Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti


Download 1.13 Mb.
bet4/22
Sana23.06.2022
Hajmi1.13 Mb.
#773081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Ruzmetov.BMI
mustaqil davlatlar hamdostligi mamlakatlari zamonavij bosqichdagi ntegratsion hamkorligining xususiyatlari, strategiya referat, yanvar sentabr 2019 invest pressreliz uz, moliyaviyhisob2 uzl 4fc67, GO'ST SAVOLLARI, GO'ST SAVOLLARI, elektr mus ish boshi, 839-XII-сон 06.05.1993. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida, Mehnatni tashkil etish - Vikipediya (1), 1-mustaqil ish, 1-mustaqil ish, 1-mustaqil ish, SELF STUDY 1, Kurs ishi mavzulari, 1 theme
Ishning maqsad va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi mumtoz adabiyot, xususan turkiy va forsiy adabiyotdagi ishqiy mavzuda bitilgan dostonlardagi mavzu va ritmning o‘zaro uyg‘unligi, ritmik variatsiyalar, vaznlardagi individuallikdan an’anaviylikka o‘tish, an’anaviylikdan individuallikka o‘tish kabi o‘rinlar dostonlar misolida qiyosiy aspektda o‘rganishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni yoritishga e‟tibor qaratildi:

  • Sharq va g‘arb adabiyotidagi ishqiy dostonlardagi she’riy o‘lchov masalasini tadqiq qilish;

  • She’riy o‘lchovning mazmun aloqadorligini o‘rganish;

  • “Yusuf va Zulayho” turkumidagi dostonlarda qo‘llanilgan bahrlarning tadrijiy takomilini o‘rganish;

  • “Noma” yo‘nalishidagi dostonlarga xos vaznlarni tahlil qilish;

  • “Qo‘sh ismli” ishqiy yo‘nalishidagi dostonlarning vazn xususiyatlarini o‘rganish;

  • “Xamsa” turkumidagi dostonlarda mavzu va vazn mutanosibligi masalasiga e’tibor qaratish;

Ishning asosiy manbalari. Bitiruv malakaviy ishimizga asosiy manba sifatida turkiy va qisman forsiy she’riyatda yaratilgan ishqiy mavzudagi dostonlar asosiy obyekt qilib olindi. Ular qatoriga quyidagi dostonlarni kiritish mumkin: Omoniy (Abulqosim Firdavsiy) “Yusuf va Zulayho”, Nosiriddin Rabg‘uziy “Anbiyoyi turkiy”, Qul Ali “Qissayi Yusuf”, Durbek “Yusuf va Zulayho”, Şeyyad Hamza “Yüsuf ve Züliha”, Abdurahmon Jomiy “Yusuf va Zulayho”, Muhammad Rizo Ogahiy “Yusuf va Zulayho”, Taşlijali Yahya “Yüsuf ila Züleyha”, Hamdulla Hamdi Çalabiy “Yüsuf u Züleyha”, Fahriddin Gurgoniy “Vis va Romin”, Sayfi Saroyi “Suhayl va Guldursun”, Haydar Xorazmiy “Gul va Navro‘z”, Muhammad Niyoz Nishotiy “Husan va Dil”, Nizomiy Ganjaviy "Xusrav va Shirin”, Xusrav Dehlaviy “Shirin va Xusrav”, Qutb Xorazmiy "Xusrav va Shirin”, Alisher Navoiy “Xamsa”, Lamı Çelebı “Ferhad u Şırın”, Nizomiy Ganjaviy “Layli va Majnun”, Xusrav Dehlaviy “Majnun va Layli”, Abdurahmon Jomiy “Layli va Majnun”, Hamdulla Hamdiy “Layli va Majnun”, Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlari.
Shuningdek, zarur o‘rinlarda mumtoz adabiyotdagi boshqa dostonlardan ham qiyos uchun foydalanildi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling