Moddalar almashinuvini o’rganishda fiziologiya turli usullardan foydalanadi.
Hozirgi vaqtda ko’pchilik hayot jarayonlarini o’rganishda biokimyo usullari keng
qo’llanilmoqda. Rus olimi E.S.London tomonidan yaratilgan angiostomiya usuli
moddalar almashinuvini o’rganishdagi ancha qulay usullardan biridir. Bu usul
yordamida organizmning ancha ichkarisida joylashgan qon tomirlaridan qon olib
tekshirish mumkin. Biror-bir organga oqib kelayotgan va undan oqib ketayotgan
qonni olib tekshirish yo’li bilan oqib kelayotgan qondagi biror moddaning o’sha
organda qanday o’zgarishlarga uchraganligi to’g’risida fikr yuritish mumkin.
foydalansa bo’ladi. Jumladan, tekshirilayotgan muayan moddani, suyuqlikni
izolyatsiya qilingan jigardan oqizib o’tkazish va jigardan oqib chiqayotgan
suyuqlikning tarkibini tekshirish yo’li bilan tekshirilayotgan moddaning jigarda
qanday o’zgarishlarga uchraganligi to’g’risida fikr yuritilsa bo’ladi. Keyingi
paytlarda moddalar almashinuvini o’rganishda radiaktiv izotoplar usuli ayniqsa keng
qo’llanilmoqda. Bu usul shundan iboratki, tekshirilayotgan moddalar tarkibiga
tegishli radiaktiv izotoplar (fosfor, azot, uglerod, temir, yod va boshqalarning
radiaktiv izotoplari) qo’shiladi, ya’ni o’sha moddalar ―nishonlanadi‖. Radiaktiv
izotoplar bilan shu tariqa nishonlangan moddalar organizmga yuborilganda ularning
qanday o’zgarishlarga uchrashini o’rganish ancha oson. Chunki radiaktivlik xossasiga
ega bo’lgan atomlar, organizmning turli organ va to’qimalarida shu moddalarning
boshqa atomlari orasidan yengillik bilan topiladi. Shuning uchun, ham
tekshirilayotgan moddalar radiaktiv izotoplar bilan nishonlanib, hayvonga berilganda
o’sha moddalarning organizmda qaysi organ va to’qimalarga borishi, qanday
o’zgarishlarga uchrashi, organizmdan qanday holatda chiqarilib yuborilishini
o'rganish mumkin. Radiaktiv izotoplarni qo’llash hayot mohiyati to’g’risidagi
materialistik dunyoqarashni kengaytirishga imkon beradi. F.Engels hayotni oqsil
jismlarining yashash shakli deb ta’riflar ekan, hayotning bu shakli oqsilning doimo
o’z-o’zidan yangilanib turishidan iboratdir, deb aytgan. Izotoplar usuli o’z-o’zidan
yangilanish jarayonlarining tezligini aniqlashga imkon berdi. Ayni vaqtda, masalan,
jigarda jami hujayra oqsillarining yarmi 3-5 kun davomida parchalanib ketishi, lekin
xuddi shuncha oqsil yangidan sintezlanib turgani uchun hujayralar kichrayib
qolmasligi, yo’qolib ketmasligi ma’lum bo’ldi. Oqsillargina emas, balki yog’lar,
uglevodlar va boshqa murakkab organik birikmalar ham parchalanib turadi va keyin
qaytadan sintezlanadi. Organizm skeletining mineral tarkibiy qismlari ham o’z-
o’zidan yangilanib turadi.
Moddalar almashinuvini o'rganishda muvazonat usulidan ham keng
qo’llaniladi, ya’ni qabul qilib olgan oziqa tarkibiy qismi hazm bo’lib ketgach,
ajratiladigan qoldiqlaridagi azot miqdorini aniqlash yo’li bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: