Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti


Download 1.13 Mb.
bet5/22
Sana23.06.2022
Hajmi1.13 Mb.
#773081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Ruzmetov.BMI
mustaqil davlatlar hamdostligi mamlakatlari zamonavij bosqichdagi ntegratsion hamkorligining xususiyatlari, strategiya referat, yanvar sentabr 2019 invest pressreliz uz, moliyaviyhisob2 uzl 4fc67, GO'ST SAVOLLARI, GO'ST SAVOLLARI, elektr mus ish boshi, 839-XII-сон 06.05.1993. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida, Mehnatni tashkil etish - Vikipediya (1), 1-mustaqil ish, 1-mustaqil ish, 1-mustaqil ish, SELF STUDY 1, Kurs ishi mavzulari, 1 theme
Ishning tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, olti faslni o‘z ichiga olgan ikki asosiy bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat.



  1. BOB. SHARQ VA G‘ARB ADABIYOTIDAGI ISHQIY DOSTONLARDA SHE’RIY O‘LCHOV MASALASI

1.1. She’riy o‘lchov va mazmun aloqadorligi
Ritm va poetik unsurlar haqidagi ilk qarashlar yozma shaklda antik adabiyotida vujudga keldi. Aristotelning “Poetika” asari bunga dalil bo‘lib xizmat qiladi. Sharq she’riyatida bo‘lgani kabi antik davr adabiyoti, sanskrit tilidagi qadimgi hind adabiyotida ham, ritmni o‘zida mujassam etgan o‘lchovlar mavjud edi. Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Hindiston” asarida hindlardagi aruz tizimiga o‘xshash maxsus belgilar, tovushlarning uzun va qisqaligi haqida so‘z yuritadi. Yunon adabiyotida ham maxsus she’riy vaznlar mavjud bo‘lgan, ammo qofiya tizimi shakllanmagan. Shuning uchun poetik fikrni ifodalashda asosiy vosita ohang bo‘lgan
Qadimgi zamon ellin tilida yozilgan she’riy asarlarning hammasi uzun va qisqa hijolarning almashinuvi asosiga qurilgandir. Yunon she’riyatida ham qisqa bo‘g‘inlarni egri chiziq, uzun bo‘g‘inlarni to‘g‘ri chiziq bilan belgilashgan, shu belgilarning ma’lum tartibda takrorlanishi yunon she’riyatining vaznini hosil qilgan. Antik davr poeziyasida ishqiy mavzudagi asarlar monodik lirika deb atalgan bo‘lib, uning rivojlanishida ikki ulug‘ shoir Alkey va Sapfoning hissasi beqiyosdir.67 Ular monodik lirikani o‘sha paytgacha yunon poeziyasida ko‘rilmagan chuqur insoniy his- tuyg‘ular bilan sug‘ordilar. Alkeydan keyin jahon poeziyasida bu vazn hamon uning nomi bilan ataladi.
V — V — V — V V — V —
V — V — V — V V — V —
V — V — V — V — V

  • V V — V V — V — V

Sapfo poeziyasida lirikaning vazn turlari yana ham takomillashdi. Shoirning lirik she’rlarida qo‘llanilgan va keyinchalik unga nisbat berilgan vazn quyidagichadir:

  • V — V — V V — V — V

  • V — V — V V — V — V

  • V — V — V V — V — V

V V — V

She’rdagi hijolarning uzun-qisqaligi, ya’ni daktil’ (uzun) hamda spondiy (qisqa) turoqlarinining ma’lum tartibda almashtirish yo‘llari bilan qadimgi dostonnavislar o‘ziga xos ohanglarni hosil qilishgan. Bunda uzun hijolarning ko‘proq bo‘lishi – voqeaning ulug‘vorligini, harakatning salmoqdorligini ta’minlaydi; qisqa hijolarning ko‘pligi esa harakatga tezlik, еngillik, uyg‘unlik bag‘ishlaydi.8


Yunon adabiyotining asoschisi hisoblangan Homerning gimnlarida ham biz ishqiy mavzularning mavjudligiga guvoh bo‘lamiz. Gimnlar, asosan, ma’bud va ma’budalarga bag‘ishlangan. Xususan, ma’buda Afroditaga aytilgan gimnda go‘zallik ma’budasining troyalik cho‘pon yigit Anxisga bo‘lgan muhabbati aks etadi. Asar kichik muhabbatnomaga o‘xshaydi, asarda ishq tuyg‘ulari, ma’budaning jamoli ajoyib san’atkorlik bilan chizilgan. Ahamiyatlisi shundaki, asar epik poeziyada jangnoma dostonlar bitiladigan gekzametr vaznida yozilgan, ammo ulardagi mazmun bir-biridan farq qiladi. Bunga asosiy sabab gimnlar bayramlarda ijro etilib, dastalab ma’budlarga ehtirom sifatida gimn, so‘ngra doston aytilganligidir.9
Sharq she’riyati ham antik davr yunon she’riyati singari bir qancha bosqichlarni bosib o‘tdi. Sharq she’riyatida azaldan qofiyalanuvchi so‘zlar va ritmik uyg‘unlik asosiy unsur bo‘lib kelgan. Sharq adabiyotining go‘zalligi ham shunda. Turkiy adabiyotga nazar tashlasak, ishqiy mavzudagi dostonlar salmoqli o‘rin egallashiga guvoh bo‘lamiz. Shuni ta’kidlash joizki, asrlar davomida turkiy va forsiy xalqlarning yonma-yon yashab kelishi ularning tarixi, madaniyati va adabiyotida o‘z ifodasini topgan va bir-biridan andoza olgan. Turkiy adabiyotdagi ishqiy mavzuda bitilgan dostonlar, avvalo, mustaqil, shuningdek, bevosita forsiy adabiyotdan ilhomlanilgan yoki erkin tarjima sifatida yuzaga kelgan asarlarga bo‘linadi.
Sharq adabiyotida dostonlar, asosan, yеtti xil vaznda yozilishi ma’lum. Bular:10




Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling