Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti


“Qo‘sh ismli” ishqiy yo‘nalishidagi dostonlarning vazn xususiyatlari


Download 1.13 Mb.
bet14/22
Sana23.06.2022
Hajmi1.13 Mb.
#773081
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Ruzmetov.BMI
mustaqil davlatlar hamdostligi mamlakatlari zamonavij bosqichdagi ntegratsion hamkorligining xususiyatlari, strategiya referat, yanvar sentabr 2019 invest pressreliz uz, moliyaviyhisob2 uzl 4fc67, GO'ST SAVOLLARI, GO'ST SAVOLLARI, elektr mus ish boshi, 839-XII-сон 06.05.1993. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida, Mehnatni tashkil etish - Vikipediya (1), 1-mustaqil ish, 1-mustaqil ish, 1-mustaqil ish, SELF STUDY 1, Kurs ishi mavzulari, 1 theme
2.3.“Qo‘sh ismli” ishqiy yo‘nalishidagi dostonlarning vazn xususiyatlari
Azaldan ishq mavzusi oshiq-mashuq va ag‘yor orasida tarannum etib kelingan. Navoiyning yozishicha, ishq – azaliy hodisa, u “ruh mayi” bilan jismga kirib ketadi va uni mast etadi. Ishq-Ruh olamining go‘zalligi, husn-u jamoli hadsiz-chegarasiz. Ishq bulbuli bu go‘zallikni ko‘rib, olamga g‘ulg‘ula soladi. Inson jismiga taralgan ishq shu’lasi ana shu Mutlaq Go‘zallik olamidan ingan nurdir. Bu nur butun borliqni qamrab olgan “jahon mulki”ga aylangan, ya’ni shoir nazarida olamdagi muvozanat, tiriklik va harakatni ta’minlovchi asosiy mohiyat – Ishq qonuniyatidir. Shoir talqiniga ko‘ra, go‘zal chehrani ko‘rib, visoliga havas qilgan odam oshiq emas, oshiqlikni da’vo qilgan kishiga vafo va sadoqat tuyg‘usi begonadir, uning tosh ko‘ngliga ishq o‘ti asar qilmaydi. Nafsoniy istaklarini muhabbat niqobida ko‘rsatmoqchi bo‘lgan odam har qanday jazoga loyiq:
Bu esa oshiq, erur o‘lturguluk,
Boshdin-ayoq jismini kuydurguluk.
Keyingi baytlarda haqiqiy oshiqning sifatlari keltiriladi. Unga ko‘ra, haqiqiy oshiqning “ham tili, ham ko‘zi-yu ham ko‘ngli pok”, u o‘zgalar xayolidan begona, ishq yo‘lida hatto o‘zlikdan ham voz kechgan dardkash inson36:
Oshiq ani bilki, erur dardnok,
Ham tili, ham ko‘zi-yu ham ko‘ngli pok.
O‘zlugidin ishq ani pok etib,
Balki fano o‘tig‘a xoshok etib.
Ishqiy mavzuda bitilgan dostonlarda ishqi ilohiy majoz vositasida hamda avom ishqi yigit va qiz muhabbati bilan tarannum etga. Turkiy, arabiy va forsiy dostonlarda dastlab xalq og‘zaki ijodi sifatida paydo bo‘lib, kitobiy dostonlarga aylangan ishq qissalarining hayotiy protatiplari va ildizlari mavjud bo‘lib aynan ikki yosh, yigit va qiz nomi bilan bog‘liq dostonlar ham mumtoz adabiyotning salmoqli va muhim qismini egallaydi. Bunga misol tariqasida fors shoiri Faxriddin Gurgoniyning “Vis va Romin”, Sayfi Saroiyning “Suhayl va Guldursun”, Haydar Xorazmiyning “Gul va Navro‘z”, Muhammad Niyoz NIshotiyning “Husn va Dil” masnaviylarini keltirib o‘tish mumkin.
Yuqorida tilga olganimiz XI asr fors adabiyoti vakili Faxriddin Gurgoniy “Vis va Romin” dostoni bilan mumtoz she’riyatda noma janrini boshlab berdi. Dostonda Vis Rominga jo‘natgan o‘nta noma keltirilgan bo‘lib, Faxriddin Gurgoniy ularni “Dahnoma” sarlavhasi ostida birlashtiradi37. Tarixchilar Faxriddin Gurganiyning "Vis va Ramin" dostonining yozilish vaqtini 1048 - 1054 yillarda degan xulosaga kelgan. Bu go'zal ishqiy masnaviy qirolicha Vis va qirol akasi Rominning muhabbati haqida bizgacha еtib kelmagan Parfiya qissasi sujetiga asoslangan.38
Xerad dar ruji u xiri bemondi,
V— — — / V— — —/V— —
Nadonesti ke on betro che xonde
V— — — / V— — —/V— —
Doston keyinchalik ishqiy dostonlar uchun asosiy vazn hisoblanmish hazaji musaddasi mahzuf (rukn va taqti’i: V— — — / V— — —/V— —) vaznida yozilgan.
XIV asrning peshqadam shoirlaridan biri, asli Xorazmlik Oltin O‘rda adabiyoting yirik vakili Sayfi Saroydir. Uning tarjimai holi haqida fanda turli farazlar mavjud. Biz shoirning ishqiy mavzuda yozgan, “Yodgornoma” yoki “Suhayl va Guldursun” dostoniga murajaat qilgan holatda shuni ayta olamizki, Sayfi Saroyi Xorazmlik adibdir. U o‘z asarida quyidagilarni keltiradi:
Emas afsona, chin ushbu bitilmish,
V— — — / V— — — / V— —
Bu chin afsonatek ishqda еtilmish…
V— — — / V— — — / V— —
Temur Urganja tortib keldi lashkar,
V— — — / V— — — / V— —
Ko‘rib ko‘z ko‘r, bo‘lib qoldi quloq kar
V— — — / V— — — / V— —
Kelib ko‘nglima Majnun, Layli yod,
V— — — / V— — — / V— —
Dafotir ustina so‘z seli yog‘di.
V— — — / V— — — / V— —
Asar tarixiy haqiqatlarga asoslangan dunyoviy ishq, sevgi va vafodorlik, mardlikni kuylovchi doston hisoblanadi. Ahamiyatlisi shundaki, dastlab arab xalq og‘zaki ijodida vujudga kelgan, keyinchalik yozma adabiyotga ko‘chgan ishqiy mavzudagi “Layli va Majnun” dostoni asar yakunida eslanadi. Biroq asar “Layli va Majnun” vazni hisoblangan hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf (rukn va taqti’i: maf’ulu, mafoilun, fauvlun — —V V—V — V— —) vaznida emas, balki hazaji musaddasi mahzuf (rukn va taqti’i: mafoiylun, mafoiylun, fauvlun V— — —/ V— — —/V— —) vaznida yozilgan.
Haydar Xorazmiy XIV asrning oxiri XV asrning 1-yarmida Xorazmda yashab ijod etgan yirik shoir. Oʻzbek mumtoz adabiyoti namoyandalaridan biri. Hayoti va ijodi haqida maʼlumot Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro", Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois", "Muhokamat ul-lugʻatayn" asarlari hamda oʻzining "Mahzan ul-asror" dostonida berilgan. Davlatshoh Samarqandiy o‘zining “Tazkirat-ush-shu’aro” asarida Haydar Xorazmiy haqida quyidagicha ma’lumot biradi: “Sulton Iskandar hukumronligida fozil kishilardin Mavlono Muhiddin Natanziy va Mavlono Haydarlar bor ekan. Mavlono Haydarning turkiy va forsiy tillarida bitgan yaxshi she’rlari bor va u Nizomiyning “Maxzan-ul-asror”iga turkiy tilida javob yozib, uni shahzoda Iskandar otiga bag‘ishladi”39. Haydar Xorazmiy haqida ma’lumot beruvchi manbalardan biri Navoiyning “Majolis-un-nafois” asaridir. Alisher Navoiy bu kitobining 7- majlisida “Turkiygo‘y Mavlono Haydar” haqida ma’lumot berib, uning “Maxzan-ul-asror”(yoki “Gulshani asror” asaridan qo‘yidagi baytni keltiradi:
Himmat elidur Yadu bayzo degan
Er nafasidur dami Iso digan
Haydar Xorazmiy asosan Xorazmda yashagan va ogʻir hayot kechirgan. Birmuncha vaqt Hirotda temuriylardan Umarshayxning oʻgʻli Sulton Iskandar (XV asr) saroyida yashagan. Turkiy va forsiyda sheʼrlar yozgan, devon tuzgan. Adabiyotshunoslar tomonidan dastlab Lutfiyga tegishli deb aytilgan “Gul va Navro‘z” dostoni muallifi hisoblandi. Bunga dalil sifatida Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining “Muxtasar” deb nomlangan “Aruz risolasi”da va Sultonmuhammad Faxriy, Amiriy Hiraviy “Ravzat us-Salotin” asarida mazkur asar Haydar Xorazmiy qalamiga oid ekanligini qayd etib o‘tilgan Keyinchalik, Shayx Ahmad Taroziyning “Funun-al-Balog‘a” asari ham buni tasdiqladi.
Adabiyot tarixidan bizga ma’lum bo‘lishicha, forsiy va turkiy tillarda uchta “Gul va Navro‘z” dostoni mavjud. Ular esa hijriy VIII (milodiy XIV) asrda yozilgan Jalol Tabib, Xoju Kirmoniyning forscha “Gul va Navro‘z” dostonlari va hijriy IX (milodiy XV) asrning birinchi yarmida biz yuqorida fikr yuritgan Mavlono Haydar Xorazmiyning “Gul va Navro‘z” dostonlaridir. Fors tilida Jalol Tabibdan faqatgina 8 yil so‘ngra fors tilining buyuk shoiri Xoju Kirmoniy o‘zining “Gul va Navro‘z” masnaviy dostonini yozdi. Uning ushbu nomadagi dostoni Jalol Tabibnikidan, ham hajm hamda mazmun va mavzu jihatdan katta farqqa ega. Ushbu dostonlar aruzning hazaji musaddasi mahzuf/maqsur (mafoilun mafoilun fuulan/mafoil) vaznida yozilgan.
Haydar Xorazmiy temuriylardan Umarshayxning o‘g‘li İskandar Mirzo hukumronligi davrida (15-asrning boshlarida) yashab ijod etdi. Bizga qadar Haydar Xorazmiyning Nizomi Ganjaviyning “Maxzanul-asror” dostonidan fayz topib yaratgan axloqiy-ta’limiy “Gulshani Asror” masnavisi hamda 1411-yili yozilgan “Gul va Navro‘z” ishqiy sarguzasht dostoni saqlanib qolgan. “Gul va Navro‘z” ishqiy-qahramonlik dostoninig boshlanish qismida uning Shirozda hukumat qilgan Amir Temur nabirasi İskandar Mirzo nomiga yozilganligi bildiriladi. “Gul va Navro‘z” dostoni hamd va na’t, dostonning yozilish sababi bilan 1307 baytni tashkil etadi. “Gul va Navro‘z” doston aruzning hazaji musaddasi maqsur yo mahzuf bahri (mafoilun mafoilun mafoil/ faulun)da yozilgan.
Tong otquncha ayoq tutmoq, bosh urmoq,
V— — — / V— — —/ V— —
Yuzuk o‘ynamoqu barmoq yoshurmoq
V— — — / V— — —/ V— —
Keyingi davrlarda ishqiy mavzuda yaratilgan adabiyotlar haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, XVIII asrning so‘nggi choragida yaratilgan asli Xorazmlik bo‘lgan yana bir shoir Muhammadniyoz Nishotiy qalamiga mansub an’anaviy dostonlar sirasiga kiruvchi “Husn va Dil” dostoni alohida ahamiyatga ega. Nishotiy salaflarga ergashgan holatda “Xamsa” yozishga ahd qiladi, ammo o‘z dostonida “Xamsa” tarkibidagi barcha xususiyatlarni mujassamlashtiradi. “Husn va Dil” dostoni ishqiy xarakterga ega bo‘lsa-da, asar boshlanmasida shoir uni “Xamsa”ning birinchi dostoniga javob tariqasida yozganligini ta’kidlaydi. Shu sababli doston sari’i musaddasi matviyi makshuf (rukn va taqti’i: muftailun, muftaiun, foilun —VV— — VV— —V—) vaznida yozilgan.
Sunbulu yo sabza-u yo nilufar
VV— — VV— —V—
Zulfi xatu xol erur ul sar-basar
VV— — VV— —V—

Faxriddin Gurgoniyning “Vis va Romin”, Sayfi Saroiyning “Suhayl va Guldursun”, Haydar Xorazmiyning “Gul va Navro‘z”, Muhammad Niyoz NIshotiyning “Husn va Dil” masnaviylarini tahlil qilar ekanmiz an’anaviy hazaji musaddasi mahzuf (rukn va taqti’i: mafoiylun, mafoiylun, fauvlun V— — — / V— — —/ V— —) vaznida yozilganiga guvoh bo‘lamiz. Ushbu vazn har uchala dostonda an’anaviy qo‘llangani hamda Nishotiyga kelib sar’i bahriga o‘zgarganini kuzatdik. Buning asosiy sababi Muhammad Niyoz Nishotiy “Xamsa” yozishni niyat qilib, ayanan birinchi dostonni “Hayrat ul-abror” masnaviysiga javob tariqasida yozganligidir. An’anaviylik faqatgina biz tahlilga tortgan qo’sh ismli dostonlarda Nishotiydagina buzilgan xolos, qolgan barchasida an’anaviylik kasb etadi;




Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling