Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti


BOB. ISHQ TARANNUMIDAGI DOSTONLARDA RITM VA MAZMUNNING O‘ZARO MUNOSABATI


Download 1.13 Mb.
bet9/22
Sana23.06.2022
Hajmi1.13 Mb.
#773081
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Ruzmetov.BMI
mustaqil davlatlar hamdostligi mamlakatlari zamonavij bosqichdagi ntegratsion hamkorligining xususiyatlari, strategiya referat, yanvar sentabr 2019 invest pressreliz uz, moliyaviyhisob2 uzl 4fc67, GO'ST SAVOLLARI, GO'ST SAVOLLARI, elektr mus ish boshi, 839-XII-сон 06.05.1993. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida, Mehnatni tashkil etish - Vikipediya (1), 1-mustaqil ish, 1-mustaqil ish, 1-mustaqil ish, SELF STUDY 1, Kurs ishi mavzulari, 1 theme
BOB. ISHQ TARANNUMIDAGI DOSTONLARDA RITM VA MAZMUNNING O‘ZARO MUNOSABATI

2.1. “Yusuf va Zulayho” turkumidagi dostonlar
Mumtoz adabiyotga nazar tashlasak, ishqiy mavzudagi dostonlar salmoqli o‘rin egallashiga guvoh bo‘lamiz. Shuni ta’kidlash joizki, asrlar davomida arabiy, turkiy va forsiy xalqlarning yonma-yon yashab kelishi ularning tarixi, madaniyati va adabiyotida o‘z ifodasini topgan va bir-biridan andoza olgan. Dastlab, arab tili va madaniyatining ta’sirida ishqiy dostonlar shu tilda yozilgan bo‘lsa, keyingi davr taraqqiyotida forsiy til yеtakchilikni egalladi. Aynan biz fikr yuritayotgan ishqiy mavzudagi ilk forsiy doston Abul Muayyad Balxiy (X asr) va Omoniy tomonidan yozilgan “Yusuf va Zulayho” dostonlaridir.
“Yusuf va Zulayho” - Sharq xalqlari orasida mashhur va keng tarqalgan ishq qissasi. Asl manbasi – ilohiy muqaddas kitoblardir. Ushbu mavzu ilk bor Musoning “Ibtido” kitobida uchraydi.17 Bundan tashqari muqaddas kitoblar bo‘lmish: Tavrot, Injil va Qurʼoni karimda ham ushbu mavzu mavjud. Qurʼondagi talqini birmuncha ixcham va badiiy shakllangan. Tavrotdagisi folklorga yaqin va qadimiy Misr afsonalariga borib taqalishi taxmin qilinadi. Sharqda keng tarqalgan qissaning bu varianti Qurʼoni karimning 12 surasi asosida shakllangan boʻlib, jamiki “Yusuf va Zulayho” qissa va dostonlarining ilhom manbai ushbu suradir. Ushbu qissa Qurʼonda “ahsan ulqisas” (qissalarning eng goʻzali) deya taʼriflanadi. Mazkur qissa davrlar oʻtishi bilan Sharqda goʻzal adabiyot namunasi sifatida keng tarqaldi, koʻplab yangi voqealar bilan boyib, alohida asar holida qalamga olina boshladi. Sharqda (IX asrdan) 150 dan ortiq «Yusuf va Zulayho» doston va qissalari yaratildi. Shularning 45 tadan ortig‘i turkiy tilda yozilgani e’tiborga molikdir. Sharq xususan, musulmon adabiyotida Yusuf haqidagi qissalar Qur’oni Karimdagi “Ahsan ul-qasas” sujeti asosiga qurulgan bo‘lib, hozirda sharq adabiyotida yuzdan ortiq Yusuf haqidagi qissalar va “Yusuf va Zulyaho” dostonlari mavjud ekanligi aytiladi.
Yusuf haqidagi asarlarni ilohiy-adabiy manbalarga yaqinligiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin:
a) Qur’onning Yusuf surasi ta’sirida, undan uncha uzoqlashmagan holda yaratilgan badiiy asarlar. Bu silsilaga Abulqosim Firdavsiy, Abu Ali ibn Sino, Qul Ali, Shayyod Hamza, Durbek va Nosiruddin Rabg‘uziy asarlarini kiritish mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, bu jarayon diniy qissaning badiiy ishlanish tarixini birinchi bosqichi sanalib, VII- XIII asrlarni qamrab oladi. Rabg‘uziy hamda Durbek ijodiy izlanishlari bilan intixo topadi.
b) Qur’ondagi Yusuf surasi mazmunidan bir muncha uzoqlashgan va Sharq xalqlari badiiy adabiyotida shakllangan, adabiy an’analar ta’sirida qayta ishlash asosida yaratilgan asarlar. Bu yo‘nalishda asar yaratish XIV asrning ikkinchi yarmidan to hozirgacha davom etadi. Bunday asarlar Yusuf va Zulayho sayyor sujetidagi badiiy yaratmalar silsilasini tashkil qiladi.
Yusuf va Zulayho haqidagi rivoyatlar asosida Omoniy (X-XI asr), Baxtiyoriy (X asr), Shayyod Hamza (XIII), Ali (XIII asr), Suli Faqix (XIII), Shahobiddin Oshiq (XIV), Dariy (XIV), Durbek (XV), A. Jomiy (XV), H.H. Chalabiy (XV), Nozim Xiraviy (XVII), Hoziq (XIX) va yana boshqa ko‘pgina fors-tojik, o‘zbek, turk, ozarbayjon shoirlari dostonlar yaratganlar.Yusuf va Zulayho obraziga XX asrning yirik so‘z ustalari Nozim Hikmat va T. Mannlar ham murojaat qilganlar. T. Mann “Yusuf va uning akalari” asarini, Nozim Hikmat “Go‘zal Yusuf” asarini yaratdi. O‘zbek shoiri Ramz Bobojon ham “Yusuf va Zulayho” nomli asar yaratgan. “Yusuf va Zulayho” dostonini adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish dastlab Fitrat tomonidan boshlangan bo‘lsa, keyingi davrlarda O.Sharafiddinov, S.Husayn, Oybek, E.Bertels, A.Sadiy, V. Abdullayev, Y. Zohidov, O. Sultonov, P. Shamsiyev, H.Zarifov, G‘. Karimov, H. Yoqubov, H. Zunnunov, A. Suyumov, A. Akromov va boshqa olimlar tomonidan davom etttirildi.
Yuqorida zikr etganimiz, bugungi kunga qadar Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub ishqiy mavzudagi ilk forsiy doston sifatida qaralgan asar muallifi XI asrda yashagan fors-tojik shoiri Omoniy hisoblanadi. Doston mutaqoribi musammani mahzuf (rukn va taqti’i: fauvlun, fauvlun, fauvlun, faal V — — V — — V— — V —) vaznida yozilgan.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling