Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81

2-masala: 

Dyexqonlarni  talash  ularning  Kaxr  -  g’azabi,  noroziligini  yanada  oshirdi.  Bu  esa  o’z  navbatida 

o’lkada milliy ozodlik xarakatining boshlanishiga sabab bo’ldi.  


 

409 


                                                                                                                                                                                        

Turkisonda  sovyet  hokimiyati  va  bol’shyevikcha  ryejimga  qarshi  istiqlolchilik  harakati  1918  yil 

fyevral  oyining so’nggi o’n kunligida boshlanadi. 

Sovyet  davri  tarixshunosligida  Turkistondagi  bu  harakatga  noto’g’ri  baho  byerilib,  uni  o’lkadagi 

fuqarolar urushining bir qismi sifatida yoki "bosmachilik" dyeb baho byerilgan edi. 

"Bosmachi" so’zi aslida "bosmoq" fye’lidan olingan. Turkiyada nashr qilingan "Buyuk turk so’zligi" 

(Katta turk lug’ati)da bu so’zning ma’nosi "birdan hujum qilmoq" dyeb ifodalangan. Bu harakat haqida so’z 

yuritilgan 1918-1919 yilning o’rtalarigacha bo’lgan davrga tyegishli arxiv hujjatlarida ham "bosmachi" so’zi 

uchramaydi.    Faqatgina  1919  yilning  o’rtalaridan  boshlab  sovyet  vaqtli  matbuotida  va  ayrim  rasmiy 

hujjatlarda  "bosmachi"  so’zi  qo’llanilgan.  Haqqoniy  ma’noda  bu  harakat  istiqlolchilik  yoki  milliy  ozodlik 

harakati edi. 

Turkistondagi bu  harakatni 2  davrga bo’lish  mumkin:  birinchi davr 1918-1924 yillar, ikkinchi  davr 

esa  1925  yildan  to  30  yillarning  o’rtalarigacha.  Bu  harakatning  birinchi  bosqichi  1918  yil  fyevraldan  1920 

yilning  bahorigacha  qurolli  kurashning  boshlanishi  va  uning  ommaviy  harakatga  aylanishi  bilan 

xaraktyerlanadi.  bU  yillardagi  voqyealarning  rivojlanishida  Kichik  Ergash,  Katta  Ergash  va  ayniksa 

Madaminbyek syezilarli ta’sir ko’rsatadi.  

Birinchi  davrning  ikkinchi bosqichi 1920 yilning  martidan 1922 yilning  oxirigacha  davom  etib, bu 

bosqichda barakat tyeppasida SHyermuxammadbyek turadi.  

Uchinchi bosqich 1923-1924 yillarni o’z ichiga olib, bu davrda istiqlolchilik harakati biroz susayadi. 

Bu  davrda  kurboshilarning  undan  ortiq  qurultoylari  bo’lib  o’tadi.  Harakatning  ushbu  birinchi  davrida 

Farg’ona  vodiysida  200  nafar  qo’rboshi  to’dalari  (1921  yil)  faoliyat  ko’rsatgan  bo’lsa  1923  yilga  kyelib 

ularning soni 230 nafarga yetdi.  

Turkistondagi  bu  harakatning  dastlabki  Bachkir  qishlog’ida  bo’lgan  qurultoyida  bosh  kumondon 

etib  Ergash,  1919  yil  Oyim  qishlogidagi  qurultoyda  Madaminbyek,  1923-24  yillarda  esa  Islom  Pahlavon, 

Yormat Maxsum ismli kishilar bosh qo’mondonlik vazifasiga saylangan.  

Turkistonda  boshlangan  bu  harakatning  harakatlantiruvchi  kuchlari  to’g’risida  Turkiston  MIK  raisi 

Nozir  Turaqulov  shunday  dyeydi:  "Bu  xarakatga  asosan  dyehqonlar  va  hunarmandlar  jalb  etilgan  bo’lib, 

1920 yil dyekabrda Farg’ona vodiysida qurollangan vatanparvarlarning soni 57860 kishi bulgan".  

Turkistondagi istiqlolchilik harakatiga 1970 yil 10 martida Turkiyaning Adami shahrida vafot etgan 

sobiq  Bosh  kumondon  SHyermuhammadbyek  aytganidyek:  "Bosmachilik"  Turkistoniining  istiqloli  uchun 

bir  oraga  kyelgach  chinakam  millat  fidoyilarining  xarakati  edi".  Uning  ukasi  Nurmuxammadbyekning 

aytishicha  "Bu  barakat  Vatan,  Millat,  Din  mudofaasi  uchun  hayotlarini  fido  qilgan»  kurashchilarning 

harakati edi". Turkistondagi bu xarakatga qatnashganlar o’zlarini "bosmachi" dyeb atashmaganlar. Masalan, 

1975  yil  Turkiyada  vafot  etgan  "Turkman  bosmachilarining  a’zolaridan  biri  Mirzo"  Pirnafasning  guvohlik 

byerishicha  "Biz  o’zimizni  kurboshi  dyeb  atar  edik,  ammo  Anvar  poshsho  harakatga  raxbarlik»  qila 

boshlagach,  u  bunga  chyek  qo’ydi  va  o’zimizni  "mujokid»  dyeb  atashga  bo’yruq  byerdi".  Turkistonda 

istiklolchilik»  harakati  vujudga  kyelishi  bosh  sababi  sovyet  hokimiyatining  o’lkada  yuritayotgan 

mustamlakachilik  va  shovinistik  siyosati  bo’ldi.  Bol’shyeviklar  tomonidan  amalga  oshirilgan  dastlabki 

sosialistik  tadbirlar  (Korxonalarning  davlat  ixtiyoriga  utkazilishi,  xususiy  mulkning  byekor  qilinishi,  oziq-

ovqat  razvyortkasi  va  g’alla  monopoliyasi,  kozixonalarning  masjid,  xususiy  maktab  v  byekitilishi,  vakf 

yerlarining tugatilishi,  majburiy  myehnatning  joriy  kilinishi)  hamda qizil armiya jangchilarining talonchilik 

va  bosqinchiliklari  harakatga  alohida  kyeskinlik  va  qo’laylik  bag’ishladi,  uning  tobora  kyengayishiga  va 

rivojlanishiga olib kyeldi.  

Istiqlolchilik  harakatining  o’ziga  xos  milliy  ko’rinishi  va  Turkistonga  xos  xususiyatlari  bo’lgan 

harakatning boshidan oxirigacha ustivor bo’lgan fikr bu butun Turkiston mustaqilligi bo’lib qolavyerdi.  

Turkistondagi  istiqlolchilik  harakati  haqida  yangi  manbalarga  murojaat  etsak,  bu  harakatda 

Farg’onalik  SHakarxon  va  Muhiddinbyekning  onasi  singari  o’zbyek  va  qirg’iz  ayollaridan  chiqqan 

qurboshilar  o’z  yurti,  vatan  ozodligi  uchun  kurash  olib  borgan.  CHunki  ushbu  kungacha  adabiyotlarda 

qurboshi  ayollar  haqida  hyech  qanday  ma’lumotlar  yo’q  edi.  Ularning  niyatlari  bosmachilik  emas,  balki 

CHor Rossiyasi bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashi edi.  

Turkistonda  istiqlolchilar  harakatining  asl  mohiyatini  ochib  byeradigan  tarixiy  hujjatlar  sobiq 

sho’rolar  davrida  saqlanmagan.  CHunki  bu  hujjatlarni  istiqlolchilarning  o’zlari  bilan  birga  xorijga  olib 

kyetganlar. Moskva va Sankt Pyetyerburg Davlat arxivlarida saqlanayotgan  hujjatlardagi  voqyealar SHo’ro 

davriga xos qilib bitilgan. SHu sababli ushbu harakatning mohiyati noto’g’ri talqin qilingan.  

Vatanni  tark  etib,  o’zga  yurtlarda  kun  ko’rishga  majbur  bo’lgan  istiqlolchilar  va  ularning  avlodlari 

qo’lida ko’pdan ko’p qimmatli hujjatlar va matyeriallar dunyoning turli burchaklarida saqlanmoqda. Tarixchi 

olim  R.  SHamsiddinov  xizmat  safari  bilan  1995  yil  kuzida  AQSHda  bo’lganida  N’yu-Yorkda  yashayotgan 

Davronbyek  xonadoniga  tashrif  buyuradi.  Bu  kishi  SHo’rolar  davrida  Kur  SHyermat  dyeb  haqoratlangan, 

aslida  esa  sobiq  bosh  qumondon  SHyermuhammadbyekning  o’g’li  edi.  Davronbyekning  aytishicha  u 


 

410 


                                                                                                                                                                                        

kishining  otasi  va  amakisi  Nurmuhammadbyeklar  1927  yili  Qobul  shaxridagi  Bog’i  Alimardonga 

to’planishib,  Andijonlik  istiqlolchi  Abdulxay  Maxdum  kotibligida  Farg’ona  vodiysida  1917-24  yillardagi 

istiqlol urushi haqida ba’zi bir ma’lumotlarni esga olib aniqlab, kyelajak avlod uchun bir hujjat tayyorlagan. 

U  Abdulkay  Maxdum  tomonidan  eski  (o’zbyek)  turkiy  tilda  arabcha  imloda  yozilgan.  Unda  Farg’ona 

vodiysida istiqlol uchun kurash olib borgan ba’zi qurboshilar haqida ma’lumotlar byerilgan.  

Bu  hujjatda  aytilishicha  SHyermuhammadbyek  23  yoshida  istiqlol  uchun  kurashga  otlanib,  avval 

13000, so’ngra 103 ming askarga ega bo’lgan. Uning yetakchiligida Parpibyek, Ergashbyek, Madaminbyek, 

Xolxo’ja Eshon, Nurmuhammadbyek, Jonibyek qozilar milliy ozodlik kurashini olib borganlar. Quqonlik 35 

yoshli Ergashbyek 12000 askari bilan b yil urush olib borgan. Marg’ilonlik Madaminbyek 23 yoshida 10000 

askar  bilan  3  yil  urush  olib  borgan  va  1920  yil  mayida  shahid  bo’lgan.  43  yoshli  Ushlik  Xolxo’ja  10000 

askarga  ega  bo’lgan  va  bir  guruh  yigitlari  bilan  Oloy  vodiysida  qor  kuchkisi  ostida  qolib  kyetgan.  Bu 

hujjatda Andijonlik Parpibyek qurboshi, ko’kjarlik Muhiddinbyek, Namanganlik Omon polvon, YAkkatutlik 

Nurmuhammadbyek,  Uzganlik  Jonibyeklar  kabi  o’nlab  millat  Vatan  mustaqillik  uchun  janglarda 

kahramonlik  ko’rsatgan  va  shahid  kyetgan  qurboshilarning  nomlari  tilga  olingan.  Qobuldagi  Bog’i 

Alimardonda shahid kyetgan bu vatandoshlarimizning  xotirasiga qo’yilgan xotira lavhasida shunday so’zlar 

yozilgan "Qabringda rohat top millat shahidlari, yosh Farg’ona mujohidlari, kahramonlari!"  

Sobiq  SHo’rolar  hukumati  va  Qizil  Armiyaning  Turkistonlik  istiqlolchilarga  qarshi  qizg’in 

janglarida 15000 nayza va qilichlar, 61 tup, 324 pulyemyot, b ta samolyot, 3 ta aerostat, 4 ta bronyepoyezd 

ishtirok  etdi.  Bu  urushlar  Turkiston  aholisiga  juda  qimmatga  tushdi.  1917-30  yillar  o’rtasida  Turkistondan 

1,9 mln  kishi  o’z  vatanlarini tashlab xorijga chiqib  kyetishga  majbur bo’ldi. 1  mln  kishi  vafot  etdi. 1,7 mln 

kishi Turkistondan badarg’a qilindi.  

Endi, Turkistondagi istiqlolchilik harakatining g’oyaviy rahnomolari kimlar bo’lgan, bu harakatning 

jadidlar  bilan  aloqasi  bormi  dyegan  savollarga  to’xtalsak  Turkistondagi  istiqlolchilik  harakatlarining 

g’oyaviy rahnamolari ham yetarli darajada mavjud bo’lib, ular asosan jadid munavvarlari va islom ulamolari 

edi. SHuni alohida ta’kidlash kyerakki, istiqlolchilik harakatiga g’oyaviy rahnamolik qilish borasida jadidlar 

bilan ulamolar o’rtasida o’zaro raqobat mavjud edi. Namanganlik Nosirxon Tura Said Kamolxon Tura o’g’li, 

Toshkyentlik  Muftiy  Sadriddinxon  Maxsum  SHarifxo’ja  Qozi  o’g’li,  Turkiston  MIKning  sobiq  o’rinbosari 

Turaqo’l  Jonuzoqov,  asli  Boshkirtistonlik  Ahmad  Zakiy  Validiy  Tug’on  va  boshqalar  istiqlolchilik 

harakatining g’oyaviy mafkurachilari edi. Harakatga rahbarlik qilgan islom ulamolari orasida yassaviylik va 

naqshbandiylik tariqatining pirlari ham ko’p bo’lgan. 

Turkiston Muhtoriyati hukumati bol’shyeviklar tomonidan tor-mor etilgan bo’lsa ham, u Farg’ona vodiysida 

istiqlolchilik  harakatini  tashkiliy  jihatdan  rasmiylashtirdi,  unga  milliy  tus  byerdi.  Qo’qondagi  muxtor 

hukumatning  tor-mor  qilinishi  istiqlolchilar  harakatini  butun  Farg’ona  vodiysida  ommaviy  ravishda 

boshlanishiga bir turtki bo’ldi. Hatto «Turkistoln Muhtoriyati» hukumatining ba’zi qochib qutulgan a’zolari 

bu  harakatga  qo’shildi.  Turkistonda  CHor  Rossiyasining  mustamlakachilik  va  bol’shyeviklarning 

zo’ravonlik  siyosatiga  qarshi  bu  milliy  ozodlik  harakati  Turkistonda  1918  yil  fyevral  oyidan  ommaviy  tus 

oldi. 


Dastlabki  istiqlolchi  guruhlarning  tuzilishi  Qo’qon  atrofidagi  Baqchir  qishlog’i  edi.  Xorijdagi 

tarixis  manbalarga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu  harkatga 200  ming  kishi  ishtirok  etib, ulardan 70  minggi 

qurolangan va 125 minggi esa qurolsiz kishilar edilar. 

Dastlabki  istiqlolchi  guruhlarning  tashkil  topishi  Kichik  va  Katta  Ergashlarning  nomlari  bilan 

bog’liqdir. 

Turkiston Muhtoriyati hukumati qo’shiniga boshchilik qilgan Kichik Ergash qo’rboshi 1918 yil 19-

21  fyevralda  Qo’qon  shahrida  qizil  askarlarga  qarshi  bo’lgan  «Ikki  kunlik  urush  natijasida  mag’lubiyatga 

uchradi, uning 2000 kishilik armiyasidan  omon  qolgan ikki  yuztacha kishi Kichik Ergash rahbarlar Qo’qon 

uyezdidagi  Bachqir  qishlog’iga  (Qo’qondan  18  chaqirim  ishlash  -  sharq  tomonda)  jang  bilan  chyekinishdi. 

O’zining  kindik  qoni to’kilgan  Bachqir qishlog’ida Kichik Ergash  yig’inlari bilan qal’a shaklida istyehkom 

qurib,  mustahkam  o’rnashib  oldi.  26  fyevral  kuni  Baqirga  5  ta  qizil  gvardiyachilar  otryadi  va  dashnoqlar 

drujyenasi  hujum  qilishdi.  27  fyevralda  bo’lgan  janglarning  birida  Kichik  Ergash  shahid  bo’lgacha,  uning 

o’rniga  Katta  Ergash  qo’rboshi  Farg’ona  vodiysida  bol’shyeviklarning  mustamlakachilik  tartibiga  qarshi 

kurash  boshladi.  Sovyet  hokimiyati  va  bol’shyeviularga  qarshi  milliy  istiqlol  harakatini  tashkil  qilish  endi 

uning zimmasiga tushgan edi. 

1918 yil mart oyiga kyelib Farg’ona vodiysida bir-biridan mustaqil ravishda 40 dan ortiq qo’rboshi 

dastalari 

faoliyat 

ko’rsatardi. 

Madaminbyek 

Skobyelyev 

uyezdda, 

SHyermuhammadbyek 

va 


Nurmuhammadbyek Marg’ilon atroflarida, Omon Pahlovon, Qobul, Sotiboldi qozi va Rahmonqul namangan 

uyezdida, Parpi qo’rboshi Andijon shahri atrofida Eshmat qo’rboshi Qo’qonlik Buvayda qishlog’ida, Umar - 

CHoli Urganch qishlog’ida Jalilbyek qozi o’zgan tomonda, Muhiddinbyek Novqotda harakat qilmoqda edi. 


 

411 


                                                                                                                                                                                        

Bu  tarqoq  holda  bo’lgan  istiqlolchilik  harakatini  yagona  qo’mondonlikka  bo’ysundirish  va 

birgalikda  harakat  qilish  maqsadida  «SHo’roi  Islom»  va  «SHo’roi  Ulamo»  tashkilotlari  a’zolarining 

tshabbusi  bilan  1918  yil  mart  oyining  oxirida  Bachqir  qishlog’ida  Farg’onadagi  butun  qo’rboshilarning 

birinchi  qurultoy  chaqirildi.  Unda  40  dan  ortiq  yirik  qo’rboshilar  qatnashdi.  Farg’ona  vodiysidagi 

istiqlolchilik  harakatining  boshlig’i  qilib  Katta  Mulla  Ergash  saylandi  va  uning  butun  Musulmon 

qo’shinlarining  Oliy  bosh  qo’mondoni  «Amir  aslmuslimiy»  unvoni  byerildi.  Ergash  qo’rboshining 

o’rinbosarlari qilib Madaminbyek va SHyermuhammadbyek tayinlandi. 

Umuman  olganda,  Farg’ona  vodiysida  1918  yilning  o’rtalarida  kyelib,  taxminan  yuzga  yaqin 

qo’rboshi  o’zi  dastlabki  bilan  qizil  armiya  qismlariga  qarshi  kurash  olib  borilmoqda  edi.  Lyekin  shuni  tan 

olish  kyerakka, barcha qo’rboshi  dastalari ham  milliy  mustaqillik uchun  kurashdilar dyeb bo’lmaydi.  Ba’zi 

guruhlar  o’z  manfaatlari  yo’lida  to’ntarishdan  kyeyingi  tartibsizliklar  va  boshboshdoqlikdan  foydalanib 

xalqni  talash,  boylik  orttirish  maqsadida  harakat  qilib  aholi  orasida  obro’sizlandilar.  Bular  kichik-kichik 

guruhlarga  bo’lib,  ular  umumiy  istiqlolchilik  harakatiga  qo’shilmas,  o’zlari  mustaqil  harakat  qilar  edilar. 

Sovyet  hukumati  esa  bundan  ustalik  bilan  foydalanib,  Turkiston  xalqlari  o’rtasida  haqiqiy  istiqlolchilarni 

obro’sizlantirishga, ularga «bosmachilar» dyeb tamg’a osishga harakat qilar edi. 

Istiqlolchi  dastalarning  bunday  kurash  usullari  sovyet  qo’shinlarining  ularga  qarshi  o’tkazayotgan 

harbiy  opyerasiyalarni  qiyinlashtirar  edi.  Farg’onadagi  milliy  qurolli  istiqlolchilar  bilan  kurashning  o’ziga 

xosligini tavsiflab, Turkiston frontining qo’mondoni M.Frunzye buyruqlarining birida shunday e’tirof etadi: 

«Aholi zich joylashgan va o’nqir - cho’nqirlari ko’p Farg’ona rayonlarida shaykalarni ta’qib qilish juda qiyin 

vazifa bo’lib,  haddan tashqari  katta - kuch-quvvatni talab qiladi. Barcha tomonlari ariqlar bilan  kyesishgan 

va  bir-birini  to’sib  turgan  tog’lar  bilan  qurshalgan  tumanlardan  iborat  bo’lgan,  aholisi  zich  joylashgan 

Farg’ona  vodiysida  kurash  haddan  tashqari  mushkul  edi.  Holdan  toydirgan  dushman  bir  joyda  tarqalib 

kyetsa, dam olib hamda pastqam va ovloq o’rinlarda kuch to’plagach, yana boshqa joylarda paydo bo’lardi. 

Ularning  qo’qqisdan  qilgan  hujumlari  hali  jangga  tayyorgarlik  ko’rishga  imkoniyati  bo’lmagan 

jangchilardagina emas, balki barcha aholi o’rtasida ham to’xtovsiz asabiy zo’riqish tug’dirardi va shu sabali 

Farg’onada  kurashning  usullari  boshqa  frontlardagi  kurash  usullaridan  farq  qiladi.  Bu  yerda  front  chizig’i 

yo’q, u hamma joydan o’tadi». 

Turkiston  istiqlolchilari  orasida  tanilgan  va  xalqning  hurmatiga  sazovor  bo’lgan  Madaminbyek 

siymosida  sarkardalik,  davlat  va  siyosat  arbobiga  xos  sifatlar  o’zaro  qo’shilib  kyetgan  edi.  U  Farg’ona 

vodiysidagi  istiqlolchilarning  haqiqiy  ma’nodagi  dohiysi, tan  olingan  yo’lboshchisi  edi.  «O’z  oldiga sovyet 

hokimiyatini  ag’darish  va  Farg’ona  Muhtoriyatini  tiklash  vazifasini  qo’ygan  Madaminbyek  tadbirkor 

siyosatchi  va  udaburon  tashkilotchi  fazilatlariga  ega  edi»,  dyeb  tan  olinadi,  rasmiy  bir  hujjatda. 

Madaminbyek  vodiydagi  sovyet  hokimiyati  organlariga  muqobil  ravishda  bol’shyeviklardan  ozod  qilingan 

hududlarda  o’zining  siyosiy  boshqaruv  usulini  joriy  qildi.  Bunday  boshqaruv  usulini  yana  Ergash  va 

SHyermuhammadbyek  qo’rboshilargina  tashkil  qilgan  edilar.  «U  bizning  rahbarlik  faoliyatimizda  yo’l 

qo’ygan  xato  va  kamchiliklarimizdan  ustalik  bilan  foydalanardi.  Uning  o’z  «boshqaruv  apparati»,  o’zining 

«tribunali», o’zining gyenshtabi» bo’lgan: u qonunlar chiqargan», dyeb e’tirof qiladi. Madaminbyekka qarshi 

kurashgan Gramotobich bu fikrni Madaminbyekni jang maydonlarida yaxshi bilagn muxolifi M.Polikovskiy 

ham o’z xotiralarida tasdiqlaydi. 

1918  yil  mart  oyida  bo’lgan  Farg’ona  vodiysi  istiqlolchilarning  birinchi  qurultoyida  istiqlolchilar 

harakatining qo’mondoni qilib Katta Ergash (Mulla Ergash) saylangan bo’lsada, aslida bu birlashish amalda 

mustahkam  bo’lmagan  edi.  Bunga  sabab,  birinchidan,  «Amir  al-muslimiy»  unvoniga  ega  bo’lgan  Mulla 

Ergashning  dunyoqarashi  tashkilotchilik  qobiliyati,  tashabbuskorligi  va  eng  muhimi,  harbiy  salohiyati  ko’p 

o’tmadanoq  unga  byerilgan  unvon  va  vazifa  talabiga  javob  byermasligi  syezilib  qoldi.  Ikkinchidan  esa, 

shuhratparastlik  va  manmansirash  kasaliga  mubtalo  bo’lgan  qo’rboshilar  o’zini  mustaqil  «qo’mondon» 

syezib  boshqalarga  bo’ysunmasdan  alohida  harakat  qilishga  intilishi  kun  sayin  kuchayib  bordi.  Jumladan, 

Madaminbyekning o’zi Katta Ergashga bo’ysunishni istamas edi. Ana shu salbiy xususiyatlar istiqlolchilarni 

yagona bir qo’mondonlik ostiga birlashib mustamlakachilikka qarshi kurashish imkonini byermas edi. 

SHunday qilib, 1919 yilning boshiga kyelib, Forg’ona vodiysida istiqlolchiliku harakatining ikkita 

katta  markazi  vujudga  kyeldi.  Birinchi  markaz  Madaminbyek  boshchilgida  bo’lib,  viloyatning  Skobyelyev, 

Andidon  va  Namangan  uyezdlarini  qamrab  olgandi.  Madaminbyekning  qarorgohi  Marg’ilon  shahridagi 

uncha  uzoq  bo’lmagan  Toshloq  tumanining  Gabobo  qishlog’ida  joylashgan  edi.  «1919  yil  yanvarida 

Madaminbyek  qo’l  ostida  16000  kishidan  iborat  qo’shin  bo’lgan»,  dyeb  ta’kidlanadi.  Farg’ona  viloyat 

ijroqo’mni nomiga 1919 yil 27 yanvarda yo’llangan o’ta shoshilinch ma’lumotnomada 1919 yilning fyevral 

oyiga  kyelib  esa  Madaminbyek  yigitlari  20000  kishiga  yetgan  bo’lsa,  shu  yilning  o’rtalariga  kyelganda 

25000  kishidan  ortib,  Farg’ona  vodiysida  mustamlakachi  sovyet  hukumatiga  qarshi  tura  oladigan  salmoqli 

harbiy kuchga aylangan edi. 



 

412 


                                                                                                                                                                                        

Istiqlolchilar harakatining  ikkinchi  markazi  qurboshi  Katta Ergash boshlig’idagi Qo’qon uyezdida 

bo’lib,  Ergashning  qarorgohi  YAngi  qurg’on  volostidagi  Baqir  qishlog’ida  joylashgan  edi.  Uning  asosiy 

o’rinbosari qurboshi Eshmat qig’iz edi. 

Madaminbyek  boshchiligidagi  istiqlolchilar  guruhi  muvoffaqiyatli  janglar  qilib  eski  Marg’ilonni, 

Farg’ona  viloyati  markazi.  Skobyelyev  shahrini,  Namangan  uyezdiga  qarashli  yirik  shaharlardan  biri 

CHustni egallaydilar. 

Farg’ona  vodiysidagi  istiqlolchilik  harakati  1919  yilning  yozi  va  ko’zida  o’zining  eng  yuqori 

cho’qqisiga  chiqdi.  Madaminbyek  boshchiligidagi  qo’shining  vodiyda  sovyet  hokimiyatining  bo’lishi  yoki 

bo’lmasligini  shubha  ostiga  qo’ygan  edi.  Natijada  Farg’ona  vodiysida  tobora  kuchayib  borayotgan 

istiqlolchilar harakatini bostirish uchun  maxsus Farg’ona fronti tashkil  etildi. Bu front  o’z vazifasini bajara 

olmadi,  so’ng,  1919  yil15  avgustda  M.Frunzye  qumondonligida  Turkiston  fronti  tashkil  etildi.  Uning 

tarkibiga Rossiya fyedyerasiyasidan kyeltirilgan 1,4,11 - armiyalar kiritildi. 

Biroq Farg’ona vodiysiga tabora qo’shimcha kuchlarning tashlanishi natijasida 1920 yilning yanvar 

oyining  o’rtalariga  kyelib  jongovor  tashabbus  qizil  armiya  qo’shinga  o’tdi.  Farg’ona  fronti  qo’shinlari 

birinchi  bo’lib  Katta  Ergash  qurboshini  mag’lubiyatga  uchratdi.  P.parmonov  boshchiligidagi  yig’ma  otryad 

ququondan  chiqib  1920  yil  18  yanvarda  Ergashning  qarorgohi  Bachqir  qishlog’ini  egalladi.  1920  yil  14 

mayda  Korovul  qishlog’ida  Xolxuja  Eshon  tomonidan  Madaminbyekni  o’ldirilishi  bilan  Turkistonda 

istiqlolchilar  harakatining  birinchi  bosqichi  tugaydi.  Savolning  shu  yerida  albatta  talaba Madaminbyekning 

o’ldirilishi sabablari, uning o’zi kim dyegan savolllraga to’liqroq to’xtalsa maqsadga muvofiq bo’ladi. 

 1920-24  yillarda  istiqlolchilik  harakati  Buxoro  va  Xorazm  ryespublikalarida  xam  avj  oldi.  Buxoro 

Xalq  Ryespublkasidagi  harakatning  Turkistondagi  istiqlolchilik  harakatidan  farq  qiladigan  asosiy  tomoni 

shundan  iboratki,  vatanparvarlar  Buxoroda  ikki  jabhada  turib  kurash  olib  borishlariga  to’g’ri  kyeldi.  Bir 

tomondan  amirlik  tuzumi  tarafdorlari  bo’lgan  mujohidlar,  jadidlardan  iborat.  Buxoro  hukumatiga  va 

shuningdyek  Qizil  Armiya  qo’shinlariga  qarshi  kurash  olib  bordilar  (Ibrohimbyek,  Mulla  Abdulkahhor  va 

boshqalar).  Ikkinchi  tomondan,  milliy  istiqlol  g’oyalariga  sodiq  bo’lgan  Buxorolik  vatanparvarlar  Fayzulla 

Xo’jayev  boshliq  Buxoro  Xalq  Ryespublikasi  Hukumati  bilan  yashirin  aloqalar  o’rnatib,  Buxoroning 

muqaddas  tuprog’idan  qizil  askarlarning  olib  kyetilishi,  Buxoro  Ryespubliikasining  mustaqilligi  amalda 

qaror topishi uchun kurashdilar (Anvar Podsho, Davlatmanbyek, Jabborbyek, Doniyorbyek va boshqalar).  

Xorazm  Xalq  Ryespublikasida  qizil  Armiyaga  qarshi  kurashning  tyeppasida  Junaidxon  turdi.  U 

Xorazmda  siyosiy  hokimiyat  uchun  kurash  boshlab,  katta  muvaffaqiyatlarga  erishdi.  Qiska  muddatda 

Junaidxon  o’z ko’shinini 20000 kishiga yetkazdi. O’zbyek  hunarmandlari va dyexqonlaridan tashkil topgan 

dastlabki  guruhlarga  Madraimboy,  Sa’dulla  bola,  SHokir  bola  va  boshqalar  rahbarlik  qilgan.  Junaidxon 

boshchiligidagi mujohidlar hujumga o’tib, 1920 yil yozida ko’hna Urganch, Xujayli, Ilonli va Taxtani qayta 

egallashdi, ko’plab qizil askarlarni asrga olishdi. Junaidxon Sovyet kumondonligiga maxsus maktub yo’llab, 

agar  ko’shinlar  Xorazmdan  olib  chiqib  kyetilmasa  asirlarni  otib  tashlashini  bildiradi.  Biroq  Sovyet 

qumondonligi Junaidxonning haqli talabini rad qilgach, u bosqinchilarni otib tashlashga buyuradi.  

1924  yilga  kyelganda  istiqlolchilar  iqtisodiy  tanazzul  va  qashshoklik,  dahshatli  ochlik,  xalqning 

og’ir  turmushini  ko’rmasliklari  mumkin  emas  edilar. Tinimsiz  davom  etgan  yetti  yillik  urushdan  Turkiston 

xalqlari  ham,  kurboshi  va  ularning  yigitlari  juda  ham  toliqan  edilar.  SHuning  uchun  qasoskorlarning 

ko’pchiligi 1924  yil  davomida qarshilikni to’xtatdilar. Bunga ularning rahbarlari orasida jipslik  va umumiy 

dasturning yo’qligi ham sabab bo’ldi.  

Lyekin oldinda kurashning to’liq o’n yili turar edi. vatanparvarlar yana 1935 yilgacha bosqinchi qizil 

armiya ko’shinlariga qarshi kurashini olib bordilar.  



Katalog: mexmat -> books -> I%20blok%20fanlari
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti umumiy huquqshunoslik
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti algebra va geometriya
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat un

Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling