Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana01.06.2020
Hajmi0.5 Mb.
#112825
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
arab davlatlar ligasi va falastin muammosi


 



O`ZBEKISTON   RESPUBLIKASI 



OLIY  VA O`RTA  MAXSUS  TA`LIM  VAZIRLIGI 

 

ALISHER  NAVOIY  NOMIDAGI   

SAMARQAND  DAVLAT  UNIVERSITETI 

 

TARIX   FAKULTETI 

 

 

UMUMIY  TARIX  KAFEDRASI 

 

 

 

ABDULLAYEV  SHERQO’ZI 

 

 



ARAB DAVLATLAR LIGASI VA FALASTIN 

MUAMMOSI 

 

MALAKAVIY BITIRUV ISHI 

 

 



 

 

Ilmiy  rahbar: 



ass. Hamroqulova  Sh.Sh. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

SAMARQAND - 2012     

 

 



 



MUNDARIJA 

KIRISH……………………………………………………………………….3-7 

I BOB. ARAB DAVLATLARI  LIGASI(ADL)NING  TASHKIL TOPISHI VA 

MAQSAD-VAZIFALARI…………………………………………………....8-22  

1.1. Arab davlatlari  ligasining  tashkil  topishi………………………………...8-12 

1.2 . Arab davlatlari  ligasining  faoliyat  yo‟nalishlari………………………...12-22 

II BOB. FALASTIN MUAMMOSINING  KELIB  CHIQISHI TARIXI VA UNDAGI 

ASOSIY MASALALAR  ………………………………………….23-39   

2.1. Falastin muammosining  kelib  chiqishi  tarixi……………………….…...23-34 

2.2. BMT ning  181(2) sonli rezolyutsiyasining  e‟lon qilinishi  va birinchi  arab-isroil 

urushlari  ……………………………………………………………………...34-39 

III BOB.. ADLNING FALASTIN MUAMMOSI  BO‟YICHA TUTGAN 

POZITSIYASI VA HOZIRGI KUNDA  FALASTIN 

DAVLATI………………………….………………………………………...40-64 

3.1. ADLning  Falastin  muammosini  hal etishdagi  o‟rni…………………….40-55  

3.2. Falastin davlati  tashkil  topganligining  “e‟lon qilinishi”  va hozirgi  kunda Falastin 

davlati……………………………………………………………….55-64 

XULOSA…………………………………………………………………….65-67 

FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR…………………………………….68-69 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



KIRISH 



 

                                   “Haqqoniy tarixni bilmasdan turib   

   o’zlikni anglash mumkin emas” (I.Karimov) 

 

 

 

Falastin  muammosi  bugungi  kunimizgacha  o‟zining  to‟liq  yechimiga  ega  bo‟la 

olmay  kelayotgan  voqealardan  biri  sifatida  butun  dunyo  siyosatchilarining  diqqat-

e‟tiboridagi  asosiy masalalardan  biri  bo‟lib qolmoqda.   

 

Falastin  –  Old  Osiyodagi  tarixiy  o‟lka,  maydoni  25  ming  km.kvni  tashkil 



etadi.

1

  Falastinda  ilk  odam  ajdodlari  qoldiqlari  so‟nggi  paleolit  davridan  boshlab 



uchraydi. Falastinning  neolit  davri Iyerixon  shahar madaniyati  bilan  xarakterlanadi.

2

   



 

Miloddan  avvalgi  V-IV  mingyillikda  Falastin  hududiga  semit  qabilalari    kirib 

keladi.  Miloddan  avvalgi  XVI-XIII  asrlarda  Falastinda  Misr  hukmronligi  o‟rnatiladi. 

Miloddan  avvalgi  XIII  asr  oxirlarida  Falastinda  filistimlyan  davlatchiligi  shakllanadi. 

Miloddan  avvalgi  XI  asrda    Falastin  hududida  Isroil-Iudiya  podsholigi tashkil topadi. 

Bu  podsholik  Dovud  va  Solomon  podsholar  davrlarida  o‟z  ravnaqining  cho‟qqisiga 

erishadi.  Miloddan  avvalgi  953-yillar  atrofida  Isroil-Iudiya  2  ta  podsholikka  bo‟linib 

ketadi:  Isroil  va  Yahudiya  (Iudiy).  Miloddan  avvalgi  VIII  asr  oxirlarida  Isroil 

podsholigi  hududi  Ossuriya  davlati  tomonidan  egallanadi.  Keyingi  davrlarda bu o‟lka 

Ahamoniylar  (Miloddan  avvalgi  VI  asr  ),  Aleksandr  (Miloddan  avvalgi  IV  asr), 

so‟ngra  Ptolomeylar  va  Rim  davlati  tarkibiga  qo‟shib  olinadi.  Milodiy  VIII  asrda 

Arab  xalifaligi  Falastin  hududini  egallab,  bu  yerda  arablar  hukumronligi  tarixini 

boshlab  beradilar.  Milodiy  1516-yilda  Falastin  hududi  Usmoniylar  imperiyasi 

tomonidan egallanadi.    

 

XIX  asrning  40-  yillaridan  boshlab  Falastin  hududiga  G‟arbning  e‟tibori 



kuchayadi.  Dunyo  bo‟ylab  tarqalib  ketgan  yahudiylar,  o‟zlarining  haqqoniy 

tarixlarini  yaxshi  bilganligidan,  bu  paytga  kelib,  qariyb  uch  ming  yil  avval  mavjud 

bo‟lgan  Isroil  davlatchiligini  qayta  tiklamoqchi  bo‟ladilar.  Shu  bois  Falastinga 

yahudiylarning  ommaviy  immigratsiyasi  jarayoni  boshlanadi.  Oxir-oqibatda,  XIX  asr 

                                                 

1

 “O‟zbekiston  milliy  ensiklopediyasi” 9-jild.  T. 2005.177-bet 



2

.Кузнецов  Д.В  Арабо-израильский  конфликт:  История  и  современность  Издателство  БГПУ  2006  стр  6. 

Internet//mirknig.com   

 


 

oxirlari  –  XX  asr  boshlarida  tag‟in Falastin yahudiylarning  diqqat  - markazida bo‟lib 



qoladi.  Ayni  vaqtda,  aynan  XIX  asr  oxirlari  –  XX  asr  boshlarida  bir  necha  o‟n 

yilliklardan  buyon  hozirgi  kunimizgacha  davom  etib  kelayotgan  Yaqin  Sharq  inqirozi 

–  arab-Isroil  mojarolariga  va  Falastin  muammosiga  asos  hamda  shart-sharoitlar  

yaratilgan  edi. 

3

 

XX  asrning  dastlabki  40  yili  davomida  700  mingga  yaqin yahudiylar Falastinga 



ko‟chib  keladilar.  BMT  XKning  1947-yil  29-noyabrdagi  181  (2)  rezolyutsiyasi  bu 

o‟lkada  turli  etnik  va  diniy  xususiyatlarga  ega  bo‟lgan  ikkita  xalqning  (arab  va 

yahudiy)  alohida-alohida  mustaqil  davlatlari  tuzilishiga  imkon  bergandek  bo‟ladi. 

Ammo,  Falastin  arab  xalqi  uchun  ming  afsuslar  bo‟lsinki,  bu  rezolyutsiya  (qaror) 

asosida  faqatgina  yahudiylarning  Isroil  davlati  tashkil  etiladi,  xolos.  Arab 

rahbarlarining  no‟noqligi  va  tarixiy  vaziyatni  to‟g‟ri  baholay  olmasligi  sabab, 

Falastin  arab  davlati  tuzilmay  qoladi.  Ayni  paytda,  Isroil  BMT  XK  tomonidan 

Falastin  arab  davlati  uchun  ajratilgan  hududlarning  60%ini  ham  kuch  bilan  egallab 

oladi.  Isroil  bosib  olingan  hududlardan  arab  aholisini  o‟z  ona  yurtidan  haydab 

yuborib, mintaqada qochoqlar muammosini keltirib  chiqaradi.  

 

Falastin  muammosi  –  bu  Falastin  arab  xalqining  o‟z  davlatini  tuzish  yo‟lidagi 



kurashi  jarayonidir.  Bu  jarayonda  falastinlik  arablar va ularga qo‟shni  bo‟lgan boshqa 

arab  davlatlari  Isroil  bilan  harbiy  to‟qnashuvlarga  duch  keladi.  Falastin  davlatini 

shakllantirish  muammosi  hozirgacha  butun  dunyo  diqqat-markazidagi  asosiy 

masalalardan  biri  bo‟lib qolmoqda.  

 

“Bugungi  kunda  mintaqalar  xavfsizligi  va  alohida  davlatlar  milliy  xavfsizligini 



ta‟minlamay  turib,  umumiy  xalqaro  xavfsizlikka  erishib  bo‟lmasligi  hammaga 

ravshan”  –  deydi  prezidentimiz  I.Karimov  o‟z  nutqlaridan  birida.

4

    Prezidentimizning 



bunday  purma‟no  so‟zlari  naqadar  topib  aytilgan  gapligini  bugun  tarix  ko‟rsatib 

turibdi.  Yaqin  Sharq  mintqasida,  Falastin  zaminida  sodir  bo‟layotgan  Falastin-Isroil 

mojarolari  ularning  qo‟shnilari  bo‟lgan  boshqa  arab  davlatlarining  tinchlik  va 

xavfsizligiga  salbiy  ta‟sir  ko‟rsatdi.  Shu  bosidan,  Falastinga  qo‟shni  bo‟lgan  arab 

                                                 

3

  Кузнецов  Д.В  Арабо-израильский  конфликт:  История  и  современность.  Издателство  БГПУ.  2006  стр  6. 



Internet//mirknig.com   

4

 I.Karimov  “Vatan ravnaqi uchun har birimiz  mas‟ulmiz”.  9-jild.  Toshkent. 2001.  106-bet.   



 

davlatlari  o‟zlarining  maxsus  tashkilotlari  –  ADL  (Arab  Davlatlari  Ligasi)  ning 



asosiy faoliyat  yo‟nalishini  Falastin  muammosini  bartarf etishga  qaratadi.  

 

Falastin  muammosi  tarixini  o‟rganish  o‟tgan  asrning  60-yillaridan  boshlab 



jonlandi.  Bu  ishda  SSSR  tarixchilari  faoliyatiga  alohida  to‟xtalish  lozim.  Bu  borada, 

ayniqsa,  Falastin  muammosi  va  Yaqin  Sharq  davlatlari  tarixining  “otasi”  hisoblangan 

Ye.  M.  Primakovning  faoliyati  samaralidir.  U  bu  mavzuga  bag‟ishlab  “Анатомия 

ближневосточного  конфликта”  M.  1978  (“Yaqin  Sharq  mojarolari   anatomiyasi”), 

“История  одного  сговора”  M.  1980  (  “  Bir  kelishuv  tarixi”),  Belyayev  I.  P.  bilan 

hammualliflikda  “Египет:  время  президента  Насера”  M,  1974  (“  Misr:  Nosir 

prezidentligi  davrida”)  kabi  kitoblarni  nashr  ettiradi.  Primakovning  dastlabki  asari 

“Yaqin  Sharq  mojarolari    anatomiyasi”  da  Falastin  muamosining  kelib  chiqishiga 

sabab  bo‟lgan  yahudiylarning  Falastin  hududiga  immigratsiyasi  tarixi,  bu  muamoning 

paydo  bo‟lish  jarayonlari  va  oqibatlari  xususida  so‟z  boradi.  “  Bir  kelishuv  tarixi”  

asarida  esa  Falastin  muammosini  bartaraf  etish  borasida  1978-1979  yillarda  bo‟lib 

o‟tgan Kemp-Devid  muzokaralari  tarixi  haqida ma‟lumot  beriladi.   

 

Yana  bir  rus  tarixchisi  Knyazev  A.G.  o‟zining  “Египет  после  Насера  (1971-



1980)”  M.  1980  (  “Nosir  prezidentligi  davridan  keyingi  Misr”)  kitobida  Misrning 

liberal  qarashdagi  prezidenti  A.Sadatning  ADL  dagi  yetakchi    davlat  mavqeida 

turganligidan  foydalanib,  uning  Falastin  muammosini  bartarf  etish  borasidagi  amaliy 

faoliyati  haqida ma‟lumotlar  beradi.  

 

Yuqorida  nomlari  tilga  olingan  olimlardan  tashqari  yana  bir  qator tarixchilar bu 



masalaga  bag‟ishlab  o‟z  asarlarini  yozganlar.  Jumladan,  Kutsenkov  A.A  va 

Chicherov  A.I.  “  Внешняя  политика  стран  Ближнего  и  Средного Востока” M, 

1984  (“  Yaqin  va  O‟rta  Sharq  mamlakatlari  tashqi  siyosati”),  D.V.Kuznetsov 

“Арабо-израильский  конфликт:  История  и  современность”  (  “Arab-Isroil 

mojoralari:  tarixi  va  buguni”),  Moskva  Davlat  Universitetining  aspirantkasi  bo‟lgan 

A.Kozlova  “  Эволютсия  Палестино  – израильских отношений” (“ Falastin-Isroil 

munosabatlarining  evolyutsiyasi”)  kabi  tarxichlarning  asarlari  va  tarix  fanlari  doktori 

S.V.Kiselevning  “Азии  и  Африки”  jurnalida  shu  mavzuga  bag‟ishlab  e‟lon  qilingan 

bir qator maqolalari  ushbu mavzuni  bayon etishga bag‟ishlangan.   


 

 



Falastin  muammosi  tarixi  nafaqat  rus  va  G‟arb  olimlari  tomonidan,  balki 

Falastin  arab    xalqi  tarixchilari  tomonidan  ham  atroflicha  yoritiladi.  Bugungi  Falastin 

davlatining  rahbari  bo‟lgan  Mahmud  Abbos  Falastinning  eng  yangi  tarixi  bo‟yicha 

bir  qator  asarlar  yozadi.  Bularga  “Falastin  muammosi”  Damashq.1978,  “Sionizm- 

boshlanishi  va  yakuni”  Damash1980  kabi  Falastin  muammosiga  bag‟ishlangan 

asarlarni  misol qilib  keltirishimiz  mumkin. 

5

 

Mustaqilikka  erishganimizdan  so‟ng  O‟zbekistonda  ham  jahon  tarixiga  bo‟lgan 



qiziqish  va  e‟tiborning  samarasi  o‟laroq  M.Nishonov  bu  mavzuga bag‟ishlab “Yaqin 

Sharq  muammosi  va  mojaroni  tinch  hal  etish  jarayonlari  (  1948  –  2002)”.  Toshkent. 

2004 kitobini  nashr ettiradi.   

Ushbu  malakaviy  bitiruv  ishining  maqsadi  Falastin  muammosining  paydo 

bo‟lishi  tarixini  va  uning  Falastin  arab  xalqi  uchun  keltirgan  oqibatlarini  o‟rganish, 

shuningdek,  ADL  ning  bu  muammoni  bartaraf  etish  jarayonidagi  amaliy  faoliyati 

natijalarini  chuqur ilmiy  tahlil  qilgan  holda bayon etishdir.  

Malakaviy 

bitiruv 

ishining 

dolzarbligi 

shundaki, 

bugungi 

kunimizda 

sayyoramizning  eng  qaynoq  nuqtalaridan    biri  bo‟lib  qolayotgan  va  dunyo 

hamjamiyatinnig  e‟tiborida  bo‟lib  turgan  Yaqin  Sharq  mintaqasidagi    vaziyatning 

(Falastin  muammosi)  asl  tarixi  nimada  ekanligini,  bu  muammoning  kelib  chiqishiga 

aslida  qanday  omillar  sabab  bo‟lganligini  o‟rganish  va  kelajak  egalari  bo‟lmish 

yoshlarga  tarixiy  voqealardan  xulosa  chiqarish  ko‟nikmalarini  shakllantirish  orqali, 

ularda  dunyodagi  siyosiy  voqealarni  chuqur  tahlil  qilish  tajribasini  hosil  qilishdan 

iboratdir.  

Ushbu  malakaviy  bitiruv  ishi  kirish,  uch  bob,  xulosa  hamda  foydalanilgan 

manbalar  va  adabiyotlar  kabi  qismalardan  iborat.  Birinchi  bob  “Arab  davlatlari 

ligasining    tashkil  topishi  va  maqsad-vazifalari”  deb  nomlanib,  unda  davlatlar 

o‟rtasidagi  xalqaro  munosabatlarda  o‟zining  asosiy  o‟rniga  ega  bo‟lgan  arab 

davlatlarining  uyushmasi  –  Arab  davlatlari  ligasi  (ADL)  tashkilotining  paydo  bo‟lish 

tarixi,  uning  bo‟limlari  va  faoliyat  yo‟nalishlari  haqida  ma‟lumot  beriladi.  Ikkinchi 

bob  “Falastin  muammosining  kelib  chiqish  tarixi  va  undagi  asosiy  masalalar”  deb 

nomlanib,  unda  Falastin  muammosining  kelib  chiqishiga  sabab  bo‟lgan  omillar: 

                                                 

5

 Киселев.В  “Махмуд Аббос (Абу Мозин) штрихи  к портрету”// “Азии и Африки” 2005.  N 7  



 

Sionizm  siyosiy-mafkuraviy  harakatining  vujudga  kelishi,  “Balfur  deklaratsiyasi”, 



Falastinga  yahudiylarning  ommaviy  immigratsiyasi  tarixi,  Falastin  arab  xalqining 

ingliz  mandat  tizimiga  qarshi  qurolli  xalq  qo‟zg‟olonlari,  1947-yil  29-noyabrdagi 

BMT  XKning    181  (2)  sonli  rezolyutsiya  (qaror)si  qabul  qilinishi  asosida  (bu   

rezolyutsiya  Falastin  hududida  ikkita:  arab  va  yahudiylarning  mustaqil  davlati 

tuzilishini    belgiladi)    faqatgina  yahudiylarning  Isroil  davlati  tuzilishi  hamda  birinchi 

Arab- Isroil urushlari  va uning  oqibatlari  haqida ma‟lumot beriladi.   

“ADL  ning  Falastin  muammosi  bo‟yicha  tutgan  pozitsiyasi  va  hozirgi  kunda 

Falastin  davlati”  deb  nomlangan uchinchi bobda ADL ning Falastin muammosi va bu 

muammoning  tub  mohiyatini  tashkil  etgan  Falastin  arab  davlatini  shakllantirish 

borasidagi  amaliy  faoliyati  natijalari  haqida,  shuningdek,  buguni  kunda  real  mustaqil 

bo‟lmagan Falastin davlatining  ahvoli  haqida ma‟lumot beriladi.   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

10 


 

             I.BOB.  Arab davlatlari ligasining  tashkil topishi va maqsad-vazifalari                                   



1.1. Arab davlatlari ligasining tashkil topishi  

 

Arab  davlatlari  keng    hududni    egallagan    bo‟lib,  ularda  300  mln.  dan  ziyod 



aholi  yashaydi.

Zamonaviy  xalqaro  munosabatlarda  davlatlar  o‟rtasidagi  o‟zaro 



aloqalarda  xalqaro  tashkilotlarning  ahamiyatini  hisobga  olgan  arab  davlatlari 

rahbarlari  butun  arab  davlatlarini  birlashtirigan  tashkilot  –  Arab  Davlatlari  Ligasini 

tuzishdi.  Buday  uyushmani  tuzish  ishlari  o‟tgan  asrning  40-  yillaridan    boshidan 

boshlangan edi.  

Yaqin  Sharq  mintaqasida    AQSH  siyosiy  ta‟sirining  o‟sib  borayotganligidan 

xavfsiragan  Buyuk  Britaniya  hukmron  doiralari  o‟z  oldilariga  Yaqin  va  O‟rta  Sharq 

mintaqasida  o‟zining  mavqeini  oshirish  vazifasini  qo‟ydi.  Bu  maqsadni  amalga 

oshirish  uchun  ingliz  diplomatiyasi  arablarning    birligi  g‟oyasidan  foydalanishga 

harakat  qildi.  Arablar  federatsiyasi  g‟oyasi  hali  ular  usmoniy  turklarga qaram bo‟lgan 

paytdan boshlab mavjud edi.  

 

Ingliz  rasmiy  arboblari  o‟z  nutqalarida  shuni  ma‟lum  qildilarki,  Angliya  arab 



davlatlari  federatsiyasining  tuzilishiga  to‟sqinlik  qilmaydi.  1941-yil  29-mayda 

jamoalar  palatasidagi  chiqishida  Anton  Iden  quyidagi  fikrlarni  bildiradi:  “  Mening 

nazarimda  arab  davlatlarining  ma‟daniy,  iqtisodiy,  shuningdek  ,  siyosiy  aloqalarini 

kuchaytirish  lozim.  Buyuk  Britaniya  bu  masalada  har  qanday  rejani  qo‟llab-

quvvatlashga  tayyor!”.

8

 



 

1941-1942-yillardagi  Yaqin  va  O‟rta  Sharqdagi  harbiy  harakatlar  oqibati  bu 

masalada  amaliy  ish  qilishning  imkonini  bermadi.  Faqatgina  1943-yilga  kelib  Arab 

davlatlari  rahbarlari  bu masalada aloqaga kirishdilar. 

 

Arablar  birligini  tuzish  borasidagi  tayyorgarlik  konferensiyasi  1944-yil  26-



sentabrdan 7-oktabrgacha Misrning  Aleksandriya   shahrida 

bo‟lib 


o‟tdi.Bu 

konferensiyada  yettita  arab davlatlari  bosh vazirlari  ishtirok  etdilar:   

                                                 

6

 www.arab  league online 



7

 “История  дипломатия”  IVтом  “политических  литература” М. 1975  стр 593 

8

 Ko‟rsatilgan adabiyot. cтр. 593 



9

 Ko‟rsatilgan adabiyot. стр. 594 

 


 

11 


Misr  (Mustafo  Naxos  poshsho),  Suriya  (Saad-Allah  Tabiriy),  Livan  (Riad 

Solih),  Iroq  (Hamdi  al-Pachachi),  Transiordaniya  (  Tavfiq  Abul  Xuda).  Saudiya 

Arabistoni  va  Yaman  davlatlari  rahbariyati  bu  konferensiyada  kuzatuvchi  maqomiga 

ega bo‟ldi. 

 

Aleksandriya  konferensiyasining  natijasida  beshta  delegat  rahabrlari  mustaqil 



arab davlatlari  ligasini  tuzish haqidagi  protokolni imzoladilar.   

 

1945-yil 



fevral-mart 

oylarida 

Arab 

davlatlari 



konferensiyasi 

bo‟ldi. 


Konferensiya  jarayonida  1945-yil  22-martda  Suriya,  Livan,  Transiordaniya,  Saudiya 

Arabistoni,  Iroq  va  Misr  delegatlari  arab  davlatlari  ligasi  nizomini  qabul 

qildilar.Mazkur  nizom  Preambula,  20  ta  modda  va  3  ta  ilovadan  iborat.

10

  Yaman 



davlati  bu konferensiyaga  delegat yubormadi va  nizomga  keyinchalik  imzo chekdi. 

11 


 

1945-yilning  mart-aprelida  barcha  yettita  arab  davlati  arab  davlatlari  ligasining 

nizomiga  qo‟l  qo‟ydilar  va  uni  ratifikatsiya  qildilar.  1945-yil  10-mayda  nizom kuchga 

kirdi.


 

 

 



Arab  davlatlari  ligasi  –  dunyodagi  yirik  diniy-siyosiy  tashkilotlardan  biri 

bo‟lib,  a‟zo  bo‟lib  kirgan  davlatlarning  siyosiy  yo‟nalishlarini  muvofiqalashtirish, 

ular  mustaqilligi  va  suverentetini  himoya  qilish,  iqtisodiy,  madaniy-ijtimoiy  aloqa 

sohalarida  hamkorlikni  rivojlantirish  maqsadida  tuzilgan.  (1-ilova  ADL  ramzi  -

bayrog‟i).  

 

Arab davlatlari  ligasi  1945-yilda  quyidagi  sabablarga ko‟ra tuzilgan.   



1.  Arab  davlatlari  xalqlarining  umumiy  o‟xshashligi,  ularning  tili,  geografik 

joylashuvi,  an‟analari,  diniy  va madaniy  qadriyatlari  yaqinligi 

 

2. Arab davlatlarining  birlashishga  intilishlari   



Hozirgi  kunda  arab  jamiyati  birlashgan  arab  davlati  shaklida  emas.  Chunki  har 

bir  arab  davlati  o‟zining  ma‟lum  maqsadli  qarashlariga  ega.    Ularda  Yevropa 

sivilizatsiyasi  ta‟siri  tufayli  davlat  boshqaruv  shakllari,  iqtisodni  rivjlantirish  yo‟llari, 

etnik  qarashlari  turli  xil  edi.  

 

Arab  davlatlari  ligasi  –  arab  davlatlari  iqtisodiyotini  rivojlantiruvchi  va 



mudofaasini  kuchaytiruvchi  organ sifatida  vujudga kelgan.   

                                                 

10

  B.Narimonov  “Arab  Davlatlari  Ligasi  mintaqaviy  xavfsizlikni  ta‟minlovchi  tashkilot  sifatida”  doklad.  Yosh 



Sharqshunoslarning Akademik Ubaydullo Karimov  Nomidagi  VIII  Ilmiy-Amaliy  Konferensiyasi Tezislari.  T. 2010   

11

 



Ko‟rsatilgan adabiyot стр. 595

 


 

12 


 

Arab  davlatlari  ligasi  –  xalqaro  diniy  -  siyosiy    tashkilot  bo‟lib,  1945-yil  22-

martda  Qohirada  Saudiya  Arabistoni  qiroli  Abdulaziz  Ibn  Saud  ishtirko  etgandan 

so‟ng  rasmiyalshtiriladi.  Uning  tashabbuskorlari  –  Misr,  Iroq,  Livan,  Saudiya 

Arabistoni,  Suriya  ,  Iordaniya  va    Yaman  respublikasi  edi.  Liganing  arabcha  nomi 

“Jamiyat  at-Duval  al-Arabiya”  dir.  Ligani  tuzish  haqidagi  protokol  1944-yil  7-

oktabrda  Aleksandriya  (Misr)  da    Suriya,  Transiordaniya,  Misr  va  Livan  o‟rtasida 

imzolanadi.  1945-yil  5-mayda  ligaga  Shimoliy  Yaman  ham  a‟zo  bo‟lib  kiradi.  Arab 

davlatlari  ligasiga  Shimoliy  Afrika  va  Yaqin  Sharqdagi  19  ta  davlat  kirgan  bo‟lib, 

ularning  aholisi  asosan  arab  tilida  so‟zlashadi. 

12

.  Mavritaniyadagi  mavr  xalqi  arab  – 



ber-ber  aralashuvidan  kelib  chiqqaan  bo‟lib,  ular  arab  tilining  xassaniya  lahjasida 

so‟zlashadilar.  

 

Shuningdek,  arab  davlatlari  ligasi  safidagi  Afrikaning  ichki  qismida  joylashgan 



Jibuti  va  Somali  davlatlarining  aholisining  ko‟pchiligi  kushit    tilida  so‟zlashsa  ham 

arab  tili  rasmiy  til  hisoblanadi.  Liganing  yana  bir  a‟zo  davlati  uncha  katta  bo‟lmagan 

orol  davlat  Komor  (Qamar)  davlati  bo‟lib,  Afrikaning  janubi-sharqida  joylashgan. 

Aholisi 


antaloatr–metislar 

bo‟lishib 

afro-arab-malaga 

aralashuvidan 

kelib 

chiqqan.Aholisi  shikumoro  tilida  so‟zlashadi,  ammo  arab  tili  rasmiy  til  hisoblanadi. 



Hozirgi  kunda  Arab davlatlari  ligasiga  22 ta davlat a‟zo.  

Arab davlatlari ligasiga a’zo davlatlar 

A’zo bo’lgan yili va sanasi  

   1. Misr  

    1945-yil  22-mart  

   2. Suriya  

    1945-yil  22-mart 

   3. Saudiya Arabistoni  

    1945-yil  22-mart 

   4. Livan   

    1945-yil  22-mart 

   5. Iordaniya  

    1945-yil  22-mart 

   6. Iroq  

    1945-yil  22-mart 

   7. Shimoliy  Yaman (1990-yili  Shimoliy 

Yaman  bilan  Yaman Xalq Demokratik 

Republikasi  birlashadi.   Yaman XDR 

ligaga  1967-yilda  a‟zo bo‟lgan)  

    1945-yil  5-may  

                                                 

12

 www.arab  league online . Peoples Dailiy  online  – arab league accepts.



 

 


 

13 


   8. Liviya  qirolligi   

   1956-yil  28-mart  1969-yil  1-sentabrdan 

Liviya  Arab Respublikasi, 1977-yildan 

Buyuk Xalq Liviya  Arab Jamahiriyasi, 

2011-yildan  Liviya  Respublikasi (Milliy 

o‟tish kengashi qarori bilan)

13 

 

   9. Sudan  



    1956-yil  19-yanvar 

   10. Tunis  

    1958-yil  1-oktabr  

   11. Marokash  

    1958-yil  1-oktabr 

   12. Quvayt  

    1961-yil  20-iyun   

   13. Jazoir  

    1962-yil  16-avgust  

   14. Falastin  Ozodlik tashkiloti   

    1976-yil  9-sentabr ( 1988-yildan  ligada 

Falastin  davlati  sifatidafaoliyat  yuritadi)   

   15. Bahrayin   

    1971-yil  11-sentabr  

   16 Qatar  

    1971-yil  11-sentabr  

   17. Ummon  

    1971-yil  29-sentabr  

   18. Birlashgan  Arab Amirliklari   

    1971-yil  16-dekabr  

   19. Mavritaniya   

    1973-yil  26-noyabr    

    20. Somali 

    1974-yil  14-fevral 

   21. Jibuti 

    1977-yil  14-sentabr   

   22. Komor 

    1993-yil  20-noyabr 

 

  

Arab davlatlari  ligasining  doimiy shtab-qarorgohi Misr poytaxti Qohira 



shahridir  (1979-1989-yillardagi  Misr- Isroil kelishuvidan  so‟ng qarorgoh vaqtinchalik 

Tunis poytaxti Tunis shahriga  ko‟chiriladi).(2-ilova.ADL  qarorgohi ).  

 

Liga  nizomiga  ko‟ra,  arab  davlatlari  ligasining  maqsadi  a‟zo  davlatlar  o‟rtasida 



aloqalarni  mustahkamlash,  ularning  siyosiy  faoliyati,  mustaqilligi  va  suverenitetini 

himoya  qilishdir.   

 

Arab  davlatlari  ligasining  rahbar  organi  –  Kengash  (  Majlis)  hisoblanadi,  uning 



tarkibiga    har  a‟zo  mamalaktdan  bitta  vakil  kiritiladi.  Kengash  o‟z  majlislarini  bir 

yilda  ikki  marta  (mart  va  sentabr  oylarida)  o'tkazadi.  Liga  kengashi  yig‟ilishi 

                                                 

13

 Internet //Vikipediya.Cвободная  энциклопэдия 



 

 

14 


xohlagan  joyda    o‟tkazilishi  mumkin.  Hamma  a‟zolar  uchun  majburiy  qarorlar  faqat 

yakdil  ovozlar bilan  qabul qilinadi.   

 

1947-yilda  BMT  ADLni  mintaqaviy  tashkilot  sifatida  tan  oladi.Hozirda  ADL  



BMT huzuridagi  kuzatuvchi  tashkilot  maqomiga  ega.  


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling