Orzularim ushaldi
15 yoshligimda “Palmeyras”da ko'rikdan o'tish uchun imkoniyat paydo bo'ldi. Hammasi shundan keyin boshlandi. Yoshlar jamoasiga qo'shilishga erishdim va birinichi shartnomamga imzo chekdim. Keyin esa voqealar havo kemasi tezligida rivojlanib ketdi. Keyin asosiy jamoaga qo'shildim. Biroz o'tib esa, Rio-2016 Olimpiadasida ishtirok etish uchun Braziliya olimpiya terma jamoasiga chaqirildim.
Milliy terma jamoadan qo'ng'iroq bo'lganida, his-tuyg'ularim ichimga sig'masdi. O'sha daqiqa men uchun qanday ahamiyat kasb etishini bilganingizda edi... Bor yo'g'i ikki yil, JCH-2014 musobaqasidan avval men devorlarni bo'yardim. Surat chizish qo'lidan keladigan bolalar devorlarga taniqli futbolchilarning, masalan, Neymar, David Luizlarning freska, suratlarini chizishgandi.
Oradan ikki yil o'tib, Olimpiadada Neymar bilan birga to'p surdim. Sariq maykani ilk bor kiyganim yodimda. O'zimni orzusi ushalgandek his qilgandim. 2016 yildagi bu musobaqa braziliyaliklar uchun o'zgacha ahamiyat kasb etardi. CHunki Olimpiadaning oltin medallari Braziliya qo'lga kiritmagan yagona unvon edi. Bosim faqat musobaqa Rioda o'tayotganilgi uchun yuqori bo'libgina qolmay, balki oxirgi JCH sabab ham bosim katta bo'layotgandi. Ko'ngildagidek chiqmagan ikki o'yin sabab bizni va ayniqsa, Neymarni qattiq tanqid ostiga olishardi. Olimpiada oltin medallarini yutganimiz esa biz kabi butun mamlakat uchun o'zgacha daqiqalarni taqdim etdi.
Men JCH-2018 da ishtirok etish uchun qo'limdan kelganini qilganman. Ammo Braziliya — bu Braziliya. Jamoada raqobat o'ta kuchli, hech kimga asosiy tarkibdan o'rin kafolatlanmagan. Aynan shu narsa “Manchester Siti”ga kelishimga asosiy sabab bo'lgan. Futbolda o'sishdan to'xtab qolmaslik kerakligini tushunib yetgandim.
Aytish mumkinki, bu erdagi ko'p narsalar Braziliyadagidan farq qiladi. Bu erda quyoshni kamdan kam ko'rasiz. Menda boshqa quyoshli o'lkalardan ham takliflar bo'lgandi, ammo Pep Gvardiola qo'l ostida o'ynash imkoniyatini qo'ldan boy bergim kelmadi. Bu men tashrif buyurgan chindan-da sovuq va tilini bilmaydigan ilk mamlakatim edi. Bu jiddiy chaqiruv edi. Lekin boshqa joyga o'tishni o'ylab turgan vaqtimda, janob Gvardiolaning o'zi sim qoqib, mening unga kerakligimni va jamoasining muhim bo'lagi sifatida ko'rayotganini aytgani boshqacha tasir qildi. Axir bu men uchun juda muhim edi. U mening kelajagim borasida rostdan qayg'urayotganini ko'rsatdi. U bilan suhbatda so'ng ikkinchi marta o'ylab o'tirmadim va qaror qabul qildim.
Angliyaga ketishdan avval bir ish qildim. Hayotimdagi bir bo'limni yopishga to'g'ri keldi. SHu sababdan “Pekeninos” maydoniga qo'limda butsilar bilan qaytdim. Ammo 9 yoshda bo'lganim kabi, qo'limda bitta emas, balki eng yaxshi 250 juft butsilar bor edi.
“Alô Mãe!” (“Allo, Onajon!”)
Aldab o'tirmayman. Birinchi bor “Siti”ga kelganimda, o'zimda bor bo'lgan narsalarni yo'qotgandek his qilardim. Onamning Angliya—Braziliya orasida kezib yurishiga to'g'ri keldi. Men uchun onamdan uzoqda bo'lish qiyin edi. CHunki onam men uchun hamma narsa edi. U men uchun ham ona ham ota edi.
“Pekeninos”da o'ynagan vaqtim bolalar otalarini kutib turgan holatlar esimda. Men esa yolg'iz edim. Bu juda og'ir edi. Ammo endi kim menda otam haqida so'rasa, men javob beraman: “Onam — mening otam hamdir”. U men va akalarim uchun nima qo'lidan kelsa, barchasini bajardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |