Oqsil optimumi muammosi. Organizmda faqat uglevodlar bilan oziqlangan
paytda parchalanayotgan oqsillarning o’rnini to’ldirish uchun zarur bo’lgan oziqlar
bilan tushayotgan oqsillarning eng kam miqdoriga yeyilish koeffiyenti deb yuritiladi.
Voyaga yetgan sog’lom odamlarda bu koeffisiyentning o’lchami bir kecha-kunduzda
30 g ni tashkil etadi.
Yog’lar va uglevodlar plastik maqsadlar uchun kerak bo’lgan minimumdan
yuqori darajada oqsillarning sarflanishiga ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni ular minimumdan
yuqori oqsillarning parchalanishi uchun kerak bo’lgan energiyani ajratadi. Mo’tadil
oziqlangan paytda uglevodlar to’liq ochlik paytidagidan oqsillarning parchalanishini
3-3,5 barobar kamaytiradi.
Tirik vazni 70 kg bo’lgan voyaga yetgan odamlar aralash oziqalar iste’mol
qilganida uglevodlar va yog’larning miqdori yetarlicha bo’lganida bir kecha-
kunduzlik oqsilning normasi 105 g ni tashkil etadi.
Organizmning mo’tadil hayot faoliyati va o’sishini to’lig’icha ta’minlaydigan
oqsil miqdoriga oqsil minimumi deyiladi va bu minimum odamlar yengil ish
bajarganida 100-125 g oqsilga teng bo’lsa, agar ish bajarganida – 165 g va juda og’ir
ish bajarganida esa 220-230 g ga teng bo’ladi.
Bir kecha-kunduzda iste’mol qilinadigan oqsilning miqdori iste’mol qilinadigan
oziqlar umumiy massasining 17 % ni, energiya bo’yicha esa 20 % ni tashkil qilishi
shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |