Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81

4-masala 

1991  yil  oxiriga  kyelib,  Ittifoq    tarqalib  kyetganligi,  ko’pchilikka  ryespublikalarning 

mustaqil  suvyeryen  davlatga  ega  bo’lganligi  jamiyatda  yuz  byergan  dyemokratik  jarayonlar, 

hurfikrlikka  intilish  xalqning  milliy  ongi  muttasil  oshib  borishi  mavjud  hodisalariga  yangicha 

tafakkur  bilan  qarashni  taqozo  qilardi.  Jumladan,  O’zbyekistonda  ham  butunlay  yangi  tarixiy 

sharoitlarda butunlay yangicha qarashlarni, munosabatlarni qaror toptirish zarur edi. CHunki u, o’z 

kyelajagini  «yangilagan»  fyedyerasiya  tarkibida  emas,  balki  mustaqil  milliy  davlatchilik  qaror 

topgandagina  ryespublika  o’zining  to’la  siyosiy  suvyeryenityeti  va  iqtisodiy  mustaqilligiga 

erishgandagina  byelgilashi  mumkinligini  ancha  oldin  tushungan  va  bu  borada  o’zining  qat’iy 

qaroriga  kyelgan  edi.  Binobarin,  xalqni  yangi  yo’ldan  boshlab  borish,  uning  qarashlari  va  orzu-

maqsadlarini bir yo’nalishga burib, kuchlarini uyg’unlashtirish uchun yagona g’oyaviy qurol zarur 

edi.  O’zbyekiston  boshqa  ittifoqdosh  ryespublikalar  ichida  birinchilardan  bo’lib  o’zini  mustaqil 

ryespublika  dyeb  e’lon  qilgan  edi.  Bu  hol  tabiiy  sur’atda  kishilarning  siyosiy  ongi  oshishiga  olib 

kyeldi.  Odamlar  jamiyatda  yuz  byerayotgan  o’zgarishlar  shiddati  oldida  bir  muncha  gangib 

qolishdi. Turli safsatalar, hatti-harakatlar, «g’oyaviy» kurashlar «xonaki» va ajnabiy, siyosatdonlar 

ko’payib  kyetdi.  Bir  maromdagi  turmush  va  bir  qolipdagi  fikrlash  tarzi  buzilib,  sarosimalik, 

to’qnashuvlar  va  parokandalik  kayfiyatlari  kuchaya  bordi.  Ana  shunday  paytda  umumxalq  va 

umumdavlat manfaatiga mos kyeladigan eng maqbul yo’lini tanlash, buning uchun esa mafkuraviy 

yakkahokimlikka barham byergan holda aholining barcha tabaqalari qatlamlarini, talab-extiyojlarini 

ma’naviy-ruhiy chanqoqligini qondira oladigan yetuk va barkamol g’oyani yaratish zarur edi. 

Masalaning yana boshqa tomoni ham bor edi. Bu byevosita uzoq yillar mobaynida hukmron 

bo’lgan g’oya va aqidalardan xalos bo’lish, uning bir yoqlama, havoyi, balandparvoz da’vatlaridan 

voz  kyechish  kabi  og’ir,  vaqt  talab  etadigan  jarayon  bilan  bog’liq.  Endi  tafakkur  tarzi  va 

qarashlarini  tubdan  o’zgartirish  uchun  eng  avvalo,  o’sha  davrning  bosh  mafkurachisi  sobiq 

kommunistik  partiya  g’oyalaridan  voz  kyechish,  qolavyersa,  butunlay  yangi  zamon  talablarini  va 

ijtimoiy  siyosiy  jarayonlar  mazmun-mohiyatidan  kyelib  chiqadigan  mafkurani  ishga  solish  lozim 

edi. Ana shu xulosalardan kyelib chiqib I.A. Karimov 1991 yil 14 syentyabrda shunday fikrni bayon 

qildi: 


«Biz madaniy inqilobning g’alabasi haqida gapirmoqdamiz, madaniyat va san’at esa xozir og’ir 

tanglikka  duchor  bo’lgan.  Bu  mafkuraviy  zulmning  oqibatidir.  Partiya  shu  yillar  mobaynida 

«sosializmning  asoslarini  bayon  etish»,  «kyeng  ko’lamda  kommunizm»,  «rivojlangan  sosializm» 

qurish  bilan  mashg’ul  bo’lib  kyetavyerdi.  Har  xil  «izm»lar,  orzu-havaslar,  maqsadlar  haqida 

gapirar, nihoyat shuni uqib olishimiz kyerakki, bu epyg’ dunyoda insonning hayotidan ko’ra qadrli 

boshqa  hyech  narsa  yo’q,. Uning  ahvoli  yomon  edi, hozir  ham o’zgargan  emas»

i

. Pryezidyent o’z 



fikrini davom ettirib «Kommunistik partiya bosib o’tgan yo’lni tahlil etish va unga baho byerishdan 

maqsadimiz shuki, har bir kishi endi nihoyat ko’zni katta ochib, turmushga razm solsin. Mafkuraviy 

aqidalardan voz kyechsin, haqiqatga ro’y rost qarasin»

i

, dyegan edi. 



SHu bois ryespublikada mafkuraviy aqidalarga va bir qolipdagi safsatabozlikka bo’ysundirilgan, 

inson, xalq, jamiyat manfaatlariga putur yetkazayotgan siyosiy, mafkuraviy va davlat tuzilmalaridan 

dadil  voz  kyechila  boshlandi.  Ijtimoiy  adolatni,  xavfsizlik,  ijtimoiy  muhofazani,  millatni,  dini  va 

e’tiqodidan  qat’iy  nazar,  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini,  sha’ni  va  qadr-qimmatini  himoya 

qilishni ta’minlashga kafolat byerish talabi  muhim ahamiyat kasb eta  boshladi. Dyemokratiyaning 

asosiy  xususiyatiga  -  adolat  va  qonunning  ustivorligini  ta’minlashga  qaratilgan  choralar  ko’riladi. 

Jamiyatning  ijtimoiy  -  siyosiy  muhitini  buzadigan,  odamlar  fikrini  chalg’itadigan  hodisalarga 

barham  byeriladi.  Mamlakat  va  xalq  manfaatlari  yo’lida  birlashish,  kuchlarini  uyg’unlashtirish, 

barcha imkoniyatlaridan extiroslarga byerilmay aql-idrok bilan foydalanish yo’li tutiladi. 

SHunday  bo’lsa-da  joylarda  1991  yil  31  avgustda  qo’lga  kiritilgan  tarixiy  voqyea  — 

O’zbyekiston mustaqilligining ahamiyati va mohiyatini mafkuraviy vositalar orqali xalqning ongiga 

yetkazishda,  ularni  istiqlolni  mustahkamlash  uchun  fidoiylik  bilan  myehnat  qilishga  safarbar 

qilishda sustkashlik hollari ko’rina boshladi. Ana shunday sharoitda O’zbyekiston mustaqilligining 

tashabbuskori  va tashkilotchisi Pryezidyent I.A.Karimov  birinchilardan  bo’lib  jamiyatda  ma’naviy 

poklanishni  amalga  oshirish,  eski  aqidalardan  xoli  bo’lish  zarurligini,  kyeyinchalik  esa  milliy 


 

464 


                                                                                                                                                                                        

istiqlol mafkurasini yaratish lozimligini payqadi va kunning dolzarb vazifasi qilib qo’ydi. Ochig’ini 

aytish kyerakki, mazkur muhim masalani to Pryezidyent o’zi dolzarb vazifa qilib ko’tarilmaguncha 

hyech  kim  bu  haqda  jiddiy  qayg’urmadi.  Bu  o’rinda  1992  yil  2  iyulda  bo’lgan  O’zbyekiston 

Ryespublikasi Oliy Kyengashining o’ninchi syessiyasi hujjatlarini alohida ta’kidlash lozim. Ushbu 

syessiyada chinakam Mustaqil O’zbyekiston davlatini barpo qilish yo’lida barchaning birlashishiga 

erishish  kunning  dolzarb  vazifasi  qilib  qo’yildi.  Bunday  vazifani  esa  barcha  uchun  muqaddas 

hisoblangan  milliy  istiqlol  mafkurasi,  mustaqillikni  mustahkamlashga  qaratilgan  g’oyalari  orqali 

uddalash mumkin edi. «Bugungi kunda xalqni yakdil qiladigan ishlar va g’oyalar oz emas. Ularning 

ichida eng ulug’i, eng olijanobi — O’zbyekiston Ryespublikasining mustaqilligini ta’minlash. 

Ana  shu  maqsad,  ana  shu  g’oya  atrofida  birlashsak,  aslo  xor  bo’lmaymiz,  aziz 

vatandoshlar!»

i

 dyeb murojat qilgan edi I.A. Karimov syessiya qatnashchilariga. 



Bu  borada  1992  yil  1  syentyabr’  arafasida  O’zbyekiston  Pryezidyenti  I.Karimovning 

«O’zbyekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» dyeb atalgan kitobining nashrdan chiqishi katta 

voqyea bo’ldi. U mamlakat ma’naviy va siyosiy hayotida muhim qo’llanma sifatida kutib olindi. Bu 

asar  ryespublikada  yaratilajak  istiqlol  mafkurasi  uchun  nazariy  asos,  ma’naviy  hayot  uchun  yo’l-

yo’riq bo’ldi. 

Mafkurasizlik  —  e’tiqodsizlikka  olib  kyeladi.  E’tiqodsizlik  esa  har  kimning  o’zicha 

yashashga,  ko’ngil  tusaguncha  kun  ko’rishga,  xayoliga  kyelgan  ish  bilan  shug’ullanishga  olib 

kyeladi.  Bu  yakka-yakka  butun  jamiyat  ma’naviy-ruhiy  qiyofasining  qay  tarzda  shakllanishiga 

sabab bo’ladi. 

Mafkurasizlik  oxir  oqibatda  odamlar  ongida  manqurtlik,  qalbida,  fye’l-atvorida 

andishasizlik  va  nihoyat  o’zligini  anglamaslik  xislatlarini  chukurlashtiradi.  Jamiyatda  esa 

parokandalikni  byeqarorlikni  kyeltirib  chiqaradi.  SHunday  qilib  odamlar  hayotida  fayzu  tarovat 

qolmaydi. 

O’zbyekiston Pryezidyenti tomonidan uning ma’ruzalari va kitoblarida asoslanayotgan nuktai 

nazar  va  g’oyalar  majmuasi  mohiyatan  umumxalq  mafkurasidir.  Bu  mafkura  xalqimiz  tarixini, 

madaniyatini, falsafasini, axloqini, siyosiy ongini, badiiy didini, diniy an’analarini chuqur o’rganish 

asosida,  xalqimizning  vazifalari  va  kyelajagini,  istiqbolini  aniq  byelgilab  byermoqda.  Maqsad  — 

Mustaqil  O’zbyekistonni  zamonamizning  rivojlangan  davlatlaridan  biriga  aylantirish  mamlakat 

aholisi  farovonligini  oshirish,  ko’pmillatli  O’zbyekiston  aholisini  umummaqsad  atrofida  yanada 

jipslashtirishdir. Bunday birdamlik va totuvlik dyemokratik hamda huquqiy davlatchilik qoidalariga 

suyangan  holda  amalga  oshirilmoqda.  O’zbyekistondagi  siyosiy  partiyalar,  o’nlab  milliy  madaniy 

markazlar,  turli  jamg’armalar,  ijodiy  tashkilotlar,  boshqa  jamoatchilik  tashkilotlari  shu  qoidalar 

asosida o’z faoliyatini kyengaytirmoqdalar. 

Pryezidyentimiz I.Karimov «Milliy istiqlol mafkurasi – xalq et’iqodi» va buyuk kyelajakka 

ishonch»  nomli  asarida:  «Tarixdan  ma’lumki,  bir  xalqni  o’ziga  tobye  qilishni  istagan  kuchlar, 

avvalo  uni  o’zligidan,  tarixidan,  madaniyatidan  judo  qilishga  intiladi.  YUqorida  myen  tilga  olib 

o’tgan  va  shunga  o’xshash  zararli  ta’sirlardan  davom  etavyersa,  millat  o’zligini  yo’qotishi,  ming 

yillik an’analarini boy byerishi, olomonga aylanib qolishi hyech gap emas. 

Tabiiy savol tug’iladi: bunday mafkuraviy ta’sirlarsalbiy oqibatlarga olib kyelmasligi uchun 

nima qilish kyerak? 

Buning yo’li – odamlarimizning iymon e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, 

ularni  o’z  mustaqil  fikriga  ega  bo’lgan  barkamol    insonlar  etib  tarbiyalash.  Ularning  tafakkurida 

o’zligini  unutmaslik,  ota-bobolarning  muqaddas  qadriyatlarini  asrab-avaylash  va  hurmat  qilish 

fazilatini  qaror  toptirish.  Ularning,  Myen  o’zbyek  farzandiman,  dyeb  g’urur  va  iftixor  bilan 

yashashiga erishishdir.  

Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avalo, kishi organizmida unga qarshi 

immunityet  hosil  qilinadi.  Biz  ham  farzandlarimiz  yuragida  ona  Vatanga,  boy  tariximizga,  ota-

bobolarimizning  muqaddas  diniga  sog’lom  munosabatini  qaror  toptirishimiz,  ta’bir  joiz  bo’lsa, 

ularning mafkuraviy immunityetini kuchaytirishimiz zarur. 

Toki  ular  milliy  ildizlari  baquvvat,  dunyoni  chuqar  anglaydigan,  zamon  taraqqiyoti  bilan 

barobar  qadam  tashlaydigan  insonlar  bo’lib  yetishsin.  Ana  shunda  johil  aqidaparastning  «dav’ati» 

ham,  axloqni  rad  etadigan,  biz  uchun  mutlaqo  byegona  g’oyalar  ham  ularga  o’z  ta’sirini  o’tkaza 



 

465 


                                                                                                                                                                                        

olmaydi»


i

Mustaqillik  yillarida kishilarning O’zbyekiston  istiqloli  va  istiqboli  haqida qayg’urishi, o’z 



xalqini,  o’z  vatanining  qadr-qimmati,  or-nomusini  himoya  qilish  zarurligini  tobora  chuqurroq 

anglashi kuchayayotganligi ham ana shundadir. 

2.  Xalq  turmush  tarzi  va  ma’naviyatining  tarkibiy  qismini  uning  azaliy  udumlari,  odat, 

marosim  va  bayramlari  tashkil  qiladi.  SHu  bois  mustaqillik  yillarida  amalga  oshirilgan  ma’naviy 

tiklanish  haqida  gapirganda  xalqning  azaliy  qadriyatlarini  tiklash  borasida  olib  borilgan  ishlarni 

ham alohida ta’kidlash lozim. 

Xalqimizning azaliy  qadriyati,  syevimli  bayrami  hisoblanmish  «Navro’z»  bayramini  xalqimizga 

qaytib  byerilishi  mamlakat  tarixida  katta  voqyea  bo’ldi.  Ma’lumki,  O’zbyekistonda  Pryezidyent 

tashabbusi  bilan  «Navro’z»  bayramini  umumxalq  shodiyonasiga  aylantirish  borasida  bir  qator 

tadbirlar  ko’rildi.  1991  yildan  boshlab  mamlakatda  Pryezidyent  farmoniga  ko’ra,  21  mart  — 

Navro’z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi. 

Darhaqiqat  ajdodlarimiz  Navro’zni  juda  muqaddas  bilganlar,  uni  g’oyat  qadrlaganlar. 

SHuning  uchun  ham  bu  shodiyona  kunlarda  inson  dilini  og’ritish  juda  qattiq  gunoh  hisoblangan. 

Bir-birlarini  muborak ayyom  bilan qutlab,  yaxshi tilaklar  izhor etganlar. Gina qudratlar unutilgan, 

adovat  o’rniga  ezgulik  tuyg’ulari  jo’sh  urgan.  Ana  shu  el  ardoklagan,  avloddan-avlodga  o’tib 

kyelgan azaliy an’ana hayotdan mustahkam joy ola boshladi. 

Har  bir  jamoa  muassasasida  nishonlanadigan  bunday  bayramlar,  kishilarda  xalqimizning 

qadimiy an’analariga hurmat, myehnatga muhabbat hissini tarbiyalaydi. Bundan tashqari ma’naviy 

hayotdagi  yana  bir  talay,  aniqrogi  diniy  bayramlar,  hayit  kunlarining  ryespublikada  umumxalq 

bayrami  sifatida  nishonlashi  uchun  kyeng  yo’l  ochilgani  ham  ma’naviy  poklanishning  muhim 

ko’rinishidir.  Sir  emas,  sho’ro  tuzumi  sharoitida  «din  afyundir»  dyegan  kommunistik  shior  hukm 

surib  kyeldi.  SHu  darajaga  borildiki,  dindorlikning  ma’naviy  huquqi  chyeklandi.  Bunday  bir 

tomonlama  siyosat  ijtimoiy  hayotimizning  barcha  sohalarida  o’z  ta’sirini  ko’rsatdi.  O’zbyekiston 

mustaqillikka erishgandan so’nggi tarixiy o’zgarishlar bunday qarashlar asossiz ekanligini ko’rsatdi. 

SHu yillar mobaynida butun musulmon olami O’zbyekistonda vijdon erkinligi, diniy ibodat uchun 

kyeng imkoniyat ochilganini tan oldilar. 

Yevropalik  allomalardan  biri  «Nur-SHarqdandir»  dyegan  ekan.  Buni  har  xil  talqin  etish 

mumkin.  Birov  uni  quyoshning  SHarqdan  chiqishiga  yo’ysa,  boshqa  birov  majoziy  ma’noda 

ezguliklar,  olamning  yangilanishi,  hayot  taraqqiyoti  SHarqdan,  dyeb  tushunadi.  Bizning 

tasavvurimizcha, har ikki holatda ham Nur-SHarqdandir. 

SHarqdan  taralgan  ilm-ma’rifat  dunyoni  munavvar  etgani,  insoniyat  tarixida,  odamzot 

taqdirida buyuk o’zgarishlarga sabab bo’lgani sir emas. SHarqning ajralmas qismi bo’lmish go’zal 

diyorimiz xalqlari hayotida, ularning ong va tafakkuri shakllanishida dunyoviy ilmlar qatorida islom 

dinining  alohida  o’rni  bor.  Bu  ilohiy  ta’limot  olamini  anglash,  dunyoviy  tafakkur,  tabiat  va  inson 

o’rtasidagi munosabatlarni idrok etish borasida byeqiyos ahamiyatga ega. Butun jahon ahli diqqatini 

tortgan boy va rang-barang madaniy-ma’naviy myerosimiz ikki qudratli to’lqin — dunyoviy ilmlari 

va  diniy-falsafiy  tafakkurning  o’zaro  uyg’unlashib  yagona,  barkamol  qadriyat  pyeshvosining 

ma’naviy  qiyofasi,  siyosatdagi  adolat  myezoni,  so’z  va  fikr  erkinligi  kabi  murakkab  ijtimoiy 

masalalar  xususida  ham  byenixoya  hayotiy  tajriba  va  saboqlar  byeradi.  SHu  bois  ham  bu  o’lmas 

qadriyatlar bugungi yangi davlatchiligimiz qurilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

«Biz musulmon dunyosining uzviy qismimiz. Tariximizning eng fojiali eng og’ir davrlarida 

ham,  mustabid  tuzum  changalida  bo’lgan  paytimizda  ham,  bizning  dinimizdan  ayirishga  unga 

xiyonat etishga majbur qilganlarida ham xalqimiz hyech qachon o’z islomiy e’tiqodidan qaytmagan. 

Boshiga qilich kyelganda ham ota-bobolarining Muqaddas dini bo’lishi musulmonchilikka hamisha 

sodiq qolgan»

i

 



 

Qachonki kishi o’zligini anglamasa, o’z vijdoni bilan yuzma-yuz turmasa, iymon va e’tiqod 

oldida  hisob  byermasa,  qo’shnisi,  mahallasi,  jamiyat,  Vatan  oldidagi  mas’uliyatni  his  etmasa, 

bunday odam insonlik sharafiga munosib bo’lmaydi. 

Pryezidyent  Karimov  siyosiy  vaziyat  nihoyatda  qaltis  va  nozik  bir  paytda  yuqorida 

eslatilganidyek otashin nutq va ma’ruzalari bilan odamlarning nozik tuyg’ulariga ta’sir etdi, ularni 



 

466 


                                                                                                                                                                                        

uzoq  yillik  karaxtlik  va  g’aflatdan  uyg’otdi,  fikrlashga,  o’z  taqdiri  va  farzandlari  istiqboli  haqida 

qayg’urishga da’vat etdi. Bu bilan u, birinchidan, mamlakat aholisini ruhiy-ma’naviy poklanishiga 

imkon yaratdi. Ikkinchidan, mamlakatdagi tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikka o’ziga xos zamin 

yaratdi. 

Musulmon hayotdagi qutlug’ sanalar Qurbon va Ramazon hayitlari kunlarini bundan buyon 

doimiy sur’atda bayram qilish va ularni dam olish kunlari dyeb e’lon qilinishi ham aynan xalqimiz 

ko’nglidagi ish bo’ldi. 

1992  yil  27  martda  O’zbyekiston  Pryezidyentining  «Ro’za  hayitini  dam  olish  kuni  dyeb 

e’lon qilish to’g’risida» farmoni e’lon qilindi. 

130  ga  yaqin  millat  va  elat  istiqomat  qilayotgan,  aholisining  ruxiy  va  ma’naviy  extiyojlari 

rang-barang bo’lgan O’zbyekistonday mamlakatda tili, millati, irqi, dini, ijtimoiy mavqyeidan qat’ii 

nazar, insonni ulug’lash davlat siyosatining bosh yo’nalishidir. 1996 yil 6 noyabr’ kuni Tyermizda 

o’tkazilgan  «Alpomish» dostoni  yaratilganligining 1000  yilligi  YUNYeSKO  ijroiya qo’mitasining 

maxsus  qaroriga  binoan  xalqaro  miqyosda  kyeng  nishonlanishi  milliy  urf-odatlar,  qadriyatlar  va 

an’analar tiklanishining eng oliy cho’qqisi dyeb aytishimiz mumkin. 

Tabiiyki,  ma’naviy  ruxiy  poklanish  qadriyatlarning  tiklanishi  bir  kunda  bo’ladigan  jarayon 

emas,  balki  u  bizdan  muntazam  ravishda  izchillik  bilan  ish  olib  borishimizni  talab  etadi.  «Imom 

Abu  Mansur  al-  Marg’inoniy  tavalludining  xijriy  sana  bo’yicha  910  yilligini  nishonlash 

to’g’risida»gi O’zbyekiston Ryespublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori buning yaqqol isbotidir. 

Istiqlol  yillari  mamlakatda  yuksak  ma’rifiy-madaniy  jamiyat  qurish,  har  tomonlama 

barkamol  Vatanni  shakllantirish  asosiy  vazifa  qilib  qo’yildi.  Bu  esa  O’zbyekiston  hukumati  olib 

borayotgan madaniy- ma’rifiy siyosatning olijanob mohiyatidan dalolat byeradi. 

4.  Ma’lumki  ta’lim  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy,  g’oyaviy-madaniy  hayotning  muhim 

tarmog’idir. Ta’lim asoslari O’zbyekistonda uning Konstitusiyasi va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun 

bilan kafolatlangan. 

O’zbyekiston Ryespublikasi Oliy Kyengashning 1992 yil 2 iyuldagi qaroriga asosan «Ta’lim 

to’g’risida»gi O’zbyekiston Ryespublikasining Qonuni amalga kirdi. 

Ta’lim  sohasidagi  mazkur  dastur  amalda  Ryespublikada  ta’limning  jamiyat  ijtimoiy-

iqtisodiy,  ma’naviy-madaniy  rivojlantirishning  ustivor  sohasi  ekanligi  e’tirof  etilgani  holda  ta’lim 

sohasida  davlat  siyosatining  asosiy  tamoyillari,  ta’lim  tizimi  va  boshqaruvi  tartibi,  ta’lim-tarbiya 

xodimlarining haq-huquqlari, vazifalari, mas’uliyatlari, maqsadlari byelgilab byerildi. 

Xalq ta’limi xodimlari hayotda muhim ahamiyatga molik ushbu Qonun xalq ta’limi sohasini 

barcha yo’nalishlarda takomillashtirish, rivojlantirish ishlariga katta yo’l ochdi. 

Oliy  o’quv  yurtlari  mamlakat  ta’lim  tizimida  yetakchi  bo’g’indir.  CHunki  oliy  maktab 

O’zbyekiston mustaqilligini mustahkamlovchi milliy boylikning o’sishiga imkon yaratuvchi, kuchli, 

qat’iyatli mutaxassislar shu bo’g’inda tayyorlanadi. 

Ma’lumki, sho’rolar hukumati davrida hukmron tuzum o’zining jahonda eng insoniy, eng odil 

va eng dyemokratik, eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan maqtanib, butun jahonga jar solar edi. 

«Dunyodagi  eng  o’qimishli  mamlakat»,  «Oliy  ma’lumotli  mutaxassislar  soniga  ko’ra  jahondagi 

birinchi  davlat»  dyegan  soxta  ta’riflar  rasmiy  va  maqtanchoq  mafkura  orqali  kyeng  tashviq 

qilinardi. 

Sirtdan qaraganda, haqiqatdan ham manzara shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab univyersityet 

va o’rta maxsus bilim yurtlari minglab ilmiy- tadqiqot muassasalari faoliyat ko’rsatardi. Lyekin ular 

son  va  miqdor  jihatidan  ko’p  bo’lgani  bilan  jahon  andozalari  darajasida  emas  edi.  Buning  asosiy 

sabablaridan  biri  kommunistik  jamiyatda  hamma  narsa,  jumladan  ilm-fan,  maktab-maorif 

tizimining ham o’sha yolg’on va o’lik g’oyalarga qurbon qilganida edi. Sovyet Ittifoqini tanazzulga 

olib kyelgan sabablardan biri ham shunda ekani shubhasiz. 

SHuning  uchun  O’zbyekiston  o’z  mustaqilligini  qo’lga  kiritgach,  ijtimoiy  hayotning  barcha 

jabhalari singari ta’lim sohasini ham tubdan isloh qilish vazifasi  jamiyat oldida ko’ndalang bo’ldi. 

CHunki sho’ro hukumati milliy kadrlar tayyorlash masalasida riyokorona siyosat olib borardi. Eng 

nufuzli,  jahon  myezonlariga  javob  byeradigan  mutaxassislar  yetishtiradigan  o’quv  muassasalari 

aksariyat  Markazda  —  Rossiyada  joylashgan  bo’lib,  ittifoqdosh  ryespublikalar,  xususan  O’rta 

Osiyo  mintaasidan  bu  dargohlarga  sanoqli  vakillargina  qabul  qilinar,  bunday  imkoniyat 



 

467 


                                                                                                                                                                                        

chyegaralangan  edi.  Va  natijada  milliy  ryespublikalarda  noyob  ixtisosga  ega  mutaxassislar 

yetishmaydi, dyegan muammo sun’iy ravishda vujudga kyeltirilib, bu yurtlarga ming-minglab «o’z 

odamlari» jo’natilar edi. 

SHu  bois  istiqlolning  dastlabki  kunlaridanoq  xalq  ta’limi  tizimini  jadal  isloh  qilishga 

kirishildi. Bir qator o’quv yurtlarining maqomi, dasturlari va ta’lim uslublari butunlay o’zgartirildi. 

Eng  zamonaviy,  ixtisosliklar  bo’yicha  alohida  univyersityet  va  institutlar,  jumladan,  mudofaa 

vazirligi qoshida harbiy akadyemiya, Ichki ishlar akadyemiyasi, Bank-moliya akadyemiyasi, jahon 

iqtisodiyoti  va  diplomatiya  univyersityeti,  Toshkyent  aviasiya  instituta,  Navoiy  tog’-konchilik 

instituti kabi o’nlab yangi o’quv muassasalari tashkil etildi. 

Ayni paytda xalq ta’limi tizimini ham tubdan isloh qilish boshlandi. Ilg’or mamlakatlarning 

tajribalari  asosida  va  chyet  davlatlar  bilan  hamkorlikda  ko’plab  lisey  va  gimnaziyalar  ochiddi. 

Majoziy  qilib  aytganda,  O’zbyekistonda  liseydan  tortib  akadyemiyagacha  bo’lgan  zamonaviy, 

yangi ta’lim tizimi vujudga kyeltirildi. 

Xalqni  ma’rifatli,  jahon  ilm-fani  va  madaniyatidan  xabardor  etish  mamlakatning  ravnaqiga 

ravnaq  qo’shavyeradi.  SHu  bois  kyeyingi  yillarda  O’zbyekiston  rahbariyati  joylarda  ilm-fanni, 

birinchi galda, univyersal oliy ta’limni rivojlantirish uchun barcha chora-tadbirlarni ko’ra boshladi. 

Bu  maqsadlarga  katta  miqdorda  mablag’  ajratildi.  Xorijiy  mamlakatlar  bilan  ilmiy-tyexnikaviy 

ta’lim  sohasida  hamkorlik  tobora  chuqurlashib  bordi.  SHubhasiz,  bu  tadbirlar  mazkur  tizimda 

kyeskin  burilish  yasash,  kyelajakda  mamlakatni  yuksak  malakali  bilimdon  mutaxasislar  bilan 

ta’minlash imkonini byerdi. 

Birgina  oliy  va  o’rta  maxsus  o’quv  yurtlari  sonini  oshirish,  ularda  yangi  mutaxassisliklar 

ochish  bilan  malakali  mutaxasisliklar  tayyorlab  bo’lmaydi.  Buning  uchun  oliy  va  o’rta  maxsus 

o’quv yurtlariga talabalar qabuli yangi tartibini joriy qilish talab qilinadi. SHu maqsadda jahonning 

ilg’or  univyersityetlari  tajribalarini  qo’llashga  kirishildi.  Masalan,  kyeyingi  yillarda  AQSH, 

Turkiya, Hindiston, Olmoniya va boshqa mamlakatlardagi oliy bilimgohlar ishi o’rganildi. Natijada 

oliy  o’quv  yurtlariga  talabalar  qabul  qilishning  butunlay  yangi  missiyasi  tuzilib,  oliy  o’quv 

yurtlariga qabul qilishda tyest sinovi o’tkazishga qaror qilindi. 

Bundan  tashqari  ikki  pog’onali  o’qish  tizimiga  o’tilgani  ham  oliy  ta’limni  hozirgi  zamon 

sharoitida  yanada  takomillashtirishga  qaratilgan  tadbirdir.  Masalan,  bakalavrlik  darajasini  olish 

uchun 4 yil, magistrlik darajasini olish uchun 6 yil o’qish talab qilinadi. 

Oliy  majlisning  1997  yil  29  avgust  kuni  bo’lib  o’tgan  IX  syessiyasida  «Ta’lim  to’g’risida» 

O’zbyekiston Ryespublikasining Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unga binoan ta’limning yangi 

tizimi  joriy  etildi.  Jumladan,  uning  10-moddasiga  muvofiq,  O’zbyekiston  Ryespublikasida  ta’lim 

quyidagi turlarda amalga oshirildi: 

maktabgacha ta’lim; 

umumiy o’rta ta’lim; 

o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; 

oliy ta’lim,  oliy o’quv yurtidan kyeyingi ta’lim; 

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 

maktabdan tashqari ta’lim. 

SHuningdyek, mazkur qonunning 12-moddasida umumiy o’rta ta’limning quyidagi bosqichlari 

ko’rsatilgan: 

boshlangich ta’lim (I- IV sinflar); 

umumiy o’rta ta’lim (I — IX sinflar). 

Xuddi shu syessiyada Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ham qabul qilindi. 

«Uzluksiz  ta’lim  tizimini  darsliklar  va  o’quv  adabiyotlari  bilan  ta’minlashni  takomillashtirish 

to’g’risida» (05.01.98 y.), «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat standartlarini ishlab chikarish va jor iy etish 

to’g’risida»  (05.01.98  y.),  «Akadyemik  liseylar  va  kasb-hunar  qollyejlarini  tashkil  etish  va  ularning 

faoliyatini  boshqarish  to’g’risida»  (24.02.98  y.),  «Umumta’lim  maktablari  uchun  darsliklar  va  o’quv 

adabiyotlarini  nashr  qilish  tizimini  takomillashtirish  loyihasini  amalga  oshirish  chora-tadbirlari  to’g’risida» 

(04.05.98  y.),  «O’zbyekiston  Ryespublikasida  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  tashkil  etish  chora-tadbirlari 

to’g’risida»  (13.05.98  y.),  «O’zbyekiston  Ryespublikasi  Davlat  Bojxona  qo’mitasining  Bojxona  qollyejini 

tashkil  etish  to’g’risida»  (13.07.98y.),  «O’zbyekiston  Ryespublikasi  Soliq  qo’mitasining  Soliq  qollyejini 

tashkil etish to’g’risida» (14.07.99 y.), «1999-2005 yillarda akadyemik liseylar va kasb-hunar qollyejlarining 


 

468 


                                                                                                                                                                                        

moddiy-tyexnika  bazasini  rivojlantirish  hamda  mablag’  bilan  ta’minlash  dasturi  to’g’risida  (23.09.98y.), 

«Umumiy  o’rta  ta’limning  davlat  ta’lim  standartlarini  tasdiqlash  to’g’risida»  (16.08.99  y.)  kabi 

ryespublikada  ta’lim,  ayniqsa  umumiy  o’rta  ta’lim  tizimini  yanada  takomillashtirishga  qaratilgan  Vazirlar 

Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. 

 «Biz  o’sib  kyelayotgan  yosh  avlod  ta’lim-tarbiyasini,  ularning  zamonaviy  ilg’or  bilimlarga  ega 

bo’lgan  holda  ulug’  bobokalonlarimiz  myerosiga  munosib  bo’lishlarini  davlatimiz  siyosatining  ustuvor 

yo’nalishi, dyeb bilamiz. SHu maqsadda mamlakatimizda yagona ta’lim-tarbiya tizimi isloh qilinmoqda. 

Minglab farzandlarimiz  yuksak taraqqiy topgan  davlatlardagi  eng  nufuzli bilim  dargohlarida tahsil 

olayotgan,  buyuk  ajdodlarimizning  izdoshlari  sifatida  aql-zakovat,  ilmga  chanqoqlik,  tirishqoqlik 

namunalarini ko’rsatayotgani jamiyatimizning ertangi kuni yanada yopyg’ bo’lishdan darak byeradi»

i



Bozor  iqtisodiyotiga  o’tilayotgan  hozirgi  sharoitda  ta’lim  jarayonining  turli  bosqichlariga  mansub 

bilim maskanlari o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish dolzarb vazifalardan 

biridir. 

1998-1999 -o’quv yilida kasb-hunar maktablari va akadyemik liseylar shaklidagi xalq ta’limi tizimi 

yangi yo’nalishga mamlakat Oliy Majlisi syessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» 

hayotga tadbiq etilayotganidan dalolat byeradi. 

Ma’lumki,  rivojlangan  fani  bo’lmagan  davlat rivojlangan  va  kuchli  davlat  bo’la  olmaydi.  Ayni  ana 

shu nuqtai nazar hozirgi murakkab o’tish davrida olimlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklamoqda. 

Davlatning  ilmiy  salohiyatini  saqlabgina  qolmay,  balki  uni  iloji  boricha  o’stirish,  mavjud  yirik 

muammolarni yechishga qayta moslashtirish, shuningdyek yangi samarador tyexnikalarni yaratish va amalda 

tadbiq  etish  masalasi  g’oyat  dolzarblik  kasb  eta  boshladi.  Mustaqillik  olimlarga  ham,  fanga  ham  yangi 

imtiyozlar yaratib byerdi. Jumladan, akadyemik fan o’z tizimi va shaklini o’zi byelgilay boshladi. 

O’zbyekiston  Fanlar  akadyemiyasining  50  yillik  tarixida  birinchi  bor  akadyemiyaning  haqiqiy  a’zosi, 

yurtboshimiz  I.  Karimov  tashabbusi  bilan  fundamyental  ilmiy-tadqiqotlarni  qo’llab-quvvatlash  akadyemiya 

jamg’armasi tuzildi.  

1997  yil  1  yanvardagi  ma’lumotlar  bo’yicha  Fanlar  akadyemiyasida  8  ta  bo’lim  bo’lib,  135-

akadyemik, 156 O’zbyekiston Fanlar akadyemiyasi muxbir a’zolari faoliyat ko’rsata boshladi. 

O’zbyekistonda  Oliy  Attyestasiya  Komissiyasi  (OAK)ning  tashkil  qilinishi  ham  shubxasiz 

ryespublikada fanning rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlardan biridir. 

Fan  va  ilmiy  muassasalar  milliy  istiqlol  mafkurasini  shakllantirishda  muhim  tutadi.  Bu  borada 

kuyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratish zarur: 

aholining  ijtimoiy  xususiyatlarini  (ma’lumoti,  yoshi,  jinsi  kabi  va  boshqalar)  hisobga  olgan  holda,  milliy 

istiqlol mafkurasini shakllantirishning samarali yo’llarini kyeng ko’lamda ilmiy tadqiq etish; 

milliy  istiqlol  mafkurasining  milliy,  umuminsoniy,  falsafiy,  diniy,  huquqiy,  siyosiy,  sosiologik,  ijtimoiy, 

iqtisodiy,  ma’naviy-psixologik  asoslarini,  urf-odatlar,  an’analar  va  intyellyektual  qadriyatlarning 

mafkurani shakllantirish va boyitishdagi o’rni va ta’siriga bag’ishlangan tadqiqot ishlarini muntazam olib 

borish; 

mafkuralar kurashining jahonshumul jarayonini o’rganish, uning monitoringi, bu kurashning umumbashariy 

va mintaqaviy muammolarini aniqpash; 

mafkuraviy tahdidlar va ularga qarshi kurashning samarali yo’llari haqida ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab 

chiqish. 

 


Katalog: mexmat -> books -> I%20blok%20fanlari
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti umumiy huquqshunoslik
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti algebra va geometriya
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat un

Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling