Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


  Yuqoridagi iboralarni qanday tushunasiz?


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana16.03.2020
Hajmi1.18 Mb.
1   2   3   4   5   6

4.  Yuqoridagi iboralarni qanday tushunasiz?  

Qonun oldida barcha barobar. Davlatimiz fuqarolari kim bo’lishlaridan qat’i 

nazar, katta yoshdami yoki kichik,mansabdormi yoki oddiy ishchi, millatidan qat’I 

nazar,  davlat  qonunlari  oidida  barcha  teng  hisoblanadi.  Qonun  hamma  narsadan 

ustundir. Har qanday muammolar qonun doirasida hal qilinadi.  

Dars  konstitutsiya  qabul  qilingan  sanadan  boshlab  davom  ettiriladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  1992-  yilning  8-  dekabrida  qabul 

qilingan.  Konstitutsiya  o’zi  nimaligi,  unga  bo’lgan  zarurat  haqida  so’z  yuritiladi. 

Konstitutsiya  mamlakat  fuqarolarining  barchasi  rioya  qilishi  lozim  bo’lgan 

qoidalar,  qonunlar  to’plamidan  iborat  ekanligini  tushuntiriladi.  O’zbekiston 

Respublikasining  Konstitutsiyasi  muqaddima,  6  ta  bo’lim,  26  ta  bop  va  128  ta 

moddadan iborat ekanligini o’quvchilar daftariga yozdirib qo’yiladi.  

 Qonun-  barcha  uchun  bajarilishi  majburiy  bo’lgan  qoidalar  ekanligi  ta’kidlanadi. 

Mamlakatimizda  qonunlardan  tashqari,  qoidalar  ham  mavjud  bo’lib,  jamiyatdagi 

mavjud  o’ziga  xos  qoidalar  an’ana  udumlar  yoki  urf-  odatlar  deb 

ataladi.O’quvchilar  uchun  o’quv  qo’llanmada  berilgan  rasmlar  asosida  Navro’z 

bayrami  va  Xalqaro  xotin-qizlar  kuni  bayrami  haqida  hikoyalar  tuzdiriladi. 

Hikoyalar  qisqa,  4-5  ta  gapdan  iborat  bo’lishi,  o’qituvchi  tomonidan  to’ldirilib, 

yakunlanishi lozim.  


49 

 

 Konstitutsiyada 



mamlakatning 

o’ziga 


xos 

qonun- 


qoidalari 

mujassamlashgan  bo’ladi.  Qonunlarning  davlat  tomonidan  o’rnatilishi  va  uni 

bajarish  majburiy  ekanligi  ta’kidlanadi.  Qonunni  buzganlar  esa  jazolanishi 

eslatiladi.  Mamlakat  Konstitutsiyasi  boshqa  qonunlar  ichida  eng  asosiysi  ekanligi 

aytiladi.  Keying  darslarda  Konstitutsiyada  aks  etgan  qonunlar  bilan  tanishishni 

davom ettirilishi eslstib o’tiladi.  



  

Darsni 

mustahkamlash, 

asosiy 

atamalarni 

qaytarish 

o’quv 

qo’llanmadagi quyidagi savollar yordamida amalga oshiriladi:  

1. 


Atrofingizdagilarning  qaysi  odatlari  sizga  yoqmaydi?Nima  uchun? 

Odamlarning  bunday  odatlarini  yo’qotish  uchun  nima  qilish  kerak  deb 

o’ylaysiz?  

Darsning  boshlanishi  mazkur  savol  javoblarning  tahlili  tariqasida  amalga 

oshiriladi.  

2. 


Qanday  kasb  egalari  tartib-  intizomni  nazorat  qilish,  jinoyatchilarni 

qidirish bilan mashg’ul?  

 



O’zbekuston  Respublikasi  ichki  ishlar  xodimlari  (militsionerlar)  tartib-

intizomni nazorat qilish, jinoyatchilarni qidirish bilan mashg’ul bo’ladilar.  

3. 

Militsiya, sud xodimi va tergovchining ishi haqida nimalarni bilasiz?  

 



Bu savollarga javoblarni o’quvchilar erkin, o’zlarining tushunchalari orqali 

ifoda  qiladilar.  O’qituvchi  esa  har  bir  udumlarimiz  haqidagi  o’quvchilarning 

ma’lumotlarini to’ldirib, umumlashtirib boradi.  

Uyga  vazifa-  Konstitutsiyaga  oid  sanalar,  ma’lumotlarni  daftarga  yozib  borish. 

O’quv qo’llanmadagi savollarga javob berish.  



Mavzu: 

O’ZBEKISTON 

RESPUBLIKASINING 

HOKIMIYAT 

ORGANLARI  

 Darsning  maqsadi.  O’zbekiston  Respublikasida  davlat  organlar  uch  qisimga- 

qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimyatiga  bo’linishi  haqida  tushuncha 

berish.  



50 

 

 Darsning  jihozlanishi.  Hokimiyat  organlari  tasviri  tushirilgan  fotosuratlar, 



plakatlar.  

 Dars mazmuni. Darsni quyidagi reja asosidao’tish mumkin: 

1.  Oliy Majlis va uning faoliyati. 

2.  Deputatlar va senatorasosida syhbat uyushtiriladiarning faoliyati.  

3.  Ijro etuvchi va sud hokimiyatining faoliyati.  

  

Davlatni boshqarish uchun oqilona va odilona ish yurituvchi Prezident bilan 



bir qatorda, hokimiyat organlari bo’lishi lozim. Respublikamizda davlat organlari 

uch  qisimga  bo’linishi  haqida  ma’lumot  beriladi.  O’zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiysing  11-  moddasida  bu  haqida  so’z  yuritiladi.  O’quv  qo’llanmada 

berilgan  modda  asosida  hokimiyat  qonun  chiqaruvch,  ijro  etuvchi  va  sud 

hokimiyatiga  bo’linishi  tushuntiriladi.  Qonun  chiqaruvchi  o’rganning  vazifasiga 

qonunlarni  qabul  qilish  kiradi  vau  Oliy  majlis  deb  ataladi.  Bu  haqida 

Konstitutsiyaning 76- moddasida ta’kidlandi. Oliy Majlisning o;zi esa Qonunchilik 

palatasi  bilan  Senatni  o’z  ichiga  oladi.  Ularda  aholi  tomonidan  saylangan 

deputatlarva senatorlar ish yuritadilar. Ular vakolat muddati- 5yil (76-modda).  

 Ikkinchi  hokimiyat  organi  icjri  etuvchi  hokimiyat  deb  yuritiladi.  U  mamlakatda 

qabul  qilingan  qonunlar  va  zarur  ishlar  bilan  shug’ullanadi.  Bu  ishni  Prezident 

boshchiligidagi  Vazirlar  Mahkamasi  amalga  oshiradi.  O’quv  qo’llanmaning  10- 

sahifasidagi rasmda O’zbekiston Respublikas Vazirlar Mahkamasining binosi aks 

ettirilgan.  

 O’quvchilar dars jarayonida quydagi savollarga javob beradi: 

1. Hokimiyat o’rganlari deganda nimani tushunasiz?  

Mamlakatni  boshqarishda  Respublika  Prezidenti  bilan  birgalikda  hokimiyat 

organlari ham ish yuritadilar.  

2.Mamlakatimizda hokimiyat organlari nechtaga bo’linadi?  

O’zbekiston  Respublikasida  davlat  organlari  uch  qisimga  bo’linadi:  qonum 

chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati.  

Deputatlar nima ish bilan shug’ullanadilar?  


51 

 

Oliy Majlis deputatlari qonun qabul qilish bilan shug’ullanadilar.  



Ijro etuvchi hokimiyatning bosh organini ayting.  

Ijro  etuvchi  hokimiyatning  bosh  organi  Prezident  boshchiligidagi  Vazirlar 

Mahkamasi (98- modda).  

Sud hokimiyat qanday vazifalar bilan shug’ullanadi?  

U  qonunni  buzishda  ayblangan  shaxslarning  aybdor  yoki  aybsizligi  haqida  qaror 

qabul qiladi.  

 Darsni  mustahkamlash  maqsadida  quyidagi  savollardan  foydalanish 

mumkin:  

1.  Mamlakatimizda davlat organlar necha qismdan iborat?  

2.  Oliy Majlis necha palatadan iborat?  

3.  Deputatlar va senatorlarning asosiy vazifasi nimadan iborat?  

4.  Ijro etuvchi hokimiyat deganda nimani tushunasiz?  

5.  Sud hokimiyatining vazifalari nimalardan iborat?  

 Uyga  vazifa.  Darslikdagi  savollarga  javob  berish.  O’tilgan  mavzu  yuzasidan 

fikrini ifoda eta olish. 

  

 

 

2.2  Sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  tadbirlarni  o’tkazish  orqali  yosh 

o’quvchilarda  xuquqiy  tushunchalarni  shakllantirishning  o’ziga  xos 

xususiyatlari. 

 

 

Hozirgi  kunda  ijtimoiy  munosabatlar  va  axborot  almashinivi  jarayonining 



keskinlashuvida  yuksak  manaviyatli  shaxslarni  tarbiyalash  dolzarb  pedagogik 

muammoga aylangan. 

Yuksak ma’naviyatli shaxslarni tarbiyalashning asosiy kategoriyalaridan biri- 

yuksak  huquqiy  madaniyatdir.  Jamiyatning  har  bir  a’zosida  yuksak  huquqiy 

madaniyatni shakllantirish, demokratik jamiyat qurishning asosiy omillaridanbir. 


52 

 

Huquqiy madaniyatni shakllantirish huquqiy tarbiya  va huquqiy ta’lim orqali 



amalga  oshiriladi.  Huquqiy  ong  huquqiy  madaniyatning  muhum  tarkibiy  qismi 

xisoblanadi. O’quvchilarning huquqiy ongini oshirmasdan turib huquqiy fuqarolik 

davlatni tasavvur etib bo’lmaydi. Huquqiy ong poydevoriga dastlab, maktabgacha 

ta’lim muassasalarida, boshlang’ich sinflardan boshlab maktablarda asos solinadi.

 

Huquqiy tarbiya va huquqiy ta’lim orqali maktab va maktabdan tashqari  ta’limda 



o’quvchilarga  Konstitutsiya,  fuqarolik,  oila,  mehnat,xo’jalik,  ma’muriy,  sud 

ishlarini  yuritish  va  boshqa  huquqi  atamalarning  ma’nosi  tushintiriladi.Bolalarni 

davlat qonunlarini hurmat qilish va ularga rioya etish, huquqiy bilimlarni egallash, 

tarbiya va intizomni buzuvchilarga nisbattan murosasiz bo’lish ruhida tarbiyalash, 

halqaro  huquqning  ahamiyatga  molik  masalalari,  Xalqaro  tashkilotlar  (BMT  v.b) 

faoliyati haqida umumiy tasavvurlar hosil qilinadi.Bundan tashqari o’quvchilarga 

huquqiy  bilimlar,  ijtimoiy  hayot  me’yorlari  va  qoidalari  to’g’risida  keng 

ma’lumotlar berib boriladi. Huquqiy ta’limning mazmun mohiyatini chuqur anglab 

etish orqali mustaqil O’zbekiston davlatining iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy- huquqiy 

manfaatlari haqida bilimlarga ega bo’ladi. 

Bolajak boshlang’ich  sinf  o’quvchilaridada  huquqiy  bilimlarni  shakllantirish 

uchun boshlang’ich sinf o’qituvchilari va tarbiyachilarida huquqiy bilimlar mavjud 

bo’lishi kerak va ular ish faoliyatida quyidagilarga e’tibor berishi kerak. 

 

O’quvchilarini  huquqiy  madaniyatini  shakllantirishda  quydagilarga  e’libor 



qaratish lozim : 

O’quvchilarda huquqiy  madaniyatni shakllantirish aniq maqsadni ko’zlovchi 

izchil jarayon bo’lgan huquq darslarida amalga oshiriladi. 

Huquqiy  fanlarni  o’qitish  jarayonida  o’quvchilarning  huquqiy  madaniyatini 

shakllantirishdan  ko’zlangan  maqsad  -  o’quvchilarga  huquqiy  bilimlarni  berish, 

ularni  chuqurlashtirib  borish,  o’quvchilarning  huquqiy  bilimlarni  egallash 

imkoniyatlarini  aniqlash  hamda  ularda  huquqiy  faoliyatni  tashkil  etishning 

dastlabki  ko’nikmalarini  hosil  qilish  uchun  pedagogik  shart-sharoit  yaratishdan 

iborat bo’ladi. 


53 

 

Huquqiy  ta’limni  tashkil  etish  jarayonida  o’quvchilarning  huquqiy 



madaniyatini shakllantirish yuzasida quyidagi vazifalar belgilandi: 

1.  O’quvchilarga nazariy-huquqiy bilimlarni berish. 

2.  O’quvchilar  tomonidan  o’zlashtirilgan  nazariy-huquqiy  bilimlarni 

chuqurlashtirib borish. 

3.  O’quvchilarda  huquqiy  bilimlarni  o’rganishga  bo’lgan  ehtiyoj  va 

qiziqishni yuzaga keltirish. 

4.  O’quvchilarda  huquqiy  me’yorlar,  qonunlarga  nisbatan  hurmatni 

uyg’otish. 

5.  O’quvchilarni  huquq  tizimida  olib  borilayotgan  islohotlar  mazmunidan

 

xabardor etish. 



6.  O’quvchilarda  huquqiy  munosabatlarga  nisbatan  ongli  yondoshuvni 

qaror tortirish. 

7.  O’quvchilarni  har  qanday  ko’rinishdagi  huquqbuzariklarga  qarshi 

kurashga rag’batlantirish. 

8.  O’quvchilarda huquqiy faoliyat ko’nikma va malakalarining shakllanishi 

uchun shart-sharoit yaratish. 

Ushbu  vazifalarni  hal  etish  yo’lida  tashkil  etiladigan  ta’lim  jarayonida 

quyidagi didaktik shartlarga amal qilindi: 

1.

 

O’quvchilarga huquqiy bilim berish, ularda huquqiy me’yorlar, Qonunlarga 



nisbatan munosabatni qapop toptirish borasida aniq maqsadni ko’zlash. 

2.  Huquqiy  ta’limning  ilmiy  asosida,  ko’rgazmali,  uzluksiz  va  tizimli 

bo’lishini ta’minlash. 

3.  O’quvchilarning  yosh  va  psixologik  xususiyatlari,  shuningdek,  shaxsiy 

imkoniyatlarini inobatga olish. 

4.  Huquqiy  ta’lim  jarayonida  keng  qamrovli  huquqiy  axborotli  muhitni 

yaratish. 

5. Huquqiy ta’lim samaradorligini tahlil etib borish.  

6. Huquqiy ta’limning ijtimoiy hayot bilan aloqadorligiga erishish. 


54 

 

Huquqiy ta’limni tashkil etishda quyidagi jihatlar yetakchi o’rin tutadi: 



 

-  Huquqiy

 

ta’limning ilmiylik jihati - o’quvchilarni huquq, huquq tizimi, 



huquqiy  me’yorlar,  qonunlar,  huquqiy  munosabatlar  mazmunidan  xabardor  etish, 

huquqiy  me’yorlar,  qonunlarning  ijtimoiy  hayotdagi  o’rni,  ahamiyati  borasida 

o’quvchilar  ongida  tasavvur,  idrok  va  tafakkurning  qaror  toptirishga 

yo’naltirishganligi bilan tavsiflanadi. 

 

-  Huquqiy  ta’limning  qadriyat  jihati  (ahamiyatlilik  jihati)  -yozma 



manbalar  hamda  mutafakkirlar  ma’naviy  merosida  o’rin  egallagan  huquqiy 

mazmundagi  qarashlar,  g’oyalar,  щuningdek,  O’zbekiston  Respublika 

Konstitusiyasi,  davlat  ramzlari,  huquqiy-me’yoriy  hujjatlar  hamda  fuqarolar  or-

nomusi,  sha’ni,  qadr-qimmati,  huquq  va  burchlari  dahlsiz  ekanligini  asoslashda, 

ularga  nisbatan  hurmat  ko’rsatish,  ularni  xalq  irodasining  ifodasi  sifatida 

e’zozlashga yo’naltirilganligi bilan izohlanadi. 

 

-  huquqiy  ta’limning  me’yoriylik  jihati  -  huquqiy  munosabatlarning 



muayyan  tartib-qoidalar,  me’yorlarga  asoslanishi,  huquqiy  munosabatlar 

jarayonidagi  shaxs  xatti-harakatining  majburlov  asosida  tashkil  etalishini  yoritish 

bilan tavsiflanadi. 

 

-  huquqiy  ta’limning  amaliy  jihati  -  huquqiy  bilimlarni  o’zlashtirish, 



huquqiy faoliyat ko’nikma va malakalarini egallash asosida huquqiy munosabatlar 

jarayonida  faol  ishtirok  etish,  qonunlar  ijrosini  ta’minlash,  harakat  va 

harakatsizlikning qonuniy  bo’lishiga  erishish,  fuqarolar va  davlat  mulkini  asrash, 

har  qanday  ko’rinishdagi  huquqbuzarlikka  qarshi  kurashishga  yo’naltirilganlik 

bilan izohlanadi. 

Huquqiy  ta’limni  tashkil  etish  jarayonida  o’quvchilarning  huquqiy 

madaniyatini  shakllantirishning  psixologik-pedagogik  asoslarini  quyidagilar 

tashkil etadi: 

- huquqiy  ta’lim  maqsadi,  mazmuni,  vazifalari  va  tamoyillarining  birligi 

hamda yaxlitligi; 

- o’quvchilarda  huquqiy  madaniyatni  shakllantirishning  bosh  maqsadini 


55 

 

aniqlash, ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini belgilash; 



- huquqiy  madaniyatning  shakllanish  tizimi  (huquqiy→axborotli  muhit  → 

huquqiy  munosabatlar  →  ehtiyoj  →  qiziqish  →  maqsad  →  rag’bat  →  faoliyat) 

mohiyatini ochib berish; 

- o’quvchilarki  huquqiy  me’yorlar,  qonunlar  talablariga  qat’iy  va  og’ishmay 

amal  qilish,  intizomli  bo’lish  va  ijtimoiy  burchni  anglashga  qaratilgan  huquqiy 

faoliyatni tashkil etishga tayyorlash

- o’quvchilar  huquqiy  madaniyatining  ular  umumiy  kamolotidagi  o’rni  va 

rolini tavsiflash. 

O’quvchilarda  huquqiy  madaniyatning  shakllanishi  quyidagi  uch  bosqichda 

amalga oshiriladi: 

hamda  o’quvchilar  o’z  o’zini  boshqarish  organlari  faoliyatidagi  ishtiroki 

tufayli amaliy-huquqiy faoliyat malakalari shakllanadi. Mazkur bosqichda  



1-bosqich  -  huquqiy  bilimlarni  o’zlashtirish  jarayoni.  Mazkur  bosqichda 

ta’lim  samarasi  mashg’ulotga  tayyorgarlik  ko’rish,  o’qituvchining  o’quv 

jarayonining  puxta  ishlanmasi  (yoki  loyihasi)ga  egaligi,  o’quvchilarning 

mashg’ulotlarga  ixtiyoriy  tarzda  qatnashishlari,  ushbu  jarayonda  ularning 

mustaqilliklari hamda faolliklarining ta’minlanganligiga bog’liqdir. 

2-bosqich  -  egallangan  nazariy-huquqiy  bilimlar  asosida  amaliy  faoliyat 

ko’nikmalarini hosil qilish jarayoni.Mashg’ulotlar, tanlovlar, “Yosh huquqshunos” 

to’garagi  faoliyati  jarayonidagi  ishtiroki  orqali  o’quvchi  huquqiy  faoliyatning 

dastlabki ko’nikmalariga ega bo’lib boradi. 



3-bosqichda  bilim  hamda  ko’nikmalar  asosida  huquqiy  faoliyat  malakasi 

hosil  qilinadi.  O’quvchilarning  fan  olimpiadalari,  ilmiy  anjumanlar,  bahs-

munozara, uchrashuv, rolli va ishganlik o’yinlari (“Maktab o’rtoqlik sudi”, “Adolat 

o’lkasiga  sayohat”),  jamoat  tashkilotlari  o’quvchilar  faoliyatyaning  to’la-to’kis 

mustaqiligini ta’minlashga ahamiyat berish lozim. 

Dars  jarayonida  o’quvchilarning  huquqiy  madaniyatini  shakllantirish 

jarayonida  quyidagi  ta’lim  shakllaridan  foydalanildi:  sinf-dars,  maktab  ma’ruzasi 


56 

 

mashg’ulot,  huquqiy  vaziyatlarni  hal  etish,  rolli  hamda  ishchanlik  o’yinlar, 



matbuot anjumani, “davra stoli”, bahs-munozara va hokazolar. 

O’quvchilarda  huquqiy  madaniyatini  shakllantirish  jarayonida  quyidagi 

metodlardan  foydalanish  maqsadga  muvofiq  ekanligi  mashg’ulotlar  jarayonida 

aniqlandi:  pedagogik  kuzatuv,  suhbat,  axborot  va  o’quv  manbalari  bilan  ishlash, 

ko’rsatmalilik,  mashqlantirish,  amaliy  mashg’ulotlar,  bahs,  huquqiy  muammoli 

vaziyatlarni  hal  etish,  tushuntirish,  hikoya  qilish,  tashxislash,  loyihalash  va 

boshqalar. 

 Demak,  umumiy  ta’lim  maktablarida,  xususan  boshlang’ich  sinflarda  huquqiy 

tarbiya  olib  borish  uchun  yetarli  imkoniyat  mavjud.  Ana  shu  imkoniyatlardan 

samarali  foydalanish  boshlang’ich  sinf  o’quvchlaridan  bir  qadar  ijodkorlik, 

izlanuvchanlikni talab etadi. 

 Matbuotda,  radioda,  telivedeniyada  jamiyatimizda  huquqiy  savodxonlikni  oshirish 

to’g’risida  yangi  qonunlar  qabul  qilinishi,  yangi  darsliklarning  chop  etilishi  nur 

ustiga  a’lo  nur  bo’lib  xizmat  qilmoqda.  Huquqiy  ta’limni  rivojlantirish  to’g’risida 

ham qarorlar qabul qilinib, yangi dasturlar asosida mashg’ulotlar olib borilmoqda. 

 Bolalarda  jinoyatga  moyillik  boshlang’ich  sinflarda  o’qib  yurgan  davrlardan 

boshlab  shakllanishni  aniqlash  qiyin  emas.  Shunday  ekan,  huquqiy  ta’limning 

jinoyatchilikning  oldini  olishdagi  ahamiyati  beqiyosdir.  Ayrim  rivojlangan 

mamlakatlarda  huquqiy  bilim  boshlang’ich  sinflardan  boshlab  juda  soda  shaklda 

berib  borilar  ekan.  Maktablarda  poletsiya  va  sud  xizmatchilari  dars  o’tkazib  berar 

ekan  bizning  ta’lim  tizimida  ham  shu  tajribani  qo’llashga,  olimlarimiz, 

mutaxassislarimiz bosh qotirishsa maqsadga muvofiq bo’lar ekan. 

 Boshlang’ich  sinflarda  huquqiy  darsning  yana  bir  ijobiy  tomoni  shundaki,  u 

bolaning  ruhiy  tetikligini  aktivlashtirib,  bilimga  bo’lgan  ishtiyoqini  kuchaytiradi. 

Oddiy  bir  misolni  olib  qarasak,  bir  sinfda  30  ta  o’quvchi  o’qiydi  deylik.  Ular 

orasida  o’ziga  to’q  oilaning  va  kam  ta’minlangan  oilaning  bolalari  bor.  Kam 

ta’minlangan  oilalarning  bolalari  o’ziga  to’q  bolalardan  o’zlarini  nochordek  his 

qiladilar.  Shunday vaqtda  huquq darsida qonunlarimiz sodda sha klda  bolalarga mos 



57 

 

qilib tushuntirilishi kerak. Masalan; O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari 



bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib 

chiqishi  va  mavqiyidan,  e’tiqodi,  shaxsidan  qat’iy  nazar,  qonun  oldida  tengdirlar. 

Bunday  so’zlar  ruhi  tushgan  bolalarga  ko’tarinkilik  uyg’otadi,  bilimga,  vatanga 

nisbattan  mehrni  kuchaytiradi  va  bu  qaynoq  mehr  uzoq  yillar  uning  qalbini  tark 

etmaydi.  Huquqiy  ilmi  ancha  murakkab  fan,  bunday  darsni  avvalambor  mutaxas sis 

o’qituvchi  olib  borishi  maqsadga  muvofiq  deb  o’ylayman.  Chunki  bolalarning 

yoshiga  mos  qilib  kundalik  hayotda  uchraydigan  voqealarni,  ular  zamiridagi 

qonunlarimizning  muqaddasligini,  pedagogik,  psixologik  normalarini  atroflicha 

tushuntirsa  va  huquqiy  darslarga  jiddiy  munosabatda  bo’lsa  maqsadga  erishish 

mumkin.Shaxsning  huquqiy  jihatdan  ijtimoillashtirishda  oilaning  roli  kattadir. 

O’zbekiston  Respublikasi  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun  va  Milliy  dasturda:  “Bola 

tug’ilgan kundan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, 

urf-odatlar  bola  zuvolasini  shakllantiradi.  Eng  muhimi,  farzandlar  oilaviy  hayot 

maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi”- deb ta’kidlangan. Bu borada 

quyidagicha  fikr  bildirish  mumkin.  Boshlang’ich  huquqiy  ta’lim  ilk  yoshdan 

boshlab bolalarni tabiat, jamiyat, insoniyat olamiga munosatini ezgulik deb atalmish 

muqaddas  hisoblangan  Qomusimiz  bilan  bog’lash,  u  bilan  hamnafas  bo’lishi  hal 

etiladi.  Insonning  inson  sifatida  yashashi,  mehnat  qilishi,  jamiyat  ustuvorligini 

ta’minlashi  uchun  boshlang’ich  huquqiy  ta’lim  berish  zarurligini,  hayotning  o’zi 

taqazo  etmoqda.  Huquq-bu  erkinlik.Shuning  uchun  bolaga  berilayotgan  ta’lim-

tarbiya uning erkinligini ta’minlay olishi kerak.  

 Boshlang’ich huquqiy ta’limning maqsadi va vazifalari haqida to’xtalib o’tamiz. Bu 

haqda Prezidentimiz I.A.Karimov: 

 “Biz  shu  aziz  diyorda  nafaqat  farzandlarimiz,  balki  nevara-chevaralarimiz  ham 

tinch,  omon,  farovon,  baxtli,  saodatli,  ma’naviy  hayot  kechirishini,  O’zbekiston 

degan  yutr,  o’zbek  degan  nom  dunyo  turguncha  turishini  istaymiz,  deb  alohida 

ta’kidlagan.Hukumatimiz rahbari tomonidan aytilgan bu gaplar zamirid keng ma’no 

bor.  Chunonchi,  eng  kichik  insonlar  bolalarning  kelajagini  bunyod  etishda 



58 

 

nimalarga  asoslanish  kerakligi  haqida  jiddiy  o’ylashimiz  kerak  va  quyidagi 



qoidalarga rioya qilishimiz lozim: 

 -bolalarni murg’ak davridan boshlab o’z-o’zini tanish, o’z-o‘zini hurmat qilish; 

 -inson  haqida,  insoniylik  qadr-qimmatini  anglash  va  hurmat  qilish,  oriyat 

tuyg’usini shakllantirish, o’zgalar erkinligi huquqini hurmat qilish; 

 -atrof-muhitga,  odamlarga  nisbatan  mehr  oqibat  tuyg’ularini,  burch  ma’suliyatini 

tarbiyalash; 

 -tabiatni  sevish,  uning  go’zalligini  his  va  idrok  eta  olish,  estetik  madaniyatni 

shakllantirish,  zavqlana  olish,tabiatni,  atrof-muhitni  avaylab  asrash,  ekalogik 

bilimlarni rivojlantirish;  

 -o’zbek  xalq  og’zaki  ijodi,  tarix  orqali  asta-sekin  Davlat,  Konstitutsiya  qonunlari 

haqida  elementar  bilimlarni  singdirib  borib,  mustaqil  O’zbekistnning  fuqarolik 

tuyg’usini, Vatanga muhabbat uyg’otish orqali Vatan himoyachisi bo’lishiga undash 

kabi  vatanparvarlik  tuyg’ularini  tarbiyalab  borishdir.  Shu  tariqa  kichik  yoshdagi 

o‘quvchilarda  “Bolalar  huquqini  himoya  qilish  konvensiyasi”da  ko’rsatib 

o’tilganidek; 

 -insoniylik, qadr-qimmat tarbiyasi; 

 -shaxsning o’zaro munsabatida bir-birni hurmat qilish; 

 -hamjihatlik, bag’rikenglik v hokazo 

 Huquqiy ta’lim berishning tashkiliy jihatlari va jivojlantirish yo’llari;  

 -ilg’or  o‘quvchilarga  huquqiy  ta’lim  berish  bo’yicha  tajribalarini  o’rganish  va 

ommalashtirish; 

 -davra suhbatlar uyuhtirish, semenarlar o’tkazish; 

 -boshlang’ich  huquqiy  ta’lim  berishning  shakl  va  uslublarini  ishlab  chiqish,  yangi 

pedagogik texnalogiyalarga asoslangan holda ilmiy izlanishlar olib boorish;   

 -inson  huquqlari  umumjahon  deklartsiyasi,  shuningdek,  BMT  tomonidan  qabul 

qilingan  “Bolalar  huquqlari  konvensiyasi”ga  doir  ma’lumotlar  bilan  chuqur 

tanishtirish.  Ta’lim  jarayoni  markazida  huquqiy  bilimlani  puxta  o’zlashtirish 


59 

 

masalasiga  alohida  e’tibor  beriladi.  Yuqoridagi  vazifalarni  samarali  xal  qilishda 



sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning axamiyati kattadir.

  

 



 


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling