Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


- Mavzu: Amir  Temur va temuriylar davri madaniyati


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81

 

7- Mavzu: Amir  Temur va temuriylar davri madaniyati 

Ryeja: 

 

356 


                                                                                                                                                                                        

1.  X1Vasrning  ikkinchi  yarmi va XV  asrda Movarounnahr va Xurosonda moddiy madaniyat ravnaqi. 

2.  Temuriylar davrida ilm-fan. Ulug'bekning ilmiy inaktabi. 

3.  Hattotlik, tasivriy san'at va musiqa madaniyati. 

4.  Badiiy adabiyot. Alisher Navoiy ijodiy mcrosi. 

  Asosiy adabiyotlar: 

1.  Karimov I.A. Ulug’bek ruhi barhayot. – Asarlar, T.2, 319-322 b. 

2.  Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddas. T.3, T: “O’zbekiston”, 1996y. 

3.  Karimov  I. A. Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga na’muna bo'laversin. Asarlar, 

4-jild, T., «O'zbekiston», 1996y,340-343 b. 

4.  Karimov I.A. Ulug’larni e’zozlagan yurt zavol ko’rmagay. – Asarlar, T.10,18-23 b. 

5.  Karimov  I.A. “Yuksak ma’naviyat  - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 

6.  Abdunabiyev A. Vklad v mirovuyu sivilizasiyu. T., 1998. 

7.  Axmyedov B. Ulug’byek, Essye. - T., 1994. 

8.  Axmyedov B. Amir Tyemur (tarixiy roman). - T., Myeros, 1995. 

9.  Vambyeri X. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. 10-37 byetlar. 

10.  Vosifiy Z. Badoye ul-vaqoye. -T., G’ofur G’ulom nashriyoti, 1979. 

11.  Muhammadjonov A. Tyemur va tyemuriylar davri. -T., Fan, 1996. 

12.  Mo’minov I. Amir Tyemurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli. T., Fan, 1993. 

13.  Amir Tyemur jahon tarixida. -T., SHarq, 1996. 

14.  Tyemur va Ulug’byek davri tarixi. -T., Qomuslar bosh tahririyati, 1996. 

15.  Nizomiddin SHomiy. Zafarnoma. -T., O’zbyekiston, 1996. 

16.  SHarofiddin Ali YAzdiy. Zafarnoma. -T., SHarq, 1997. 

17.  Qayumov A. Alishyer Navoiy. -T., 1994. 

18.  Vatan tuyg’usi. -T., O’zbyekiston, 1996, 393-430 byetlar. 

19.  Ibroximov A.  Biz kim, o’zbyeklar.... -T., 1999,  85-102 byetlar. 

20.  O’zbyekiston tarixi. 1-qism. -T., Univyersityet, 1997. 

21.  O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003y, 268-289 b. 

22.  Q.Usmonov, M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y. 

 

  Qo’shimcha adabiyotlar: 



23.  Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. T., «O'zbekiston», 1996y. 

24.  Sharafiddin  Ali  Yazdiy.   “Zafarnoma”. - T.,  Sharq, 1994 y. 

25.  Abdinabiyev A. Vklad v mirovuyu sivilizasiyu. T., «O'zbekiston», 1998y. 

26.  Amir Temur jahon tarixida, - T., Sharq, 1996 y. 

27.  Axmedov B. Amir Temur ( t a r i x i y  roman). T., «Meros», 1995y. 

28.  Axmedov B. Amir Temurni yod etib.- T., O’zbekiston, 1996 y. 

29.  Axmedov B. Mirzo  Ulug'bek. - T.. 1994y. 

30.  Vamberi X. Buxoro yohud Movarounnahr tarixi. T., «Fan», 1990, 30-37 b. 

31.  Ziyo A.O’zbek davlatchiligi tarixi. – T., Sharq 2000 y. 

32.  Ibrohimov A.,Saidjonov X., Jo’raev N. Vatan tuyg’usi. – T., O’zbekiston, 2000 y. 

33.  Muhammudjonov A. Amir Temur va temuriylar davri. T., “Fan”, 1996y. 

34.  Mo’minov I. Amir Temurning O’rta Osiyo xalqlari tarixida tutgan o’rni va ro’li. – T., “Fan”, 1993 y. 

35.  Temur va Ulug'bek davri t a r i x i .  T., Qomuslar bosh tahririyati, 1996y. 

36.  Qayunov A. Alisher Navoiy. T.,  1994y. 

37.  history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali. 

 

  Darsning  o`quv  va  tarbiyaviy  maqsadi:  Talabalarga  O’zbyekiston  tarixi  fanining  tadqiqot  ob’yekti, 

pryedmyeti  va    vazifalari  borasida  tushuncha  byerish,  shuningdyek  turli  davrlarda  tadqiqotchilar 

tomonidan  mavzuga byerilgan ta’riflarni talabalarga tushuntirish,  mavzuni syerqirra mavzu  ekanligidan 

talabalarni boxabar etish. 

  Dars o`tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu 

yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 

  Dars o`tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli 

muloqot  o`tkazish,  erkin  fikrlash  va  so`zlashga  o`rgangan  holda  fikr  mulohazalarini  bayon  qildirish, 

buning  uchun  har  bir  talabaga  o`tilgan  mavzular,  tayanch  iboralardan  savol  tashlanadi.  O`qituvchi  va 

talabalar  o`rtasida  byerilgan  savollarni  tahlil  etish.  Tarqatma  tyestlar  asosida  talabaning  mavzuni  qay 

darajada  o`zlashtirganligini  aniqlash.  Talabalarni  voqyealarni  tahlil  etishga  o`rgatish.  Xarita  bilan 



 

357 


                                                                                                                                                                                        

ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. 

  Darsning xrono kartasi – 80 minut.  

  O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi: 



 

Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati-2 minut 



 

Talabalarning davomati – 3 minut 



 

Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut 



 

Talabalar bilim darajasini aniqlash  (o’tilgan mavzu bo’yicha)-50 minut 



 

Sinov savollar namunasi  (savol-javob triqasida)– 10 minut 



 

Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-5 minut 



 

Uyga vazifa byerish – 5 minut 



1-masala: 

 Tyemur va Tyemuriylar davrida qurilish ishlari, mye’morchilik taraqqiyoti tyez o’sdi. Bu haqda  V.V. 

Bartol’dning    quyidagi  so’zlarini  o’qish  mumkin;  "Tyemur.........  tashabbuskor  quruvchi  edi;  U  buyuk 

imoratlar barpo etdi va ularni ulkan bog’u-rog’lar bilan o’radi, shahar va kishloqlarni tikladi, suv inshootlari 

barpo  etildi  va  bo’zilganlari  tuzatildi.  Madaniyat  barpo  etish  mumkin  bo’lgan  yer  maydonlarini  bo’sh 

koldirmas  edi. Tyemurning ijodkorlik faoliyati ham uning  qilgan  vayronagarchiliklari kabi  kishini  hayratda 

qoldiradi. Musulmon mye’morchiligidagi eng yaxshi davr Tyemur va uning avlodlari nomi bilan bog’liq"

i

.  



Tyemur va uning avlodlari davrida Samarqandda, Toshkyentda (Zangiota qabri), Buxoro, SHahrisabz, 

Qarshi,  Turkistonda,  Xurosonning  markazi  Hirot,  Mashhad,  Nishopur,  Qobul  va  boshqa  shaharlarda  katta 

yaratuvchilik  ishlari  olib  borildi.  Sohibqironning  buyrug’iga  asosan  1365  yilda  Qarshi,  1370  yilda 

Samarqand,  1380  yilda  Kyesh  shaharlari  atrofida  mudofaa  dyevorlari  barpo  etilgan.  Tyemurning  o’z  ona 

yurti  Kyeshda,  buyuk  alloma  Ahmad  YAssaviyga  atab  Turkistonda  qurdirgan  madrasalari  Tyemur  davlati 

qudratini  jahonga  ko’z-ko’z  qilgan.  1380  yilda  esa  Kyesh  qo’rg’oni  va  1404  yilda  onasi  Nyeko’zbibi 

sharafiga  mashhur  Oqsaroy  qurilgan.  Oqsaroy  qurilishining  o’ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  shu  edikim, 

saroy tomi tyepasida hovuz bo’lib, unga suv Taxtaqaracha dovonidan-tog’dan quvurlar orqali olib kyelingan. 

Albatta  Amir  Tyemur  birinchi  navbatda  poytaxti  Samarqandni  dunyoning  eng  go’zal  va  obod, 

ko’rkam  byetimsol  shaharlaridan  biriga  aylantirishni  o’zining  bosh  vazifasi  dyeb  bildi.  U  ishni  eng  avvalo 

mo’g’ullar  istilosidan  so’ng  150  yil  mobaynida  vayron  va  qarovsiz  yotgan  shaxhrlarning  mudofaa 

dyevorlarini  tiklashdan  boshladi.  Osma  suv  yo’li  ("Jo’yi  Arsiz")ning  yakson  etilishi  tufayli  suvsiz  qolgan 

Samarqand mahallalariga Zarafshondan suv kyeltiradi.  

Amir Tyemur  o’z saltanatining  qo’rg’oni -  Ark Qal’a, undagi byetakror va  go’zal binolarni  qurdirdi. 

Ko’ksaroy  va  Bo’stonsaroy  dyeb  elda  mashhur  bo’lgan  bu  binolar  shaharning  ko’rki  hisoblangan.  SHahar 

arki  ichida  bu  binolardan  tashqari  masjid,  ulkan  kutubxona,  shohona  uy-joylar,  Amir  Tyemurning  xazinasi 

va  taxti,  pul  zarblanadigan  qo’ra,  aslahasozlik  ustaxonalari,  soz  hammomlar  hamda  zindon  bo’lib,  atrofi 

qalin va baland dyevorlar bilan o’ralgan.  

Sohibqiron Hindiston safaridan qaytgach, uning farmoni bilan jomye’ masjidi (Bibixonim nomi bilan 

ataluvchi masjid madrasa) qurilishi boshlanadi. Jomye masjidi qurilishiga Tyemurning shaxsan o’zi qiziqqan 

va jangu-jadallar bilan band bo’lsada, uni  e’tiboridan  qochirmagan. Jomye’  masjidi byelgilangan  muddatda 

bitkaziladi.  Biroq  Sohibqiron  bu  paytda  safarda  edi.  Ayni  paytda  Tyemurning  syevimli,  va  katta  xotini 

Saroymulkxonim  ("Bibixonim")  bunyod  etilgan  jomye’  masjidi  yonida  jozibali  va  ulug’vor  muhtasham 

madrasa qurilishini boshlab yuborgan edi. 

Amir  Tyemur  mashhur  SHoxizinda  qabristonini  ham  o’zining  o’tkir  zyehni  va  ziyrak  e’tiboridan 

chyetda  qoldirmadi. ("SHohizinda"-"tirik shox"  ma’nosini byeradi).  Undagi  maqbaralarning  eng  qadimiysi-

Ko’sam ibn Abbos maqbarasidir. Ko’sam ibn Abbos islom dinining asoschisi, payg’ambarimiz Muhammad 

alayhissalomning  amakivachchasi  bo’lgan  abbosning  zurriyoti  edi.  Ko’sam  ibn  Abbos  islomni  targ’ib  va 

tashviq qilishda ishtirok etgan buyuk shaxslardan bo’lgan. U shu maqsadda 676 yilda arab istilochilari bilan 

birgalikda Samarqandga kyelgan. SHu yerda afsonalarda aytilishicha, nomoz o’qib turgan paytlarida kofirlar 

hujum qilib uni o’ldirgan ekanlar. Amir Tyemur Kusam ibn Abbos qabri ustiga yangi daxma o’rnatgan. Bu 

daxma Markaziy Osiyo qadimgi kulollari ishlarining eng yaxshi namunalaridan biridir. 

CHingizxon  to’dalari  tomonidan  batamom  kuli  ko’kka  sovurilib,  vayronaga  aylantirilgan  Afrosiyob 

Tyemur  va  Tyemuriylar  davriga  kyelibgina  haqiqiy  ikkinchi  hayotga  yuz  o’girdi.  Amir  Tyemurdan  so’ng 

uning  istye’dodli  va  ma’rifatparvar  nabirasi  Ulug’byek  davrida  Samarqand  o’z  boshidan  gullash  davrini 

kyechirdi.  Ajoyib  va  muhtasham  binolar  qad  ko’tardi.  "Bibixonim"  madrasasi,  Afrosiyob  atroflari  husniga 

husn qo’shildi.  "Bibixonim"  masjidi  hovlisining o’rtasida  marmar toshdan  yasalgan Lavx bor (Lavx-qur’on 

qiroat qilinadigan maxsus kursidir). Ushbu Lavxni Mirzo Ulug’byek XV asrning o’rtalarida yasatgan. Unda 

quyidagi so’zlar bitilgan: "Sultoni azizim, oliy himmatli hoqon, din-diyonat homiysi, Xanafiya mazhabining 

posboni,  aslzoda  sulton,  Ibn  Sulton  Amiri  Mo’min  Ulug’byek  Ko’ragon".  SHohizinda  ansamblining  asosiy 

bosh darvozasini Ulug’byek o’g’li Abdulazizga atab, milodiy 1434-1435 (hijriy 838) yillari kurdirgan. Unga 


 

358 


                                                                                                                                                                                        

quyidagi so’zlar bitilgan: "Abdulaziz Bahodir Ibn Ulug’byek, Ibn SHoxruh, Ibn Tyemur". 

"SHoxizinda ansamblida Tyemur va Tyemuriylar qurdirgan maktablarning soni 20 dan oshdi. 

Maqbaraning  ichi  juda  baland  va  byezaklarning  jilosi  bilan  har  qanday  kishini  hayratlantiradi. 

Makbaraning  o’rtasiga  o’rnatilgan  sag’ana  toshlarida  tyemuriylarga  bag’ishlangan  yozuvlar  bor.  SHular 

orasida  Amir  Tyemur  qabri  ustiga  qo’yilgan  to’q  yashil  rangli  mohtobdan  yasalgan  qabr  tosh  diqqatga 

sazovordir.  1425  yilda  Ulug’byek  Qarshi  (Naxshab)  shahrini  mo’g’ullardan  tozalagach,  shahardagi  mug’ul 

xoni saroyidan  yana shu to’q  yashil  mohtobni Samarqandga  olib  kyelib bobosi Sohibqiron sag’anasi ustiga 

qo’ydiradi. Bu toshda yozilgan juda ko’p, uzundan-uzoq 51 satrli jumlalar qatorida quyidagilarni o’qiymiz: 

"Bu  toshni  Audanlik  hoqon  Dava  Suxonxon  Qarshi  dyeb  ataladigan  poytaxtga  ko’chirib  olib  kyelgan. 

Jyetaga  otlanganida  Qarshidan  Ulug’byek  Ko’ragon  (Bu  yerga)  ko’chirtirib  olib  kyeldi.  U  nihoyatda 

moxirdir......". 

Amir Tyemur soxibqironning moddiy myeroslari uzoq yillar davomida taloy-taroj qilindi, xo’rlandi va 

toptaldi.  Xususan,  chor  Rossiyasi  mustamlakachilik  zulmi  va  qizil  saltanat  xukmronligi  davrida  ulug’ 

sohibqiron  tomonidan  yaratilgan  boyliklar  turli  yo’llar  bilan  yurtimizdan  olib  chiqib  kyetildi.  Ularning 

ko’plari  Rossiyaning  Davlat  Ermitaj  muzyeyida  saqlanmokda,  kattagina  qismi  esa  chyet  ellarga  oltinlar 

hisobiga sotib yuborilgan. 

Taqdir taqozosi bilan Amir Tyemur qabri ikki marotaba byezovta qilingan. Qarangki, go’yo ikki marta 

ham  Amir  Tyemur  ruhlari  o’z  dushmanlaridan  ayovsiz  o’ch  olgan.  1736  yilda  Eron  taxtiga  chiqqan 

Nodirshoh  Amir  Tyemur  sag’anasiga  qo’yilgan  mohtob  qabr  toshini  Mashhadga  olib  kyetgan  va  evaziga 

ko’p o’tmay o’z nabirasi, shohonshox Aliqul Mirzo tomonidan o’ldirilgan. 

Ikkinchi  marta Tyemur sag’anasini  ochish  qizil saltanat davrida 1941 yil 22 iyun’ tong saharlab 5.00 

da boshlanadi. Xuddi o’sha yil, o’sha kun va o’sha soatda fashistlar Gyermaniyasi SSSR ga urush e’lon qildi. 

Har ikki  holatda  ham, biz buni tan  olamizmi yo’qmi,  hoxlaymizmi  yoki  yo’qmi,  go’yo  ollohi Karim xuddi 

buyuk Tyemur uchun uning kabrini byezovta qilganlardan qonuniy o’ch olganday tuyuladi kishiga. 

Go’ri  Amir  ansamblining  ko’rki  va  faxri  uning  maqbarasining  gumbazidir.  Gumbazdagi  rangdor 

naqshlar  yorqinligi  va  syerjiloligi  bilan  har  qanday  kishini  hayratga  soladi.  Xullas,  bu  go’zal  va  byetakror 

maqbara  mangulikka  Amir  Tyemur  xotirasigagina  yodgorlik  bo’lmasdan,  balki  nomsiz  mye’morlar,  mohir 

rassomlar, xalq ijodi qudratining timsoli naqqoshlar sharafiga ham o’rnatilgan abadiy haykaldir. 

Amir  Tyemur  Samarqandni  dunyoning  eng  ko’rkam  va  go’zal  shaharlaridan  biriga-yer  yuzining 

sayqaliga  aylantirishni  o’zining  vazifasi  dyeb  bildi.  Uning  tushunchasi  bo’yicha  Samarqand  Tyemurning 

kuch  va  qudratini  jahonga  ko’z-ko’z  qilib  ko’rsatish  kyerak  edi.  Ko’rkam  va  go’zal  Samarqand  oldida 

dunyoning boshqa davlatlari poytaxtlari bamisoli kichik-kichik qishloqlarga o’xshab ko’rimsiz bo’lib turishi 

lozim,  dyeb  hisoblanardi.  Ulug’  bobomiz  ana  shu  mantiq  asosida  Samarqand  atrofida  bir  qancha 

manzilgohlar to’zib, ularga jahondagi yirik davlatlarning poytaxtlari nomlarini byerdi; 

Bog’dod, Damashq, Qohira, SHyeroz, Sultoniya, Parij va hokazo. Parij kyeyinchalik xalq talafo’zida 

Forish  dyeb  yuritiladigan bo’ldi.  Amir Tyemur  davrida Samarqandning  dovrug’i  doston bo’ldi.  Uning to’rt 

tomonida  to’rtta  darvozasi  bo’lgan.  SHahar  atrofi  qazilgan  handaqlardagi  zilol  suvlar  bilan  o’ralgan  edi. 

SHaharning  toza  va  ozodaligi  juda  ko’p  manbalarda  madh  etilgan.  Jumladan,  tarixchi  Al  G’azzoliyning 

yozishicha,  "muxtasiblar  ko’chaga  tarvuz  qovun  po’choklarini,  hamda  boshqa  chiqindilarni  tashlab, 

yo’lovchilar  uchun  sirg’anish  xavfini  tug’dirmaslikni,  oqova  suvlar  sachrab  odamlarning  kiyimlarini  iflos 

qilmasligini,  qassoblar  ko’chalarda  yoki  do’konlarning  oldida  mol  so’yib  atrofni  ifloslantirmasliklarini,  har 

kim o’z tomonidan qurgan qorni o’zi tozalashini va boshqa obodonchilik ishlarini qattiq nazorat kilganlar". 

220 gyektarni egallagan birgina Afrosiyobning o’zida Amir Tyemur hukmronligi davrida 80 ga yaqin 

hammom,  qulay  va  gavjum  5  ta  bozor  bo’lgan.  Tarixchi  sayyox  Ibn  Haqqulning  hikoya  qilishicha, 

"Samarqandda  oqar  suv  kirmagan  biror  ko’cha,  biror hovli  dyeyarli  yo’k  edi,  faqat  ba’zi  uylargina  bog’siz 

edi" (O’sha  manba). Odamlar ko’chalarda ariqlarda oqib o’tadigan toza zilol suvlardan  ekinlik suvi  o’rnida 

foydalanganlar.  Amir  Tyemur  poytaxti  Samarqand  atrofini  bog’u-rog’lar  bilan  o’rab  olgan  va  byevosita 

Sohibqironning buyrug’i bilan bir-biridan go’zal o’ndan ortiq bog’ barpo etilgan.

i

 Bular; Bog’i Naqshi Jahon, 



Bog’i  Byehisht,  Amirzoda  SHoxrux  bog’i,  Bog’i  Byedil,  Dilkusho,  Bog’i  Zog’on,  Bog’i  Baland, 

Davlatobod, Bog’i CHinor, Bog’i Nav, Bog’i Jahonnamodir. 

Tarixchi Ibn Arabshox Amir Tyemur bog’lari to’g’risida bunday dyeb yozadi: "Tyemur Samarqandda 

ko’pdan  ko’p  bo’stonlar  barpo  qilib,  baland  va  mustahkam  qasrlar  bunyod  etdi.  Ularning    har  qaysisi 



g’arobatli  tartibda,  ko’rkam  va  ajib  suratda  edi;  Bo’stonlar  asosini  mustahkam  qilib,  faxomatli  myevali 

ko’chatlar ularni byezadi.  Ularning birini Eram Bog’i, ikkinchisini Dunyo Ziynati, yana boshqasini Firdavs 

Jannati,  unisini  SHimol  Bog’i,  bunisini  Oliy  Jannat  dyeb  atadi.  SHuningdyek,  ba’zi  joylarni  buzdirib,  u 

bo’stonlardan  har  biri  ichida  bir  qasr  qurdirdi.  Bu  qasrlarning  qay  biriga  o’z  majlislarini,  o’z  suratini  turli 

shakllarda;  birida  kulib  turgan,  ikkinchisida  qahrlangan,  o’zi  qilgan  janglar  tasvirlarini,  rasmiy  tantanadagi 

suvratlarini;  podshoxlar, amirlar,  sayidlar,  ulamolar  va  ulug’lar  bilan  suhbat  qurgan  majlislarni;  sultonlarni 



 

359 


                                                                                                                                                                                        

uning  huzurida  qo’l  qovushtirib  turishlarini,  xizmat  yuzasidan  boshqa  mamlakatlardan  huzuriga  kyelgan 

podshoxu  sultonlarning  vakillarini,  o’zining  ov  xalakalariyu  yashirin  xaydlarini,  Hind,  Dashti  Qipchok  va 

Ajam  janglariyu,  o’z  zafarlari  suratini,  dushmanlarining  qay  ahvolda  yengilib  qochganini,  ayshu  ishrat 

majlislari va sharoblari, qadaxlariyu soqiylarini, o’z ulfati qo’shiqchilarining, turli  maqomdagi  g’azalxonlik 

kuychilarining, huzuridagi syevgilariyu (nikohidagi) pok xonimlarning va bulardan boshqa uning biri-biriga 

o’xshab, ulanib kyetgan. Uning butun umri mobaynida o’zga mamlakatlarda voqye bo’lgan hodisalar suratini 

tasvirlatdi.  Bular  hammasi  hyech  bir  nokissiz  va  ziyodasiz,  qay  tarzda  yuz  byergan  bo’lsa,  shundayligicha 

aks  ettirildi.  Bundan  maksad;  o’zining  ishlaridan  g’oyibona  xabardor  bo’lib,  ularni  o’z  ko’zi  bilan 

mushohada etmaganlarga yaqqol namoyon qilib ko’rsatish edi.

i

 

Amir  Tyemur  yaratgan  bog’lar  go’zalligini,  undagi  turli  tuman  myevalar  ta’riflarini  va  yer  yuzida 



mavjud  bo’lgan  hayvon  dunyosiyu,  parrandalar  tafsilotini  ta’rifga  olish  uchun  qalam  ojizlik  qiladi. 

A.Byerdimurodovning  "Amir  Tyemurning  Samarqanddagi  bog’lari"  turkum  maqolalarida  "Dilkusho  bog’i" 

to’g’risida quyidagi satrlarni o’qiymiz;  

"Tyemur  xijriy  788  yil  (1397)  ning  ko’zida  xushmanzara  Konigil  vohasida  yangi  bog’  barpo  etishga 

buyruq byerdikim, u o’zining go’zalligi bilan mamlakatdagi barcha bog’lardan ajralib tursin..... Samarqandda 

yashovchi O’rta Osiyoning eng mohir mye’morlari tomonidan bir yarim ming gaz kyeladigan bohning asosiy 

g’ishtini  qo’ydilar. Kirish yo’llarini ajratdilar. Saroyning  gumbazlari naqshlar bilan byezaldi, dyevorlar usti 

koshinlari  bilan  qoplandi.  Bog’ning  to’rt  burchagida  katta  san’at  va  yuksak  did  bilan  ishlangan,  ajoyib 

bo’yoklar  byerilgan  shiyponlar  qurildi.  Bog’  chorqirra  xiyobonlarga  va  turli  xil  shakldagi  bog’chalarga 

bo’lindi.  Tyemur  xiyobonlarning  yo’llari  chyetiga  myevali  daraxtlar,  ba’zilariga  gul  o’tkazishni  hoxlardi. 

Bog’  uning  (Tyemurning)  mayligi  javob  byergani  uchun  ham  "Bog’i  Dilkusho"  dyeb  ataldi.  Bog’ning 

o’rtasida baland gumbazli uch oshyonli saroy qurildi. 

1404  yilning  syentyabrida  jahongir  Tyemurning  qabulida  ispaniyalik  elchi  Klavixo  bu  bog’da 

favvoradan  suv  otilib  turganligini,  boqqa  kiriladigan  darvoza  juda  kyeng  va  yuksak,  oltin  va  boshka 

kimmatbaxo  toshlar  bilan  byezatilganligi,  ustiga  taxtiravon  o’rnatilgan  oltita  fil  borligini  yozadi 

("Turkiston", 1992 yil, 21 noyabr’). 

Amir  Tyemurning  muxoliflari  uni  kamsitishga  urinib  Tyemur  bosib  olgan  mamlakatlardan  ustalar, 

mye’morlar  va  olimlarni  ko’chirib  olib  kyelmaganda  Samarqandda  va  Tyemur  hukmronlik  qilgan 

mamlakatning  boshqa  shaharlarida  bu  darajada  hashamatli  va  go’zal  qurilish  va  binolar  bo’lmas  edi,  dyeb 

isbotlashga byehuda urinadilar. Biz ulug’ bobomiz Amir Tyemurning o’z yurishlari davrida minglab ustalar, 

mye’morlar,  qurilish  ashyolari  va  boyliklarni  Samarqandga  olib  kyelganligini  inkor  etmaymiz.  Jumladan, 

Samarqand  SHahrisabz  va  boshqa  shaharlardagi  qurilish  va  mye’morchilik  ishlarida  SHyeroz,  Tabriz, 

Isfaxon,  Xorazmdan  ko’plab  mye’mor  va  musavvirlar  va  boshqa  hunarmandlar  ishlaganlar.  Lyekin,  asosiy 

ish boshqaruvchilar maxalliy ustalar va mye’morlar bo’lganlar, birinchi galda ularning milliy an’ana san’at 

ijodlari  yetakchi  o’rinni  egallagan.  Darvoqye,  Samarqand,  Buxoro  va  Xorazmda  hali  Tyemur 

xukumronligigacha  qurilgan  va  mavjud  bo’lgan  va  shu  kunlargacha  ham  saqlanib  kyelayotgan  tarixiy 

obidalar,  o’lkamizda  olib  borilgan  arxeologik  qazilma  yodgorliklarining  guvohlik  byerishicha,  xalqimiz 

qadim-qadimdan  qurilish  va  mye’morchilik  san’atida  hayratomuz  va  noyob  qobiliyat  egalari  o’lkasi 

bo’lganligini ko’ramiz. 

Buyuk Amir Tyemurning moddiy madaniyat bobidagi bunyodkorlik faoliyatini uning avlod-ajdodlari, 

birinchi  navbatda  Ulug’byek  (1394-1449)  davom  ettirdi.  Taniqli  olim  Ashraf  Ahmyedovning  1991  yilda 

"Fan"  nashriyotida  chop  etilgan  "Ulug’byek"  risolasida  bunday  dyeyiladi:  "Ulug’byekning  eng  xayrli 

ishlaridan biri - bir vaqtning o’zida uchta shaharda Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda madrasa, ya’ni o’sha 

davrning  oliy  o’quv  yurtini  barpo  etganligidir.  Samarqandda  buning  uchun  u  bozor  maydoni  tanlaydi  va 

1417  yili  bu  yerda  madrasa  qurilishini  boshlab,  uni  1420  yili  tugatdi....  Samarqanddagi  madrasa  qurilgan 

yerni  u  Ryegiston  dyeb  ataydi".  Otaxon  tarixchimiz  Bo’riboy  Axmyedovning  ma’lumotlariga  qaraganda 

G’ijduvondagi  madrasa  1433  yilda  ishga  tushirilgan.  Bulardan  eng  kattasi  Samarqanddagi  madrasa 

hisoblangan: "Madrasaning tog’ shukuhli  hay’ati ustuxonband  mustahkamligidan  falak binosidan tinchlikni 

olg’on, yuksaklik  jihati bo’lmi azamatnishon pyeshtoqi  og’irligidan  yeru zaminga zilzila solgan, aning  oliy 

darajalik  kungralarini  qudrat  ustasi  falak  ayvonining  mukarnaskorligi  birlan  bir  xilda  yasag’on,  lojuvard 

koshinlarini  kazonaqqosh  falakning  charog’on  yulduzlari  birlan  bir  tartibda  naqsh  qilib,  alarga  dahldor 

qilg’on;  quyosh  kabi  jilvasi,  zaringor  naqshlari  go’zal  falak  gumbazi  birla  hamvazn  erdi

i

.  Madrasa  ikki 



qavatdan iborat bo’lgan va ellik nafar hujrasi bor edi. Ulug’byek madrasasida yuzdan ortiq talaba istiqomat 

qilgan va ta’lim olgan. 

Mirzo  Ulug’byek  dovrug’ini  jahonga  tanitgan  ulkan  kurilishlardan  yana  bittasi  1420-1429  yillarda 

qurib  bitkazilgan  ulkan  va  hashamatli  bino-bu  Ulug’byek  Rasadxonasidir.  Ulug’byek  bu  rasadxonani 

dunyoda  shu  paytgacha  bor  bo’lgan  barcha  rasadxonalardan  ulug’  va  har  tomonlama  ustun  bo’lishini  o’z 

oldiga  maqsad  qilib  qo’ygan.  Bo’riboy  Ahmyedov  bu  haqda  shunday  hikoya  qiladi:  "Biz  quraturg’on 



 

360 


                                                                                                                                                                                        

rasadxona barcha jihatlari bilan ash-SHammosiyadagidan  ham, Kasiyundogidan  ham, Marog’adagidan  ham 

kam bo’lmasligi lozim". 

Ulug’byek  bu  o’rinda  "Xalifa  ma’mun"  (813-833)  zamonida,  Bag’dod  yonida  qurilgan,  YAhyo  ibn 

Mansur  bosh  bo’lgan  mashhur  rasadxonani,  Xolid  ibn  Abdumalik  bosh  bo’lgan  Damashq  rasadxonasini, 


Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling