Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbekiston sharoitida aylanma mablaglar va mijozning kreditga layoqatliligini baholash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI
- «Hozirgi O’zbekiston sharoitida aylanma mablag’lar va mijozning kreditga layoqatliligini baholash usullari» mavzusidagi
- Kafedra mudiri dots. Qushatov R.H.
- Mundarija Kirish
- II bob. Mijozning kreditga layoqatliligi va uni baholash ko`rsatkioklari…………………………………………………………………..19
- Xulosa…………………………………………………………………………….62 Foydalanilgan adobiyotlar
- Kirish Mavzuning dolzarbligi.
- Malakaviy bitiruv ishining maqsadi va vazifalari.
- Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tarkibi.
- Bajarilgan ishning asosiy natijalari.
- I bob. Aylanma mablag`lar haqida tushuvcha va uning iqtisodiy mohiyati 1.1 Aylanma mablag`lar va ularning tarkibiy tuzilishi
- 1.2. Aylanma mablag`larni tashkil qilishda bank kreditining roli
2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS T A’ L I M V A Z I R L I G I ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI Iqtisodiyot yo’nalishi “Boshqaruv hisobi va moliya” kafedrasi «Hozirgi O’zbekiston sharoitida aylanma mablag’lar va mijozning kreditga layoqatliligini baholash usullari» mavzusidagi MALAKAVIY BITIRUV ISHI Bajaruvchi: Meliqulov F.A. Ilmiy rahbar: Safarov B. Malakaviy bitiruv ishi “Boshqaruv hisobi va moliya” kafedrasida bajarildi. Kafedraning 2011 yil 2 iyndagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi. (bayonnoma № 9 )
Malakaviy bitiruv ishi YaDAKning 2011 yil ___ byundagi majlisida himoya qilindi va _____ foizga baholandi. (Bayonnoma № ___) YaDAK raisi:_____________________________ A’zolari:____________________________ SAMARQAND - 2011 3
Mundarija Kirish………………………………………………………………………………3 I bob. Aylanma mablag`larningiqtisodiy mohiyati va tarkibi……………….5 1.1 Aylanma mablag`lar va ularning tarkibiy tuzilishi…………………………..5 1.2Aylanma mablag`larni tashkil qilishda bank kreditining roli…………………12
2.1 Mijozning kreditga layoqatliligi va uni baholashning manbolari……………19 2.2 Mijozning kreditga layoqatliligini baholash ko`rsatkichlari………………..38 2.3 Rivojlangan davlatlarda mijozning kreditga layoqatliligini baholash usullari..52 Xulosa…………………………………………………………………………….62 Foydalanilgan adobiyotlar…………………………………………………..….64
4
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiy islohatlar chuqurloshib borayotgan hozirga kunda O`zbekiston iqtisodiyotini, pul momalasini barqarorlashtirish asosida milliy pul birligini mustashkamlashning asosiy yo`llaridan biri-ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni takomillashtirishdan iborat. Ishlab-chiqarishni yo`lg`a qoyish va boshqa resurslardan to`g`ri foydalanish, ularni ishlab chiqarishga qollash, iqtisodlik tamoyiliga rioyaqilish, material hojatlarni kamaytirish, arzon, lekin sifatli materiallarni ishlab chigarishda qo`lash yo`li bilan amalga oshirish mumkin. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning samoadarligini oshirish esa, eng avvalo, aylanma mablag`larni shakillantirish va ulardan to`g`ri foydalanishga bog`liq. Shu nuqtai nozardan qaraganda tanlangan mavzu. Shu kunning dolzarb masalaridan bo`lganligi bilan ajratib turadi. Malakaviy bitiruv ishining maqsadi va vazifalari.Tadqiqotning asosiy maqsadi bozor muno sabatlari sharoitida aylam mablaglarning iqtisodiy mohiyatini, uning tarkibiy tuzilishini tadqiq qilish aylanma mablag`larni tashkil qilishda bank kreditning rolini oshirish va uni yanada takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Ana shu maqsadlarni amolga ashirish usularda quydagi
- Aylanma mablag`lar va ularning tarkibiy tuzilishini tadqiq qilish; - Aylanma mablaglarni taklif qilishda bank kreditining rolini yoritib berish;
- Mijozning kreditga layoqatliligi va uni baholash manbalarini tahlil qilish; - Mijozning kreditga layaqatliligini baholash ko`rsatkichlarini tahlil qilish; - Rivojlangan davlatlarda mijozning kreditga layoqatliligini baholash ussularini o`rganish va ularning ilg`or tajribalarini miliy bank tizimida qo`llash bo`yicha takliflar ishlab chiqish.
5
Malakaviy bitiruv ishining predmeti aylanma mablag`larni tashkil etish, ularni shakillantirish va bank kreditining roli bilan bog`liq bo`lgan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotning ob’ekti DT Xalq banki Tayloq tumani filialining misolida yoritilgan.
iqtisodiyotning barqaror o‟sishini ta‟minlashga doir O‟zbekiston Respublikasining qonunlari vazirlar maxkamasining qarorlari mavzu bo‟yicha nashr etilgan Ilmiy adabiyotlar tadqiqot jarayonida qiyosiy taqqoslash usullaridan foydalanilgan Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tarkibi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki unda bayon etilgan uslubiy yondoshuvlar nazariy xulosalar va amaliy taklif va nazariy tafsiyanomalardan foydalanilgan. Ishlab chiqarishda aylanma mablag‟larni shakillantirish va shuningdek aylanma mablag‟lardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishish mumkin. Bajarilgan ishning asosiy natijalari. Malakaviy bitiruv ishida aylanma mablag‟lardan to‟g‟ri foydalanish va ularni tashkil qilishda bank kreditining roli hamda mijozning kreditga layoqatliligi va uni baholash manbalari, shuningdek, mijozning kreditga layoqatliligini baholashning asosiy va qo‟shimcha ko‟rsatkichlarini va mavjud barcha ma'lumotlarni chuqur o‟rgangan holda DT Xalq banki Tayloq tumani filialiga foydalanilgan. Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi. Malakaviy bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, bayon etilgan. Birinchi bobda aylanma mablag`larning iqtisodiy mohiyati va turkibiy yoritib berilgan. Ikkinchi bobda esa mijozning kreditga layoqatliligi va uni baholash ko`rsatkichlari tahlil qilingan.
6
I bob. Aylanma mablag`lar haqida tushuvcha va uning iqtisodiy mohiyati 1.1 Aylanma mablag`lar va ularning tarkibiy tuzilishi Korxonada asosiy fondler bilan birgalikda aylanma mablag`larning bo`lishi muhim ahamiyatga ega. Aylanma mablag`lar pul mablag`larining yig`indisi bo`lib, ular ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlarini mablag` bilan ta`minlashga xizmat qiladi va ularning uzluksiz aylanishini taminlaydi. Aylanma mablag`lar ishlab chiqarishni va ishlab chiqarilgan maxsulotlarning realizasiyasini uzluksizligini ta`minlaydi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda, ya`ni, mahsulat ishlab chiqarish jarayonida to`liqligicha sarflanadi va ularning qiymati ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga ketadi. Aylanma mablag`lar Tovar ayriboshlash jarayonida xizmat qiladi, lekin ular mahsulot qiymatini belgilaydi, faqat ularni harakatga keltiruvchi manba hisoblanadi. Ishlab chiqarish mablag`larining realizasiya qilingan mahsulat qiymatidan yana ajratib olinib, keying ishlab chiqarish jarayoni uchun ishlatiladi. Bu ishlab chiqarish jarayoning Sistematik ravishda qayta-qayta takrorlanishiga va tashkilotning to`xtovsiz harakatiga xizmat qiladi. O`z harakati davomida aylanma mablag`lar uch boshqichini o`taydi. Birinchi bosqich, aylanma mablag`lar uchun tayyorlov bosqichi hisoblanadi. U muomalada bo`ladi, bunda pul mablag`lari ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi. Ikkinchi bosqichda aylanma mablag`lar ishlab chiqarishni tashkil qilishda bevosita ishtirok etadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulatning qiymatini belgilaydi, lekin uning to`liq haqini ma`lum miqdorda to`lash uchun Sarflanadi. Bu boshqich tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan tugaydi va mahsulotni realizasiya qilish yoiki Sotish ikkinchi bosqich hisoblanadi. Uchinchi bosqichda aylanma mablag`lar ikkinchi bosqichdagidek mehnat mahsulotlarini ta`minlash uchun Sarflanadi va mahsulot realizasiyasidan so`ng aylanma mablag` qayta ti`klanadi. Alanma mablag`larning qolgan qismi pul
7
mablag`lari sifatida yig`iladi va reja asosida taqsimlamadi. Mahsulot realizasiyasidan kelib tushgan tushumning bir qismi foyda va aylanma mablag`larni tashkil qiladi. Bu esa ishlab chiqarishning uzluksizligini taminlaydi. Felanma mablag`larning shakli ular harakatining uchinchi bosqichi bo`lib. Shu bilan birga aylanma mablag`larning boshlangichi boshlanadi. Aylanma mablag`lar harakati quydagi sixema asosida amalga oshadi. D – T…P…T`-D` Bunda, D – pul mablag`lari bo`lib, ish yurutuvchi subektlarni oldindan taminlash uchun sarflanadi. T – Ishlab chiqarish vositalari P – Ishlab chiqarish T` - tayor mahsulot D` - Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizasiya qilishdan olingan pul mablag`lari bo`lib foydani ham tashkil qiladi. Bu formuladagi uchta nuqta barcha vositalarning harakatini bildiradi. Aylanma mablag`lar o`z harakati davomida barcha bosqichlarida ko`rinishda ishtirok etadilar. Bu tashkilotda to`xtovsiz jarayon va uzluksiz ishlab chiqarishni taminlaydi. Aylanma mablag`larni boshqarish eng kam miqdordagi aylanma mablag`lar bilan ishlab chiqarish va sotish jarayonining uzluksizligini taminlashdan borat. Bu korxona aylanma mablag`lari doiraviy aylanishning barcha bosqichlari bo`yicha mos shakilda va minimal, lekin yetarli miqdorda taqsimlashi lozimligini bildiradi. Aylanma mablag`lar har doim bir vaqtning Tovar moddiy boyliklarning minimal zahilarini tavsiflaydi va detallar zahina kunlarida, zahira normalarida, hisob birligi Summalarida hokazolarda hisoblanadi. Aylanma mablag`lar normatuvi-aylanma mablag`lar normasining normasi aniqlangan ko`rsatkuchga ko`paytmasi so`mlarda ifodalanadi.
8
Na.m = Nichz + Ntich + Ntm Bu yerda, Nichz – ishlab chiqarish zahiralarini normalash;
Ntich – tugalanmagan ishlab chiqarishni normalash; Ntm – tayyor mahsulot zahiralarini normalash; Sanoat korxonalarida aylanma mablag`lardan samarali foydalanishni uchta asosiy ko`rsatkich tafsiyalaydi. Aylannuvchanlik koeffisiyenti narxlarda mahsulot Sotishni hajmini korxonada aylanma mablag`larning o`rtacha qoldig`iga bo`lish yo`li bilan anuqbanodi Kam = RS/Kam:
aylanmalar. RS – sotilgan mahsulot hajmi, so`m. Kam – aylanma mablag`larning o`rtachaqoldig`I, so`m Aylanluvchanlik koeffisienti ma`lum o`zida dairaviy aytanishning uchala basqichida mavjud bo`ladi va pul mablag`lari, materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar ko`rinishida bo`ladi. Korxonalar o`z – o`zini moliyalastiradiganhozigi sharoitda aylanma mablag`lar bo`lgan ehtiyojini to`g`ri aniqlash muhim ahamiyatga ega. Korxonaning normal faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo`lgan aylanma mablag`larning iqtisodiy asoslangan miqdorini ishlab chiqarish jarayoni aylanma mablag`larni normalashtirish deyiladi. Shunday qilib aylanma mablag`larni normanlashtirish doimiy minimal shu bilan birgalikda yetarli bo1lgan moddiy boyliklar zahiralarini kamaymaydigan bullanmogan ishlab chiqarish tayyor mahsulotning tezroq sotilishi imkonini baradi. Ishlab chiqarish zahiralaridagi, tugallanmagan ishlabchiqarishdagi, korxona omborlardagi tayor mahsulot qoldiqlardagi aylanma mablag`larni normallashtiradi. Bu normallashtiradigan aylanma mablag`lardir. Aylanma mablag`larning qolgan elementlari normalashtirilmaydigan deb ataladi. Aylanma mablag`larni normallash 9
jarayonida aylanma mablag`lar normasi va normative aniqlanadi. Aylanma mablag`lar normasi korxonada davr (yil chorak) mobaynida korxona aylanma mablag‟larining doiraviy aylanma mablag‟lar hisobiga to‟g‟ri keladigan maksulot hajmini ko‟rsatadi. Formuladan ko‟rinib turibdiki, aylanma mablag‟lar miqdorining ko‟payishi 1 so‟m aylanma mablag‟lar hisobida mahsulot ishlab chiqarishning o‟sishiga olib keldi. Aylanma mablag‟lar bandligi koeffisiyentining kattaligi aylanuvchanlik koeffisiyentiga teskari miqdordir. U so‟m sobilgan aylana mablag‟lar muqdorini tafsiyalaydi .
Bu yerda, Kb – aylanma mablag‟ning bandligi koeffisiyenti; Bir aylanish davomiyligi kun hisobidadavdagi kunla sonini aylanuvchanlik koeffisiyentiga bo‟lish bilan topuladi. Ad = Dk : Kam Bu yerda: Dk – davrdagi kunlar soni (360.90) Aylanma mablag‟larning aylanish muddati qancha kam yoki sotilgan mahsulotning o‟sha hajmda aylanishlar soni qancha ko‟p bo‟lsa, aylanma mablag‟lar shuncha kam talab qilinadi. Va aksincha aylanma mablag‟lar qancha tez aylansa, ular shuncha samarali foydalaniladi.
Aylanma mablag‟lar tarkibi va sutrukturasini bir – biridan farqlamoq kerak. Aylanma mablag‟lar tarkibi deyilganda aylanma mablag‟lani tashkil etadigan elementlar yigindisi tushiniladi. Aylanma mablag‟larning aylanma ishlab chiqarish fodlari va muamala fondiga bo‟linishi mahsulotni ishlab chiqarish va sotish sohalarida ulardan foydalanish va taqsimlash xususiyatlari bilan belgilanadi ishlab chiqarishda band bo‟lgan aylanma mablag‟lar miqdori, asosan mahsulot ishlab chiqarish shakillarining davomiyligi, texnik rivojlanish darajasi, texnologiya mukammalligi va mehnatning tashkil etilganligi bilan aniqlanadi. Muomala mablag‟lari summasi, asosan mahsulotni sotish shart – sharoitlari va mahsulotning ta„minot va sotish tizimini tashkil etish darajasiga bog‟liq.
10
Mahsulot muomalasi jarayoniga xizmat ko‟rlatadigan aylanma mablag‟lar muomala fondlarini ifodalaydi. Ularda korxona omborlaridagi sotishga tayyor mahsulot, jo‟natilgan, lekun istimolchilar tomonidan to‟lanmagan mahsulot, korxona pul mablag‟lari, hisob – kitobdagi mablag‟lar kiradi.
Aylanma mablag‟larningalokida elementlari o‟rtasidagi nisbat aylanma mablaglar strukturasi deyiladi.
Sanoat tarmoqlari aylanma mablag‟lari strukturasidagi farq ko‟pgina omillar bilan asoslanadi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish xususiyatlari, ta‟minot va sotish sharoitlari, ta‟minotchi va istemolchlar joylashishi, ishlab chiqarish xarajatlari strukturasi.
Sanoat korxonalari aylanma mablag‟lari ko‟p qismini Tovar moddiy boyliklar tashkil etadi. Ularning ulushi 75 – 87%.Turli tarmoqlar bo‟yicha Tovar moddiy boyliklar ko‟rinishidagi aylanma mablag‟lar strukturasi ham turlichodir. Ishlab chikarish zahirolarining eng salmoqli ulushi yengil sanoat korxonalarida (xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar usyunlik qiladi – 70%). Kimyo sanoatida kelgusi davr xarajatlari ulushi yoqori – 9%. Mashnasozlik sanoatiga nisbatdan ishlab chiqarish zahiralari ulushi kam, o‟zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish ulushi esa yoqori. Bunga sabab, og‟ir energetika va transport mashinasozligida avtomobil va traktor sanoatidagi nisbatdan tugallanmagan ishlab chiqarish ulushi yoqori.
Turli tarmoqlarda xom ashyo va materialishlab chiqarish zahiralaridagi aylanma mablag‟lar summasi ham farqlanadi. Bunda ishlab chiqarilodigan mahsulatlorning texnik iqtisodiy xususiyatlari sabab bo‟ldi.
Turli sanoat tarmoqlari aylanma mablag‟lari strukturasida ishlab chiqarish sohosiga joy lashtirilgan mablag‟lar sumasi ham farqlanadi. Bunda ishlab chqariladigan mahsulotning texnik – iqtisodiy xususiyatlari sabab bo‟ldi.
Turli sanoat tarmoqlari aylanma mablag‟lari strukturasida ishlab chiqarish sohasiga joylashtirilgan mablag‟lar umumiy ustunlik qiladi. Ular hisobiga aylanma mablag‟larning 70% foizi to‟g‟ri keladi. 11
Shakillanish manbalari bo‟yicha aylanma mablag‟lar korxona o‟z mablag‟lari va qarzga olingan mablag‟lariga bo‟linadi.
Qarzga olingan mablag‟lari – bu bank kreditlarlik qarz (tijorat keriditi) va bashqa passivlardir.
Korxonaning samarali ishi – bu minimal xarajotlar qilib maksimal natijalarga erishishdir. Xarajotlarni kamaytirish – bu avvalanbar, korxona aylanma mablag‟larni shakillantirish manbalari strukturasini optimallashtirish, yani o‟z keredit resurslarini oqilona uyg‟unlashtirish.
Korxona aylanma mablag‟lari doimo harakatda bo‟ladi . Muomala sohasida ular ishlab chiqarish sohasiga o‟tadi va hokazo. Aylanma mablag`lar aylanishi korxona tomonidan moddiy resurslar va ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan bashqa elementlar to`plangan vaqtdan bashlanadi va bu mahsulotni sotishdan olingan tushum ko`rinishida xarajatlar qoplanishi bilan tugaydi.
Keyinchalik pul magbalari yana korxona tomonidan moddiy resurslar olish va ularni ishlar chiqarishga kiritish uchun ishlatiladi.
Aylanma mablag`lar tarkibiy qism va strukturaga bo`linadi. Aylanma mablag`larning tarkibiy qismi uni tashkil qiluvchi elementlardan iborat. Aylanma mablag`larni tashkiliy qismlarga ajratish, ularni sarflashning xususiyatlariga va ishlab chiqarish sohasida mahsulot ishlab chiqarish va realizasiya qilishga bog`liq bo`lib, ishlab chiqarish aylanma fondi va muomala fondiga bo`linadi.
Ishlab chiqarishning aylanma fondlari guydagilardan tashkil topadi: Mehnat vositalari (xom ashyo, asosiy materiallar, sotib olingan yarimfabrikatlar qo`shimcha materiallar, yoqligi tara va butlavchi qismlar) Ishlash muddati bir yildan yoqari bo`lmagan qiymati eng ka mish faqining 100 buravariga teng bo`lgan (buydjet tashkilotlari uchun 50 baravariga teng bo`lgan) mehnat vositalari (arzon tez eskaradigan vasitalar va asbob – uskunalar). Ishlab chiqarilishi tugotilmagan shu korxonaning o`zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar (detallar, qismlar va buyumlar). 12
Kelgusidagi xarajotlar (yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish sarflanvchi konstruktorlik, ilmiy izlanish, ishlab chiqarish vositalarini almashtirish va ishlab chiqarish texnologiyasini o`zgartirishga sarflanuvchi mablag`lar;
Muomala fondlariga quydagilar kiradi: Tashkilotning tayyor mahsulotlari, estemolchilarga jo`natilgan, lekin haqi to`lanmagan mahsulotlar; Raschyotlardagi mablag`lar; Karsadagi va hisob raqamidagi pul mablag`lar; Aylanma mablag`larning qiymati mahsulot ishlab chiqarish jarayonining muddati; tashkilotning texnikaviy rulojlanganligi, tashkilot texnologiyasining mukammalligi va mehnati tashkil qilishning rivojlanganligi bilan o`lchanadi
Muamala fondining qiymati asosam tayyor mahsulotlarni realizasiya qilish, ta`minot va sotish bo`limining ishiga bog`liq. Aylanma mablag`lar elementlari nisbatining foizlardagi qiymati aylanma mablag`larning strukturasi deb ataladi.
Aylanma mablag`lar strukturasi turli omillarga bo`g`liq bo`lib tashkilot ishlab chiqarish jarayoni xususiyatiga, ta`minot va tarqatish sharoitlariga, ta`minotchilar va iste`molchilarning joylashuviga bog`liq bo`ladi. 13
1.2. Aylanma mablag`larni tashkil qilishda bank kreditining roli
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va shu asosda bozoz iqtisodiyotiga boshchiqma-bosqich o`tib borishda aylanma mablag`lar muhim o`rin tutadi. Hozirgi kunda O`zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish, pul muomalasini barqarorlashtirish rivojlantirish va uni takomillashtirishdan iborat. Islab chiqarishni yo`lga qo`yish va uning samaradorligini oshirish, xom ashyo materiallar, yoqilig`I, energiya va boshqa resurslardan to`g`ri foydalanish, ularni ishlab chiqarishda qo`llash, iqtasddlilik taoyiliga rioya qilish, material xarajatlarini kamaytirish, arzon lekin sifatli materialni ishlab chiqarishda qo`llash yo`li bilan amalga oshirishi mumkin. Shuni takitlashimiz lozimki, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning Samaradorligini oshirish avvalam bor
aylanma mablag`lardan to`g`ri foydalalanishga bog`liq.
Har bir xo`jalik o`z ishlab chiqarishini tashkil qilish, ishlab chiqarish vasitalarini sotib olish uchun ma1lum qiymatni avanslastirishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta`minlash uchun esa avanslashtirilgan qiymat ishlab chiqarish vositalarini ikki shakldagi aktivlarga, yani uzoq muddatli va qisqa muddatli aktivlarga bo`lish mumkin. Uzoq muddatli aktivlar ishlab chiqarisha uzoq yillar davomuda qatnashadi Eskirib borishi bilan uzoq muddatli aktivlar o`z qiymatini qisman yangi yaratilayotgan mahsulotga o`tkazib boradi.
Aylanma aktivlar uzoq muddatli aktivlardan farq qilib, ishlab chiqarish jarayomda bir martta qatnashadi va yaratilgan mahsulotga o`z qiymatini to`la o`tkazodi, shakli o`zgaradi.
Aylanma aktivlar aylanish jarayonida uch bosqichni bosib o`tadi: pul, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish bilan bog`liq bosqichlar.
Aylanishning birinchi bosqichida ishlab chiqarish vositalari sotib olinadi (P- T(i/v)). Korxonaning ajratilgan pul fondlari ishlab chiqarishning ashyoviy omiliga aylanadi. Birinhi bosqichning xususiyati shundaki bu bosqichda ba`zi korxonalar o`z mablag`lari yetarli bo`lmagan hollarda qazga bank kreditini obozotgan jalb qilishlani mumkin. 14
Aylanma aktivlar aylanishining ikkinchi bosqichi – ishlab chiqarish bosoichi (T-i/ch-T`) bo`lib, bunda ushlab chiqarish omillari( ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari) qo`shilishi yuzaga keladi va bu jarayon aylanma aktivlari aylanishi iqtisodiy mohiyatini yanada chuqurroq ifodalashga yordam beradi. Chunki ikkinchi, bosqich asosiy va hal qiluvchi bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda yangi qiymatga ega bo`lgan mahsulot yaratiladi. Ikkinchi bosqich, ishlab chiqarishda Samaradorlikda erishish omillariga boy bo`lgan bosqich bo`lib, mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish uchun ishlab chiqarishni moddiy resurslar bilan to`liq va o`z vaqtida ta`minlash; material resurslarini iqtisod qilgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini arzonlashtirish, mehnat resurslaridan to`g`ri foydalanish zarur.
Aylanma aktivlar aylanishining uchunchi bosqichi, (T – P`) da yangidan yarotilgan mahsulot realisasiya qilinadi. Oxirgi bosqichda aylanma mablag`lar yana boshlangich shakl-pul shakliga o`tadi va bu esa aylanish jarayonini to`g`ri tashkil qilish , uning uzluksizligini ta`minlash, aylanish bosqichlari bo`yicha aktivlarni to`g`ri taqsimlash ishlab chiqarishda Samaradarlikka, korxonalar moliyaviy faolyatining yaxshi natiyalarga erishisiga olib kelishi mumkin. Fondlar aylanishining asosiy shaklipul shakli ishlab chiqarishni tashkil qilishda asosiy rol o‟ynaydi. Shuning uchun ular aylanishining asosiy shakli, jarayon boshlanishida pul mablag‟larini avanslashtirish va jarayon tugashida aktivlarning pul shakliga o‟tishidir. Haqiqatda pul mablag‟larini avanslashtirilgan mablag‟lari aylanishini boshlash mumkin emas va shundan kelib chiqqan holda boshqa bosqichlar oz – o‟zidan amalga oshirilmaydi.
Korxonaning avanslashtirilgan mablag‟lari natural – ashyoviy shaklda va boshqa shaklda, ya‟ni qiymot shaklda bo‟lishi mumkin. Aktivlarning qaysi bir turini moslashtirishga qarab ular asosiy va aylanma mablag‟lariga bo‟linadi.
Avanslashtirishning xususiyati shuki, mablag‟lar korxona oborotida doimiy ravishda bo‟lib turadi va aktivlarning aylanishiga qarab o‟zgartirib turadi. Aktivlarning aylanishi davomida aylanma mabbag‟lar pul shaklidan ishlab 15
chiqarish zahiralari shakliga ishlab chiqarish zahiralari shaklidan tugallanmagan ishlab chiqarish (tayyor bo‟lmagan mahsulot) ga, tugallanmagan ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot shakliga o‟tadi.
Aylanma aktivlar iqtisodiy kategoriyasiga sifatida bir necha xususiyatlarga ega. Shulardan biri – aylanma ishlab chiqarish va muomala aktivlari uchun avanslashtirilgan qiymatlarni bir
iqtisodiy kategorya-aylanma aktivlar kategoryasiga birlashishidirBa`ziqtisodchilar aylanma aktivlarni iqtisodiy sifatida qaraydirar. Ularning fikricha, aylanma fondlariga iqtisodiy kategoriya sifatida Tovar ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi. Aylanma aktivlarning yana bir xysusiyati – ularning tashkil qilinishi va ulardan foydalanishdir.
Aylanma aktivlarning aylanishini boshlash uchun
avalambor avanslashtirilgan qiymatga ega bo`lish lozim. Aylanma aktivlar korxona balansining aktiv qismida ko`rsatilib quyidagi tarkibiy qismlarga bo`linadi. 1. Tovar – moddiy boyliklar, bularga: 1.1 ishlab chiqarish zahiralari; 1.2 tayor mahsulot; 1.3 tovarlar kiradi; 2. Ishlab chiqarish xorajotlari, bularga: 2.1 tugallanmagan ishlab chiqarish; 2.2 kelgusi davr xarajatlari va boshqalar kiradi. 3. Pul mablag`lari, bularga: 3.1 gaznadagi pul mablag`lari; 3.2 valyuta mablag`lari; 3.3 hisob-kitob schoytidagi pul mablaglari 3.4 boshqa schoyotlardagi pul mablag`lari kiradi. 4. Debitorlar, bularga: 4.1 xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar. 4.2 bo`nak (avans) lo`lavlari; 4.3byudjet bilan hisob-kitoblar;
16
4.4 xodimlar bilan hisob-kitoblar; 4.5 Sho`ba korxonalar bilan hisob – kitoblar 4.8 boshqa debitorlar kiradi.
Aylanma aktivlar o`zining qaysi tarmoqqa qarashli ekanligiga qarab aylanishi davrida ma`lum xususiyotlarga ega bo`ladi. Aylanma aktivlarning aylanish davri xususiyati xo`jalik sub‟yektining qaysi tarmoqqa ta‟luqli ekanligiga bog‟liq. Mavsumiy tarmoqlar (qishloq xojaligi. tayorlov, qishloq xojaligi mahsulotlarining qayta ishlovchi tarmoqlar) da aylanma aktivlarining aylanishi bir tekisda kechmaydi.
Chunki bu tarmoqlarga aylanma aktivlarga qarashli ekanligiga qarab bo‟lgan ehtiyoj yilning fasliga mavsumga qarab turlicha boladi. Masalan, qishloq xo‟jaligida qish, bahor oylarida aylanma aktivlarga bo‟lgan talab oshishi, kuzga kelib aylanma aktivlarga bo‟lgan talab kamayishi mumkin.
Qishloq xo‟jaligi va shunga o‟xshogan boshqa tarmoqlarda aylanma aktivlarga bo‟lgan talab bank kreditini jaob qilishi yo‟li bilan qoplanishi mumkin.
Mavsum bilan bog‟liq bo‟lmagan tarmoqlar (sanoat, savdo ta‟minoti va boshqalar) da aylanma aktivlarning aylanishini (mahsulot sotib olish ishlab chiqarish va sotish jarayonini amalga oshirish) tarmoqlarda ham materiallarning mol yetkazib beruvchidan kelib turishida, Tovar ortiqcha yoki kam kelib tushganda, tayyor mahsulotni sotish jarayonini va boshqalarda aylanma mablag‟larga bo‟lgan talab bank kredit hisobidan qoplashi mumkin.
1990 yilgacha aylanma aktivlar bo‟yicha normativlar o‟rnatilgan. Normativ – bu minimal miqdordagi zahiralar bo‟lib, ular doimo xo‟jolik sub‟yektlarining oborotida bo‟lishi lozim. Normativ miqdorini korxonalar o‟z mablag‟idan qoplashi kerak.
o‟rmatish yani amaliyotda qo‟llanilmoqda. 17
Korxona va mashkilotlar o‟zida mavzud zahira va xarajotlar summasini xomcho‟p qilish asosida o‟tgan davrda mavjud mablaqlar va kutilayotgan o‟zgarishlarni hisob – kob qilish yo‟li bilan kreditga bo‟lgan talabni aniqlaydilar.
Xo‟jalik sub‟yektlarining aylanma aktivlari quydagi manbolar hisobidan tshkil qilinadi:
1. Korxonaning o‟z aylanma mablag‟lari. 2.Bank kreditlari.
3. Kreditor qarzlar. 4. Boshqa manbalar
Xo‟jalik sub‟yektlari ishlab chikarish va tovarlarni sotish jarayonini normal olib boorish uchun tovar – moddiy boyliklar va ishlab chiqarish xarajatlarining minimal miqdorida o‟z aylanma mablag‟lariga ega bo‟lishi kerak.
korxonanin g o‟z aylanma mablaglari quyda gi manbalarda tashkil topadi: davlat korxonalarida byudjetdan ajratmalar hisobidan; yuqori tashkilotlarning ajratmalari; ta‟sischilarning pay badallari; aksiyador korxonalarda aksiyalar chiqarish va sotish yo‟li bilan vujudga keladigan manbalar hisobidan.
Korxonaning o‟z aylanma mablaglari uning kapitalidan o‟z ifodasini topadi. Ustav kapitali asosan foyda hisobidan yoki qoshim cha aksiyalar chiqarish va sotish hisobidan ko‟paytirib boriladi. Korxona o‟z kapitalining miqdori qancha yuqori bo‟lsa, uning faolyati shunchalik boshqa kreditorlarga boqliq bo‟lmaydi, ya‟ni o‟z aylanma mablag‟larining yuqori salmog‟I korxonaning moliyaviy jihatdan mustaqiligidan dalolat beradi.
Aylanma aktivlarning ikkinchi manbasibank krediti va boshqa qarz mablaglari hisoblanadi. Korxonaning normal faolyatini olib boorish uchun o‟z aylanma mablaglari yetarli bo‟lmasa oborotga qisqa muddati bank kreditlari jalb qilinishi mumkin. Xo‟jaliklar faolyatida bunday ahvol mabsumiy va vaqtinchalik
18
zahiralar va xarajatlarni qoplash akkreditiv ochish va boshqa hisob kitoblarni amalga oshirish jaraynida va boshqa shunga o‟xshash holatlar da yuzaga keladi.
Xo‟jalik subektlarining aylanma aktivlarini tashkil qilishda kreditning rolini quydagilar bilan ifodolash mumkin. 1. Kreditning xo‟jalik oborotida ishtirok etishi aylanma mablag‟larni iqtiosd qilishga olib keladi. 2. Kredit xo`jaliklar faoliyatida uchrabturuvchi mavsumiy ehtiyoj, boshqa holatlar bilan bog`liq bo`lishlarning oldiniolishga yardam beradi. 3. Kredit ishlab chiqarish, tayorlov va sotish jarayonini tezlashtiradi va hajmini oshiradi. 4. Kredit o1z vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkoniyot yaratadi. 5. Bank korxonalarga kredit berish yo`li bilan ularning faoliyatining yaxshilashga tasir ko1rsatadi.
Aylanma aktivlarning uchinchi – manbasi – kreditor qarzlardir. Kreditor qarz shaklidagi mablag`lar korxonaga tegishli bo`lmagan bo`lsa – da, ular korxona oborotida doimo ishtirok etadi. Shu tufayli ular aylanma aktivlarning manbai hisoblanadi. Kreditor qarzlarga quydagilar kiradi. 1. Mol etkazib beruvchilar bilan hisoblar. 2. Byujet bo`yicha qarzlar. 3. Mehnatga haq to`lash bo`yicha qarzlar. 4. Ijtimoiy Sug`urta vat a`minot bo`yichaqarzlar. 5. Mulkiy va shaxsiy sug`urta bo`yichaqarzlar. 6. Byudjetdan tashqari to`lovlar bo`yicha qarzlar. 7. Sho`ba korxonalariga qarzlar. 8. Uyushma korxonalariga qarzlar. 9. Boshqa kreditorlar.
Aylanma aktivlarning boshqa manbalariga moddiy rag`batlantirish fondi va boshqa fondler qoldiqlari kirishi mumkin. Korxonalarning moliyaviy ahvoli ijobiy bo`lsa, o`z vaqtida bank kreditini to`lashi, mol etkazib beruvchilar bilan – hisob – 19
kitob qilishi, ish haqqini to`lashi byujetga to`lavlarni o`z vaqtida amalga oshirishi mumkin.
Korxonaning moliyaviy ahvoli yomonlashganda to`lanmagan qarzlar hosil bo`ladi.
To`lanmagan qarzlar Bank kreditlari bo1yicha:
Mol yetkazib beruvchilarga o`z vaqtida to`lanmagan qarzlar; Ish haqi bo`yicha to`lanmagan qarzlar va boshqalar bo`yicha yuzaga keladi.
To`lanmagan qarzlarning yuzaga kelishi sabablari korxona ko`zlangan rejalarning amalga oshirilmaganligi, aylanma aktivlarida foydalanishida samaraga erisha olmaslik va boshqalar bo`lishi mumkin.
Aylanma aktivlardan foydalanishda bo`ladigan kamchiliklar: 1. Korxonalar o`z aylanma mablag`lari bilan yetarli ta`minlanmagan sharoitida; 2. Aylanma aktivlar aylanishi sekinlashganda; 3. Korxonada talabdan ortiqcha Tovar moddiy boyliklar zahiralari yigilib qolganda; 4. Aylanma aktivlar ko`zda tutilganidan boshqa maqsadlarda ishlatilganda yuzaga keladi;
Korxona o`z aylanma aktivlarining holatini, ularning samaradorlik ko`rsatkich larine doimiy nazorat qilib boorish lozim/
Aylanma aktivlardan foydalanishning samaradorlik ko`rsatkichlari bo`lib: a) Aylanma aktivlarning kunlardan aylanish; b) Aylanma aktivlarning aylanish koeffisiyenti; c) Korxonaning o`z mablaglari bilan ma`minlan ganlik darojasi. d) Korxona oborotida mavjud bo`lgan o`z aylanma mablag`lari kabi asosiy ko`rsatkichlar va bir near qo`shimcha ko`rsatkichlar mavjud.
20
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling