo’lmog’i lozim. Bu barchaning qonun va 

odil sudlov oldida tengligidan dalolat beradi

18



SHunday  qilib  dastlabki  tergov  bosqichidagi  protsessual  hujjat  qonuniylik, 

asoslanganlik va motivlilik talablariga javob berishi lozim.  

 

                                                           



17

 Овсянников И. Логика доказывания в уголовном процессе // Российская юстиция. – 1998. - № 9. 

-Б.5.  

18

  Иноғомжонова  З.Ф.,  Тўлаганова.  Г.З.  Жиноят  процесси  муаммолари.  Ўқув  қўлланма./  ю.ф.д.,  проф 



Абдумажидов Ғ.А. умумий таҳрири остида.–Т.: ТДЮИ нашриѐти, 2006. –Б. 125. 

 

 

20 



 

1.2. Dastlabki tergov protsessual hujjatlarining tasniflanishi. 

Jinoyat  protsessining  dastlabki  tergov  bosqichida  qaror,  bayonnoma,  ayblov 

xulosasi, taqdimnoma, xabarnoma, yozma topshiriq, bildirish xati, yozma ko’rsatma, 

talabnoma,  tilxat,  yozma  majburiyat,  chaqiruv  qog’ozi,  yozma  e`tiroz  kabi 

protsessual  hujjatlar  tuzilishi  JPKda  nazarda  tutilgan.  Dastlabki  tergovdagi 

protsessual  hujjatlar  o’z  mazmuni  uchun  harakterli  bo’lgan  o’ziga  xos  belgilarga 

ega.  Bu  esa  ularni  guruhlarga  ajratish  imkonini  beradi.  Jinoyat  protsessual  huquqi 

nazariyasida  dastlabki  tergovda  rasmiylashtiradigan  protsessual  hujjatlarning 

etarlicha  ilmiy  jihatdan  asoslangan  tasnifi  mavjud  emas.  Ayrim  olimlar  ularni  uch 

turga  bo’lishadi:  jinoyat  protsessining  aniq  masalasi  yuzasidan  xulosaga(qaror); 

protsessual  harakatlar  jarayoni  va  natijalarini  namoyon  etuvchi  protsessual 

hujjatlarga  (bayonnoma);  tergov  organlari  tomonidan  u  yoki  bu  masalani  tegishli 

tashkilot  va  mansabdor  shaxslarga  muhokamaga  qo’yuvchi  protsessual  hujjatlarga 

(taqdimnoma)

19

.  Boshqa  bir  guruh  olimlar  esa  ikki  turga:  bayonnoma  va  qarorga 



bo’lishadi

20

.  YAna  bir  guruh  olimlar  majburiy  ((asosiy)  qaror,  bayonnoma,  ayblov 



xulosasi)  va  fakul’tativ  ((yordamchi)  taqdimnoma,  xabarnoma,  yozma  topshiriq, 

bildirish  xati,  yozma  ko’rsatma,  talabnoma,  tilxat,  yozma  majburiyat,  chaqiruv 

qog’ozi, yozma e`tiroz) protsessual hujjatlarga bo’lishadi

21

.  



Dastlabki tergovda rasmiylashtiradigan protsessual hujjatlarning xilma-xilligi, 

ularning  xususiyati  va  mazmunida  farqlarning  mavjudligi  tasniflashda  ularning 

muhim belgilarini asos qilib olish lozimligini ko’rsatadi.  

Birinchi  va  ikkinchi  tasniflar  ko’rinib  turibdiki  juda  tor.  Ularda  dastlabki 

tergovning  topshiriq,  ko’rsatma,  taqdimnoma  kabi  ko’plab  hujjatlari  xisobga 

olinmagan. 

Uchinchi  tasnif  tarafdorlari  asosiy(majburiy)  protsessual  hujjatlarga  har  bir 

jinoyat  ishi  bo’yicha  tuzilishi  shart  bo’lgan  hujjatlar  deb,  yordamchi(fakul’tativ) 

protsessual hujjatlarni esa jinoyat ishi bo’yicha tuzilishi shart bo’lmagan, surishtiruv 

                                                           

19

 Курс советского уголовного процесса. Общая часть / Под ред. А.Д. Бойкова и И.И. Карпеца. М., 1989. С.6. 



20

 Манаев Ю.В.; Репкин Л.М. Составление процессуальных актов седствия (учебное пособие). 1981. С. 7. 

21

 Иноғомжонова З.Ф.; Абдураҳмонов У.А. Жиноят ишлари бўйича процессуал ҳужжатлар. Т:. 2007. 19-б. 



 

 

21 



 

organi va tergovchining ish bo’yicha to’g’ri qaror qabul qilishiga yordam beradigan 

hujjatlar  deb  tushunishadi.  Bizning  fikrimizcha  yordamchi(fakul’tativ)  hujjatlarga 

taqdimnoma,  chaqiruv  qog’ozi  kabi  hujjatlarni  kiritish  to’g’ri  bo’lmaydi.  CHunki 

ushbu hujjatlar amaliyotda deyarli barcha jinoyat ishlarida tuziladi.  

YUqoridagi  keltirilganlardan  xulosa  qilish  mumkinki,  barcha  holatlarda 

protsessual hujjatlar yuridik ahamiyatiga ko’ra va tuzuvchi organ bilan bog’liq holda 

tasniflangan.  Dastlabki  tergovdagi  protsessual  hujjatlarning  har  bir  guruhining 

umumiy  va  xususiy  ya`ni,  o’ziga  xos  xususiyatlarini  bilish  ularning  bir  butun 

tizimini  alohida  guruhlarga  tasniflash  imkoniyatini  beradi.  Bizning  fikrimizcha 

dastlabki  tergovdagi  protsessual  hujjatlarni  ularning  huquqiy  tartibga  solinganlik 

darajasiga ko’ra, yuridik kuchga kirishiga ko’ra, tegishli sube`ektiga ko’ra va boshqa 

jihatlariga ko’ra tasniflash maqsadga muvofiqdir.  

1. 


Dastlabki  tergovdagi  protsessual  hujjatlarning  huquqiy  tartibga 

solinganlik  darajasiga  ko’ra  quyidagicha  tasniflash  mumkin:  qonunchilikda  to’liq 

tartibga solingan protsessual hujjatlar (JPK va boshqa qonunlarda); qonunchilikdan 

kelib  chiqadigan  protsessual  hujjatlar;  qonun  osti  hujjatlarida  tartibga  solingan 

protsessual hujjatlar; amaliyotda ishlab chiqilgan protsessual hujjatlar. 

Qonunchilikda  to’liq  tartibga  solingan  dastlabki  tergov  protsessual 

hujjatlariga  masalan  quyidagilar  tegishlidir:  ayblanuvchi  tariqasida  jalb  etish  (JPK 

361-modda),  ekspertiza  tayinlash  (JPK  180-modda  1-qismi), jinoyat  ishini  tugatish 

(JPK  374-modda)  to’g’risidagi  qarorlar,  so’roq  qilish  va  tergov  harakatlari 

bayonnomalari,  ayblov  xulosasi  (JPK  379-modda)  va  boshqa  hujjatlar.  Ushbu 

hujjatlarning  aksariyati  JPKda  ko’rsatib  o’tilgangina  bo’lib  qolmasdan,  qat`iy 

tartibga solinganhamdir.  

Qonunchilikdan  kelib  chiqadigan  protsessual  hujjatlarga  quyidagilar 

taalluqli  bo’ladi:  masalan,  murdani  eksgumatsiya  qilish  (JPK  148-modda), 

eksperiment o’tkazish (JPK 154-modda), narsani ashyoviy dalil deb e`tirof etish va 

uni jinoyat ishiga qo’shib qo’yish (JPK 207-modda), ushlab turilgan shaxsni ozod 

qilish  (JPK  234-modda),  harbiy  qism,  qo’shilma,  harbiy  muassasa,  harbiy  o’quv 


 

 

22 



 

yurti qo’mondonligining kuzatuviga berish  (JPK  254-modda), fuqaroviy  da`vogar 

deb e`tirof etish (JPK 254-modda), ishni qo’zg’atishni rad qilish (JPK 333-modda), 

ariza yoki xabarni tergovga tegishliligiga qarab yuborish (JPK 330, 335-moddalar), 

jabrlanuvchining,  fuqaroviy  da`vogarning,  fuqaroviy  javobgarning  vakili  deb 

e`tirof  etish  (JPK  62-modda)  haqidagi  qarorlar,  himoyachidan  voz  kechganlik 

to’g’risidagi  (JPK  52-modda),  jinoyat  ishi  materiallari  bilan  tanishtirilganlig 

to’g’risidagi (JPK 376-modda) bayonnomalar va boshqa hujjatlar. Ushbu hujjatlar 

jinoyat-protsessual  kodeksida  ko’rsatib  o’tilgan,  ammo,  ularning  shakli,  tuzilishi, 

mazmuni  va  hatto  ba`zilarining  nomlanishi  belgilanmagan.  Ushbu  hujjatlarning 

tuzilishi va mazmuni amaliyotda ishlab chiqilgan.  

SHuningdek,  boshqa  qonunchilikdan  kelib  chiqadigan  hujjatlar  mavjud. 

Masalan,  O’zbekiston  Respublikasining  Bank  siri  to’g’risidagi  Qonunining  9-

moddasiga  binoan  bank  sirini  tashkil  etuvchi  ma`lumotlar  prokuratura,  tergov  va 

surishtiruv  organlariga  tergovchi  yoxud  surishtiruvchining  asoslantirilgan  qaroriga 

binoan prokuror sanktsiyasi bilan taqdim etiladi.  

Qonun  osti  hujjatlarida  tartibga  solingan  hujjatlar.  Ushbu  guruhga  bosh 

prokuror  buyruqlarida,  ko’rsatma  va  yo’riqnomlarda  tartibga  solingan  hujjatlar 

tegishlidir  (Masalan,  O’zbekiston  Respublikasining  2008  yil  31-dekabrdagi 

“Advokatura  institutini  takomillashtirilishi  munosabati  bilan  O’zbekiston 

Respublikasining  ayrim  qonun  hujjatlariga  o’zgartish  va  qo’shimchalar  kiritish 

to’g’risidagi”gi Qonuniga qat`iy rioya qilinishini ta`minlash to’g’risida 2009 yil 28-

fevraldagi  qo’shma  ko’rsatmada  jinoyat  sodir  etganlikda  gumon  qilinuvchi 

(ayblanuvchi)ga  telefon  orqali  xabar  qilish  imkoniyati  berilganligi  to’g’risidagi, 

gumon  qilinuvchi  (ayblanuvchi)ning  himoyachi  xizmatidan  voz  kechganligi 

haqidagi bayonnomalar va boshqa bir nechta hujjatlarning blankalari ko’rsatilgan.  

Amaliyotda  ishlab  chiqilgan  protsessual  hujjatlar.  Masalan,  moddiy  zarar 

miqdoriga aniqlik kiritish, shaxsning anketa ma`lumotlariga aniqlashtirish (JPKning 

36, 98-moddalari), ishda tarjimon tariqasida ishtirok etishga jalb qilish (JPKning 36, 


 

 

23 



 

72-moddalari) to’g’risidagi qarorlar amaliyotda tergovchilar tomonidan JPKning 36-

moddasiga asoslangan holda qabul qilinadi. 

2. 


YUridik  ahamiyatiga  ko’ra  -  dastlabki  tergovdagi  protsessual  hujjat 

jinoyat  ishining  asosiy  savollariga  javob  beradimi  (jinoyat  joyi  mavjudmi, 

ayblanuvchi uni sodir etganmi, jinoyat sodir etilishida u aybdormi) yoki yordamchi 

masalarni  hal  etadimi,  shunga  ko’ra  asosiy  va  yordamchi  hujjatlarga  bo’linadi.  Ish 

bo’yicha  to’plangan  dalillar  jamlanmasini  baholash  natijasiga  asoslangan  holda 

butun ish yoki uning alohida qismi yuzasidan yoki shaxsga nisbatan yakuniy xulosa 

chiqariladigan  hujjatlar  asosiy  hujjatlarga  tegishli  bo’ladi  (ayblov  xulosasi,  jinoyat 

ishini tugatish to’g’risidagi qaror va b.) 

Ishning  asosiy  masalarini  hal  etishga  ko’maklashuvchi  protsessual  hujjatlar 

yordamchi xarakterga ega. Unga tergovchining u yoki bu tergov harakatini amalga 

oshirish to’g’risidagi va uning natijalari qayd etilgan protsessual hujjatlar taalluqlidir 

(tintuv,  olib  qo’yish,  guvohlantirish  o’tkazish  to’g’risidagi  qaror,  ushbu  tergov 

harakatlarining bayonnomalari) 

3.  Bajaradigan  vazifasiga  ko’ra  jinoyat-protsessual  hujjatlarni  quyidagicha 

guruhlarga bo’lish mumkin: tergovni yo’nalishini belgilovchi hujjatlar (jinoyat ishini 

tugatish  to’g’risidagi  qarorlar,  ayblov  xulosasi)  dalillarni  olishni  ta`minlashga 

qaratilgan (tintuv, olib qo’yish o’tkazish to’g’risidagi qaror); dalillarni qayd etishga 

yo’naltirilgan  protsessual  hujjatlar  (tergov  harakatlari  bayonnomalari);  protsess 

ishtirokchilarining  protsessual  holatini  belgilovchi  (jabrlanuvchi  deb  e`tirof  etish, 

fuqaroviy  davogar,  fuqaroviy  javobgar  sifatida  jalb  etish  to’g’risidagi  qaror  ); 

protsess  ishtirokchilari  huquqlari  taminlashga  yo’naltirilgan  (ayblanuvchini 

ekspertiza tayinlash to’g’risidagi qaror bilan tanishtirish bayonnomasi, jabrlanuvchi, 

ayblanuvchi  va  uning  himoyachisini  jinoyat  ishi  materiallari  bilan  tanishtirish 

bayonnomasi); boshqa hujjatlar (taqdimnoma, tilxat, chaqiruv qog’ozi). 

4.  Jinoyat-protsessual  qonunchilikda  qat`iy  belgilangan  jihatlariga  ko’ra 

protsessual hujjatlarni quyidagicha turlarga bo’lish mumkin: shakli va tuzilish tartibi 

qonunda  qat`iy  belgilangan  hujjatlar  (bayonnomalar);  tarkibiy  elementlari  qonunda 


 

 

24 



 

belgilangan  protsessual  hujjatlar  (ayblov  xulosasi,  qaror);  qat`iy  belgilangan  shakl 

va tarkibga ega bo’lmagan va faqatgina nomi qonunda ko’rsatib o’tilgan protsessual 

hujjatlar (taqdimnoma, chaqiruv qog’ozi).  

5. 

Sub`ektiga ko’ra – dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarni quyidagi 



turlarga  bo’lish  mumkin:  1) tergovchi  va  tergov  bo’limi  boshlig’ining  hujjatlari; 

2) surishtiruvchi  va  surishtiruv  organi  boshlig’ining  hujjatlari;  3) prokurorning 

protsessual hujjatlari.  

6. 


YUridik  kuchga  ega  bo’lishiga  ko’ra  –  chiqarilgan  vaqtdan  boshlab 

kuchga  ega  protsessual  hujjatlar  (jinoyat  ishini  tugatish  to’g’risidagi  qarorlar), 

prokuror  tomonidan  tasdiqlanishi  (sanktsiyalanishi)  talab  etiladigan  protsessual 

hujjatlar  (tintuv,  eksgumatsiya  qilish  to’g’risidagi  qarorlar),  prokurorning  roziligi 

talab  etiladigan  protsessual  hujjatlar  (tergovchining  mahkumni  boshqa  erga 

ko’chirish to’g’risidagi qarori, jinoyat ishini tugatish to’g’risidagi qarori). 

7. 

Funktsiyaviy  ahamiyatiga  ko’ra  –  dastlabki  tergovdagi  jinoyat-



protsessual  hujjatlarni  quyidagicha  guruhlarga  bo’lish  mumkin:  himoyaning 

funktsiyalarini  taminlovchi  protsessual  hujjatlar  (ayblanuvchini  va  uning 

himoyachisini  ish  materiallari,  ekspertiza  tayinlash  to’g’risidagi  qaror  bilan 

tanishtirish  bayonnomasi);  fuqaroviy  davoni  ta`minlash  bilan  bog’liq  protsessual 

hujjatlar  (fuqaroviy  javobgar  sifatida  jalb  etish  to’g’risidagi  qaror);  dastlabki 

tergovni  to’xtatish,  qayta  tiklash  yoki  tugatish  bilan  bog’liq  protsessual  hujjatlar 

(dastlabki  tergovni  to’xtatish,  jinoyat  ishini  tugatish,  ishni  sudga  yuborish 

to’g’risidagi  qarorlar);  tergovchining  profilaktik  faoliyatini  amalga  oshirish  bilan 

bog’liq protsessual hujjatlar (jinoyat sodir etilishiga imkoniyat yaratgan sabablar va 

sharoitlarni bartaraf etish masalasiga oid taqdimnoma). 

Xulosa  o’rnida  shuni  ta`kidlash  lozimki,  tasniflash  ham  nazariy  ham  amaliy 

ahamiyatga  ega.  U  dastlabki  tergovdagi  protsessual  hujjatlarning  xususiyatlarini, 

huquqiy tabiatini va ularga qo’yiladigan talablarni aniqlash, shuningdek, qonuniy va 

asoslangan hujjatlarni tuzishda zarur bo’lgan umumiy va aloxida maxsus belgilarini 

ajratish imkonini beradi.  


 

 

25 



 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling