Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti


Download 1.13 Mb.
bet3/22
Sana23.06.2022
Hajmi1.13 Mb.
#773081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Ruzmetov.BMI
mustaqil davlatlar hamdostligi mamlakatlari zamonavij bosqichdagi ntegratsion hamkorligining xususiyatlari, strategiya referat, yanvar sentabr 2019 invest pressreliz uz, moliyaviyhisob2 uzl 4fc67, GO'ST SAVOLLARI, GO'ST SAVOLLARI, elektr mus ish boshi, 839-XII-сон 06.05.1993. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida, Mehnatni tashkil etish - Vikipediya (1), 1-mustaqil ish, 1-mustaqil ish, 1-mustaqil ish, SELF STUDY 1, Kurs ishi mavzulari, 1 theme
Mavzuning organilish darajasi. Ritmni she’riy nutqning asosi sifatida o‘rganish ancha qadim zamonlarga borib taqaladi. Antik davr adabiyotidayoq ritmga poetikaning asosiy birligi sifatida qaralgan. Arastuning “Poetika” asarida poeziyaning paydo bo‘lishida garmoniya va ritm asosiy manba bo‘lganligiga oid fikrlar keltirilsa, Mark Tulliy Sitseron, Kvint Goratsiy Flakk kabi olimlarning asarlarida she’riy o‘lchovning asar mazmuni bilan bog‘liqligi masalasiga to‘xtalib o‘tilgan. Goratsiyning fikricha, shoirning antik she’r o‘lchovlaridan qay biri hayrat yoki shirin orzular ifodasiga, qay biri esa shiddatli jang-u jadallar tasviriga mos ekanligini farqlay bilish talab etiladi, hamma narsa o‘z o‘rnida bo‘lishi kerak: komediyaga fojiaviy ohang mos bo‘lmaganidek, ulug‘vor narsalarni jo‘ngina, Aruz ilmi va uning asarlarda qo‘llanilish komediyaga xos ohang va she’r bilan kuylash ham mumkin emas3.
Ritmning vujudga kelishi XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu fanning rus she’rshunosligida shakllanishi shoir va olim Andrey Beliy nomi bilan bog‘liq. Beliyning fikricha, “She’riyat va badiiy proza orasida chegara yo‘q, vaznlilik oxir-oqibat metrika-she’riy o‘lchovga yaqinlashadi”4
Ritm nazariyasi bilan bog‘liq fikrlar V.M.Jirmunskiyning “Теория стиха” tadqiqotida ancha batafsil bayon qilingan. Jirmunskiy “nasrning tabiiy ritmi” va “ritmik proza” tushunchalarini bir-biridan farqlash kerakligiga e’tibor qaratadi. Bunda kuchli va kuchsiz (urg‘uli va urg‘usiz) nutq tovushlari, ritmik-sintaksit parallelizmlar, lekisk takrorlar (masalan, anafora), tovush bilan bog‘liq takrorlar (masalan, assonans, alliteratsiya) tahlilga tortiladi. Shuningdek yana rus olimlaridan M.Gasparov, L.Timofeyev, G. Shengeli, B.Xolshevnikov, M.Xarlap, Y.Latman, S.Shervinskiy, M.Girshman, D.Frolov, qardosh olimlardan B.Sirus, S.Davronov, U.Toirov, M.Xamroyev, A. Lafarov, X. Usmonov, M.Bakirov, I. Stebleva, Z.Axmetovning ishlarida ham she’r ritmi va nazaryasiga oid fikrlar keltirilgan.5
Ritm, unga bog‘liq holda vazn nazariyasiga oid fikrlar o‘zbek she’rshunoslarining tadqiqot va ilmiy maqolalarida ham atroflicha bayon qilib borilgan. Xususan, Fitrat, A.Sadiy, S.Mirzayev, I.Sulton, Sh. Shomuhammedov, A.Qayumov, U.To‘ychiyev, A.Rustamov, A.Hojiahmedov, T.Boboyev, S.Hasanov, G.To‘ychiyeva, H.Boltaboyev, A.A’zamov, M.Olimov, D.Rajabov, D.Yusupovaning vazn nazariyasi va mumtoz poetika tahliliga oid tadqiqot va maqollarida biz o‘rganayotgan mavzuga doir fikrlari keltirilgan.
Yuqoridagi ishlarda mumtoz adabiyot, xususan turkiy va forsiy she’riyatdagi ishqiy dostonlarning ritmik xususiyatlari va ularning mazmun bilan uyg‘unligi masalasi yaxlit tadqiqot sifatida tahlil etilmagan edi. Ularni tizimlashtirib, o‘zaro qiyoslash, an’anaviylik va individuallik xususiyatlarini tahlilga tortish mazkur bitiruv malakaviy ishi avvalgi ilmiy ishlardan farq qilishini ko‘rsatadi. Shu ma’noda biz ushbu bitiruv malakaviy ishiga quyidagi masalalarni hal qilish maqsad va vazifalarini qo‘ydik

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling