Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  xuquqiy  tushunchalarni


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana16.03.2020
Hajmi1.18 Mb.
1   2   3   4   5   6

2.3  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  xuquqiy  tushunchalarni 

shakllantirish  yuzasidan  o’tkazilgan  tajriba  sinov  ishlarining  metodikasi  va 

samaradorligi. 

 

O’zbekiston  Respublikasining  uzluksiz  ta’lim  tizimining  ajralmas  va  eng 

asosiy bo’g’ini boshlang’ich ta’limdir. 

Boshlang’ich  ta’limda  o’quvchilar  huquqiy  jixatdan  chuqur  nazariy  va 

amaliy bilimlar hamda malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi bilan birga milliy urf-

odatlar va qadriyatlarni hurmat qilishi, ma’naviy, ruhiy, jismoniy jihatdan sog’lom 

va barkamol, fuqorolik burch va mas’uliyatini shakllangan bo’lib voyaga eitishlari 

kerak. 


O’quvchilarda  huquqiy  tarbiyalashda  maktab  miqyosida  olib  boriladigan, 

ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  olib  borishda  xalqning  boy  merosidan  unumli 

foydalanish,  uning  tizimli  asosini  ishlab  chiqish,  o’z  oldimizga  qo’ygan 

maqsadimizni samarali amalga oshishishiga sababchi bo’ladi, buni biz o’zimiz olib 

borgan  tajribalar  va  muqaddam  olib  borgan  ishlarni  tahliliy  xulosasidan  bilish 

mumkin. 


Ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  jarayonida  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida 

xuquqiy tushunchalarni shakllantirish - bu har bir o’quvchining ichki hayoti, muhit 

kechinmalari,  aqliy  qobiliyatlari,  idrokini  mujassamlashtirish,  Vatan  ravnaqi,  yurt 

tinchligi, xalq farovonligi yo’lida xizmat qilish, O’zbekistonda yashayotgan barcha 

millat  va  elatlarning  qadriyatlari,  tili,  madaniyati,  diniy  e’tiqodi,  urf-odat  va 

an’analarni hurmat qilish, ularni asrab avaylash va rivojlantirish, ma’rifatli, bilimli, 

huquqiy  jixatdan  madaniyatli,  ma’naviy-axloqiy  fazilatlarga  ega  bo’lgan  shaxs 

bo’lib yetishishi demakdir. 



60 

 

Yuqoridagi  fikrlar  va  tanlangan  mavzuimiz  bo’yicha  oldinga  surgan 



maqsadimizni  amalga  oshirish,  hamda  ilmiy  farazini  isbotlash  maqsadida  anketa 

savollarini  tuzib  chiqdik.  Anketa  o’tkazishdan  maqsad,  boshlang’ich  sinf 

o’quvchilarning  ijtimoiy  hayotda  nechog’lik  huquqiy  tushunchalarga  haqida 

tushunchaga,  bilimga  ega  ekanliklarini  aniqlash,  aniqlangan  tushuncha  va 

bilimlardan umumiy xulosaga kelish va boshlang’ich sinf o’quvchilarning huquqiy 

tarbiya va ta’lim haqidagi tushuncha, bilimlarini yanada boyitishdan iborat. 

Anketa  so’rovlari  2015  yil  mart-aprel  oylarida  Tayloq  tuman  39- 

maktabning 3- sinf o’quvchilaridan (38 nafar o’quvchi) dan o’tkazildi. 

Bizning  Anketa  so’rovnomasini  o’tkazishdan  asosiy  maqsad  boshlang’ich 

sinf  o’quvchilarida  xuquqiy  tushunchalarning  qay  darajada  shakllanganligini 

imkon  darajasida  aniqlab  chiqish  va  mavjud  bo’lgan  kamchilik  va  muammolarni 

ilmiy va pedagogik jihatdan asoslashdir.  

Dastlab tadqiqotimizning birinchi bosqichida, ushbu Anketa so’rovnomasini 

o’quvchilardan o’tkazishdan oldin, o’quvchilar bilan suhbatlashib ularga umumiy 

holda  nimalarga  e’tibor  qilishlari  va  javoblar  haqqoniy,  odilona  bo’lishligini 

tushuntirildi. Bu savolnomaga ularning ijodiy va bor bilimi va tarbiyasiga tayangan 

holda javob berishlari ta’kidlandi. 

Ularga beriladigan Anketa so’rovnomasida quyidagi savollar o’rin olgan: 

1. Qanday huquqiy tushunchalarni bilasiz? 

2. Huquq deganda nimani tushunasiz? 

3. Davlat ramzlari haqida qisqacha izoh yozing. 

4. Konstitutsiya alifbosi darsligidan nimalarni o’rgandingiz? 

5. Qanday davlat organlarini bilasiz? 

6. Siz uchun qonun nima va inson xayotida qanday axamiyat kasb etadi ? 

Mazkur  so’rov  anketa  natijalari  taxlil  qilingandada  quyidagicha  natijalarni 

ko’rish mumkin. 

Birinchi  “Qanday  huquqiy  tushunchalarni  bilasiz?”  savoli  variantini  qayd 

etishda. 



61 

 

- 30-40 ta xuquqiy tushunchalarni yoza olgan talaba 21% ni, 



-20-30 ta xuquqiy tushunchalarni yoza olgan talaba 68% ni tashkil etadi. 

Qolgan 11% respondentlar esa10-20 na huquqiy tushunchalarni yoza olgan. 

Ba’zi  bir  kam  sonli  respondentlarning  javoblarini  tahlil  qilganda  (3%)  huquqiy 

tushunchalar haqida juda sayoz tushunchaga ega ekanligi aniqlandi. aniqlandi. 

“Huquq  deganda  nimani  tushunasiz?”  degan  variant  natijalari  hisoblab 

chiqilganda 13% o’quvchihuquq tushunchasini yaxshi tushunishini, ularga xayotiy 

misollar bilan javob bera olishini kuzatdik. 73% o’quvchi esa o’z fikrlarini bayon 

etishda,  huquqiy  tushunchalarni  tushunish  borasida  chalkashliklarga  yo’l 

qo’yishgan. 

So’rovnomadagi 3-chi savol variantlari bo’yicha:  

Savol: Davlat ramzlari haqida qisqacha izoh yozing? 

Javoblar: 

1.Xuquqiy  tushunchalarning  mazmun  mohiyatini  izohlay  olganlar  18% 

o’quvchi. 

2.  Xuquqiy  tushunchalarning  mazmun  mohiyatini  qisman  izohlay  olgan 

o’quvchilar. 76% o’quvchi. 

3.  Qolgan  6%  o’quvchilar  huquqiy  tushunchalarning  mazmun  mohiyatini 

izohlay olish darajasi pastligi, javoblarni bayon qilishda yuzakilikka yo’l qo’ygan

Anketa  so’rovnomasidagi  3  ta  savol  varinatlariga,  o’quvchilarning  bergan 



javoblarini umumiy holda tahlil qilsak shunday xulosaga kelish mumkin: 

Berilgan javoblarni shartli ravishda, javoblarning saviyasiga qarab, “ijobiy”, 

“o’rta” va “past” darajasiga bo’ldik. 

Konstitutsiya  alifbosi  darsligidan  qanday  huquqiy  tushunchalarni 



o’rgandingiz?”  variantida  o’quvchilarning  11%  “ijobiy”,  “o’rta”  bahoga  56%, 

“past” bahoga 33% o’quvchi loyiq deb topildi. Javob variantlarini tahlil qilganda, 

o’quvchilarning  ko’pchiligi  Konstitutsiya,  huquq,  sud  hokimiyati,  burch, 

huquqbuzarlik tushunchalarini sanab o’tishgan. 

5-savol variantlari bo’yicha: 


62 

 

 



1. 15% o’quvchi ijobiy. 

 

2. 73% o’quvchi o’rta. 



 

3. 12% o’quvchi past daraja. 

Bu  o’rinda  shuni  aytish  mumkinki  15%  o’quvchi  davlat  organlarini  va 

ularning  ish  faoliyati  haqida  qarashlarin  bildira  olishgan.  73%  o’quvchilar  esa 

davlat organlari va ularning ish faoliyatini ko’rsata bilmagan. 12% o’quvchi esa bu 

borada sayoz bilimga ega ekanligini kuzatishimiz mumkin. 

Anketa so’rovnomasining 6- savoli bo’yicha: 

1.  9%  boshlang’ich  sinf  o’quvchisi  insonning  xayotida  qonunning  o’rnini 

aniq va to’g’ri belgilab berolganini; 

2. 44% o’quvchi esa insonning xayotida qonunning axamiyatini tushuntirib 

bera olishmaganligini; 

3. 47% o’quvchi esa insonning xayotida qonunning axamiyatini juda yuzaki 

tushunishlarini ko’rish mumkin. 

Mazkur  Anketa  so’rovnomasi  o’tkazilgandan  so’ng,  boshlang’ich  sinf 

o’quvchilarning  huquqiy  tushunchalarning  shakllanganligi  va  bilimlarining 

darajasini  aniqlashga,  hamda  o’quvchilarni  huquqiy  tarbiyalashda  nimalarga 

e’tibor berish kerakligini aniqlandi. 

Olingan  natijalarni  umumiy  tahlil  qiladigan  bo’lsak,  boshlang’ich  sinf 

o’quvchilarning  huquqiy  tushunchalar  haqidagi  fikrlarini  quyidagi  jadval 

ko’rinishida ko’rishimiz mumkin. 

Savollar Baho 





Jami: 


Ijobiy 

21% 


13% 

18% 


11% 

15% 


9% 

14,4% 


O’rta 

68% 


73% 

76% 


56% 

73% 


44% 

65,1% 


Past 

11% 


14% 

6% 


33% 

12% 


47% 

20,5: 


 

Jadvaldan  ko’rinib  turibdiki,  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  huquqiy 

tushunchalarning  shakllanganlik  darajasi  “o’rtacha”  holda  ekanligini  aytish 

mumkin. 


63 

 

Bitiruv  malakaviy  ishimizning  2.1  va  2.2-paragrafdagi  ma’lumotlar 



berilgandan  so’ng,  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarining  olgan  bilimlarini  aniqlash 

maqsadida  yana  qaytadan  Anketa  so’rovnomasi  o’tkazildi.  Buning  natijasi 

pedagogik jihatdan tahlil qilindi va uni quyidagi jadvalda ilova qilamiz: 

Yuqoridagi  ko’rsatchiklarni  umumlashtirgan  holda,  tajriba  guruhlaridagi 

tadqiqotning  boshida  va  tadqiqotning  yakunida  ko’rsatgan  natija  quyidagicha 

bo’ldi: 


Daraja 

Tadqiqot boshida 

Tadqiqot yakunida 

Ijobiy 


14,4% 

57% 


O’rta 

65,1% 


39% 

Past 


47% 

4% 


 

Mazkur  jadvalning  qiyosiy  yakuni  shuni  ko’rsatadiki,  tajriba  ishlarining 

boshlanishida  eksperiment  guruhlaridagi  o’quvchilarda  huquqiy  tushunchalarning 

shakllanganlik  darajasini  eksperiment  yakuniga  qiyosiy  tahlil  qilganda  keskin 

o’sganligini ko’rsatadi. 

Jumladan,  eksperiment  yakunida  huquqiy  tushunchaning  shakllanganlik 

darajasi past bo’lgan o’quvchilar soni keskin kamaydi. 

Umuman  olganda  tadqiqot  jarayonida  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida 

huquqiy  tushunchalarning  inson  xayotidagi  o’rnini,  axamiyatini,  mazmun-

mohiyatini anglab yetdilar.  



 

 

 

 

 

 

 

 

64 

 

XULOSA 

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash ularda 

milliy  g’urur,  milliy  ong  va  o’z-o’zini  anglash,  vatanparvarlik  tuyg’ularini 

shakllantirishni  taqozo  etadi.  O’quvchilarda  Vatanga  nisbatan  mehr-muhabbat 

g’oyalarini  singdirish,  huquqiy  tushunchalarni  shakllantirish  orqali  fuqarolik 

hissini  tarbiyalashdan  kelib  chiqadi.Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  huquqiy 

tushunchalarni  shakllantirish  xaqida  so’z  borar  ekan,  avvalo,  o’quvchilarga 

huquqiy  tarbiyaning  o’ziga  xos  xususiyatlarini  ochib  bermoq  zarur.  Huquqiy 

ta’lim-tarbiya  mazmunida  ota-bobolarimizning  tarixiy  tajribalari  va  davrlar 

sinovidan  o’tgan  hayot  saboqlari  jamuljamdir.  Ana  shu  tufayli  huquqiy  ta’lim- 

tarbiya berish ishlarida boy tajriba to’planmoqda.  

Prezidentimizning  huquq  to’g’risidagi  ma’ruzalariga  odamlarimiz  ongida 

eskicha  psixologiyani  o’zgartirib,  ularda  yangicha  huquqiy  ongni  shakllantirish, 

huquqiy  madaniyatni  yuksaltirish  bugungi  hayotimizning  talabidir.  Ana 

shundagina  mamlakatimizga  huquqiy  demokratik  jamiyat  barpo  etish  mumkin 

bo’ladi. Yoshlarning qonunlarga moslashib borishi, huquqning o’zi nima? Huquqiy 

burch nima? Tushuntirish, yaxshini yomondan, halolni haromdan, pokni-nopokdan 

ajrata  bilishga  yordam  berish  zarur.  O’z  navbatida  huquqiy  bilimga  ega  bo’lgan 

inson  huquqiy  madaniyati  shakllana  boshlaydi.  Huquqiy  ta’lim  maktabda 

maktabda uzluksiz olib boriladi. 

Demak biz maktab o’quvchilarida huquqiy ongni shakllantirishga poydevor 

yaratishimiz kerak. Boshlang’ich maktabda esa shu vazifani ilk tushunchalarini 

tarkib toptirishga harakat qilishimiz lozim. Kishi qancha keng qamrovli huquqiy 

bilimga ega bo’lgan sayin shu darajada madaniyatli bo’la boradi. Bu borada 

O’zbekiston Respublikasi milliy dasturida: «Ta’limning barcha darajalarida ta’lim 

oluvchilarning huquqiy ta’lim hamda tarbiyasini takomillashtirish»,-zarurligi 

alohida ta’kidlangan. Shuning uchun huquqiy ta’lim-tarbiyaning maqsadi har bir 

o’quvchiga amaliy faoliyatida zarur bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan 


65 

 

davlat standartlaridan kam bo’lmagan hajmda olish imkoniyatlarini berishdan 



iboratdir. 

Umumiy  ta’lim  maktablarida,  xususan  boshlang’ich  sinflarda  huquqiy  tarbiya 

olib  borish  uchun  yetarli  imkoniyat  mavjud.  Ana  shu  imkoniyatlardan  samarali 

foydalanish boshlang’ich sinf o’quvchlaridan bir qadar ijodkorlik, izlanuvchanlikni 

talab 

etadi.Matbuotda, 



radioda, 

telivedeniyada 

jamiyatimizda 

huquqiy 


savodxonlikni  oshirish  to’g’risida  yangi  qonunlar  qabul  qilinishi,  yangi 

darsliklarning  chop  etilishi  nur  ustiga  a’lo  nur  bo’lib  xizmat  qilmoqda.  Huquqiy 

ta’limni rivojlantirish to’g’risida ham qarorlar qabul qilinib, yangi dasturlar asosida 

mashg’ulotlar olib borilmoqda. 

Huquqiy madaniyatni shakllantirish huquqiy tarbiya va huquqiy ta’lim orqali 

amalga  oshiriladi.  Huquqiy  ong  huquqiy  madaniyatning  muhum  tarkibiy  qismi 

xisoblanadi. O’quvchilarning huquqiy ongini oshirmasdan turib huquqiy fuqarolik 

davlatni tasavvur etib bo’lmaydi. Huquqiy ong poydevoriga dastlab, maktabgacha 

ta’lim muassasalarida, boshlang’ich sinflardan boshlab maktablarda asos solinadi.

 

Huquqiy tarbiya va huquqiy ta’lim orqali maktab va maktabdan tashqari ta’limda 



o’quvchilarga  Konstitutsiya,  fuqarolik,  oila,  mehnat,xo’jalik,  ma’muriy,  sud 

ishlarini  yuritish  va  boshqa  huquqi  atamalarning  ma’nosi  tushintiriladi.Bolalarni 

davlat qonunlarini hurmat qilish va ularga rioya etish, huquqiy bilimlarni egallash, 

tarbiya va intizomni buzuvchilarga nisbattan murosasiz bo’lish ruhida tarbiyalash, 

halqaro  huquqning  ahamiyatga  molik  masalalari,  Xalqaro  tashkilotlar  (BMT  v.b) 

faoliyati haqida umumiy tasavvurlar hosil qilinadi.Bundan tashqari o’quvchilarga 

huquqiy  bilimlar,  ijtimoiy  hayot  me’yorlari  va  qoidalari  to’g’risida  keng 

ma’lumotlar berib boriladi. Huquqiy ta’limning mazmun mohiyatini chuqur anglab 

etish orqali mustaqil O’zbekiston davlatining iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy- huquqiy 

manfaatlari haqida bilimlarga ega bo’ladi. 

Bolajak boshlang’ich sinf o’quvchilaridada huquqiy bilimlarni shakllantirish 

uchun boshlang’ich sinf o’qituvchilari va tarbiyachilarida huquqiy bilimlar mavjud 

bo’lishi kerak va ular ish faoliyatida quyidagilarga e’tibor berishi kerak. 


66 

 

 Bitiruv malakaviy ish yuzasidan quydagi hulosalarni berish mumkin.  



1.Umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarining  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida 

huquqiy tushunchalarni shakllantirish yuzasida amalga oshirilgan ishlarning yaxlit, 

ochiq,  rivojlanuvchi  tizimi  yaratildi.  Mazkur  tizimda  boshlang’ich  sinf 

o’quvchilaridan  psixologik tayyorgarligi,  huquqiy  ta’lim-tarbiyalanganlik darajasi 

o’rganib chiqildi. 

 2.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  huquqiy  tushunchalarni  shakllantirishda 

oilada, maktabgacha ta`lim muassasalarida va umumiy o’rta ta`lim muassasalarida 

huquqiy ta’lim-tarbiyani tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar ishlab chiqildi. 

3.  Kichik  yoshdagi  o’quvchilarda  dars  jarayonida  xuquqiy  tushunchalarni 

shakllantirishning pedagogik jixatlari o’rganildi; 

4.  Sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  tadbirlarni  o’tkazish  orqali  yosh  o’quvchilarda 

xuquqiy tushunchalarni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari taxlil qilindi; 

5.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  xuquqiy  tushunchalarni  shakllantirish 

yuzasidan tajriba sinov ishlari o’tkazildi va samaradorligi taxlil qilindi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  huquqiy 

tushunchalarni  shakllantirish  uzluksiz  ta’lim  tizimining  keyingi  bosqichlarida 

uzviy ravishta olib borilishi natijasida o’quvchilarda huquqiy madaniyat shakllanib 

muntazam  ravishda  rivojlanib  boradi.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  va 

tarbiyachilari  o’quvchilarda  huquqiy  tushunchalarni  shakllantirishda  individual 

yondoshishi, ularning psixik xususiyatlarini hisobga olishi, qalbiga yo’l topa olishi 

lozim, shundagina u jamiyatimizni qurish uchun munosib bo’lgan kelajak avlodni 

tarbiyalashning muqaddas ishga munosib hissa qo’sha olgan bo’ladi. 

  

 

 

 

 

 


67 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 

1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari 

1.  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi.  –  T.:  «O’zbekiston»,  2012.  11-19-

bet. 

2.  O‘zbekiston  Respublikasi  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonuni,  O‘zbekiston 



Respublikasi  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  //Barkamol  avlod  –  O‘zbekiston 

taraqqiyotining  poydevori.  –  Toshkent:  “SHarq  nashriyot  –  matbaa  konserni”, 

1998. 

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari. 

1. Каримов  И. А.  Юксак  маънавият -  енгилмас  куч. Т.:  “  Маънавият”,  2008  - 

йил. 

2. Каримов  И.  А.  Баркамод  авлод  -  Ўзбекистон  тараққиётининг  пойдевори. 



Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ИХ сессиясида сўзлаган нутқ- 

-Т.: Ўзбекистон, 1997 й., - 23 бет. 

3. Каримов  И.А.  Жамиятимиз  мафкураси  халқни  халқ,  миллатни  миллат 

қилишга  хизмат  ецин.  Президентимиз  И.А.Каримовнинг  «Тафаккур» 

журнали  бош  муҳаррирининг  саволларига  жавоблари.  -Тафаккур  журнали., 

1998 й., № 2. 

5. Каримов  И.А.  Хавфсизлик  ва  барқарор  тараққиёт  йўлида.  6-том.  -

Т.:Ўзбекистон. 1997 й., 1998, 29-бет. 

6. Каримов  И.А.

  Ўзбекистон  ХХИ  аср  бўсағасида:  хавфсизликка  таҳдид, 

барқарорлик  шартлари,  тараққиёт  кафолатлари.  -Т.:  Ўзбекистон,  1997  йил 

328 бет. 

7. Каримов  И.А.  Ўзбекистон  ХХИ  асрга  интилмоқда.  -Т.:  Ўзбекистон,  1999

21 бет. 


8. Каримов  И.А.  Ўзбекистон  -  келажаги  буюк  давлат.  Ўзбекистон 

Республиками  Олий  Кенгашининг  биринчи  сессиясида  сўзлаган  нутқ,  1992 

й.. 8- ва 10-декабр. -Т.: Ўзбекистон, 1992 й., 62 бет  


68 

 

3. Darslik va qo‘llanmalar. 

9. 

Иброҳимов А., Султонов Х., Жўраев Н. Ватан туйғуси, -Т.: Ўзбекистон, 

1996 й., -362 бет. 

10.  Ҳайдаров  И.О.  “Тарбияси  қийин”  ўсмирлар  билан  ишлаш./  Халқ 

таълими/ 1997 й, №2-сон, 45-47 бетлар. 

11.  Каримова О. Оила, фарзанд ва жамият. -Т.: Ўқитувчи, 1991 й.. - 61- бет. 

12.  Каримова  О.,  Рафиқов  А.  Ўқувчи  ёшларни  ҳуқуқий  тарбиялаш.  -Т.: 

Ўқитувчи, - 32-бет. 

13.  Каримова  О.,  Тўйчиева  Х.  Давлат  ва  ҳуқуқ  асослари.  ИХ  синф  учун 

қўлланма. -Т.: Ўқитувчи, 1996 й.,184 бет. 

14.  Маҳмудов  Р.  Касбий  педагогика.  Дасрлик.  –Т.:  Ўзб.  Респ.  ИИВ 

Академияси, 2003, - 92 б 

15.  Маҳкамов  У.И.  Ўқувчиларнинг  ахлоқий  маданиятини  шакллантириш 

муаммолари. -Т.: Ўзбекистон, 1996 й., - 200 бет. 

16.  Мунавваров А.К. Оила педагогикаси. -Т.: Ўқитувчи, 1994 й.. - 112 бет. 

17.  Мусурмонова О. Ўқувчиларнинг маънавий маданиятини шакллантириш. 

-Т.: Фан, 1993 й. - 112 бет. 

18.  Узоров Х., Ғозиев Е.,Орипов А. Оила ахлоқи ва одоби. -Т.:Ўқитувчи, 1995 

й.. - 87 бет. 

19.  Ўзбек  педагогикаси  антологияси.  2-жилдлик.  1-жилд  //Тузувчилар 

К.Ҳошимов, С.Очил. -Т.: Ўқитувчи, 1995 й.. -465 бет. 

20.  Қудайбергенова  Т.К.  Ўрта  махсус  ўқув  юртларида  ҳуқуқий  таълим 

самарадорлигини оширишнинг педагогик асослари. 13.00.01-Пед. наз. ва тар. 

Пед. фан. ном. илм. дар. олиш учун ёзилган дисс. 2005 й. 

21.  Ғозиев Е. Психология. – Т.: Ўқитувчи, 1994, - 224 б. 



 

 

 

69 

 

4. Ilmiy maqolalar, ilmiy amaliy anjumanlar ma’ruzalar to‘plami.

 

22.  Синфдан  ва  мактабдан  ташқари  тарбиявий  ишлар  Консепсияси.  - 



Маърифат газ., 1993 й., март. 

23.  Ўзбекистон  Рсспубликасининг  Конститусияси.  Ўн  иккинчи  чақириқ 

Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининт биринчи сессиясида 1992 йил 

8-декабрда қабул қилинган. -Т.: Ўзбекистон, 1992 й.. -46 бет. 

24.  Авесто. - Санъат журнали., 1992 й., №12. 

25.  Усмонбоева  М.  Демократик  жамият  барпо  етиш  жараёнида  ўқувчилар 

ҳуқуқий  маданиятини  шакллантириш.  /Узлуксиз  таълим  тизимида  ҳуқуқий, 

бадиий  ва  меҳнат  маданиятини  шакллантиришнинг  долзарб  муаммолари.  - 

Т.: Т.Н.Қори Ниёзий номидаги ЎзПФИТИ, - 17-23-бетлар. 

26. 


www.зиёнет.уз

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



1-ilova 

Tayloq tuman 26-maktabining 3- sinf o‘quvchilarda huquqiy 

tushunchalarning shakllanganlik  

70 

 

 darajasini o‘rganish bo‘yicha  



S O‘ R O V N O M A 

Hurmatli 

o‘quvchi 

ushbu 


so‘rovnoma 

ilmiy-tadqiqot 

maqsadida 

o‘tkazilayapti.  SHu  bois  fikr-mulohazalaringizni  xolis  bayon  qilishingizni 

so‘raymiz. Javoblar uchun oldindan rahmat! 

1.  Qanday 

huquqiy 

tushunchalarni 

bilasiz? 

_______________________________________________________ 

__________________________________________________________________ 

2.  Huquq 

deganda 

nimani 


tushunasiz? 

________________________________________________ 

__________________________________________________________________ 

3.  Davlat ramzlari haqida qisqacha izoh yozing. ______________________ 

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________ 

4. Konstitutsiya alifbosi darsligidan nimalarni o’rgandingiz? 

______________________________________________________________

______________________________________________________________

_____________________________________________________________ 

5. Qanday davlat organlarini bilasiz? 

 _________________________________________________________________ 

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________ 

 6.  Siz  uchun  qonun  nima  va  inson  xayotida  qanday  axamiyat  kasb  etadi  ? 

__________________________________________________________________ 

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________ 



2-ilova  

Tayloq tuman 26- maktabning 3-4- sinf o‘qituvchilariga o‘quvchilarda  

huquqiy tushunchalarning shakllantirish darajasini o‘rganish bo‘yicha  

71 

 

S O‘ R O V N O M A 

Hurmatli  ustoz  ushbu  so‘rovnoma  ilmiy-tadqiqot  maqsadida  o‘tkazilayapti. 

Shu  bois  fikr-mulohazalaringizni  xolis  bayon  qilishingizni  so‘raymiz.  Javoblar 

uchun oldindan rahmat! 

1.Bugungi  siz  raxbarlik  qilayotgan  sinf  o’quvchilarida  huquqiy 

tushunchalarga oid bilimlar qay darajada deb o’ylaysiz.? 

 Past    

Ortacha  

 

Yuqori 



2.  O‘zbekistonning  zamonaviy  yoshlari  qaysi  fazilatlarga  ega  bo’lishini 

xohlaysiz? 

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________ 

3.Siz  saboq  berayotgan  fanlar  o‘quvchilarda  huquqiy  tushunchalarni  qay 

darajada 

shakllantiradi? 

Fikringizni 

bayon 

qiling. 


______________________________________________________________

_____________________________________________________________ 

 ______________________________________________________________ 

4.O‘quvchilarda sinfdan tashqari qanday tadbirlarni ko‘proq o‘tkazish ularda 

ularda  huquqiy  tushunchalarni  shakllantirishga  xizmat  qiladi  deb  o‘ylaysiz? 

_________________________________________________________ 

 __________________________________________________________________ 

5.Siz  faoliyat  ko‘rasatayotgan  maktabda  boshlang’ich  sinf  o‘quvchilarda 

huquqiy  tushunchalarni  shakllantirishga  oid  qanday  tadbirlar  ko‘proq 

o‘tkazilmoqda? 

Fikringizni 

misollar 

yordamida 

yozing. 


______________________________________________________________ 

__________________________________________________________________ 



 3-ilova 

 

Savollar Baho 







Jami: 

72 

 

Ijobiy 



21% 

13% 


18% 

11% 


15% 

9% 


14,4% 

O’rta 


68% 

73% 


76% 

56% 


73% 

44% 


65,1% 

Past 


11% 

14% 


6% 

33% 


12% 

47% 


20,5: 

 

 

 

 4-ilova 

 

Daraja 


Download 1.18 Mb.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling