Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti


Mumtoz poetikada ilmi aruz, uning turkiy va forsiy she’riyatdagi o‘rni


Download 1.13 Mb.
bet7/22
Sana23.06.2022
Hajmi1.13 Mb.
#773081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Ruzmetov.BMI
mustaqil davlatlar hamdostligi mamlakatlari zamonavij bosqichdagi ntegratsion hamkorligining xususiyatlari, strategiya referat, yanvar sentabr 2019 invest pressreliz uz, moliyaviyhisob2 uzl 4fc67, GO'ST SAVOLLARI, GO'ST SAVOLLARI, elektr mus ish boshi, 839-XII-сон 06.05.1993. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida, Mehnatni tashkil etish - Vikipediya (1), 1-mustaqil ish, 1-mustaqil ish, 1-mustaqil ish, SELF STUDY 1, Kurs ishi mavzulari, 1 theme
1.2.Mumtoz poetikada ilmi aruz, uning turkiy va forsiy she’riyatdagi o‘rni
“Poetika” so‘zi yunoncha so‘z bo‘lib, “ijod qilish san’ati” ma’nosini bildiradi. Poetika ijodning qanday qilib san’atga aylanishi haqidagi fandir. Bugungi kunda “poetika” atamasi ikki xil ma’noda ishlatiladi:
1) umumiy – keng ma’noda adabiyot nazariyasini bildiradi;
2) xususiy – tor ma’noda adabiyot nazariyasining tarkibiy qismi bo‘lib, adabiy asar haqidagi ta’limotdir.
Aslida “Poetika” istilohi ilmiy muomalaga dastavval Arastu tomonidan kiritilgan bo‘lib, uning shu nomli asarida bu istiloh quyidagi ma’nolarda qo‘llanilgan: – badiiy borliq hosil qiluvchi, badiiy makon va zamonda mavjud bo‘lib, dunyo va shaxs haqidagi muayyan konsepsiyalar tashuvchi vositalar yig‘indisidir; – adabiyotshunoslik va ritorikaga yaqin bo‘lgan, badiiy borliqni hosil qiluvchi vositalar va uning strukturasini o‘rganuvchi ilmiy predmetdir (Y.Borev). Y.B.Borevning ta’rifiga ko‘ra, tarixiy poetika mumtoz adabiyotning nazariy tarixi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, mumtoz poetikani nazariy va tarixiy poetikaning muayyan tarzdagi umumlashmasi deb qarash mumkin. Ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan musulmon Sharqi adabiyotida poetika masalasi har doim she’riyat ahlining diqqat markazida turgan. Muayyan ijodkorning badiiy salohiyati va iste’dodi haqida so‘z borganda, uning tasvir obyekti sifatida nimalarni olgani emas, balki o‘sha obyekt yoki predmetni qanday tasvirlagani muhim hisoblangan. Shu ma’noda u yoki bu ijodkor ijodiga yoxud muayyan badiiy asarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalamoqchi bo‘lgan g‘oya qanday badiiy timsollar, vazn yoki qofiya vositasida bayon qilinganligi bilan birga she’riy asarda qo‘llanilgan badiiy san’atlarning rang-barangligi, ularning asar mazmunini ochishdagi o‘rni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida diqqat qaratilgan. Sharq musulmon mumtoz poetikasi dastavval ilmi balog‘a (balog‘at ilmi) doirasida vujudga kelgan.
Arastuning “Poetika” asariga Forobiy tomonidan sharh yozilgach, uning izdoshi Ibn Sino o‘zining musiqa va she’riyatga doir asarlarida she’rga “mavzuni muxayyali muqaffo” deb ta’rif berdi va shu tariqa mumtoz poetikaning asosan she’riyat masalalari bilan ish ko‘ruvchi tarmog‘i – “ilmlar uchligi” (ilmhoi segona) vujudga keldi. Bu ilm uchta mustaqil sohani o‘z ichiga oldi. Bular quyidagilardir:
1) ilmi aruz – she’rdagi vaznlar va ularning qonun-qoidalari haqida bahs yurituvchi soha;
2) ilmi qofiya – qofiya qonuniyatlari va turlari haqida ma’lumot beruvchi soha;
3) ilmi badi’ – nutqqa bezak beruvchi san’atlar, ularning o‘ziga xos jihatlari, fikrni go‘zal va mazmunli ifodalash usullarini o‘rganuvchi soha.11
Yuqorida aytganimizdek badiiy asarlar poetikasini tahlilga tortish va uni o‘rganishda shakl va ma’no munosabati muhim ahamiyat kasb etadi. She’riy nutqning yеtakchi unsurlaridan biri ritm hisoblanib, u shakl va mazmunga bevosita daxldordir. Chunki ritm she’riy asardagi misralarning ma’lum bir ohang asosida takrorlanib kelishi bo‘lib, asar mazmuni bilan munosabatga kirishadi. She’riy ritm she’r yaratuvchining his va tuyg‘ularini o‘ziga xos bir tarzda ifodalashga yordam beruvchi nutq hodisasidir... Ayrim hollarda u yoki bu ritm asosida yaratilgan she’riy asarlar o‘ta darajada ta’sirchan chiqqanligi uchun shu ritm boshqa ijodkorlar uchun mezon vazifasini o‘tashi mumkin. Natijada mazkur ritm asta-sekin an’anaviylik kasb etadi. Sharq xamsachiligi, rus ellegiyachiligi, xalq dostonlaridagi she’riy parchalarning turlicha tasviriy holatlar bilan bog‘liqligi yuqoridagi fikrni to‘la tasdiqlaydi. Biz quyida turkiy adabiyotda an’anaviylikka aylangan ishqiy dostonlar vazni, ularning kelib chiqish ildizlari va o‘ziga xosliklari haqida so‘z yuritamiz.
VIII asrga kelib arab olimlari orasida she’riyat va xalq og‘zaki ijodi orasidagi munosabatni o‘rganish, ularning muayyan qonuniyatlarini ishlab chiqishga ehtiyoj tug‘ildi. Bu vazifa haqli ravishda “arab filologiyasining otasi” deb ta’riflangan olim Xalil ibn Ahmad (715/719-786/791) tomonidan amalga oshirildi. U aruz ilmini bir butun tizim holiga keltirdi va uning nazaryasini ishlab chiqdi.12
Aruz she’riy tizimining forsiy va turkiy adabiyotga keng yoyiladi. Hijratdan keying ilk asrlarda Arab xalifaligi butun Eronni fath etadi va din, arab tili va grammatikasi bilan birgalikda aruz vaznidagi she’riy tizim ham butun turon va turkiston bo‘ylab keng yoyiladi. Arab, fors-tojik va turkiy olimlar ilmlar uchligi va aynan aruz she’riy tizimi haqida ilmiy va nazariy tadqiqotlar olib borishadi. Bu yuqorida tilga olganimiz tarixiy poetikaning rivojlanish davri sifatida adabiyot tarixidan o‘rin egallaydi. Misol sifatida tarixiy poetikaning yuqoridagi uch tarmog‘ini o‘zida mujassamlashtirgan yirik tadqiqot XIII asrning atoqli olimi Shamsiddin Muhammad binni Roziyning “Al-Mo‘jam fi ma’oyir-ul-ash’or-ul-Ajam” nomli mashhur asarini keltirsak bo‘ladi. Asarni o‘sha paytgacha poetika masalalari bo‘yicha qilingan barcha ishlarning eng mukammali deb aytish mumkin. Chunki muallif bu asarida mumtoz poetikaning har uchala bo‘limi – aruz, qofiya va ilmi badi’ haqida mukammal ma’lumot beradi, she’r va shoirlik, badiiy asarda shakl va mazmunning munosabati, tanqidning adabiy jarayondagi ro‘li va vazifalari haqida mulohazalar yuritadi.
Aruz she’r tizimi Sharq xalqlari she’riyatiga kirib kelish, turkiy hamda forsiy adabiyotning еtakchi she’riy o‘lchovi sifatida she’riyatimizga kirib kelishi va mustahkam o‘rin olishi tasodifiy bo‘lmagan, islomdan oldingi she’riy merosimizda ham misralardagi cho‘ziq va qisqa hijolar o‘rtasida muayyan mutanosiblik mavjud bo‘lgan. Olimlarimizning aniqlashlaricha, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridan o‘rin olgan 224 she’riy parcha aruzdagi – V – –, V – V – , – V V –, V V – –, V – – –, – V –, V – – turoqlariga mos keluvchi o‘lchovda yaratilgan (A.Hojiahmedov). Kuzatuvlarga ko‘ra, turkiy xalqlar ilk bor aruz tizimida qalam tebrata boshlaganlarida barmoq vazn tizimiga yaqin turuvchi vaznlardan foydalanganlar. Aruz muomalaga kirgan ilk davrlarda yaratilgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari ”Shohnoma” vaznida, ya’ni mutaqorib bahrida yozilgan. Yusuf Xos Hojibning aynan shu o‘lchovni tanlashiga sabablardan biri sifatida mutaqorib bahrining turkiy xalqlar she’riy tizimi bo‘lmish barmoqning eng faol shakllaridan bo‘lgan o‘n bir bo‘g‘inli vazniga juda ham uyg‘un ekanligini keltirish mumkin. Adib Ahmadning “Hibat ul-haqoyiq” asarida ham ushbu o‘lchov to‘rtliklar shaklida ifoda etilgan. XIV–XV asrlar turkiy xalqlar adabiyotida aruz tizimidan foydalanishning yangi bosqichi bo‘ldi. Bu davrda Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi 600 misraga yaqin she’riy parchalar, Xorazmiy “Muhabbatnoma”si va boshqa nomalar, Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Sayyid Qosimiy dostonlarida aruz tizimining ramal, hazaj, sari’, muzori’ kabi bahrlari istifoda etildi.13
Turkiy aruzning ham nazariy, ham amaliy jihatdan rivojlanishi va taraqqiyoti bevosita Alisher Navoiy ijodi bilan bog‘liq. Buyuk mutafakkir shoir o‘zining aruz qonun-qoidalariga bag‘ishlangan “Mezon ul-avzon” asarida 19 bahr, 160 vazn haqida ma’lumot bergan bo‘lsa, lirik va epik she’riyatida 13 bahr, 100 ga yaqin vazndan keng foydalandi va bu bilan aruz tizimi turkiy she’riyatning ajralmas qismiga aylanganligini asoslash bilan birga bu she’riy tizimning turkiy til qonuniyatlariga har tomonlama mos kelishini isbotladi.
Ma’lumki, aruz tizimiga mansub vaznlar muayyan bir bahr atrofida birlashadi. Bahrlar esa asliy ruknlar ishtirokiga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Shu ma’noda asosan turkiy she’riyatda qo‘llanadigan 11 ta bahrni qanday ruknlardan tarkib topganiga ko‘ra ikki guruhga ajratib tasnif qilish mumkin:

  1. Bir xil asliy ruknlardan tashkil topgan bahrlar.

  2. Turli asliy ruknlar va ularning tarmoqlaridan tarkib topgan bahrlar.

Birinchi guruhga faqat bir asliy ruknga ega bo‘lgan bahrlar kiradi. Ya’ni ramal bahri faqat foilotun ruknining, hazaj bahri esa faqat mafoiylun rukni va shu kabi bu guruhga kirgan qolgan bahrlar ham bir asliy ruknning takroriga asoslanadi. Aruz vaznida bir xil asliy ruknlardan tarkib topgan bahrlar soni sakkiztadir14:


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling