Turli sharoitlarda oqsilli oziqlanish. Parchalanmagan oqsillarning organizm
tomonidan o’zlashtirilishi faqatgina ovqat hazmi kanali orqali bajariladi. Ovqat hazmi
kanalidan boshqa qismga kiritilgan oqsillar – organizmda himoya reaksiyasini
chaqiradi.
Parchalangan oqsillarning aminokislotalari va ularning birikmalari
–
polipeptidlar qon orqali organizmning hujayralariga olib boriladi, u yerda esa hayot
davomida fermentlar ta’sirida oqsillarning sintezlanishi bajariladi. Ovqatlar oqsillari
odatda plastik ahamiyatga egadir.
Organizmning o’sish davrida, ya’ni bolalik va o’smirlik yoshlarida –
oqsillarning sintezi ayniqsa yuqori. Qarilik davrida oqsillar sintezi kamayadi. O’sish
davrida organizmdagi oqsillarni tashkil qiluvchi kimiyoviy elementlarni organizmda
ularning ushlab qolinishi kuzatiladi. Har bir to’qimada, har bir organizmda o’sha
organizmga xos bo’lgan boshqa to’qimalar va boshqa organizmlardagidan tubdan
farq qiluvchi oqsillar sintezlanadi.
Aminokislotalar ham yog’ va uglevodlar singari organizmning tiklanishi va
tuzilishi uchun foydalanmagan qismi parchalanib undan energiya ajralib chiqadi va
o’z tuzilishini hamda faoliyatini o’zgartiradi.
Atrofiyaga uchrayotgan, parchalanayotgan organizm hujayralari oqsillari
hisobidan hosil bo’luvchi aminokislotalari ham o’zgarib o’zidan energiya ajratib
chiqaradi.
Odatiy holatlarda voyaga yetgan odamlarning 1 kg tirik vazniga bir kecha-
kunduzda o’rtacha 1,5-2,0 g oqsil zarur, uzoq muddatli sovuq paytida 3,5-3,9 g, va
juda og’ir jismoniy ish bajarganida esa 3,0-3,5 g oqsil talab etiladi.
1 kg tirik vaznga zarur bo’lgan oqsilning miqdori 3,0-3,5 g.dan oshib ketsa,
asab, tizimi jigar va buyraklar faoliyati buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |