Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati Axborot –kutubxona markazi Ilmiy –uslubiyat bo„limi
Download 194.81 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher Navoiy
- “Onalarni madx etaylik”
- Axror
- “Sen baribir muqqaddasan ayol ”
- Lobar
- Ilmiy uslubiyat bo„limi tomonidan tayyorlandi.
Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati Axborot –kutubxona markazi Ilmiy –uslubiyat bo„limi 8 mart Xalqaro xotin qizlar kuniga bag‟ishlangan “Onalarni madx etaylik” mavzusida uslubiy qo„llanma Guliston – 2018 yil Kirish.
Onalarning oyog‗i ostitadur
Ravzai, jannatu jinon bog‗i,
Ravza bog‗i visolini istar ersang,
Bo‗l onang oyog‗in tufrog‗i. Alisher Navoiy
Yurtimizda yangilanish va yasharish fasli – bahor nafasi urishi bilan, ayollar har qachongidanda ko‗proq qadrlana boshlaydi. Xalqaro miqyosdagi keng nishonlanadigan xotin- qizlar kuni yurtimizning har bir go‗shasida, muassasa va tashkilotlarda, mahalla va xonadonlarda o‗z aksini ko‗rsatadi.
Faxr bilan aytish mumkinki, ayni mustaqillik yillaridagina xotin-qizlarga ehtirom ko‗rsatish, g‗amxo‗rlik qilish davlat siyosati darajasiga ko‗tarildi. Uning jamiyat va oiladagi o‗rnini mustahkamlash, ijtimoiy hayotdagi faolligini kuchaytirish borasida berilayotgan e‘tibor tufayli bugun yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‗shish maqsadida dadil odimlayotgan ayollar safi tobora kengaymoqda.
Sharqda azaldan ayol zotiga ehtirom ko‗rsatilgan. Mustaqillik yillarida Prezidentimiz bu hurmat va ehtirom darajasini yangi bosqichlarga ko‗tardilar. Mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‗llab-quvvatlash, ularning siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, ma‘naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, oilaning moddiy ahvolini yaxshilash, tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish, sog‗lom oilani shakllantirish uchun yaratilgan zarur shart-sharoitlarning barchasida ayolga, uning oilasi va farzandlariga alohida mehr, e‘tibor mavjud. Davlatimiz rahbari qayd etganidek, "Qachon ayol hayotdan rozi bo‗ladi? Qachonki, oilasi tinch, ro‗zg‗ori farovon bo‗lsa, ertangi kundan ko‗ngli to‗q bo‗lsa‖.
Ayollarga bo‗lgan yuksak e‘tibor va g‗amxo‗rlikning amaliy isboti sifatida xotin- qizlarning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish, ular manfaatini himoya qilishga qaratilgan 80 dan ortiq milliy va xalqaro xujjatlar qabul qilinganligini alohida ta‘kidlash joiz. Oila, Ayollar, Sog‗lom avlod, Ona va bola, Barkamol avlod, Obod turmush hamda Sog‗lom bola yillari munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturlari, Prezident Farmon va Qarorlari zamirida ham xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, ularga keng shart-sharoit yaratib berish maqsadi mujassam.
Oila o‗z nomi, maqomi bilan millat kelajagini belgilab beradigan, bir so‗z bilan aytadigan bo‗lsak, o‗lmas qadriyatlarni avloddan avlodga meros qilib qoldiruvchi ulkan beshikdir. Jamiyat esa ana shu muqaddas qo‗rg‗on ustuni, ya‘ni an‘anaviy va qonuniy asosini belgilab beruvchi mustahkam himoya qal‘asidir. Demak, saodatli, tinchlik va farovonlik barqaror bo‗lgan yurtning ayollari, onalari ham baxtlidir, desak arziydi. 8 mart bayramini kelib chiqish tarixi Bugun dunyoning aksariyat mamlakatlarida 8 mart — xalqaro xotin-qizlar kuni keng miqyosda nishonlandi. Chunonchi, O‗zbekistonda ham. Umuman, tarixchilarning aytishicha, aynan 8 mart kuni ushbu bayramning nishonlanishida o‗ziga xos ma‘no bor. Gap shundaki, 1857 yili ilk marotaba 8 mart kuni ―Kostryul marshi‖ bo‗lib o‗tgan. O‗shanda bir guruh nyu-yorklik tikuvchilar teng mehnat sharoitlarini yaratish hamda oylik maoshni oshirishni talab qilib ko‗chaga chiqishadi. O‗sha paytlardagi vaziyatni ko‗z oldingizga keltirish uchun shuni aytish mumkinki, ayollar kuniga 16 soat ishlar, erkaklarga nisbatan uch barobar kam maosh olar edi. U davrlarda ayol va erkaklarning siyosiy tengligi haqida gap ketmas edi. Oradan 50 yil o‗tib, Nyu- York sotsial-demokratik partiyasi undovi bilan 1908 yil 8 mart kuni ayollar tengligi bo‗yicha miting bo‗lib o‗tdi. O‗shanda 1500 nafar ayol butun shaharni aylanib, ish vaqtini qiqartirish, erkaklar bilan teng oylik tayinlash masalasini ilgari surishgan. Bu miting bundan yarim asr avvalgi mitingga juda yaqin bo‗lsa-da, unda ilk bor ayollarning saylov va saylanish huquqi masalasi ko‗tariladi. 1909 yili AQSH sotsialistik partiyasi fevral oyining oxirgi yakshanbasini milliy ayollar kuni sifatida e‘lon qildi. Bu sana 1913 yilga qadar umummilliy mitinglar bilan keng nishonlanar edi. XX asrning boshlariga kelib Evropada ham ayollar harakati ancha jonlandi. Chunonchi, 1907 yilda Klara Setkin boshchiligida Xalqaro ayollar kotibiyati tuzilib, Roza Lyuksemburgning «Glayxayt» jurnali butun ayollar jurnali, deb e‘lon qilinadi. O‗sha yilning 27 avgust kuni Kopengagenda ikkinchi xalqaro sotsialistik ayollar konferensiyasi bo‗lib o‗tdi. Aynan o‗sha majlisda Klara Setkin xalqaro ayollar kuniga asos solish kerakligini taklif qiladi. Ammo bu kunning maqsadi bayram emas, balki ayollar marshlari, mitinglari va namoyishlari bo‗lib xizmat qilishi kerak edi. Aynan «kostryul marshi» sharafiga 8 mart sanasi taklif qilinadi. Ilk marta 1911 yilda 19 mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni Germaniya, Avstriya, Daniya va Shveysariyada keng nishonlanadi. Chunki 1848 yili 19 mart kuni Prussiya qiroli ayollar huquqiga doir islohotlarni va‘da qilgan edi. Aksariyat mamlakatlarda ushbu sana bilan bog‗liq tadbirlar turli kunlarda o‗tkazilar edi. Ammo 1914 yili 8 mart kuni xalqaro ayollar kuni sifatida qayd etiladi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni bayram va dam olish kuni sifatida ilk marotaba 1965 yili sobiq Ittifoqda joriy etiladi. O‗shandan beri bu ayyom siyosiy tus olib, nafaqat ayollar huquqlarini ta‘minlash, balki ayollarni qadrlash kuni sifatida ham tarixga kirdi. Bugungi kunda Armaniston, Afg‗oniston, Belorus, Burkina Faso, Ozarboyjon, Vetnam, Gvineya-Bisau, Gruziya, Zambiya, Qozog‗iston, Kambodjo, Qirg‗iziston, Kiribati, Xitoy, Kosta- Rika, Kuba, Laos, Madagaskar, Moldova, Mongoliya, Nepal, Rossiya, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Uganda, O‗zbekiston, Ukraina, Xorvatiya, CHernogoriya, Eritriya, Latviyada xalqaro xotin- qizlar kuni rasman nishonlanadi.
Axror: Har salomning salmog‗i alik bilan o‗lchanur
CHiroqning jilmayishi pilik bilan o‗lchanur. Kulib tursa toleing dilbarlikdan dil yonur Assalomu alaykum, yongan dillar xush ko‗rdik.
Tunni qora demasdan mohtob so‗rab yashaylik. Keling ko‗ngil ko‗zini nurga o‗rab yashaylik,
Assalomu alaykum, yorug‗ kunlar xush ko‗rdik. Axror: Ayol borki, olam munavvar.
8-mart dunyoda eng ulug‗ zot bo‗lgan onajonlarning bayramidir. Lobar: Biz sizlarni shu qutlug‗ ayyom 8-mart bayrami bilan muborakbod etib, sizlarga gulzordagi turfa gullarni, chin dildan dilrabo kuy qo‗shiq va raqslarimizni armug‗on etamiz.
Saxnada o‗quvchilarning onalarining rasmlari qo‗yilgan slayd ko‗rsatiladi va SHerali Juraevning “Sen baribir muqqaddasan ayol ” qo‗shig‗i kuylanadi.
Aziz onajonlar sizlarni sinfimiz yigitlari tomonidan tayyorlangan “Onalarni madx etaylik” deb nomlangan bayram bellashuvini ko‗rishga taklif etamiz.
Lobar: Endi davraga onalarimizni madx etish uchun ishtirok etuvchi sinfimizning sultonlarini chaqiramiz.
(boshlovchi har bir ishtirokchini she‘r orqali tanishtiradi.) Axror: Abduraximov Toshtemir
Qoqilsa qaytib turar, Hur qo‗shiq aytibturar.
Quyoshdek balqib yurar, So‗zlasang kulib turar.
Toqqa chiqsa tog‗ bo‗ladi,
Toshda ungan bog‗ bo‗ladi. Ko‗rib ko‗ngil chog‗ bo‗ladi,
Bizning Komron bek bo‗ladi. Axror: Karimov Samandar
Samandarning hamyonida tursa puli Ming bitta qiz qarshilaydi kulib uni
Taqdir ekan pul bo‗lmasa hamyonida Yo‗llamaydi biror qiz hech yoninga
Qobog‗ida qori yo‗q, Nomardlarga zori yo‗q.
Iymoni but, ori cho‗g‗, Shukrullaning o‗zi sho‗x.
O‗tkazsa ham bir kunin uyda qola, Lek,hech kimga qilmaydi u ohu nola.
Xayollari opasidan pul undirish, Allaqachon unitilgan sut uydirish. Lobar: Yusanov Voxidjon
Ko‗k yuzida pardadek, To‗kilmagan zardadek.
Turar burda-burdadek, Bizning Voxid surmadek. Axror: Yigitlarga she‘rlar aytib,
Balolarga qolmay sizdan. Har misraga o‗nta bayt qo‗shib,
Qasd olmangiz bizdan. Xakamlar xayati bilan tanishtirsak:
1. Tanishtirish
2.
8-Mart tabrigi
3. Onamga sovg‗a
4.
Sport o‗yini
5. Erkin mavzu
(ishtirokchilarimiz o‗zlarini 2 daqiqa ichida tanishtirb chiqadilar). Lobar: ―Baxor valsi‖ raqs
Axror: 2 shartimiz shartimiz 8-Mart tabrigi bunda o‗quvchilar onalariga tabrik so‗z yozadilar. Yozilgan tabrik so‗zning ma‘nosiga, imlo xatosiga va xusnixatiga e‘tibor qilinadi.
Ishtirokchilarimiz shartni bajarib bo‗lganlaridan keyin xakamlar baholaydilar. Lobar: Siz emasmu Navoiyning onasi,
Siz emasmu Amir Temur onasi, Siz emasmu Ulug‗beku, Bobur onasi
Siz barcha barcha ulug‗ zotlar onasi Sizga ta‘zim sizga extirom
Sizga olqish, sizga sharaf-shon!!! Axror: Buyuk alloma Alisher Navoiy onajonlarimiz haqida shunday deydi:
Onalarning oyog‗i ostitadur Ravzai, jannatu jinon bog‗i,
Ravza bog‗i visolini istar ersang, Bo‗l onang oyog‗in tufrog‗i.
Sevimli shoirimiz Abdulla Oripov mutafakkir shoir Alisher Navoiyning onasi haqida ajoyib satrlarni bitgan:
Bilmam qanday ayol bo‗lgan Alisherning onasi
Balki uning aqliga ham Lol bo‗lgan zamonasi.
Jismimni qil sadqa ano boshiga. Tun, kuningga aylagali nurposh
Birisi oy ayla, birisin quyosh. A. Navoiy
Quvonsam quvonchim o‗zingsan ona. Tog‗day e‘tiqodim, tongday sururim,
Quyoshday tayanchim o‗zingsan ona. Omon Xalil
Yoshlar o‗tsa boqib xavasda. Qabul etding, onajon tutgan,
She‘rim bo‗lsin sizga guldasta. 5-o„quvchi: Baxorday beg‗ubor inson umrida,
Naqadar azizdir ona degan nom. Shu ikki xijjali so‗zning o‗zida,
Birinchi she‘rimga bergansiz ilxom. Axror: 3 shart “Onamga sovg„a” deb nomlanadi. Bunda o‗quvchilarimiz stol ustida yasharingan sovg‗alarni olishlari uchun berilgan misollarni ishlashlari kerak va onalariga sovg‗ani hadya qilishlari kerak.
tinglaymiz.
Axror: 4 shart. Sport o‗yini. Ishtirokchilarimiz o‗zlarining chaqqonligini ko‗rsatadilar.
O‗quvchilarimizning maxoratlarini hakamlar xayati baholaydilar. Lobar: Aziz onajonlar! Sizlarni, sizni faqat ona vatanga-yu mehribon muallimaga tenglashtirish mumkin. Avvalo, siz ayolsiz, olamni muavvar etuvchi siymosiz!
beshigini tebratadi. Shunday ekan ayollarning jamiyatimizda tutgan o‗rni beqiyosdir. Ayol to‗quvchi, ayol tikuvchi, ayol shifokor, ayol ustoz muallima, ayol olima va nixoyat ayol raxbar. Shu sababdan hozirgi tabriklash navbatini sinf raxbarimizga beramiz.
Xakamlar tomonidan ishtirokchilarimiz hamma shartlar bo‗yicha bachargan ishlari izohlanadilar va ishtirokchilarimiz taqdirlanadilar .
Ko‗z tegmasin, ko‗zlar tegmasin Bizning sultonlar tumorlar taqsin
Ko‗z tegmasin, ko‗zlar tegmasin. Axror:Aziz onajonlar, davramiz qatnashchilari! Sizlarni xalqaro xotin-qizlar bayrami 8-mart bilan yana bir bor tabriklaymiz, sizlarga sihat-salomatlik, o‗qishda, mehnatda, ijodda, shaxsiy hayotda omad tilaymiz.
Shu bilan bayram dasturimiz nihoyasiga etdi, xayr sog‗-salomat bo‗ling.
Adabiyotlar ro„yxati 1. Mahkamova F. Oqila, orasta va faol [Matn] / F. Mahkamova.//Xalq so‘zi.-2017.-4 mart. – 2 b. 2. Ibroximova Q. Bahor bilan boshlangan bayram : [Matn] / Ibrohimova Q.// O‘zbekiston adabiyoti va san‘ati.-№ 10.-1-3 b.-2017. 3. Sobirova N. Baxtimni ichan qal‘adan topdim / N. Sobirova // Ishonch. – 2017. – 7 mart. – 4 b. 4. Ubaydullaeva Z. Ayol – jamiyatni harakatga keltiruvchi qudratli kuch / Z. Ubaydullaeva // O‗zbekiston ovozi. – 2017. – 7 mart. – 3 b. 5.
www.fikr.uz
6. www.adabiyot.uz
7. www.bekajon.uz
Ilmiy uslubiyat bo„limi tomonidan tayyorlandi.
Katalog: files -> norm-docs files -> МҲобт коди Маъмурий-ҳудудий объектнинг номи Маркази Маъмурий-ҳудудий объектнинг files -> Specific Support Action report research landscape in Central Asia files -> Driving the Best Science to Meet Global Health Challenge s norm-docs -> Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati Axborot –kutubxona markazi Ilmiy –uslubiyat bo‘limi norm-docs -> Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati Axborot –kutubxona markazi Ilmiy –uslubiyat bo„limi norm-docs -> Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati Axborot-kutubxona markazi Ilmiy –uslubiyat bo‘limi norm-docs -> Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati Axborot-kutubxona markazi Ilmiy –uslubiyat bo‘limi norm-docs -> Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati Axborot-kutubxona markazi Ilmiy-uslubiyat bo„limi norm-docs -> Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati Axborot –kutubxona markazi Ilmiy –uslubiyat bo„limi Download 194.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling