Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81

Ma’ruza mashg’ulotlari 

10-mavzu  

Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o'rnatilishl va unga qarshi qurolli harakat  

1.9. 

Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi 

Mashg’ulot vaqti-2 soat 

Talabalar soni: 100 – 130 nafargacha 

Mashg’ulot shakli 

Kirish-axborotli ma’ruza 



 

Ma’ruza rejasi 

1.1917    yil    fevral    inqilobining   Turkistonga   ta'siri.    O'lkada 

inqilobiy harakatlar. Mahalliy xalqlarning siyosiy faollashuvi.  

2.Turkistonda   mustabid   Sovet   hokimiyatining   o'rnatilishi   va 

uning shovinistik siyosati. 

3.Turkistonda        qarshilik        ko'rsatish        harakatining    

boshlanishi,  uning      mohiyati      va      harakatlantiruvchi   

kuchlari.      Xiva      xonligi      va  Buxoro  amirligining 

tugatilishi. 

O’quv  mashg’ulotining  maqsadi:  Turkistonga    fevral  inqilobining  ta’siri, 

oktyabr davlat to’ntarishi va mamlakatda sovet hokimiyatining o’rnatilishi masalalari 

talabalar ongida shakllantiriladi 

Pedagogik vazifalar

  1917  yil  fevral  inqilobi  va  uning  Turkistonga 

ta’siri; 

 Turkistonda 

qarshilik 

harakatining 

yuzaga 

kelishi, 



uning 

bosqichlari 

tushuntiriladi; 

 Xiva 


va 

Buxoro 


amirligining 

tugatilishi haqida ma’lumot beriladi. 



O’quv faoliyati natijalari: 

  1917  yil  fevral  inqilobi    g’alabasi  va  uning  Turkistonga  ta’siri 

tushuntirib beriladi; 

  Rossiyada  oktyabr  to’ntarishi,  sovet  hokimiyatining  o’rnatilishi, 

uning tadbirlari, bu davlatning shovinistik siyosati tushuntiriladi; 

  Sovet  tuzumiga  qarshi  Turkistonda  ko’tarilgan  qarshilik 

harakatining 

mazmun-mohiyati, 

uning 

bosqichlari 



harakailantiruvchi kuchlari tushuntiriladi 

Ta’lim berish usullari 

Ko’rgazmali  ma’ruza,  namoyish  etish,  savol-

javob, suhbat, tushuntirish, klaster 

Ta’lim berish shakllari 

Ommaviy, jamoaviy, yakka tartibda   



Ta’lim berish vositalari 

O’quv  qo’llanma,  kompyuter  texnologiyalari, 

slaydlar           

Ta’lim berish sharoiti 

Texnik 


vositalardan 

foydalanishga 

va 

guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya 



Monitoring va baholash 

Og’zaki nazorat, savol-javob  



 

 

197 


1.2. «Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o'rnatilishl va unga qarshi qurolli harakat»  mavzusi bo’yicha 

ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi 

Ish 

bosqichlari 

va vaqti 

Faoliyat mazmuni 

Ta’lim beruvchi 

Ta’lim 

oluvchilar 

  

1. 



Mavzuga 

kirish 


(15 

daqiqa) 


1.1.O’quv kursi nomini aytadi. Ekranga o’quv 

kursining tuzilmaviy mantiqiy chizmasini chiqaradi, 

mavzular  ro’yxati  bilan  tanishtiradi  va  ularning 

mazmunini  qisqacha yoritadi  

1.2.Birinchi  mashg’ulot  mavzusi,  uning 

maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini  e’lon qiladi.  

1.3.Klaster  asosida  o’tiladigan  mavzuning  mazmuni  va  mohiyatini 

qisqacha yoritadi  

Tinglaydilar. 

 

 



 

Tinglaydilar  

 

 

 



2-

bosqich 


Asos

iy bosqich   

(55 

daqiqa) 


2.1.  Talabalar  bilimini  faollashtirish  maqsadida 

savol-javob usulini qo’llaydi:  

 

Roosiyadagi  fevral  burjua-demokratik  inqilobi 



Turkistonga qanday ta’sir ko’rsatdi?  

 

Turkistonda  Sovet  hokimiyati  o’rnatilishining 



salbiy oqibatlari nimalardan  iborat? 

 

Turkistonda  qarshilik  harakati  nima  sababdan 



ko’tarildi va ularning nomayondalari kimlar? 

 

Xiva  xonligi  va  Buxoro  amirligining  tugatilish 



sabablarini ayting? 

 

Javoblarni  to’ldiradi,  umumlashtiradi  va  bugungi 



o’quv  mashg’ulotida  ushbu  savollarga  kengroq 

javob olishlarini aytadi.  

2.3. 

Ekranda  slaydlar  namoyish  etish  orkali 



chorizmning  harbiy  yurishlari,  jadidchilik  ijobiy rol 

o’ynagani  to’g’risida  to’liq  ma’lumotlar  beradi       

Talabalar  diqqatini  mavzuning  asosiy  jihatlariga 

karatadi,  ularning  dolzarb  va  ahamiyatli  ekanini 

asoslaydi. 

2.4.  Vazifani  barcha  talabalar  yakka  tartibda  bajarishlarini 

aytadi.  

Talabalar  faoliyatini  kuzatadi,  ularni  yo’naltiradi,  zarur 

maslahatlar beradi. 

2.5. Bir nechta talabaning ish natijasini  tekshiradi, talabalar 

bilan 

birgalikda 



muhokama 

qiladi. 


Zarur 

bo’lsa, 


qo’shimchalar  kiratadi  va  ushbu  savol  bo’yicha  to’liq 

ma’lumot berishini aytadi.  

2.6.  Rejaning  ikkinchi  savoliga  doir  bo’lgan 

slaydlarni  ekranga  chiqaradi  va  har  bittasini  to’liq 

yoritadi  

2.7.  Mavzu  bo’yicha  talabalarda  yuzaga  kelgan 

savollarga javob beradi 

Savolga 


javob 

beradilar. 

Fikrlarini 

bildiradilar. 

 

 

 



 

 

 



Tinglaydila

r, 


zarur 

ma’lumotlarni 

yozib oladilar.  

 

 



Vazifani 

yakka 


tartibda 

bajaradilar. 

 

 

Ish 



natijasini  taqdim 

kiladilar. 

 

 

Tinglaydila



r, 

zarur 


ma’lumotlarni 

yozib oladilar.  

 

3. 


Yaku

niy bosqich 

3.1.  Mavzu  bo’yicha  yakuniy  xulosalar  qiladi.  Mazkur  mavzu  buyicha 

egallangan  bilimlarning  dolzarbligi  va  ahamiyatli  ekanini  alohida  qayd 

etadi  hamda    kelajakda  ushbu  bilimlardan    qayerlarda  foydalanishi 

mumkinligi haqida ma’lumot beradi. 

Savollar beradilar. 

 

 



 

198 


(10 

daqiqa) 


3.2.  Mustaqil  ishlash  uchun  vazifa  beradi:  (1) 

o’tilgan  mavzu  asosida  B/B/B  jadvalini  to’ldirib 

kelish. 

B/B/B 


jadvalini 

to’ldirish 

qoidasini 

tushuntiradi  (6-ilova);  (2)  ikkinchi  mavzu  bo’yicha 

keyingi o’quv mashg’ulotiga tayyorlanib kelish.  

 

Vazifani 



yozib 

oladilar. 

 

10- Mavzu: Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o'rnatilishi 

va unga qarshi qurolli harakat 

Ryeja 

1.  1917    yil    fevral    inqilobining   Turkistonga   ta'siri.    O'lkada inqilobiy harakatlar. 

Mahalliy xalqlarning siyosiy faollashuvi.  

2.  Turkistonda   mustabid   Sovet   hokimiyatining   o'rnatilishi   va uning shovinistik siyosati. 

3.  Turkistonda    qarshilik    ko'rsatish    harakatining    boshlanishi, uning   mohiyati   va   

harakatlantiruvchi   kuchlari.   Xiva   xonligi   va Buxoro amirligining tugatilishi. 

 

Asosiy adabiyotlar: 

1.  Karimov  I.A.  O’zbyekiston  XXI  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va 

taraqqiyot kafolatlari. Toshkyent, «O’zbyekiston», 1997. 328-byet. 

2.  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kyelajak yo’q. Toshkyent, «O’zbyekiston», 1998. 31- byet. 

3.  Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. - T., O’zbekiston, 1996 y. 

4.  Karimov  I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 

5.  Aliyev A. Mahmudxo’ja Behbudiy. – T., Yozuvchi, 1994y. 

6.  Jadidchilik islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot  uchun kurash. – T., Universitet, 1999 

y. 

7.  Qosimov B.Ismoilbek Gaspirali. – T.,1992 y. 



8.  Ziyoev H. Turkistonda Rossiya tajavuzi va hukmronligiga qarshi  kurash. -., “Sharq”, 1998 y. 

9.  O'zbekistonning         yangi         t ar ix i.           Birinchi         kitob:       Turkiston        Chor        Rossiyasi 

mustamlakachiligi davrida. T., «Sharq». 2000y, 253-318; 412-444 b 

10. O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003y, 359-380 b. 

11. A’zamxo’jayev  S.  Turkiston  muhtoriyati  (Mustaqilligimz  tarixidan  sahifalar).  Toshkyent, 

«Fan», 1996. 60-byet. 

12. Ibrohimov Q. Madaminbyek. Toshkyent, «YOzuvchi», 1993. 

13. Mustafo CHo’qay o’g’li. Istiqlol jallodlari. Toshkyent, 1992. 8-byet. 

14. Rajabova R.YO. va boshqalar. O’zbyekiston  tarixi (1917-1993 y.y.) Toshkyent, «O’qituvchi», 

1994. 

15. Q.Usmonov, M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y. 

 

 Qo’shimcha adabiyotlar: 

16. R.Tursunov.  Jadidlarning  Turkiston  ijtimoiy-iqtisodiy  holatiga  qarashlari.  “O’zbekiston  tarixi” 

ilmiy jurnal 2004 y, № 3. 

17. Rajabbov Q. Mustaqil Turkiston uchun mushohadalar (1917-1935 y.y.). Jamiyat va boshqaruv. 

1998, № 1-2, 3-4. 

18. Ibodullayev A. Qo’rboshi Madaminbyek. Toshkyent, «YOzuvchi», 1993. 

19. history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali. 



 

 

Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi: Ushbu mavzu org’ali Turkistonda mustabid sovet 

hokimiyatining o'rnatilishi va unga qarshi qurolli harakatning mazmun mohiyatini tarixiy manba va 

adabiyotlar tahlili asosida yoritib byerishdan iborat 

 

Dars  o’tish  vositalari:  (Doska,  plakat,  fan  yuzasidan  manba  va  adabiyotlar,  tarixiy 

ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 

16. 

Dars  o’tish  usullari:  Takrorlash,  suhbat  va  savol-javob  (mavzuni  o`zlashtirishni 

mustahkamlash),  jonli  muloqot  o`tkazish,  erkin  fikrlash  va  so`zlashga  o`rgangan  holda  fikr 

mulohazalarini  bayon  qildirish,  buning  uchun  har  bir  talabaga  o`tilgan  mavzular,  tayanch 

iboralardan  savol  tashlanadi.  O`qituvchi  va  talabalar  o`rtasida  byerilgan  savollarni  tahlil  etish. 

Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni 


 

199 


voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash 

va unga tahlil byerish. 

 

Darsning xrono kartasi – 80 minut.  



 

O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi 

 

Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning 



davomati – 2 minut 

 

Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut 



 

Yo`qlama- 5-minut 

 

Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish- 10 minut 



 

YAngi mavzu bayoni – 50 minut  

 

Sinov savollar namunasi – 5 minut 



 

Uyga vazifa byerish – 3 minut 

 

1- masala: 

SHu  sababli  o’lkamizda  1917  yil  fyevral  inqilobi  arafasidagi  va  undan  kyeyingi  ijtimoiy  siyosiy 

vaziyatni haqqoniy yoritish katta ahamiyat kasb etadi.  

XX  asr  boshlariga  kyelib  Butun  Rossiyadagi  kabi  O’zbyekistonda  ham  inqilobiy  o’zgarishlarni 

amalga  oshirish  uchun  barcha  imkoniyat  va  shart-sharoitlar  mavjud  edi.  SHu  davrda  Turkiston 

aholisi ham mahalliy, ham rus harbiy fyeodal impyerializm zulmi ostida qattiq ezilmoqda edi. Xalq 

barcha  haq-huquqlaridan  mahrum  bo’lib,  xo’rlanib,  xaqoratlanar  edi.  Aholining  ko’pchilik  qismi 

(60-80%) qishloq joylarda yashab o’z yeriga ega emas edi. Ular ko’chib kyeltirilgan boshqa millat 

vakillari qo’lida ishlab, qattiq ekspluatatsiya qilinar edi. 

CHuqur  iqtisodiy-ijtimoiy  va  siyosiy  sabablar  natijasiga  1917  yil  27  fyevralda  Rossiyada 

boshlangan fyevral inqilobi samodyerjaviyani ag’darilib tashladi. 

XIX asrning oxirida  ishlab chiqarish  munosabatlari  bilan  ishlab chiqarish kuchlarini  haraktyeri  va 

darajasining  mos  emasligi  natijasida  Rossiyada  XX  asr  boshlaridayoq  inqilobiy  o’zgarish  uchun 

ob’yektiv  asos  vujudga  kyeldi.  Uning  ustiga  ustak  birinchi  jahon  urushi  mamlakatda  dyemokratik 

inqilobning  yetishuvini  tyezlashtirdi.  Bu  urush  impyerializmning  barcha  ziddiyatlarini 

kyeskinlashtirdi.  Mamlakatda  dyemokratik  inqilobning  bosh  vazifalari,  ya’ni  agrar  va  milliy 

masalalar  hal  qilinmagani  sababli  Rossiya  dyehqonlari,  milliy  o’lkalar  myehnatkash  ommasining 

faollik jarayoni yanada kuchaydi. 

 

Rossiya fuqarolari, xususan milliy o’lkalarda ham 1917 yil fyevral inqilobi g’alabasini zo’r 



shodlik  va  ko’tarinkilik  bilan  kutib  oldilar,  chunki  uning  ezgu  shiori  Ozodlik,  Tyenglik  va 

Birodarlik  edi.  Fyevral  inqilobi  asrlar  osha  ekspluatatsiya  va  zulm  ostida  ezilib  kyelgan 

myehnatkashlar va mazlum xalqlarga baxt-saodat yo’lini ko’rsatdi. 

Muvaqqat  hukumat  mahalliy  xalq  vakillardan  front  orqasidagi  ishlarga-mardikorchilikka  olishga 

chyek  qo’ydiki,  bu  tadbirlar  millati,  irqi  va  ijtimoiy  kyelib  chiqishidan  qat’iy  nazar  barcha 

xalqlarning istak-orzulariga javob byerar edi. Rossiyadagi barcha o’n bitta partiya erkin suratda o’z 

faoliyatlarini  olib  bora  boshladi.  Xullas  qisqa  muddat  ichida  Rossiya  harbiy  yarim  fyeodal 

monarxistik mamlakatdan dunyoda eng ilg’or dyemokratik mamlakatga aylandi. 

 

Tarixiy  voqyealar  va dalillarga  murojaat qilaylik: 1917 yil  fyevral  inqilobi  chor monarxiya 



tuzumini  ag’darib  tashlab  Turkiston  o’lkasida  yangi  tarixiy  sahifa  ochdi.  Muvaqqat  hukumatining  

dasturida aholining tabaqalarga bo’linishi byekor qilingan edi. Diniy va milliy mahdudlikka chyek 

qo’yildi,  hokimiyat  idoralariga  to’g’ridan-to’g’ri  maxfiy  ovoz  byerish  yo’li  bilan  saylov  joriy 

qilindi,  mahalliy  aholini  mardikorlikka  olish  byekor  qilindi.  Xullas  jaholat  va  zulm  iztirobi  ostida 

ezilib kyelgan va g’aflat uyqusida yotgan Turkiston xalqlari uyg’onish davriga kirdilar. Birin-kyetin  

xalq  baxtu saodat uchun  kurash  bayrog’i ostida   turli  xildagi tashkilotlar  vujudga kyela  boshladi. 

Toshkyent, Andijon, Qo’qon, Samarqand shaharlarida sho’rolar kyengashlari, Andijon avgust oylari 

boshlarida musulmon hunar ahlining “Sanoyi-ul Islom SHo’rosi” tuzildi. Faqat 1917 yilning yozida 

Toshkyentdagi  eski  shaharning  o’zida  o’n  ikkita    kasaba  sho’rosi  tuzildi.  Ulardan  Samarqandda 

“Musulmonlar  klubi”,  “Mirvat  ul-Islom”,  Qo’qonda  “Musulmon  myehnatkashlari  ittifoqi”, 



 

200 


Kattaqo’rg’onda  “Ravnak  ul-Islom”,  Xo’jandda  “Muayn  at-Tolibin”,  taraqqiy  parvar  ziyolilar 

tomonidan  tashkil  etilgan  “Turon”  jamiyati  tashabbusi  bilan  vujudga  kyelgan  yirik  tashkilotlarda  

biri  “SHo’roi  Islomiya”,  “SHo’ro-i  Ulamo”,  “Alash  O’rda”,  “YOsh  buxoroliklar”,  “YOsh 

xivaliklar”  kabi  tashkilotlar  Turkistonning    har-bir  shahrida  tashkil  qilindi.  1917  yil  15  martida 

“SHo’roi-Islomiya” tashkilotining doimiy raisi qilib Abdulvohid Qori, muovunlikka Munavvar Qori 

Abdurashidxon o’g’li, sarkotiblikka Kattaxo’ja Boboxo’ja o’g’li, xazinadorlikka Mulla Rizo Oxund 

Yo’ldoshxon o’g’li saylandi. Tashkilotning asosiy ro’znomasi “Najot” dyeb ataldi. 

 

“SHo’roi Islomiya” quyidagicha o’z dasturining maqsad va vazifalarini bayon qildi: 



17. Turkiston  musulmonlari  orasida  siyosiy,  ilmiy  va  ijtimoiy  jihatdan  zamonaga  muvofiq  islohot 

fikri tarqatmoq. 

18. Butun Turkiston musulmonlarini bir fikr va bir maslakka kyeltirishga harakat qilmoq: 

19. Mamlakatning usul idoralari xaqinda ma’lumot yig’ib TA’SIS majlisiga hozirlanmoq. 

20. Turkistonning  har  bir  shahar,  qishloq  va  ovullarida  mitinglar  yasab  siyosiy,  ilmiy  va  ijtimoiy 

xutbalar o’qimoq. 

21. Eski ma’murlarni o’rnidan oldirib, o’rniga yangi ma’murlar qo’ymoq. 

22. Turkistondagi turli millatlar orasidagi bo’layotgan ixtilof va shubxalarni bitirib, ularni bir-biriga 

yaqinlashtirmoq. 

23. Turli  millat  va  firqalarning komityetlari  ila  aloqada bo’lib, o’z  vakillari  vositasi  ila  musulmon 

extiyojlarini ul komityetlarga  bildirmoq va lozim topganda ulardan yordam so’ramoq kabilar edi. 

 

“SHo’roi  Islomiya”  esa  Turkistonning  ijtimoiy  siyosiy  hayotida    juda  katta  rol  o’ynadi. 



Uning  vakillari    Moskva  va  Qozonda  bo’lib  o’tgan  Umumrusiya  musulmonlari  qurultoyida 

qatnashdi,  Turkiston  shaharlari  Dumasiga  a’zo  bo’lib  kirdi,  Ta’sis  majlisida  tasdiqdan  o’tkazish 

uchun  o’lkani  idora  etish  usuli  qonun  loyihasini  tayyorlashda  faol  ishtirok  etdi,  har  turli  xayriya 

ishlarida  faol  bo’ldi.  Maktab  va  madrasani  isloh  qilish  yo’llarini  byelgilab  byerdi.  Dyemak 

“SHo’roi  Islomiya”  a’zolari  bo’lmish  turkistonlik    milliy  dyemokratik  ruxdagi  taraqqiyparvar 

ziyolilarimiz  Rossiya  1917  yil  fyevral  inqilobidan  so’ng  avj  olgan  umumdyemokratik    harakatda 

Turkiston  mustaqilligi  uchun  kurashdi.  Taraqqiyparvar  islohotchilar  matbuot  va  mitinglarda 

Turkistondagi  ijtimoiy  tyengsizlik,  myehnatkash  ommasining  og’ir  ahvoli  xaqida  kuyunchaklik 

bilan  so’zlab,  uning  ijtimoiy  sabablari,  ildizlarini  anglashga  va  xalqqa  tushuntirishga  harakat 

qilishdi. 

 

Buxoro  va  Xivada  inqilobiy    harakatlarning  boshida  “YOsh  buxoroliklar”,  “YOsh 



xivaliklar” turar edilar. Ularning raxbari Fayzullo Xo’jayev turar edi. Ular qizil gvardiya bo’limlari 

yordamida Buxoroda amir xukumronligini ag’darib tashlashni  maqsad qilib qo’ygan edi. Bu  ishda 

yosh  buxoroliklar  Turkiston  XKS  raisi  Fyodor  Kolyesovga  qurolli  yordam  byerishni  so’radilar. 

YOsh buxoroliklarning bu urinishlari natija byermadi. Ularning katta xatosi xalqdan uzoqdaligi edi. 

YOsh buxoroliklar dasturida amirni saqlab qolib jamiyatni o’zgartirishni maqsad qilib qo’ygan edi. 

YOsh  buxoroliklar  harakati  tor-mor  etilgandan  kyeyin  ular  Buxoro,  Samarqandni  tashlab  chiqib 

kyeta boshladi. Amir yosh buxoroliklardan qattiq o’ch oldi. Kyeyinchalik yosh buxoroliklar Buxoro 

kommunistik partiyasini tuzishda aktiv ish olib bordi. 

1918 yilda Xivada Junaidxon tuzumiga qarshi kurashda milliy burjuaziya vakillaridan tashkil 

topgan  “YOsh  Xivaliklar”  1919  yilda  Pyetroalyeksandrovskda  Xiva  inqilobchilarning  shtabi 

tuzildi. Ulardan: Juma  Atashov, Raxmon Primbyetov, Qurbon Byekniyazov  va  boshqalar  bu 

shtabning  a’zolari  edi.  “YOsh  Xivaliklar”  tashkilotiga  a’zo  bo’lib  kirgan  hunarmandlar  va 

dyehqonlar Xiva xalq inqilobini g’alaba qilishda katta rol’ o’ynadi.  

Inqilobdan  kyeyin  chiqa  boshlagan  Toshkyentda  “Xurshid”,  “Sadoyi  Turkiston”,  “Turon”,  “Turk 

eli”, “Najot”, “Kyengash”, “SHo’roi Islom”, Samarqandda “Oina”, “Hurriyat”, Buxoroda “Turon”, 

“Buxoroi sharif”, Qo’qonda “Sadoyi Farg’ona”, “Tirik so’z” ro’znomalari va “Hurriyat” oynomasi 

va  Farg’onada  “Farg’ona  nidosi”  oynomasi  Turkiston  xalqining  g’oyaviy  siyosiy  madaniyatini 

shallantirishda  katta  faollik  ko’rsata  boshladi.  Turkiston  xalqlari  V.I.Lyeninning  “CHorizm 

tomonidan  ezilgan,  chorizm  o’zining  davlat  chyegaralariga  qo’shib  olgan,  yoki  davlat  chyegarasi 

ichida  majburan  saqlab  kyelayotgan,  ya’ni  annyektsiya  qilingan  barcha  millatlar  va  xalqlarning 

Rossiyada  batamom  ajralib  chiqish  huquqini  e’lon  qilishi  va  buni  darrov  amalga  oshirishni  talab 

etishi  va  shunga  erishuvi  lozimligi”  haqidagi  xulosalarning  amalga  oshuvidan  umid  uchqunlari 

paydo bo’lib turgan bir paytda Oktyabr’ to’ntarilishi sodir bo’ldi. 


 

201 


Ammo  1917  yil  Oktyabr  to’ntarishi  mamlakatdagi  vaziyatni  tubdan  o’zgartirib  yubordi.  Zo’rlik 

yo’li  bilan  Kyeryenskiy  boshchiligidagi  dyemokratik  muvaqqat  hukumat  ag’darib  tashlandi.  Xalq 

Oktyabr’  to’ntarishini  qabul  qilmadi.  Mamlakatda  1918-1920  yillarni  o’z  ichiga  olgan  dahshatli 

fuqarolar urushi boshlandi. 

Oktyabr  to’ntarishi  allanyechuk  tasodif,  noxush  hodisa  jamiyat  va  Vatan  oldidagi  jinoiy  voqyea 

sifatida hatto uzoq Turkistondagi rus ro’znomalarida ham o’z aksini topdi. Bu borada o’sha davrda 

chop  etilgan  ro’znomalardagi  maqolalarning  sarlavhalarini  sanab  o’tishning  o’zi  kifoya  qiladi: 

“Bol’shyeviklar  faqat  Smol’niyda  qoldilar”,  “Xotirjam  bo’lingiz”,  “Vatan  oldida  jinoyat”  va 

hokazo.  “Svobodnыy  Samarkand”  ro’znomasida  esa  hatto  RSDRP  ning  Samarqand  tashkiloti  25 

oktyabrda Pyetrogaraddagi voqyea, ulkan fitnani qoralab chiqdi dyegan xabarlarni bosgan edi.  

Hatto  buyuk  prolyetar  yozuvchisi  A.M.Gor’kiy  ham  Oktyabr  to’ntarishiga  o’zining  salbiy 

munosabatini bildirgandi. M.Gor’kiyning “Novaya jizn’” da e’lon qilingan “Dyemokratiyaga” dyeb 

ataluvchi  murojaati  bu  fikrimizning dalilidir. Bu  murojaatni  juda ko’pchilik ro’znomalar takror va 

takror chop etdilar. Bu murojaatda biz quyidagi jumlalarni o’qiymiz: “Lyenin, Trotskiy va ularning 

yo’ldoshlari  hokimiyatning  chuqur  zaqqumi  ila  zaharlab  bo’ldilar.  Ularning  so’z  erkinligi, 

dyemokratiya erishgan shaxs huquqlariga bo’lgan sharmisor munosabati bunga shahodatdir. So’qir 

mutaassib  va  vasvasaga  uchragan  jahongashtalar  oldi-kyetini  bilmay,  go’yoki,  “Sotsial  inqilob” 

tomon bormoqdalar, aslida esa bu yo’l – o’zboshimchalik yo’li, inqilobning va yo’qsillarning o’lim 

yo’lidir.  Mazkur  yo’lda  Lyenin  va  safdoshlari  Pyetyerburg  atrofidagi  xunryezlik,  Moskvani 

yemirish, so’z erkinligini puchga chiqarish, byema’ni hibsga oluvchilar singari o’z vaqtida Plyevye 

va Stolipin qo’llagan qabihlik va jinoyatlarga qodirligini namoyon qildilar”. (Turkiston vyedomosti 

1917 yil 16 noyabr’). 

Oktyabr to’ntarishi Rossiya sharoitida noqonuniy ekan, Turkiston sharoitida esa o’n qirra, yuz qirra 

ortiqroq  noqonuniy  bo’lgan  va  zo’rlik  yo’li  bilan  byevaqt  amalga  oshirilgan.  Minglab,  millionlab 

avlod-ajdodlarimiz  gunohsiz  qirilib  kyetganlar  yoki  qadrdon  ona-yurtlarini  tashlab  horijiy 

mamlakatlarga  boshpana  izlab  kyetishga  majbur  bo’lganlar.  Masalan,  Mustafo  CHo’qayev,  SHoir 

Buloqboshi,  Andijoniy,  yirik  tarixchi  olim  Boymirza  Hayit  va  ko’plab  shunga  o’xshash  kishilarni 

misol kyeltirish mumkin. Ularning o’z yurtlaridan kyetishiga yana bir sabab Turkistonning ijtimoiy-

iqtisodiy  jihatdan  nihoyatda  qoloqligi,  kam  taraqqiy  etganligidadir.  Bu  yerda  fyeodal  ijtimoiy-

iqtisodiy  ishlab  chiqarish  munosabatlari  hukmron  mavqyega  ega  edi.  Kapitalistik  ishlab  chiqarish 

munosabatlari to’g’risida umuman fikr yuritish mumkin emasdi. Turkiston o’lkasida endigina ba’zi 

bir  kichik-kichik  sanoat  korxonalari  (paxta  tozalash  korxonalari,  tyemirchilik  ustaxonalari  kabi) 

vujudga kyelayotgan edi, xolos. SHu boisdan bu o’lkada “sotsialistik” inqilobni amalga oshirishda 

asosiy  kuch  bo’lgan  yo’qsillar-prolyetariat  sinfining  o’zi  hali  sinf  sifatida  shakllanib  ulgurmagan 

edi. 1913 yilda Turkistondagi jami 6 million aholining faqat 1 foizidan kamrog’ini ishchilar tashkil 

etgan, xolos. 

Oktyabr  to’ntarishi  Turkistonga  chyetdan  olib  kyelindi  va  zo’rlik  bilan  amalga  oshirildi.  Bu 

inqilobni  mahalliy  vakillari  qo’llab-quvvatlamadigina  emas,  balki  oktyabr  to’ntarishiga  qarshi 

qo’llariga qurol – byelkurak, kyetmon, bolta, tayoqlar olib kurashdilar. Buni tarixiy xujjat-ashyolar 

tasdiqlaydi.  Bu  haqda  o’z  vaqtida  mahalliy  millatchilar  vakillari  orasidan  chiqqan  musulmon 

inqilobchilari  va  bol’shyeviklar  Mustafo  CHo’qayev,  Turor  Risqulov,  Norbo’tabyekov,  Axmad 

Boytursunov  va  boshqalar  ham  aytgan  edilar.  Afsuski  bularning  adolatli  fikr  xulosalari  inobatga 

olinmadi. Aksincha ular kyeyinchalik birin-kyetin xibisga olinib qatag’on qilindilar. Mana ulardan 

ba’zi  bir  na’munalar:  T.Risqulov  1919  yil  iyun  oyida  bo’lib  o’tgan  Turkiston  Kompartiyasi  III 

s’yezdining milliy kommunistik syektsiyasida qilgan ma’ruzasida “Agar biz Turkistondagi xaqiqiy 

vaziyatga e’tibor byersak, ham ko’chmanchi, ham o’troq aholi shu paytga qadar ham O’rta asrchilik 

sharoitidadir” dyegan edi. 

Mustafo  CHo’qayev    o’zining  “Turkiston  sho’rolar  hokimiyati  ostida”  dyeb  nomlangan 

kitobida  1917  yilgi  fyevral  inqilobi  ulug’  umidlar  tug’dirgan  bo’lsa,  “Oktyabr  to’ntarishi 

bularning hammasini yo’qqa chiqargani”ni yozadi. 

Axmad Boytursunov “Ryevolyutsiya va qirg’izlar” maqolasida quyidagicha yozadi. 

“Birinchi  ryevolyutsiya  (1917  yil  fyevral)  qirg’izlar  tomonidan  (bu  yerda  “qirg’izlar”-qozoqlar 

ma’nosida  ishlatiladi)  to’g’ri  tushunilgan  va  xursandchilik  bilan  kutib  olingan  edi,  chunki, 

birinchidan,  ryevolyutsiya  ularni  chor  hukumati  zulmi  va  zo’rligidan  ozod  qildi  va  ikkinchidan 



 

202 


mustaqil  boshqarishdan  iborat  tub  maqsadlarning  ro’yobga  chiqishiga  umid-ishonchni 

mustaxkamladi.  Ikkinchi  (1917  yil  oktyabr)  ryevolyutsiyaning  qirg’izlar  uchun  tushunarli 

bo’lmaganligi aniq va soddadir: qirg’izlarda kapitalizm ham sinfiy tafovut ham yo’qdir... 

Oktyabr  to’ntarishi  o’zining  tashqi  ko’rinishlari  bilan  qirg’izlarga  dahshat  soldi.  Rossiyaning 

markaziy  qismlarida  bol’shyevistik  harakatning  qanday  amalga  oshganligi  qirg’izlarga  noma’lum 

edi.  CHyekka  o’lkalarda  esa  hamma  yerda  zo’rlik,  talonchilik,  suistye’mollik  va  o’ziga  xos 

diktatorlik hokimiyati shaklida amalga oshadi”. 

YUqorida aytilgan fikrlarni tasdiqlash uchun ba’zi bir G’arb sovyetshunos tarixchilarning gaplarini 

kyeltirib  o’tish  darkor.  Masalan,  frantsuz  olimi  Glyen  Karyer  dye  Ankossning  yozishicha  o’lka 

myehnatkashlari  fyevral  inqilobidan  kyeyin  sotsialistik  inqilobga  o’sib  o’tishi  uchun  boshlangan 

umumrossiya kurashiga qo’shilmaganligini isbotlaydi. 

80-yillarda  faoliyat  ko’rsatgan  frantsuz  sovyetshunos  olimi  M.Rivkin  O’rta  Osiyodagi  inqilobiy 

harakatlar  mustamlakachilikka  juda  o’xshab  kyetishini  va  bu  ishlarning  bariga  musulmonlarning 

dyeyarli  xech  qanday  aloqasi  yo’qligini,  bu  rus  shovinistlarining  ishi  ekanligini,  o’lkada  Sovyet 

hokimiyati  ruslar  tomonidan  o’rnatilganligini  o’zining  “Musulmonlarning  Moskvaga  dag’dag’asi” 

asarida  ko’rsatib  o’tdi.  Bu  fikrlarni  g’arbdagi  islomshunos  olimlar  Alyeksandr  Byennigsyen  va 

Myeri  Broksap  ham  o’zlarining  “Sovyet  davlatiga  islom  xavfi”  nomli  kitobida  qo’llab-

quvvatlaydilar. 

Xullas,  oktyabr  to’ntarishi  Turkiston  o’lkasining  ob’yektiv  taraqqiyot  qonunlariga  zid  suratda 

o’lkaga chyetdan – Rossiyadan kyelgan bir guruh shaxslar tomonidan zo’rlik bilan amalga oshrildi, 

ya’ni zo’rlik yo’li bilan eksport qilindi. 

Muvaqqat  hukumat  ag’darib  tashlandi.  1917  yil              1  noyabrda  Toshkyentda  ham  muvaqqat 

hukumat  ag’darildi.      2  noyabrda  Turkistonda  butun  o’lka  dyemokratik  tashkilotlarning  qo’shma 

majlisi  bo’ldi.  Unda  hokimiyat  masalasi  muhokama  qilindi.  Ammo,  bu  anjumanda  o’lka  sho’rosi 

Toshkyent  sho’rosi  ijroqo’mi  musulmon  vakillari  o’lka  sho’rosi  faqat  maslahat  ovozi  bilan 

qatnashishi  imkoniyatiga  ega  bo’ldilar  xolos.  Albatta,  bundan  mahalliy  sho’rolari  norozi  bo’lib  5 

noyabrda mustaqil suratda o’z qurultoylarini chaqirdilar. Ular Turkiston ishchi – askar va dyehqon 

sho’rolarining chaqirilmoqchi bo’lgan navbatdagi III qurultoyiga hal qiluvchi ovoz bilan qatnashish 

xuquqlarini talab qildilar. Biroq, qurultoy ularning barcha talabini rad etdi. 

Eng  haraktyerli  tomoni  shundaki,  mahalliy  musulmon  xalqlari  irodasiga  qarama-qarshi  qarorlar 

qabul  qilgan  Turkiston  o’lkasi  SHo’rolarning  1917  yil  15-21  noyabrda  bo’lib  o’tgan  III  qurultoyi 

Turkiston  xalq  komissarlari  kyengashini  tuzdi.  Unga  7  bol’shyevik  va  maksimalist,  8  so’l  esyer 

saylandi.  Hukumat  tarkibida  mahalliy  millat  vakillaridan  birorta  ham  kishi  saylanmadi,  ularning 

hammasi,  100  foizi  Turkistonga  Rossiyadan  yuborilgan  yevropalik  shaxslar  edilar.  Ular  mahalliy 

xalqning  na  tilini,  na  dinini,  na  madaniyatini,  na  milliy  urf-odatini,  bu  yerda  asrlar  osha  tarkib 

topgan  tarixiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  munosabatlarini  bilmas  edilar.  Bu  xol  kyeyinchalik  o’lkada 

sovyet  hokimiyati  “tartib  qoidalari”ni  o’rnatish  chog’ida  o’zining  eng  yaramas  va  jirkanch 

qiyofasini  ko’rsatdi.  CHunki  bu  tasodifiy  rahbar  unsurlar  mahalliy  shart-sharoitlar  bilan 

xisoblashmaydilar,  CHor  Rossiyasining  mustamlakasi  bo’lgan  Turkistonda  Ulug’  rus  shovinizmi 

siyosatini  zo’rlik  yo’li  bilan  davom  ettiradilar.  Bu  narsa  hatto  Turkiston  o’lkasi  SHo’rolarining  3 

qurultoyi qabul qilgan qarorida ham o’z aksini topdi. Jumladan, qurultoy qarorida “Mahalliy aholi 

o’rtasida  prolyetar  sinfi  bo’lmaganligi  sababli”  ular  vakillarining  o’lkadagi  hokimiyat  organlarida 

ishlariga  yo’l  qo’ymaslik  kyerakligi  ta’kidlanadi.  Bunday  ulug’  davlatchilik  shovinistik  siyosat 

kyeyinchalik  ham  surunkasiga  doimiy  suratda  o’lka  myehnatkashlari  o’rtasida  oddiy  bir  qoida 

tariqasida  olib  boriladi.  Buni  biz  Turkiston  o’lkasi  SHo’rolar  hukumatining  a’zosi,  o’ta  shovinist 

so’l  esyerlar  partiyasining  boshliqlaridan  biri  K.YA.  Uspyenskiy  o’lka  SHo’rolarining  1918  yil 

yanvar oyida bo’lib o’tgan IV qurultoyida so’zlagan nutqidagi quyidagi jumlalar bilan yana bir bora 

tasdiqlamoqchimiz: 

“O’rtoq  musulmonlar!  SHuni  bilingizki,  Biz  Sizlarning  katta  og’angizmiz.  Siz  kichiksiz  va 

tushunarliki,  bizga  bo’ysinishingiz kyerak!” Har  qanday  savodsiz  nodon ham  hatto bu so’zlarning 

mag’zini  chaqib  tushuna  oladi  va  bu  jumlalar  bilan  millatlarning  tyeng  xuquqliligi,  ularning  o’z 

taqdirini  o’zi  byelgilashi  xuquqi  to’g’risidagi  qoida  o’rtasida  yer  bilan  osmoncha  farq  borligini 

biladi.  Samodyerjaviye  ag’darilgandan  so’ng  ryeaktsiya  va  impyerialstik  urush  yillarida  chorizm 

tomonidan tor-mor etilgan sotsial dyemokratik tashkilotlar tiklana boshladi. 5 martda Toshkyentda 



 

203 


V.S. Lyapin, N.V. SHumilov, A.A.Kazakov va boshqa bol’shyeviklar raxbarligida partiya guruhlari 

RSDRPning shahar tashkiloti bo’lib birlashdi. Bu tashkilot a’zolarining soni dastlabki yildayoq 300 

kishiga  yetdi.  Ular  orasida  mahalliy  millatlarning  namoyandalari  o’zbyek  ishchilari 

T.Abduraxmonov,  O.Bobojonov,  J.Kamolov  va  boshqalar  bor  edi.  SHu  vaqtda  Samarqandda, 

Andijon,  Qo’qon,  Skobyelyevda  va  Turkistonning  boshqa  shaharlarida  ham  sotsial  dyemokratik 

tashkilotlar tuzildi.  

Inqilobning dastlabki kunlaridan boshlab sotsial-dyemokratik tashkilotlar bilan bir qatorda, kasaba 

uyushmalari  tuzila  boshladi.  1917  yilning  martida  Toshkyentdagi  zavodlarning  ishchilari,  tyemir 

yo’l ishchilarning kasaba uyushmalari, o’qituvchilar, vrachlar, hukumat muassasalari xizmatchilari 

va  matbaachilarning  kasaba  uyushmalari  tuzildi.  Toshkyentning  “eski  shahrida”  (bu  yerda  asosan 

tub yerli axoli yashar edi) S.Qosimxo’jayev va O. Bobojonov raxbarligidagi quruvchilarning 1000 

ga  yaqini  o’zbyek  ishchilaridan  iborat  katta  kasaba  uyushmasi  tashkil  qilindi.  SHundan  kyeyin 

Toshkyentda  o’zbyek  myetallist-ishchilari,  yuk  tashuvchilar,  savdo  xodimlari  (prikazchiklar)  va 

boshqalarning kasaba soyuzlari vujudga kyeldi. 

Turkistonda,  mamlakatning  markaziy  rayonlaridan  farq  qilib,  kasaba  soyuzlari  hamda  ishchi  va 

soldat  dyeputatlari  sovyetlari  bilan  bir  qatorda,  ommaviy  dyemokratik  tashkilotlar  musulmon 

ishchilari dyeputatlari Sovyetlari (Ittifoqlari) tuzilgan edi. Bu tashkilotlar faqat ishchilargina emas, 

balki taraqqiyparvar ziyolilarni, myehnatkash dyehqonlarni, kosib-hunarmandlarni ham birlashtirdi. 

Mazkur  tashkilotlarning  paydo  bo’lishi  tub  yerli  aholining  myehnatkash  tabaqalari  orasida 

ryevolyutsion  aktivlikning  kuchayganligidan  dalolat  byerar  edi.  Harbiy  front  orqasidagi  ishchilar 

qaytib kyelgan mahalliy aholi ishchilari bu tashkilotlarni  vujudga kyeltirishda  faol ishtirok etdilar. 

Ular  o’sha  joylarda  rus  ishchilari  bilan  birgalikda  ish  tashlashlarda,  namoyishlarda,  mitinglarda 

qatnashib, ryevolyutsion kuzatish tajribasiga ega bo’lgan edilar. 

 

Inqilobning dastlabki kunlarida Turkiston gyenyeral-gubyernatori Kurapatkin o’z mansabida 



qolishga urinib ko’rdi. Lyekin ryevolyutsion ishchi va barcha myehnatkash  ommaning qat’iy talabi 

va taz’yiqi ostida Kurapatkin gyenyeral-gubyernatorlikdan chyetlatildi. 

Murosachi  myen’shyevik  va  esyerlar,  rus  va  mahalliy  burjuaziya  tashabbusi  bilan  muvaqqat 

hukumatning Turkiston Komityeti tuzildi. 

Burjua  muvaqqat  hukumati    va  uning  Turkiston  komityeti  xalq  manfaatlariga  doir  biron  masalani 

xal qilmadi va hal etishni istamas ham edi. 

Ular  mustamlakachilik  tizimini  saqlab  qolish  uchun  harakat  qildilar.  Ilgarigi  CHor  harbiy 

gubyernatorlari  va  u’yezd  boshliqlari  o’rniga  chor  amaldorlari  bo’lib  xizmat  qilgan  kishilardan 

oblast  va  u’yezd    komissarlari  vazifasiga  tayinlandi.  Turkiston  Komityeti  o’lkaning  xalqlarini 

“yovvoyi”  va  o’z  taqdirlarini  o’zlari  byelgilashga  “ojiz”  dyeb  hisoblab,  Turkistonni  avtonomiya 

qilish  xaqida o’ylamas edi. Rossiyaning Muvaqqat hukumati Buxoro amirligi  va Xiva  xonliklarini 

o’z protyektorati ostida saqlab qoladi. 

 


Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling