Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida yoshlarni tarbiyalash g’oyalari


Download 25.1 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi25.1 Kb.
#119322
Bog'liq
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida yoshlarni tarbiyalash g’oyalari.


Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida yoshlarni tarbiyalash g’oyalari.

Buyuk va mutaffakir shoir, davlat arbobi, siyosatshunos, adabiyotshunos va tilshunos olim Alisher Navoiyning ijodiy merosini o’rganish va tadqiq etish biz yoshlarning bugungi kundagi muhim vazifalarimizdan biri bo’lib kelmoqda. Bu mutaffakir zotning milliy adabiyotimizga va ma`naviyatimizga qo’shgan hissasi katta. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asarida shunday deydi: “Alisher Navoiy xalqimizning adabiyoti, madaniyati va siyosiy tarixida alohida o’ringa ega bo’lgan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g’ururi, sha`nu sharafini dunyoga tarannum etgan o’lmas so’z san`atkoridir” [3.34] deb tariflaydilar.

Navoiyning nafaqat boy ijodi, balki sermazmun hayoti ham biz yoshlar uchun namunadir. Uning bunyodkorligi, xalqsevarligi, fidoiyligi barchamizga o’rnak bo’lishi lozim.

Uning so’nggi buyuk asarlaridan yana biri nasriy pandnoma yo’nalishida yozilgan “Mahbub ul-qulub” (“Ko’ngillarning sevgani”) dir. Bu asar 1500-yilda yozilgan. U Sharq adabiyoti tarixida Shayx Sa`diyning “Guliston”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Aruzi Samarqandiyning “Chor maqola” kabi asarlari qatorida turadi. «Mahbub ul-qulub» asari oltmish yillik umri davomida hayotda ko‘rgan-kechirganlarini teran tahlil qilib, muayyan xulosalar chiqargan donishmand adibning kelgusi avlodlarga qoldirgan buyuk ma’naviy merosidir. Bu asar har bir odam umri davomida duch kelishi muqarrar bo‘lgan hayotiy muammolarga eng to‘g‘ri yechimlarni ta’sirli usulda berishi bilan yuksak daraja kasb etadi. Musajja' san'atining nodir namunasi sanalgan bu noyob asarning yaralishi sabablarini muallif quyidagicha izohlaydi: “Bu muqaddimotdin maqsad bukim, har ko’y va ko’chada yugurubmen va olam ahlidin har nav` elga o’zumni yetkurubmen va yaxshi-yamonning af’olin bilibmen va yamon- u yaxshi xislatlarin tajriba qilibmen. Xayr va sharrdin (yomonlik, gunohlardan) no’sh va nish ko’ksumga yetibdur va laim (past, xasis, nokas) va karim zaxm va marhamin ko’nglum dark etibdur. Va zamon ahlidin bayozi as'hob (suhbatdosh) va davron xaylidin ba'zi ahbobki (ayrim do„stlar) bu hollardin xabarsiz va ko’ngullari bu xayr va sharrdin asarsizdur. Bu nav` ashob va ahbobg’a intiboh qilmoq va alarni nav` bu holatdin ogoh qilmoq vojib ko’rundiki, har toifa xisolidin vuquflari va har tabaqa ahvolidinshuurlari bo’lg’ayki, munosib el xizmatig’a shitob qilg’aylar va nomunosib el suhbatidin ijtinob vojib bilg’aylar va bari el bila maxfiy rozlaridin so’z demag’aylar. Va shayotin makr-u firibidin boziy emagaylar. Har nav` el suhbat va xususiyatiki, alarg’a havas bo’lg’ay, bu faqirning tajribasi alarg’a bas bo’lg’ay” [1.453-454]

Alisher Navoiyning fikriga ko’ra, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir.

Oltin, kumush etma kasb davlat kunidin,

Kim tortar adab ulusni davlat tunidin,

Gar yo’qdir adab ne sud oltin uni din,

Elning adabi xushroq erur oltundin. [7.435]

Birinchi qism ­ “Xaloyiq ahvoli va af’oli va aqvolining kayfiyati” ­­– xaloyiqning ahvoli va fe’l-atvori hamda so‘zlarining kayfiyatiga bag‘ishlangan 40 fasldan iborat bo‘lib, unda jamiyatning turli qatlam vakillari (odil podshohdan tortib oddiy navkargacha, shayxulislom va mudarrislar, shoirlaru mug‘anniylar, tijorat vakiliyu dehqonlar)ning fe’l-atvori, o‘ziga xos xarakter-xususiyatlari to‘g‘risida aniq fikr yuritadi, bu borada o‘zining ibratli mulohazalarini ilgari suradi.

Ikkinchi qismda – “Hamida af’ol va zamima xisol xosiyatida” – ya’ni, yaxshi qiliqlar va yomon xislatlar xususiyati tahlil qilingan. Axloqiy masalalar yetakchi o‘rin tutuvchi 10 bobdan iborat bu qismda “tavba”, “qanoat”, “sabr”, “tavoze”, “odob”, “zikr”, “rizo”, “ishq” kabi zarur insoniy xislatlar talqin qilinadi. Ijodkor har bir insoniy fazilatni bayon etar ekan, shunga mos ravishda hikoyatlar, nasihatomuz baytlarni tanlab, ta’sirchanlikni oshirishga erishadi.

Uchinchi qism “Mutafarriqa favoyid va amsol surati” ­– turli foydali maslahatlar, maqollar va pand-nasihatlarni qamrab olgan bo‘lib, tanbeh shaklida yozilgan. 120 dan ortiq tanbehda muallif ochko‘zlik, baxillik, badxulqlik, takabburlik, xudbinlik singari inson xarakterida kuzatiladigan bir qancha salbiy fe’l-atvordagi xislatlarni keskin tanqid qiladi; odamiylik fazilatlari, komillikka yetaklovchi chin insoniy sifatlar xususida ibratli fikirlar bildiradi. O‘z fikrlarini turli mazmundagi hikoyat, hikmatli baytlar bilan asoslashga harakat qiladi.

Asarning har bir qismida ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyning yuksak ma’naviy qiyofasi, buyuk ma’rifati porloq quyoshdek balqib turadi va o‘quvchi qalbiga o‘zining so‘nmas ziyosini ulashadi. Asarning birinchi bobida avvalambor olloxga xamd bilan boshlanadi so’ngra turli xil podsholar qozilar beklar va shunga uxshash mansabdor amirlar xaqida fikir yuritadi va bunga quyidagi misralarni keltirish mumkin:

Bahrdin qatrag’a ta`zim ila tahsin ko’rdim,

Mehrdin zarrag’a e`zoz ila ehson topdim.

Ya`ni, dengizning tomchiga ta`zim ila tahsin qilganini ko’rdim, quyoshning

zarraga e`zoz va ehson ko`rsatganiga guvoh bo’ldim deb yozadi shoir asarlaridan birida. [5.8-9]

Bayt:


Mundin o’ldi muqarrabi Boriy,

Shayx al-islom piri Ansoriy

Qozilar musulmonlarning yaxshi va yomon ishlari yuzasidan hukm chiqaruvchilar deb ta`riflanadi. Bu toifa ahlini Navoiy cholg’u asbobiga o’xshatadi, chunki ular nima desalar shu bo’lgani uchun ya`ni cholg’udan qanday kuy chiqishini faqatgini cholg’u xal qiladi. Bu o’rinda cholg’u soz bulsa undan nafis kuy tarladi agar soz bulmasa qancha berilib chalgan bilan undan bemani tovushdan boshqa sado chiqmaydi.

Asarning ikkinchi bobida ya`ni ayniqsa yoshlarga oid bo’lgan yaxshi va yomon xislatlar xaqida so’z yuritildi va bularga quyidagilarni misol qilish mumkun:

Isrof qilish - saxiylik emas; o‘rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni - devona deydilar; yorug‘ joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar. Kimki xalqqa ko‘rsatib ehson bersa, u pastkash, saxiy emas. Yaxshiliklarni topmoq - yedirmoqdir; Ayblarni yashirmoq - kiydirmoqdir.

Saxovatni quyidagicha tariflaydilar: Hosildor daraxt, Foydali meva, Mavj urib turgan dengiz, Bebaho gavharga qiyoslaydi,saxovatsizlikni esa Yog‘insiz bahor buluti, Hidi yo‘q mushk-anbar, O‘tin, Tutun, Mevasiz daraxt , Dursiz sadafga qiyoslaydilar. Yaxshi odamdan yomonlar ham yomonlik kutmas; yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas. Yaxshilik qila olmasang - yomonlik ham qilma. Yaxshilikni yomonlikdan yaxshiroq deb bilmasang, yomonroq deb ham bilma. Yaxshilik qilishni bilmasang, yaxshilarga qo‘shil; yaxshilik atrofida aylana olmasang, yaxshilar atrofida aylan. Hilm - axloqli odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. U yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi. Yumshoq ko‘ngillilik - hodisalar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo‘ladi va insoniyat qadrini o‘lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo‘ladi.

Alisher Navoiy insonlardagi yomon illatlarning o’rnini qanday qilib yaxshi xislatlarga aylantirishni aniq ko’rsatib berganlar va bu yozganlariga xam o’zlari doimo amal qilganlar.

Alisher Navoiy ilm haqida quyidagicha ta’riflaydi.

El aybini ayturg’a birovkim, uzatur til,

O’z aybini fosh aylagali til uzotur, bil. [2.117]

Ya’ni ilm olib amal qilmagan kishi, misoli yerni xaydab urug’ sepmaganga yoki urug’ sepib, urug’idan hosil olmaganga o’xshaydi.

Asarning uchinchi bobida insonlarda uchraydigan bir qancha qusrlarni qattiq tanqid ostigaa oladi: Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz. Nodonning vahshiylarcha baqirmog‘i - eshakning bemahal hangramog‘i. Ko‘p, bemaza so‘zlaydigan ezma -kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o‘xshaydi. O‘zi xunuk, gapi bema’ni, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga o‘xshaydi.Har kimningki so‘zi - yolg‘on, yolg‘onligi bilingach, uyatga qolgon; yolg‘onni chindek gapiruvchi so‘z ustamoni - kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar. Yolg‘on gapiruvchi g‘aflatdadir; so‘zning bir-biridan farqi ko‘pdir, ammo yolg‘onroq turi yo‘qdir.Komil inson tarbiyasida bunday yomon illatlarning bo’lishi mutlaqo nojoizdir deb hisoblanadi.

“Mahbub ul-qulub”dagi har bir tanbeh, bayt yoki qit`a hayotiy hikmat darajasiga ko’tarilganki, bu tanbehlar zamiriga xalqning ko’p asrlik hayot tajribasi davomida to’plagan maqol va matallarining mazmuni singdirilgan. [6.78]

Ko’rinib turibdiki bu asarda insonning komillik darajasiga qanday yetishishi va bu yo’lda inson qanday qusurlardan xoli bulishi va uning o’rniga qanday yaxshi fazilatlarni egallashi zarurligi aytib o’tilgan. Asarda ilm to’g’risida berilga tariflar va uni egalash to’g’risida ko’plab pand nasixatlar keltirilgan.quyida ko’rib o’tilganidek mansabdor kishi qanday bolishi kerakligi xaqida ham ko’plam misolar keltirib yoshlarni tarbiyasiga bolgan munosabatlar bilan rang barang qilib boyitilgan.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. Alisher Navoiy. “Mahbub ul-qulub” Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2011.453-454-bet.

  2. Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub’’.Yoshlar nashriyot uyi// Toshkent 2018-yil 117-bet

  3. I. A. Karimov “Yuksak ma‟naviyat-yengilmas kuch”T:,34-bet

  4. Izzat Sulton .“Navoiyning qalb daftari”.Toshkent,2010.

  5. Mahmudova G: A.Navoiy “Mahbub ul-qulub’’ asaridagi hikoyatlarning g’oyaviy mohiyati. bitiruv malakaviy ish N:,2014-y 8-9-bet

  6. Masharipova Z. “Mahbub ul-qulub hikmatlarida xalq maqollari”. // Navoiyga armug’on. 5-kitob. Toshkent. 2006.78-bet.

  7. Vohidov R, Eshonqulov H. O’zbek mumtoz adabiyot tarixi. Toshket: “O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti”, 2006.435-bet.

Download 25.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling