Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81

Qorahoniylar davlati 

 

Markaziy Osiyoning  o’rta asr tarixida muhim  o’rin tutgan va xiyla uzoq davr hukm surgan 

(X-XII  asrlar)  turkiy  Qorahoniylar  sulolasi  to’g’risida  so’z  yuritar  ekanmiz,  bunda  shu  narsani 

chuqurroq  anglamoq  joizki,  hozirgi  Markaziy  Osiyo  mintaqasining  ko’pgina  hududlarida,  ayniqsa 

uning  sharqiy  qismida  juda  qadim  davrlardan  buyon  turli  nomlar  bilan  atalgan  turkiy  qabilalar, 

elatlar yashab kelgan. Ular mahalliy sug’dlar va boshqa xalqlar bilan yonma-yon yashab, ijtimoiy-

iqtisodiy  va  madaniy  hamkorlik  va  aloqalarda  bo’lib,  birgalashib  tarix  yaratganlar,  ijtimoiy 

taraqqiyot jarayoni tezlashuviga munosib ta'sir ko’rsatganlar. 

Turkiy  elatlarga  mansub  qorluklar,  chigillar,  yag’molar,  to’xsilar,  turgashlar,  arkular, 

yabakular,    o’g’izlar,  qirqizlar,  qipchoqlar  va  boshqalar  nafaqat  Sharqiy  Turkiston  va  Yettisuv 

kengliklari bo’ylab, balki shuningdek Farg’ona, Shosh vohalarida, mintaqaning boshqa hududlarida 

ham istiqomat qilganlar. 

Qorluklar  tarixiga  oid  "hudud  al-Olam"  kitobida  nahl  qilinishicha,  turkiy  elatlar  yashagan 

hududlarda  gavjum  qishloqlar  bilan  birlikda    o’ziga  xos  yuksak  madaniy  hayotga  ega  bo’lgan 

ko’plab  shaharlar  ham  mavjud  bo’lgan.  qorluklarda  rivojlangan  dehqonchilik  bilan  birga 

hunarmandchilik,  chorvachilik,  savdo-sotiq  sohalari  ham  ancha  taraqqiy  topgan.  Boshqa  turkiy 

qavmlar ham  o’ziga xos  ijtimoiy rivojlanish darajasiga va turmush tarziga ega bo’lganlar. Bu esa 

ularda  davlatchilik  tizimining  xiyla  mustahkam  negizda  vujudga  kelib,  takomillashib  borishida 

muhim axamiyat kasb etdi. Mintaqamizning sharqiy hududida, hozirgi Yettisuv, Sharqiy Turkiston  

o’lkalarida  X  asr    o’rtalariga  kelib  turli  turkiy  qavmlar,  elatlarning    o’zaro  birikuvi  va  qo’shiluvi 

davomida Qorahoniylar davlatining  yuzaga kelganligi  buning  yaqqol  ifodasi  bo’ldi. Bu davlatning 

tayanch negizining yaratilishida ayniqsa qorluq, chigil va yag’mo elatlarining  o’rni va ta'siri katta 

bo’lgan. Mazkur davlatga asos solgan siymo Satuk Abduo’lkarim Bug’roxon (qoraxon) yag’molar 

qavmiga  mansub  bo’lgan.  Qoraxon  so’zining  lugaviy  ma'nosi  esa  turkiy  qabilalarda  "ulug’", 

"buyuk" degan tushunchani anglatgan. 

Bu  davlatning  qudrati  yuksalib,  u  tez  orada  katta  hududlarni    o’z  qo’l  ostiga  kirita  boradi. 

Uning  poytaxti  Sharqiy  Turkistonning  Bolasog’un  shahri  bo’lgan.  Abduo’lkarim  Bug’raxon 

vafotidan keyin (955y) uning vorislari davrida Markaziy Tyonshan va Yettisuv  o’lkalari egallandi. 

Endilikda  Qoraxoniylar  Somoniylar  hukmronlik  qilayotgan  Movarounnaxr  yerlarini  butunlay  

egallashga kirishadilar. Bu davrda Somoniylar davlatining chukur ichki ziddiyatlar, sinfiy ixtiloflar 

orkasida  tanglik  holatiga  tushib  qolganligidan  foydalangan  Qoraxoniylar  hukmdorlari  -  Hasan  va 

Nasr Bug’raxonlar  yetakchiligidagi qo’shin Somoniylar qarshiligini qiyinchiliksiz  yengib,  ikki  bor 

(992-999  yillarda)  poytaxt  Buxoroni  egallaydi.  Oqibatda  butun,  Movarounnaxr  -  hududlari 

Qorahoniylar tasarrufiga  o’tadi. Bu voqea XI asr boshlarida sodir bo’ladi. Shu tariqa, Qorahoniylar 

xukmronligi  katta  hududlarga  yoyiladi.  1041  yilga  kelib  Qorahoniylar  hokimiyati  ikkiga:  markazi 

Buxoro  bo’lgan  harbiy  xonlikka  va  markazi  Bolasog’un  bo’lgan  sharqiy  xonlikka  bo’linib  ketadi. 



 

309 


                                                                                                                                                                                        

Keyingi  xonlik  tarkibiga  Talas,  Isfijob,  Shosh,  Sharqiy  Farg’ona,  Yettisuv  va  Qashg’ar  yerlari 

kirgan. 

Qorahoniylar  davlatining  boshqaruv,  idora  qilish  tizimini  ko’zdan  kechirarkanmiz,  ularda 

Somoniylardan  farqli    o’laroq  markaziy  boshqaruv  tizimiga  qaraganda  hududiy  boshqarish  tartibi 

ko’proq    o’rin  tutgan.  Buning  asosiy  sababi  shuki,  xonlik  hududlari  nihoyatda  bepoyon 

bo’lganligidan,  har  bir  yirik  hudud  yoki  viloyat  iloqxonlar  tomonidan  nisbatan  mustaqil  idora 

qilingan  (Masalan,  Samarqand,  Buxoro,  Yettisuv  v.b.).  Iloqxonlar  tegishli  miqdordagi  yillik  xiroj 

yoki to’lovlarni  markaziy  hokimiyat hukmdori –  Tamg’achxonga  yuborib, amalda   o’z  mulklarini 

mustaqil boshqarganlar. 

Qorahoniylarning  Movarounahrdagi  hukmronligi  murakkab  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatda,  turli 

sulolaviy  urushlar,  ziddiyatli  jarayonlarda  kechganligini  ta'kidlamoq  joizdir.  Ayniqsa  xonlikning 

muhim  hayotiy  markazlari  hisoblangan  Samarqand,  Buxoro,  Balx  va  Termiz  kabi  joylarni  qo’lga 

kiritish  uchun  Saljuqiylar,  Qoraxitoylar  bilan  ko’p  bor  urush  harakatlarini  olib  borishga  to’g’ri 

kelgan. 

Xususan  Saljuqiylarning  so’ngi  podshohi  Sulton  Sanjar  (1118-1157)  Qorahoniylarning 

Movarounahrdagi  hukmdori  Arslonxon  (1102-1130)ning  zaiflashib  qolganligidan  va  mahalliy 

ruhoniylar  fitnasidan  foydalanib,  Samarqand  va  uning  atroflarini  bosib  oladi.  Shundan  so’ng 

Qorahoniylar  sulolasiga  mansub  mahalliy  xonlar  amalda  Sulton  Sanjarga  tobe  bo’lib  qoladilar. 

Biroq  ko’p  o’tmay  bu  hududlar  yangidan  sharqdan  bostirib  kelgan  Qoraxitoylar  ta'siriga  tushib 

qoladi. 

Faqat 1211 yilga kelib,  ya'ni so’ngi  Horazmshoh-Alouddin Muhammad (1200-1220) davrida 

Qorahoniylarning Movarounahrdagi rasmiy boshqaruvi butunlay barham topadi. 

Qorahoniylar  davrida  Movarounahrning  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotida  bir  qator  muhim  

o’zgarishlar  yuz  beradi.  Birinchidan,  Qorahoniylar    o’lkani  zabt  etgach,  bu  yerda  ko’p  asrlardan 

buyon hukm surib kelgan yerga egalik qilishning muhim shakli - dehqon mulkchiligini tugatib, bu 

mulklarni davlat tasarrufiga oladilar. Bu mulklar  o’z navbatida Qorahoniylarga tobe bo’lgan sodiq 

amaldorlar, harbiy  lashkarboshilar, davlat xizmatchilari  yoki ularga  yon  bosgan  yuqori ruhoniylar, 

din  peshvolariga  mulk  qilib  beriladi.  "Dehqon"  tushunchasi  shundan  boshlab  amalda  mulk  egasi 

emas, balki yerni ishlovchi, unda mehnat qilib kun kechiruvchi ijtimoiy toifa maqomiga ko’chadi. 

Ikkinchidan,  Qorahoniylar  davriga  kelib  yer-mulkka  egalik  qilishning  "iqto"  va  iqtadorlik 

munosabatlari  yanada  chuqur  ildiz  otadi.  Iqtadorlar    o’z  tasarrufidagi  hududlarda  yashovchi 

aholidan olinadigan soliqlar evaziga katta daromadlar olganlar. 

Uchinchidan,    O’rta  Osiyo  hududlarining  Qorahoniylar  davlati  tarkibiga    o’tishi  yerli  aholi 

etnik  tarkibida  ham  muhim    o’zgarishlarni  vujudga  keltira  bordi.  Qorahoniylar  hokimiyatining  bu 

hududga  yoyilishi  ayni  zamonda  turkiy  qavmlar,  urug’-qabilalarning  sharqiy  hududlardan  ko’plab 

miqyoslarda  kelib,    o’rnashib,    o’troqlashuviga  sezilarli  ta'sir  ko’rsatdi.  Buning  natijasida  XI-XII 

asrlarga  kelib  Movarounahr  aholisi  tarkibida  turkiy  etnoslar  uzil-kesil  ustivorlikka  ega  bo’ldi.  Bu 

esa,  shubhasiz,    o’zbek  xalqining  etnik  shakllanishi  jarayonida  xal  qiluvchi  ahamiyat  kasb  etdi. 

Ayni chog’da turkiy tilning iste'mol doirasi to’xtovsiz kengayib bordi. 

Shu bilan birga bu tilning mahalliy xalq, elatlarning adabiy tili sifatidagi  mavqei va maqomi 

ham  tarkib  topib  bordi.  Go’zal  va  nafis  qadimgi  turkiy,  ya'ni  eski    o’zbek  adabiyotining  ijodiy 

namunalari  hisoblangan  Mahmud  Qoshg’ariy,  Yusuf  Xos  Xojib  va  Ahmad  Yugnakiylarning 

betakror ijodiyoti bunga yorkin dalil bo’la oladi. 

 

Xorazmshohlar davlati 

 

Xorazm  vohasi    o’zining  qulay  strategik  va  jug’rofiy  mavqei  xamda  qadimdan  rivojlangan 

hudud  bo’lganligidan,  u  Markaziy  Osiyo  mintaqasida  turli  davrlarda  kechgan  muhim  tarixiy 

jarayonlarda  alohida    o’rin  tutib,    o’z  muayyan  ta'sirini    o’tkazib  borgan.  Vatanimiz  hududida 

miloddan  avvalgi  so’ngi  ming  yillik  boshlaridagi  ilk  davlatchilik  tuzilmalari  ham  shu  hududda 

vujudga  kelgan.  Milodimizning  turli  bosqichlarida  ham  Xorazmshohlar  sulolasi  nomi  bilan 

hukmronlik qilgan hukmdorlar xonadoni tarixdan ma'lum. Bular: IV-X asrlarda afriqiylar xonadoni, 

995-1017  yillarda  ma'muniylar  (Ma'mun  I,  Abdulhasan  Ali,  Ma'mun  II),  1017-1041  yillarda  esa 



 

310 


                                                                                                                                                                                        

oltintoshiylar  (Oltuntosh,  Horun)  sulolalari  Xorazmshohlar  unvoni  bilan  davlat  boshqaruvini 

amalga oshirganlar. 

Biroq  ming  taassufki,  XI  asrning  boshlarida  yuz  bergan  tarixiy  jarayonlar  taqozosi  bilan 

Xorazm  davlati  tanazzullikka  uchrab,  zaiflashib,  mintaqaning  boshqa  sulolalari,  chunonchi  avval 

boshda G’aznaviylar hukmronligi (1017-1044), undan so’ng buyuk Saljuqiylar boshqaruvi ta'siriga 

tushib  qolgandi.  Shuningdek  XI  asrning  40  yillarida  sharqdan  bostirib  kelgan  ko’p  sonli 

Qoraxitoylar  ham  Xorazm  yerlarini  ishg’ol  etib,  bu  hududlardan  belgilangan  miqdordagi  xiroj 

to’lovlarini  olish  huquqini  qo’lga  kiritgandilar.  Binobarin,  XI  asr  ikkinchi  yarmiga  kelib  Xorazm 

oldida yangidan mustaqillikka erishish vazifasi ko’ndalang bo’lib turardi. 

Bunda  shuni  ta'kidlash  joizki,  Xorazmning  qaytadan  mustaqillikni  qo’lga  kiritishi,  bugina 

emas,  hududiy  jihatdan  kengayib,  butun-butun    o’lkalarni    o’z  tarkibiga  kiritib,  qudratli  saltanat 

darajasiga ko’tarilishi, so’ngra uning pirovardida inqirozga yo’liqishi - bu jarayonlar yangi sulola - 

Anushtaginiylar sulolasi (1097-1231) nomi bilan uzviy bog’liqdir. 

Xususan  saljuqiy  hukmdorlardan  Malikshoh  (1071-1092)  davrida  katta  obro-martabaga 

erishgan  harbiy  lashkarboshi  Anushtaginning  Xorazm  hukmdori  etib  tayinlanishi  (1077-1097) 

hamda ko’p  o’tmay uning Xorazmshoh unvoniga sazovar bo’lishi - bu Xorazmning mustaqillikka 

erishishida  jiddiy  qadam  bo’lgan  edi.  1097  yilda  uning    o’rniga  Xorazm  taxtiga    o’tirgan  va 

Xorazmshoh  unvoni  sohibi  Qutbiddin  Muhammad    o’lka  mustaqilligini  ta'minlashda  muhim  rol   

o’ynagan.  Qutbiddin  Muhammad  ham  Saljuqiylar  hukmronligini  tan  olgan  holda  Xorazmni  idora 

qildi. Biroq shunga qaramay  o’lkaning  har tomonlama rivojlanishi,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy 

yuksalishi uchun ham muhim imkoniyatlar topa bildi. 

Zero,  Xorazmning  jug’rofiy  qulayligi,  iqlim  sharoiti,  Buyuk  Ipak  yo’li  chorrahasida 

joylashganligi - bular  o’lkaning tez yuksalib borishiga imkon tug’dirdi. 

Xorazm 

mustaqilligini 



ta'minlash, 

uning 


sarhadlarini 

kengaytirishda 

Qutbiddin 

Muhammadning  o’g’li Jaloliddin Otsizning (1127-1156)  o’rni alohidadir. Negaki u Qorahoniylar 

kuchsizligidan  va Saljuqiylar zaifligidan  foydalanib,  o’z davlati qudratini  yuksaltira  bordi. Uning 

1141  yilda  oltin  tangalar  zarb  ettirib  muomalaga  chiqarishi  ham  Xorazm  mustaqilligining  muhim 

belgisi bo’lgan. 

U  Qoraxitiylar  bilan  kelishib,  ularga  har  yili  30  ming  dirxam  miqdorda to’lov  to’lash  sharti 

bilan amalda  o’z davlatining ichki mustaqilligini  ta'minlaydi. 

Xorazmning  mustaqil  davlat  sifatidagi  ravnaki,  hududlarining  benihoya  kengayib  borishida 

Alovuddin  Takashning    o’rni  katta  bo’lgan.  Uning  hukmronlik  davrida  (1172-1200)  Xorazm 

vohasida  katta  ijobiy    o’zgarishlar  yuz  berdi.  Yangidan  qad  rostlagan    o’nlab  shaharlarning 

obodonlashuvidan  tashhari  ularning  savdo-sotiq,  hunarmandchilik,  karvon  savdosi  bobidagi 

dovrug’i  yanada  ortdi.  Qishloq  xo’jaligi,  ziroatchilik  tarmoqlari  rivojlandi,  ko’plab  kanallar,  suv 

inshootlari  barpo  etildi.  Bunday  tarzdagi  ijobiy  jarayonlar  Alouddin  Muhammad  Xorazmshoh 

(1200-1220) davrida  ham davom ettirildi.  Ayni zamonda  o’ziga  xos  markaziy  va  mahalliy davlat 

boshqaruvi  tizimi  vujudga  keltirilib,  takomillashtirilib  borildi.  Bu  esa  mamlakatning  ijtimoiy-

siyosiy  hayotini  mustahkamlash,  uning  ichki  taraqqiyotini  ta'minlash  hamda  izchil  tashqi  siyosat 

olib  borishda  muhim  ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Anushteginlarning  davlat  boshqaruvi  ham  ikki 

tizimdan: dargoh va devonlar majmuidan iborat bo’lgan. 

Dargoxda  ulug’  xojib  mansabi  alohida    o’rin  tutgan.  U  hukmdorning  xos  kishisi  sanalib, 

lozim  bo’lgan  hollarda  vazirlar  faoliyatini  ham  nazorat qilgan. Xojiblar  hukmdor nomidan  muhim 

davlat ahamiyatiga dahldor masalalarda muzokaralar ham olib borganlar. Dargohdagi yana bir oliy 

lavozim  sohibi  ustozdor  hisoblangan.  Xazina  mablag’larining  butun  tasarrufi  uning  ixtiyorida 

bo’lgan.  Dargoh  hayotiga  oid  ko’plab  muhim  masalalar  ustozdor  nazarida  turgan.  Davlatdagi 

tashtdor  lavozimi  ham  muhim  sanalib,  u  sultonning  eng  sirdosh  kishisi  hisoblangan.  Tashtdor 

hukmdor  mahfiy  sirlaridan  ogoh  bo’lib,  doimo  u  bilan  bahamjihat  holda  faoliyat  yuritgan.  Oliy 

lavozimlardan  yana  biri  -  hissador  bo’lib,  u  Sulton  nomiga  kelgan  arz,  shikoyatlarni  yig’ib,  

o’rganib, ularni hukmdor hukmiga havola qilib borgan. Dargohdagi hizmat turlari ichida Chashnigir 

-  sultonga  beriladigan  ovqat,  ichimliklarni  tekshiruvchi,  jomador,  davatdor  (kotib),  sharobdor, 

bayrog’dor  (amiri  alam),  hizmatkorlar  boshlig’i  (maliki  xavas)  kabi  vazifalar  ham  alohida  ko’zga 

tashlanib  turadi.  Ijroiya  ishlar  devonlar  (vazirliklar)  tomonidan  amalga  oshirilgan.  Ayniqsa  bunda 



 

311 


                                                                                                                                                                                        

bosh vazir katta mavqega ega bo’lib, u faqat hukmdorga bo’ysungan. Mansabdorlarni ishdan olish, 

ishga  tayinlash,  maosh,  nafaqa  tayinlash,  xazina  va  soliq  tizimini  nazorat  kilish,  mahalliy  vazirlar 

hisobotini olish va shu kabilar uning vakolatida bo’lgan. 

So’ngi Xorazmshohlar davrida harbiy sohaga alohida ahamiyat berilgan. Bunda bir necha yuz 

minglik  qo’shindan  tashqari  oliy  hukmdorning  maxsus  shaxsiy  gvardiyasi  (xaros)  katta  mavqega 

ega bo’lgan. Sulton Muhammadning shaxsiy gvardiyasi 10 ming nafar kishidan tashkil topgan.  

Takash  va  Muhammad  Xorazmshohlarning  katta  qo’shin  tuzib  boshqa  mamlakatlar,  ellarni 

bosib olish, ularni o’z tasarruflariga kiritish  borasida olib  borgan ko’p  yillik  istilochilik  yurishlari, 

bir  tomondan,  Xorazmshohlar  saltanati  shuhratini  oshirib,  uning  hududlarini  benihoya 

kengaytirishga  olib  kelgan  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan  esa,  bu  hol  pirovard  oqibatda  bu  davlatning 

chuqur ichki tushkunlikka, tanazzullikka yo’liqishiga ham sabab bo’ldi. 

Jumladan,  Takash    o’zining  80-90  yillardagi  istilochilik  yurishlari  davomida  Saraxs, 

Nishopur, Rey, Marv kabi muhim shaxarlarni ishg’ol etgan. 

U  gurlar  podshosi  G’iyosiddin  Muhammad  bilan  ko’p  davrlar  urush  qilib,  old  Osiyoga 

chiqishga  muvaffaq bo’ldi. 90-yillar  boshlarida Takash qo’shini  Saljuqiylar  podshosi Tug’rulbek 

II armiyasini ham yengib, Eron, Kichik Osiyo hududlari tomon siljib bordi. 

 Takash vafotidan so’ng davlat hukmdori bo’lgan Alouddin Muhammad Xorazmshoh davrida 

ham  mamlakat  hududlari  kengayishda  davom  etadi.  Bu  vaqtga  kelib  Xorazmshohlar  davlati 

hududlari  g’arbiy-janubga  qarab    yoyiladi.  Uning  tarkibiga  400  dan  ziyod  shaharlar  kirardi. 

Xorazmshoh  Bog’dod  xalifaligini  qo’lga  kiritish  uchun  ham  intilgan.  Bu  esa  butun  musulmon 

olamining unga nisbatan qahru-g’azabiga sabab bo’lgan. 

Muhammad  Xorazmshoh  1211  yilda  Qoraxitoylarni  uzil-kesil  quvib,  Xorazm  dovrug’ini 

ko’targanidan so’ng, u  o’ziga ortiqcha bino qo’yib,  o’zini "Iskandari Soniy", "Allohning  yerdagi 

soyasi"  deb  ulug’lashni  buyuradi.  Garchand  Xorazmshoh  qanchalik    o’zini  ko’klarga  ko’tarmasin 

yoxud bosqinchilik urushlari olib bormasin, biroq bundan mamlakatning chuqur ichki ziddiyatlar va 

tanazzulliklarga  duchor  bo’lganligini    istisno  etib  bo’lmaydi.  Shohning  katta  qo’shin  tuzib, 

to’xtovsiz olib borgan besamar urushlari, uning asoratli oqibatlari, eng avvalo, mamlakat xalqining 

tinkasini  quritayotgandi.  Buning  ustiga  mahalliy  hokimlar,  bek-amaldorlarning  o’zboshimchalik 

bilan  xalq  boshiga  solayotgan  behad  jabr-zulmi,  bunga  javoban  yuz  berayotgan  xalq  g’alayonlari 

(masalan,  1206-1207  yillarda  Buxoroda,  1212  yilda  Samarqandda  ko’tarilgan  qo’zg’alonlar) 

saltanatning  ichdan  yemirilishiga  sabab  bo’lmoqda  edi.  So’ngra  oliy  hokimiyat  ichidagi  kuchli 

muxolifatchilik  harakati,  xususan  Xorazmshoh  bilan  uning  onasi  Turkon  Xotun  tarafdorlari  

o’rtasidagi ochiq-oshkor tarzdagi siyosiy kurash ham Xorazm davlatining beqarorlik holatini yaqqol 

ko’rsatardi. 

Qo’shni  Xorazmshohlar  davlatida  kechayotgan  bu  xildagi  chuqur  tanazzullik  holatlaridan 

to’la  xabardor  bo’lgan,  undagi  barcha  jarayonlarni    o’zining  maxsus  josuslik  mahkamasi  orqali 

sinchkovlik  bilan  kuzatib  turgan  sharqdagi  boshqa  bir    mo’g’ul  davlati  hukmdori  Chingizxon  esa 

katta  harbiy  tayyorgarlik  ko’rib,  tez  orada  Movarounahr  sarhadlari  tomon  istilochilik  urushlarini 

boshlashga chog’lanayotgandi. 

Darhaqiqat,  XIII  asrning  birinchi  choragida  amalga  oshirilgan  mo’g’ul-tatar  galalarining 

shafqatsiz  bosqini  nafaqat  Xorazmshohlar  davlati  tarixida,  balki  shu  bilan  birga  unda  yashagan 

barcha ulug’ ajdodlarimiz qismatida ham mislsiz fojia bo’ldi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

312 


                                                                                                                                                                                        

 

 

 

3-mavzu  

O'zbek xalqining etnik shakllanishi 

1.1. Amaliy mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi 

Mashg’ulot  vaqti-

2 soat 

Talabalar soni: 20 – 28 nafargacha 

Mashg’ulot shakli 

Bilimlarni 

kengaytirish 

va 

mustahkamlash 

buyicha seminar mashguloti 

 

 

Amaliy mashg’ulot 

rejasi 

 

1.O’zbek   xalqining  paydo  b o ' l i s h i    masalalari.  O'zbek  xalqining etnik   

asosini   ta sh kil    yetgan   Va t a n i m i z    hududidagi   qadimgi   aholi, ularning ijlimoiy-

madaniy hayoti. 

2.IX-XI   asrlarda qarluqlar. sal ju q i ylaming o'zbek xalqining etnik shakllanishiga 

t a ' si r i ,  

3.O'zbek    xalqining    etnik    shakllanishida   XVI    asr   boshlarida 

Movarounnahrga        k e l i b         joylashgan        o'zbek        urug'larning    

ta'siri. «O’zbek» atamasining k e l i b  chiqishi. 

O’quv mashg’ulotining maqsadi:   O'zbek xalqining etnik shakllanishi va uning taraqqiyot bosqichlari haqidagi nazariy 

bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash 



Pedagogik vazifalar

  O’zbek   xalqining  paydo  b o ' l i s h i    masalalari.  

O'zbek    xalqining  etnik      asosini   t a sh kil     yetgan   

V a t a n i m i z       hududidagi      qadimgi      aholi,  ularning 

ijlimoiy-madaniy  hayoti  haqidagi    bilimlarni  

kengaytirish 

  IX-XI      asrlarda  qarluqlar.  sal ju q i ylaming  o'zbek 

xalqining  etnik  shakllanishiga  t a ' si r i   q a q i d a g i  

b i l i m l a r n i   et n o g r a fi k   m a ’ l u m o t l a r   a s o si d a  

ch u q u r l a sh t i r i sh  

O'zbek        xalqining        etnik       shakllanishida     XVI    

asr      boshlarida  Movarounnahrga        k e l i b     

joylashgan    o'zbek    urug'larning    ta'siri. «O’zbek» 

atamasining  k e l i b   chiqishini    tarixiylik  nuqtai 

nazaridan kelib chiqqan holda  asoslash;  

O’quv faoliyati natijalari: 

  O’zbek      xalqining    paydo    b o ' l i s h i       masalalari.    O'zbek  

xalqining  etnik      asosini      tash kil       yetgan      V a t a n i m i z    

hududidagi      qadimgi      aholi,  ularning  ijlimoiy-madaniy  hayoti 

haqidagi    bilimlar  tarixiy  manbalarni  tahlil  etgan  holda  aytib 

berish 


  IX-XI      asrlarda  qarluqlar.  sal ju q i ylaming  o'zbek  xalqining 

etnik 


shakllanishiga 

t a ' si r i  

q a q i d a g i  

bi l i m l a r n i  

e t n og r a f i k  

m a ’ l u m o t l a r  

t a h l i l i  

a s o s i d a  

ch u q u r l a sh t i r i l g a n   h o l d a   g a p i r i b  b er i sh  

  O'zbek        xalqining        etnik        shakllanishida      XVI        asr   

boshlarida  Movarounnahrga        k e l i b         joylashgan        o'zbek    

urug'larning        ta'siri.  «O’zbek»  atamasining  k e l i b   chiqishini  

tarixiylik  nuqtai  nazaridan  kelib  chiqqan  holda  tarxiy  manbalar 

tahlili asosida tushuntirib berish 



Ta’lim berish usullari 

suhbat,    tushuntirish,  tezkor  so’rov, 

zigzag (arra) texnikasi  

Ta’lim berish shakllari 

Ommaviy, guruhlarda ishlash  



Ta’lim berish vositalari 

O’quv 


qo’llanma, 

proyektor, 

 

o’quv 


topshiriqlari, test savollar 

Ta’lim berish sharoiti 

Texnik  ta’minlangan, 

gurhlarda 

ishlash 


uchun mo’ljallangan auditoriya 

Monitoring va baholash 

Og’zaki nazorat: savol-javob  

 

 

 

 

 

1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling