Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/35
Sana21.11.2020
Hajmi1.83 Mb.
#149309
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Elastiklik nazariyasi


 
1
O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI  SAMARQAND DAVLAT 
UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MEXANIKA
 
KAFEDRASI 
                                                                       
« ELASTIK NAZARIYASI » fanidan  o’quv-
uslubiy  
 
M A J M U A 
 
 
«5440200 – Mexanika» ta’lim yo’nalishi talabalari uchun
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
SAMARQAND-2010
 

 
2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
 
MEXANIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 
 
«MEXANIKA» KAFEDRASI 
 
«TASDIQLAYMAN» 
SamDU o’quv ishlari prorektori 
_______________ A.Soleev 
«___»___________ 2010 y. 
 
 
 
 
  «ELASTIKLIK NAZARIYASI»   
FAN DASTURI 
(«5440200 – Mexanika» ta’lim yo’nalishining 3-kurs talabalari uchun)
 
 
Ushbu  fan  dasturi  fakultet  Ilmiy  Kengashining  2010  yil 
  29   
  avgustdagi  №1 
majlisi bayonnomasi bilan tasdiqlangan. 
 
Fakultet dekan:                                       dots. H.Qurbonov 
 
Ushbu fan dasturi fakultet o’quv-uslubiy kengashining 2010 yil  29  avgustdagi 
№1 majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan. 
 
Fakultet o’quv-uslubiy kengashi raisi:                        
dots. E.Sattorov 
 
Ushbu fan dasturi kafedraning 2010 yil 26 avgustdagi №1 majlis bayonnomasi 
bilan tasdiqlangan. 
 
Kafedra mudiri:                                      prof. X.Xudoynazarov 
 
                         Tuzuvchilar:                                         prof. X.Xudoynazarov  
                                                                                      ass. O’ Nishonov 
 
Samarqand 2010 

 
3
 
ELASTIKLIK NAZARIYASI 
FAN  DASTURI  
1.Kirish.”Elastiklik  nazariyasi”-elastiklik  xususiyatiga  ega  bo’lgan  jismlarda 
tashqi  kuchlar  ta’siri,  sirtlaridagi  ko’chishlar,  zarrachalari  temperaturasining 
o’zgarishi  tufayli  sodir  bo’ladigan  kuchlanish  va  deformasiyalanish  hodisalarini 
o’rganadigan maxsus fandir. 
 Mazkur  fan  muxandislik,  geofizik  va  boshqa  hayotiy  masalalarni  hal  qilish 
kabi turli sohaga oid vazifalarni ham o’z oldiga qo’yadi.  
 
2. Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar.  
Fanni  o’zlashtirishda  qo’yiladigan  talablar  Davlat  ta’lim  standartidagi 
malakaviy tavsifga muvofiq ishlab chiqiladi va quyidagicha bayon etiladi. 
Fanni o’zlashtirgandan keyin talaba: 
Elalastiklik  nazariyasining  rivojlanish  bosqichlari  va  yonalishlari,  fanning 
hozirgi  kundagi  holati,  fanning  kelgusida  rivojanish  istiqbollari,elastiklik 
xususiyatiga  ega  bo’lgan  jismlarda  tashqi  kuchlar  ta’siri,  sirtlaridagi  ko’chishlar, 
zarrachalari  temperaturasining  o’zgarishi  tufayli  sodir  bo’ladigan  kuchlanish  va 
deformasiyalanish hodisalari haqida tasavvurga ega bo’lishi; 
Elastiklik  nazariyasining  asosiy  tushunchalari,  elastiklik  nazariyasi  asosiy 
tenglamalari,asosiy  munosabatlar,  elastiklik  nazariyasi  masalalrini  yechishning 
analitik va sonli usullari haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishi; 
Elastiklik  nazariyasi  maxsus  fanida  sterjenlarning  buralishi,  efilishi,  tekis 
masalalar  va  elastiklik  nazariyasining  sodda  masalalari  yechish  amaliy 
ko’nikmalarni egallashi; 
Bu  fanni  eshitgan  talabalar  muhandislik,  geofizik  va  boshqa  sohalarga  oid  sodda 
masalalarni yecha olishi lozim.  
 
3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Maxsus  fan  mexanika  (nazariy  mexanika,  tutash  muhitlar  mexanikasi, 
materiallar  qarshiligi)  va  matematematika  (matematik  tahlil,  algebra,  geometriya, 
differensiyal  tenglamalar,  matematik  fizik  tenglamalar)  fanlari  bilan  bevosita 
bog’langan.  Elastiklik  nazariyasi  tutash  muhitlar  mexanikasining  bir  qismi 
hisoblanadi,  va  bu  maxsus  fanning  asosiy  teoremalari  va  tenglamalari,  shuningdek 
ba’zi  klassik  masalalari  tutash  muhitlar  mexanikasi  fanini  o’zlashtirish  jarayoni 
talabalarga yetkaziladi.   
4. Fanning hajmi va mazmuni. 
            4.1.Fanning hajmi. 
№ 
Mashg’ulot turi 
Ajratilgan soat 
6-Semestr  

Nazariy  
14 
14 

Amaliy (laboratoriya) 
16 
16 

Mustaqil ish 
30 
30 

Kurs ishi (loyixalash) 
 
 

Nazoratlar  
29 
29 
       4.2.  Nazariy  mashg’ulotlar  mavzulari    mazmuni  va  ularga  ajratilgan  soat.  16 
soat 

 
4
1-maruza.(2-soat):  Kirish.  Elastiklik  nazariyasining  predmeti  va  tekshirish  sohasi
Kuchlanishlar    nazariyasi.  Asosiy  farazlar.  Tashqi  kuchlar.  Kuchlanish  vektori. 
Jism  nuqtasidagi  kuchlanganlik  holati.  Kuchlanish  tenzori.  Koordinata  o’qlarini 
burganda  kuchlanish  tenzori  komponentalarini  almashtirish.  Bosh  kuchlanishlar. 
Kuchlanish tenzori invariantlari. Kuchlanishlar diviatori va sharsimon tenzori. 
2-maruza.(2-soat):  Kuchlanishlar  sirti.  Kuchlanishlar  ellipsoidi.  Mor  doiraviy 
diagrammasi.  Bosh  urinma  kuchlanishlar.  Bosh    kuchlanishlarni  hisoblash 
formulalari. Ikki o’qli kuchlanganlik holati. 
3-maruza.(2-soat): 
Deformatsiya 
nazariyasi. 
Ko’chish 
vektori. 
Jismning 
deformatsiyalangan  holati.  Deformatsiyaning  chiziqlimas  tenzori  va  kichik 
burilish  tenzori.  Deformatsiya  tenori  komponentalarining  geometrik  ma’nosi. 
Kichik deformatsiya tenzori.  
4-maruza.(2-soat):  Bir  jinsli  deformatsiya.  Bosh  deformatsiyalar.  Deformatsiya 
tenzori  invariantlari.  Deformatsiyaning  sharsimon  tenzori  va  deviatori. 
Deformatsiya  ellipsoidi.  Chezaro  formulasi.  Deformatsiyalarning  uzviylik 
tenglamalari.  Ko’chishlarni  nisbiy  ko’chish  tenzori  komponentalari  orqali 
aniqlash.  
5-maruza.(2-soat):  Kuchlanishlar  va  deformatsiyalar  orasidagi  bog’lanishlar. 
Deformasiyalanish 
termodinamikasi. 
Elastik 
potensial. 
Deformatsiuaning 
qoshimcha ishi.umumlashgan Guk qonuni.  
6-maruza.(2-soat):  Elastik  simmetriya  turlari.  Bir  jinsli  izotrop  jism  uchun 
umumlashgan  Guk  qonuni.  Izotrop  jismning  texnik  o’zgarmaslari.  Klapeyron, 
Kastilyano va Betti formulalari. 
7-maruza.(2-soat):  Elastiklik  nazariyasining  asosiy  tenglamalari.  Elastiklik 
nazariyasining  asosiy  masalalari.  Lame  tenglamalari.  Lame  tenglamalarini 
qanoatlantiruvchi  ko’chish  vektorini  Papkovich-Neyber  shaklida  tasvirlash. 
Beltrami-Mitchell tenglamalari. 
          4.3. Amaliy mashg’ulotlari mazmuni. 16 soat 
 
№  Amaliy 
mashg’ulotlari 
mavzusi 
Amaliy 
mashg’ulotlari maqsadi 
Kutiladigan natija 
 soat 
1.  Kuchlanishlar nazariyasi 
oid masalalar. 
Masala 
yechishga 
ko’nikma hosil qilish 
Masala 
yechishni 
o’rganish 

2.  Deformatsiya 
nazariyaga 
oid masalalar. 
Masala 
yechishga 
ko’nikma hosil qilish  
Masala 
yechishni 
o’rganish 

3.  Elastiklik  nazariyasi  sodda 
masalalari. 
Olingan  yechimlar  asosida 
mexanik xulosalar qilish  
Olingan 
natjalar 
tadbiqini o’rganish 

4.  Elastiklik 
nazariyasining 
tekis masalasi. 
Tenglamalarni 
hisoblash 
malakalariga ega bo’lish 
Masala 
yechishga 
o’rganish 

5.  Elastiklik 
nazariyasining 
qutib 
koordinatalaridagi 
tekis masalasi. 
 Hisoblash 
modellarini 
tuzish,  va  tenglamalarni 
hisoblash malakalariga ega 
bo’lish 
Masalani  qo’yilishini 
o’ganish 

6.  Asosiy 
tenglamalarning 
silindrik 
va 
sferik 
koordinatalardagi 
Hisoblash 
modellarini 
tuzish,  va  tenglamalarni 
hisoblashga o’rgatish 
Hisoblash  modellarini 
tuzish,  va  hisoblash 
natijalar olish 


 
5
masalalari. 
 
JAMI: 
 
 
16 
 
5.  Kurs  ishi  (loyixa)  tarkibi,  ularga  qo’yiladigan  talablar.Kurs  (loyixa) 
ishlarga soat ajratilmagan. 
6.  Mustaqil ishlar mavzulari mazmuni  va ularga ajratilgan soatlar 
1-Mustaqil  ish(2soat):  Elastiklik  nazariyasining  sodda  masalalari.  Sodda  masala. 
Sen-Venan printsipi. Elastilik masalalarni yechish metodlari. 
2-Mustaqil ish(2soat): Jismning har tomonlama tekis siqilishi 
3-Mustaqil  ish(2soat):  Prizmatik  brusning  o’qi  bo’ylab,  o’z  og’irligi  ta’sirida, 
cho’zilishlari 
4-Mustaqil  ish(2soat):  Prizmatik  brusning  o’z  og’irligi  va  o’qi  bo’ylab  qo’yilgan 
kuch ta’sirida cho’zilishlari 
5-Mustaqil  ish(2soat):  Elastiklik  nazariyasining  tekis  masalasi.  Tekis  deformatsiya. 
Kuchlanishlar funktsiyasi. 
6-Mustaqil ish(2soat): Tekis kuchlanganlik holat 
7-Mustaqil ish(2soat): Tekis masalani ko’phalar yordamida yechish. 
8-Mustaqil ish(2soat): Uchburchaksimon to’g’onlarni hisoblash. 
9-Mustaqil ish(2soat): Konsol balkaning uchiga qo’yilgan kuch ta’sirida egilishi. 
10-Mustaqil  ish(2soat):  Ikki  tayanchli  balkaning  tekis  taqsimlangan  yuk  ta’sirida 
egilshi. 
11-Mustaqil  ish(2soat):  Elastiklik  nazariyasining  qutb  koordinatalardagi  tekis 
masalasi.  Qutib  koordinatalardagi  tekis  masalaning  asosiy  tenglamalari.  Uchiga 
to’plangan kuch yuklangan pona. 
12-Mustaqil ish(2soat): Doiraviy teshikli plastinkaning cho’zilishi (Kirch masalasi).  
13-Mustaqil  ish(2soat):  To’plangan  kuchning  yarim  tekislikka  ta’siri  (Flaman 
masalasi). 
14-Mustaqil  ish(2soat):  Ichki  va  tashqi  tekis  bosimlar    ta’siri  ostidagi  qalin  devorli 
quvir (Lame masalasi). 
15-Mustaqil  ish(2soat):  Elastiklik  nazariyasining  variatsion  printsiplari.  Rits-
Timoshenko, Bubnov-Galiorkin usullari 
  
7. Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar. (Fanni 
o’qitish shakli, texnologiyasi va metodlari keltiriladi). 
7.1. Nazariy mashg’ulotlarga tayyorgarlik. 
Bu  jarayonga  tayyorgarlik  ko’rishda  faqatgina  ma’ruza  materiallari  bilan 
cheklanib qolmasdan, balki bir necha uslubiy qo’llanma va darsliklardan foydalanish 
lozim.  Bu  bir  tomondan  dars  hajmining  kamligi  sababli  ma’ruza  darslarida 
yetkazishning  imkoni  bo’lmagan  mavzularni  to’ldirishga,  ikkinchi  tomondan  esa 
chuqur  bilim  olish  va  masalalarni  yechish  ko’nikmalarni  shakllantirishga  yordam 
beradi. Bu o’z navbatida talabaning mustaqil bilim olishini, adabiyotlar bilan ishlash 
ko’nikmalarini shakllantiradi.  
7.2.  Amaliy,  laboratoriya,  seminar  va  mustaqil  ish  mashg’ulotlarga 
tayyorgarlik.  

 
6
Talabaning  nazariy  ma’lumotlarni  va  umumiy  fanni  o’zlashtirish darajasi  uning 
amaliy masalalarni, seminar mashg’uloti materiallarini bajarishi, masalalarni mustaqil 
yecha  olishi,  uy  vazifalarini  bajara  olishi  darajasi  va  samaradorligi  bilan  aniqlanadi. 
Darsdan tashqari mustaqil ish va uy vazifasi sifatida talabaga o’rtacha qiyinlikdagi va 
uslubiy  manbalardan  foydalangan  holda  yechish  mumkin bo’lgan  masalalarni berish 
maqsadga  muvofiq.  Bunda  o’tilgan  nazariy  ma’lumotlar  va  masalalar  yechishning 
maxsus  uslublaridan  foydalanilishiga  e’tibor  berish  kerak.  Shunday  qilib,  talabaning 
fanga  kiruvchi  har  xil  bo’limlariga  oid  masala-larni  nazariy  ma’lumotlarga  tayanib 
yechishga  o’rgatiladi.  Bu  jarayonda  quyi-dagi  uslubiy  xarakterga  ega  qoidalarni 
e’tiborga olish maqsadga muvofiq: 
  masalaning  qo’yilishini  qisqacha  yozish,  bunda  berilgan  ma’lumotlarning 
hammasini SI birliklar sitemasiga o’tkazish, lozim bo’lganda ba’zi spravochnik 
o’zgarmaslarini kiritish; 
  masalani  yechish  jarayonida  qo’llaniladigan  barcha  zaruriy  qonuniyatlarni 
o’zida  aks  ettiruvchi  noma’lum  miqdorlarni  izlashning  mantiqiy  yo’llarini 
topgan holda masalani tahlil qilish; 
  masala shartining grafik tasvirini (eskizini) chiza bilish; 
  masalani yechishning ketma-ketligini izohlashlar bilan bajara olish; 
  o’lchamlarni  tekshira  olish,  berilgan  ma’lumotlardan  to’la  foydalana  olish, 
yechimning ishonchliligini baholay olish; 
  masalaning yechimini yetarlicha aniqlik bilan hisoblay bilish; 
  olingan  sonli  natijalarning  mantiqiy  maqsadini  baholay  bilish  va  ulardan 
zaruriy mexanik xulosalar chiqara bilish. 
Talabaning  amaliyot  darslaridagi  topshiriqlarni,  uy  vazifalarini  va  mustaqil  ish 
topshiriqlarini  bajarishini  nazorat  qilish  va  baholashning  quyidagi  uslubiga  e’tiborni 
qaratish maqsadga muvofiq: 
  uy vazifalarini tekshirish; 
  nazorat topshiriqlarini bajarishini tekshirish; 
  dars davomida o’zlashtirishini nazorat qilish; 
  mustaqil ish topshiriqlari himoyasi. 
Amaliyot  mashg’uloti  topshirig’ini  bajarishdan  kutiladigan  natijalar:  mavzu 
yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash; amaliy masalalarni yechishda 
nazariy tushunchalardan foydalana bilish; masalani yechishning to’g’ri usulini tanlay 
bilish;  masalani  mustaqil  yechish  ko’nikmasini  hosil  qilish;  masalaning  yechimini 
mustaqil tahlil qila bilish. 
Laboratoriya mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladigan natijalar: mavzu 
yuzasidan  bilimlarni  tizimlashtirish  va  mustahkamlash;  laboratoriya  mashg’uloti 
topshirig’ini  bajarishda  nazariy  tushunchalardan  foydalana  bilish;  topshiriqni 
bajarishning  to’g’ri  usuli  va  ketma-ketligini  tanlay  bilish;  topshiriqni  mustaqil 
bajarish  va  uni  amaliyotga  qo’llay  bilish  ko’nikmasini  hosil  qilish;  topshiriqning 
yechimini mustaqil tahlil qila bilish. 
Seminar  mashg’uloti  va  mustaqil  ish  topshirig’ini  bajarishdan  kutiladigan 
natijalar:  mavzuga  oid  qo’shimcha  materiallarni  axborot  manbalari  (kutubxona, 
internet tarmog’i,  vaqtli  matbuot  va  hokazo) dan topish, konspektlashtirish  va  ularni 

 
7
o’rganish;  mavzu  yuzasidan  matn  bilan  ishlash,  bilimlarni  tizimlashtirish  va 
mustahkamlash;  fikrlar  ketma-ketligini  tanlay  bilish;  o’z  ustida  malakaviy  ishlashni 
o’rganib  borish;  nutqni  rivojlantirish  va  eslab  qolish  qobiliyatini  kuchaytirish;  o’z 
fikri  va  guruh  fikrini tahlil qilib, bir  yechimga kelib,  yakuniy  xulosani bayon  qilish; 
mavzuni hayotiy voqyealar bilan bog’lash; mustaqil tahlil va xulosalar chiqara bilish; 
pedagogik mahoratni shakllantirib borish. 
7.3. Mustaqil ish turlari
  takrorlash  va  mashq  qilish:  takrorlash;  tahlil  qilish;  qayta  ishlash; 
mustahkamlash; chuqurlashtirish; eslab qolish; ko’nikma hosil qilish; malakani 
shakllantirish; 
  yangi  bilimlarni  mustaqil  o’zlashtirish:  yangi  mavzular;  axborot  manbaini 
izlab topish va konspektlashtirish; mustaqil fikrlar tuzish; 
  ijodiy  xarakterdagi  ishlar:  muammoli  vaziyatlarni  aniqlash;  test  va  topshiriq 
tuzish; slaydlar tayyorlash; mustaqil qaror qabul qilish; yangi usullar yaratishga 
intilish. 
7.4. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda foydalanadigan vositalar: 
  nazariy  mashg’ulotlarda  foydalanadigan  vositalar  (darslik;  o’quv  qo’l-lanma; 
masala va mashq to’plami; diapzaitivlar; lug’atlar; masalalar to’p-lami; magnit 
yozuv; video yozuv; o’rgatuvchi dasturlar; multimedia va x.z.); 
  amaliy mashg’ulotlarda foydalaniladigan vositalar (yo’riqnoma to’plami; tabiiy 
o’qitish  vositalari;  xarakatlanuvchi  modellar;  o’quv  plakatlari;  trenajerlar; 
yo’riqnoma  texnalogik  kartalar;  trasparant-lar;  modellar;  elektron  kitoblar; 
maketlar va x.z.) 
7.5. Referat yozish bo’yicha qisqacha ko’rsatmalar: 
  Referat  tayyorlashda  hal  etilishi  nazarda  tutiladigan  vazifalar:  o’quv 
predmetning  dolzarb  nazariy  masalalari  bo’yicha  bilimlarni  chuqurlashtirish, 
talaba  tomonidan  mavzuga  oid  olingan  nazariy  bilimlarni  ijodiy  qo’llash 
ko’nikmalarini  hosil  qilish;  tanlangan  kasbiy  sohada  mavjud  mahalliy  va 
xorijiy  tajribalarni  mavjud  sharoitlarda  ularni  amaliy  jihatdan  qo’llash 
imkoniyatlari va muammolarni o’zlashtirish; tanlangan mavzu bo’yicha har xil 
manbalarni  (monografiyalar,  davriy  nashrlardagi  ilmiy  maqolalar  va  shu 
kabilar)  o’rganish  qobiliyatini  takomillashtirish  va  ularning  natijalari  asosida 
tanqidiy  yondashgan  tarzda  mustaqil  holda  materialni  ifoda  etish,  ishonchli 
xulosa  va  takliflar  qilish;  yozma  ko’rinishdagi  ishlarni  to’g’ri  rasmiylashtirish 
ko’nikmalarini rivojlantirish. 
  Referat  ustida  ishlash  tartibi:  mavzuni  tanlash;  mavzu  bo’yicha  asosiy 
manbalarni o’rganish; zaruriy materiallarni konspektlashtirish; tadqiqot rejasini 
tuzish;  yig’ilgan  materiallarni  tartibga  solish  va  yozish;  foydalanilgan 
adabiyotlar ro’yxatini rasmiylashtirish; referatni rasmiylashtirish. 
  Referatni  rasmiylashtirish  tartibi:  A4  shakldagi  qog’ozga  12-shrift,  1,5 
interval, qog’ozning bir tomonida chapdan – 2,5 sm, o’ngdan – 1,5 sm, yuqori 

 
8
va pastdan – 2 sm xoshiya qoldiriladi; matn sahifalariga tartib raqami beriladi, 
1-titul varag’i, 2-reja, 3-betdan boshlab sahifalanadi; 
referat hajmi 20-25 betdan oshmasligi lozim. 
  Referat  matnini  rasmiylashtirish  tartibi:  titul  varag’i;  ish  rejasi;  kirish;  asosiy 
qism  (kamida  3  ta  banddan  iborat  bo’lishi  lozim);  xulosa;  foydalanilgan 
adabiyotlar ro’yxati; ilova (jadval, diagramma, grafik, rasm, sxema va hokazo). 
7.6.  Ta’lim  umumiy  shakllari:  jamoaviy,  guruh  bo’lib,  yakka  tartibda  (frontal, 
zveno, individual). 
7.7. Ta’lim usullari:  
  an’anaviy  usullar  (og’zaki,  amaliy,  ko’rgazmali,  kitob  bilan  ishlash,  video  va 
audio usullar);  
  aniq  maqsadli  usullar  (bilimlarni  egallash;  malaka  va  ko’nikmalarni 
shakllantirish;  bilimlarni  qo’llash;  ijodiy  faoliyat;  mustahkamlash;  bilim, 
malaka va ko’nikmalarni tekshirish); 
  idrok etish-bilish faoliyati xarakteriga ko’ra usullar (tushuntirish – illyustrativ 
(axborot  –  reseptiv);  reproduktiv;  muammonli  bayon  qilish;  qisman  ijodiy 
(evristik); tadqiqiy); 
  didaktik  maqsadli  yo’naltirilgan  usullar  (ilk  bor  bilimlarni  o’zlash-tirish; 
egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish). 
7.8.  Yangi  pedagogik  va  innovasion  texnologiyalar  uslublari:  «Ma’ruza», 
«Tanishuv», «Tushunchalar tahlili», va hokazo.  
7.9. Ta’lim vositalari: 
  matnli vositalar (o’quv dastur; darslik; o’quv qo’llanma; elektron darsliklar va 
qo’llanmalar; uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar; tarqatma materiallar; imtihon 
va nazorat variantlari; testlar va hokazo); 
  tasvirli  vositalar  (fotosuratlar;  eskiz;  chizma;  sxema;  ramziy  tasvir;  reja 
jadvallar; simvollar; diagrammalar; grafiklar; slaydlar va hokazo); 
  audio-video  vositalar  (videofilmlar;  kompakt  disklar;  audio  va  video 
kassetalar;  tasvir  va  matnni  yozish  va  saqlash;  doskalar  (oq  doska,  flipchart 
doska, pinbord doska); videomagnitafon; kamera; kompyuter va hokazo); 
  modelli  vositalar  (asbob-uskunalar;  stanoklar;  yarim  tayyor  va  tayyor 
mahsulotlar). 
7.10.  Didaktik  tamoyillar  tizimi:  ilmiylik,  qulaylik,  izchillik,  uzviylik, 
nazariyaning  amaliyot  bilan  bog’liqligi,  onglilik,  faollik  va  mustaqillik, 
ko’rgazmalilik,  mustahkamlik,  guruh  qilib  o’qitish  hamda  unda  individual 
yondashishni  qo’shib  olib  borish,  o’qitishning  tarbiyalovchi,  rivojlantiruvchi  va 
takomillashtiruvchi xarakteri, o’qitishning kasbiy yo’naltirilganligi.  
7.11.  Ta’limda  o’quv-tarbiyaviy  jarayonni  tashkil  etish  shakllari:  dars,  fan, 
texnika to’garaklari, o’quvchilar ilmiy uyushmalari, sayohatlar.
 
7.12. Tarbiya  usullari:  ishontirish;  ijobiy  namuna;  mashq qilish; talablar;  xulqi 
ustidan nazorat; faoliyatning boshqa ko’rinishlariga o’tish. 

 
9
7.13. Dars turlari:  
  an’anaviy 
(yoki 
standart, 
uning 
tuzilishi: 
so’rash, 
tushuntirish, 
mustahkamlash, uyga vazifa berish),  
  zamonaviy  (uning  tuzilishi:  didaktik  (asosiy),  mantiqiy  -  psixologik, 
motivlangan va uslubiy);  
  noan’anaviy (yoki nostandart), uning turlari:  
o
  muammoli;  
o
  texnologik;  
7.14.  Dars  ko’rinishlari:  ma’ruza,  seminar  va  amaliy  mashg’ulotlar,  labo-
ratoriya  mashg’ulotlari,  o’quv  anjumanlari,  o’quv-seminar,  suhbat,  kinodars, 
kompyuter  mashg’ulotlari,  mashqlar,  maslahatlar,  ekskursiya,  ekspedisiya,  o’quv 
ishlab  chiqarish  va  pedagogik  amaliyoti,  kurs,  loyiha  va  bitiruv  malakaviy  ishlari, 
talabalarning mustaqil tahsili va hokazo. 
7.15. Darsning asosiy tarkibiy elementlaritashkiliy qism; uyga berilgan yozma 
vazifalarni  tekshirish;  talabalar  bilimini  og’zaki  tekshirish  (yoki  so’rash);  yangi 
materiallarni  tushuntirish;  yangi  materiallarni  mustahkamlash;  uyga  vazifa  berish; 
darsni uyushqoqlik bilan yakunlash. 
7.16.  Dars  tahlilining  asosiy  tarkibiy  qismlari:  o’qituvchining  darsga 
tayyorgarlik  darajasi,  darsning  maqsad  va  vazifalari,  tashkiliy  ishlar,  didaktik, 
uslubiy,  metodologik,  psixologik,  pedagogik,  o’quvchilar  bilan  hamkorlikda  ishlash 
va yakuniy tahlillar. 
7.17.  Darsga  kirgan  o’qituvchining  qo’lida  bo’lishi  lozim:  guruh  jurnali,  fan 
o’quv  dasturi,  kalendar-mavzu  rejasi,  dars  texnologik  xaritasi,  o’quv-uslubiy 
materiallar. 
7.18.  O’qituvchining  darsga  kirishdan  oldin  o’ziga  qo’yadigan  savoli:  nega, 
nimani va qanday o’qitaman? 
8.Taqvim mavzuiy reja.  
№ 
Mav
zu
  
A
jr
at
il
g
an 
soa

D
ar

tur

F
anl
ar
ar
o
 v

fan
 
ic
h
idagi
 bo
g’l
iql
ik
 
T
a’l
im
 m
et
o
dl
ar

T
a’l
im
 v
os
it
al
ar

F
oy
d
al
an
il
g
an 
adabi
yot
lar
 r
o’
yx
a
ti
 
Mus
taqi

is

tops
hi
ri
ql
ar










1. 
1-M 

Ma’ruza 
Nazariy mexanika,TMM,materiallar 
qarshiligi 
Ana’naviy 
Matnli 
tasvirli 
[1] § 1.1 – 2.9 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling