Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti


“Xusrav va Shirin” yo‘nalishidagi dostonlarda hazaji mahzuf vaznining dostonlar mazmunini ochishdagi o‘rni ………….……………………………43


Download 1.13 Mb.
bet2/22
Sana23.06.2022
Hajmi1.13 Mb.
#773081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Ruzmetov.BMI
mustaqil davlatlar hamdostligi mamlakatlari zamonavij bosqichdagi ntegratsion hamkorligining xususiyatlari, strategiya referat, yanvar sentabr 2019 invest pressreliz uz, moliyaviyhisob2 uzl 4fc67, GO'ST SAVOLLARI, GO'ST SAVOLLARI, elektr mus ish boshi, 839-XII-сон 06.05.1993. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida, Mehnatni tashkil etish - Vikipediya (1), 1-mustaqil ish, 1-mustaqil ish, 1-mustaqil ish, SELF STUDY 1, Kurs ishi mavzulari, 1 theme
3.1. “Xusrav va Shirin” yo‘nalishidagi dostonlarda hazaji mahzuf vaznining dostonlar mazmunini ochishdagi o‘rni ………….……………………………43
3.2. “Layli va Majnun” yo‘nalishidagi dostonlarda she’riy o‘lchov masalasi…51
XULOSA …………………………………………………………………..….56
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………….59 ILOVALAR …………………………………………………………..………64


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Dunyo adabiyotshunosligida badiiy asar qimmatini belgilaydigan vazn, poetik unsurlar va ularning mazmun bilan bog‘liqligi hamda qiyosiy tahlillariga alohida diqqat qaratilmoqda. Natijada, mumtoz adabiyotimizning bugungi kungacha ochilmagan muammoli savollariga javob topish, mumtoz badiiy asarlarimizning sara namunalari orqali o‘sha davr muhiti, ilm-fan rivojini ko‘rsatib beruvchi asarlarni o‘rganishga intilish yanada muhim masalalar qatoridan joy olgan. Shu ma’noda mumtoz adabiyotimizning tarkibiy qismi bo‘lgan she’riy vazn va uning ichki imkoniyatlari bo‘lmish ritmik variatsiyalar, an’anaviylikka aylangan she’riy vaznlar, mumtoz ijodkorlar ijodidagi an’anaviylikdan individuallikka o‘tishdagi o‘ziga xos xarakterli jihatlarini aniqlash, ularning badiiy asar tarkibida qay darajada shakl va mazmun uyg‘unligiga bog‘liqligini o‘rganish bugungi kun she’rshunosligidagi dolzarb muammolardan biridir.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotni xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida keltirilgan quyidagi fikrlar mumtoz adabiyotimiz, uning boy merosini yanada teranroq tahlil qilishga qaratilgan ishlar ko‘lamini belgilashga xizmat qiladi: “… o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotni xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, o‘ylaymanki, katta ahamiyatga ega1”.
Badiiy asar, xususan, she’riy asarlarni mukammal bir tizim sifatida olib o‘rganish – badiiy tafakkur taraqqiyotini, obrazlar silsilasini va ayni paytda, shoirning badiiy-irfoniy olamini anglab еtishda muhim ahamiyatga ega. Shoir dunyoqarashi va badiiy olamini anglash esa uslub, uning tarkibiy qismlari, jumladan, mazmuni, obraz, badiiy san’atlar, kompozitsiya, badiiy metod va boshqa unsurlarga jiddiy e’tiborni talab etadi. O‘zbek mumtoz adabiyoti shakllanish davrlaridan boshlab hayot bilan hamnafas va hamqadam bo‘lib, g‘oyaviy-badiiy taraqqiyotning deyarli barcha bosqichlarda insonning turmushga, jamiyatga, xalq va vatan taqdiriga faol munosabatini ifodalaganligi ma’lum, albatta. Sharqdagi bir qadim adabiyot singari o‘zbek mumtoz adabiyoti ham davr va zamonning ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy-falsafiy talab va ehtiyojlari tufayli tuyg‘u, tushuncha, e’tiqodiy qarashlarning bir qancha tarmoqlarini o‘zida mujassamlashtirgan edi. Badiiy asarlarning vazifasi faqat badiiy usullar emas, balki dunyoni anglash va odamlar bilan muomalada bo‘lish, o‘zlikni anglash va ijtimoiy muomala jarayonida shaxs sifatida o‘z-o‘zini yaratish hamdir. Shu ma’noda ijodkor yaratgan asarlar poetikasini mazmun bilan bog‘liq holda o‘rganish, badiiy vositalarning shoir ifodalamoqchi bo‘lgan fikr va g‘oyaga xizmat qilganligini tadqiq qilish bugungi adabiyotshunoslikning dolzarb masalalardandir. Lotman ta’kidlaganidek, “poetik olam – real borliqning modeli, biroq u ushbu olam bilan favqulodda murakkab tarzda bog‘langan. Poetik matn haqiqatni izlash, atrof-olamni tushuntirish, sharhlash va uning past-balandligidan yaxshi xabardor bo‘lishning juda kuchli dialektik mexanizmidir”2.
Mumtoz adabiyotimiz va mumtoz asarlarimizga berilayotgan bu kabi e’tibor ularning har tamonlama tadqiq qilinishiga doir masalalarni keng ko‘lamda kun tartibiga qo‘yadi. Bu, avvalo, madaniyatimiz, tariximiz, ilm-fan rivojining yuksalishidagi eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, oldimizda turgan bu kabi vazifalar nafaqat hozirgi zamonaviy adabiyotimiz, balki mumtoz adabiyotimizning ham o‘rganilishida asosiy ahamiyat kasb etadi.
Jahon tajriblalari shuni ko‘rsatadiki, she’riyat va she’rni tashkil qiluvchi unsurlar yuzasidan ma’lumotlarni to‘plash, o‘rganish tarixiy jihatdan eng qadimgi davrlarga borib taqalsa-da, lekin ritm, xususan, mumtoz aruz vazni, uning tarkibiy qismlari, mavzu va ritmning o‘zaro aloqadorligi, ularning badiiy asar mazmunini ochib berishdagi o‘rni adabiyotshunoslikda еtarlicha tadqiq etilmagan.
Mumtoz adabiyot namoyondalari ijodini keng qamrovli o‘rganish barobarida ularning asarlari zamon va makon tanlamasligini kuzatamiz. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, har bir davr va unda yaratilayotgan turli mavzudagi badiiy ijod namunalari bir-biridan ozuqa olgan, tadrijiy shakllanib rivoj topgan. Biz buni sujet, obrazlar tizimidagina emas, vaznlardagi an’anaviylikdan individuallikka o‘tik, janrlar rang-barangligida, she’riy unsurlardan foydalanish ko‘lami barobarida anglashimiz mumkin.
Biz yuqorida tilga olgan shakl va mazmun birligi masalasi bo‘yicha o‘rta asrlar sharq mumtoz poetikasida muhim ahamiyatga molik ishlar qilinganligini e’tirof etishimiz joiz. Ilmi aruz va uning mazmun bilan aloqadorligini o‘rganish juda qadim davrlarga borib taqalishi bilan birga bu sohada qalam tebratgan ijodkorlar ham talaygina. Xususan, arab olimlaridan – al-Jahiz, Ibn Qutayba, Salab, Ibn al- Mutazz, Qudama ibn Ja’far, Ibn Tabotaba, Ibn Rashiq, al-Jurjoniy kabilar ish olib borgan bo‘lsalar, fors ijodkorlaridan Umar Rodioniy, Shamsiddin Qays Roziy, Nosiriddin Tusiy, Rashididdin Votvot, Atoulloh Husayniy, Vohid Tabriziylarning ijodlarini misol qilib ketiramiz. Turkiy ijodkorlardan Shayx Ahmad Taroziy, Alisher Navoiy, Zahirrdin Muhammad Bobur, Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat, Abdurauf Fitratning asarlarida keng va atroflicha ma’lumotlar beriladi. XX asr va zamanaviy adabiyotimizda N. Hotamov, B. Sarimsoqov, A.Rustamov, H.Boltaboyev, A.Hojiahmedov, D.Kuronov, B.Rahmonov, D.Yusupovaning tadqiqotlari ahamiyatlidir. Forobiy, Beruniylarning aynan aruzga doir asarlari bo‘lmasa-da, ular ham mazkur ilm yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini ketirib o‘tganligini ilmiy manbalarimiz orqali bilishimiz mumkin.
Ilmi aruz adabiy ilmlar uchligida alohida soha sifatida o‘rganilar ekan, uning nazariy masalalariga doir fikrlar talaygina. Biz esa mazkur bitiruv ishimizni bevosita nazariyaning amaliyotga tatbiqi bo‘lgan – ishqiy mavzudagi dostonlar vazni, uning an’anaviy qo‘llanilishi va buning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga harakat qildik.
Mumtoz adabiyotimizdagi ishqiy mavzuda bitilgan dostonlarda qo‘llanilgan vazn turlari va ularning an’anaviylikka o‘tishi, shuningdek ayrim ijodkorlar ijodida esa individuallikning yaqqol namoyon bo‘lishi, ritmik variatsiyalar, ularning asar matni bilan munosabati kabi qator masalalarni yana bir bor o‘rganishni oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
Turkiy va fors adabiyotga oid ushbu 28 ta dostonni qiyoslar ekanmiz, barchasida ham muallif ifodalamoqchi bo‘lgan g‘oya va maqsadlarni vazn, she’riy unsurlar vositasida nechog‘iq yoritganligini o‘zaro solishtirib ko‘rishga urindik. Shu ma’noda ulardagi qiyoslarning mushtarak va farqli jihatlariga e’tibor qaratish bilan bog‘liq masalalar bugungi kun adabiyotshunosligimizda faqat Alisher Navoiy asarlari nuqtai nazaridan, shuningdek, aynan bir mavzu, ishq mavzusi yuzasidan hali amalga oshirilmagan edi, bu esa bitiruv malakaviy ishimiz mavzusining dolzarbligini bildiradi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling