Allohning goʻzal ismlari
Download 91.33 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arabcha Oʻqilishi Tarjima va maʼnolari Qur’ondagi manbasi
- So‘nggi tahrir 3 oylar avval Umarxon III tomonidan amalga oshirildi
… Qidir
Xudoning nomlari Bu maqolada Allohning goʻzal ismlari (arabcha: ﻰﻨﺴﺤﻟا
ﻪﻠﻟا
ءﺎﻤﺳأ
, ʾasmāʾ allāh al- Ḥusnā) va ularning mazmuni berilgan. Qurʼonning Aʼrof surasi 180-oyatida Alloh ismlari haqida shunday deyiladi:
Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, uni oʻsha ismlar bilan chorlangiz (yod etingiz),Uning ismlarida haqdan ogʻib (nooʻrin joylarda ularni qoʻllaydigan mushrik) kimsalarni tark qilingiz“ . Bu ismlar 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim oʻrin tutadi. Alloh ismlari koʻp duolarda qoʻshib aytiladi. Qur’onning Hashr surasida (22-24 oyatlar) Allohning goʻzal ismlarining qisqa roʻyxati bor: ar Rahmon, ar-Rahim,
al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar Qur’onning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bogʻlangan feʼllardan hosil boʻlgan. 99 ta ism roʻyxati Abu Hurayra (601-679) rivoyat qilgan hadisda bor. Ana shu hadisga koʻra, Muhammad 99 raqamini keltirgan va har kim Allohning mazkur ismlarini birma-bir aytib chiqsa, albatta jannatdan joy ato qilinadi degan. Boshqa Hadis toʻplamalrida ham Alloh ismlari roʻyxati keltiriladi. Ismlar roʻyxati va maʼnosi
# Arabcha Oʻqilishi Tarjima va maʼnolari Qur’ondagi manbasi 1 ﻪﻠﻟا Alloh Xudoning ismi. Barcha suralarning (bittasidan tashqari) boshlanishida qoʻllaniladi 2 ﻦﻤﺣﺮﻟا Ar-Rohmān Mehribon — Ulugʻ neʼmatlarni beruvchi.Bu sifatfaqat Allohga xos boʻlib, barchaga kofirga ham, moʻminga ham mehribon va neʼmat beruvchi maʼnosini anglatadi.Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib boʻlmaydi. Rahmon
surasi. 3 ﻢﻴﺣﺮﻟا Ar-Rohīm Rahmli — „Rohiym“ latif neʼmatlarni beruvchi.Bu sifat xosroq boʻlib, qiyomat kuni faqat moʻminlarga rahm qiluvchi maʼnosini anglatadi.Va Allohdan oʻzgalarga, jumladan Paygʻambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi. Barcha suralarning (bittasidan tashqari) boshlanishida qoʻllaniladi 4 ﻚﻠﻤﻟا
Al-Malik Podsho — Barcha narsani egasi."Malik" haqiqiy egadir.Undan oʻzga ega yoqdir.Shuning uchun bandalar faqat unga qul boʻladilar.Hech vaqtda bir qulga ikki xoʻjayin boʻlmaydi.Shuning uchun insonlar oʻzlariga oʻxshaganinsonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul boʻlish lozim.
59:23, 20:114 5 سوﺪﻘﻟا Al-Quddūs Muqaddas, nuqsonlardan holi — Barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning oʻzigagina hosdir. 59:23, 62:1 6 مﻼﺴﻟا
As-Salām Ofat va balolardan solomat. Qutqarayotgan — „Salom“-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi degani. Alloh „Salom“ sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi. 59:23 7
Al-Mu’min Moʻmin-iymon va omonlik beruvchi. 59:23
8 ﻦﻤﻴﻬﻤﻟا
Al- Muhaymin
Hamma narsani qamrab oluvchi.Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh boʻlib turadi.Undan hech narsa maxfiy qolmaydi. 59:23
9 ﺰﻳﺰﻌﻟا
Al-Aziz Izzat va qudrat sohibi. Ulugʻ — Barchaning ustidan gʻolib. Undan biror narsa gʻolib kelolmaydi. 3:6, 4:158, 9:40, 48:7, 59:23
10 رﺎﺒﺠﻟا
Al-Jabbār Bandalarini ishlarini isloh etuvchi. Jabbor — oliy qadar ulugʻ, Uning oldida hamma oʻzini xor tutadi. 59:23
11 ﺮﺒﻜﺘﻤﻟا
Al- Mutakabbir Kattalik yarashuvchi zot. Mutakabbir — kibriyosi va ulugʻligi behad. Uning oldida boshqalar qul boʻlib turadi. 59:23
12 ﻖﻟﺎﺨﻟا
Al-Holiq Yaratuvchi, vujudga keltiruvchi. Xoliq — Asli va oʻxshashi yoq narsaning oʻlchovini mos qilib yaratuvchi. Xoliq mutloq vujudga keltiruvchidir. 6:102, 13:16, 39:62, 40:62, 59:24 13
Al-Bāri' Bori' — Yoʻqdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi, yaratuvchi. Bori’ning vujudga keltirishida tafovut yoqdir.
59:24 14 رﻮﺼﻤﻟا Al- Musovvir
Maxluqot va mavjudotlarga suvrat va shakl beruvchi. 59:24 15
Gʻaffor — Koʻplab magʻfirat qilib, bandalarning aybini oʻz fazli ila kechib yuboruvchi. bandalarning aybu nuqsonlari va gunohu maʼsiyatlarini fosh qilmay yopib turuvchi. 20:82, 38:66, 39:5, 40:42, 71:10 16
Al-Qohhār Qahhor — Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni oʻz hukmiga yuritib va qudrati ila boʻysundirib turuvchi. 13:16, 14:48, 38:65, 39:4, 40:16 17
Al-Vahhāb Oʻz neʼmatlarini tekin ato etuvchi. 3:8, 38:9, 38:35 18
Ar-Rozzāq Barcha tirik mavjudot rizqini yetkazib beruvchi. 51:58
19 حﺎﺘﻔﻟا
Al-Fattāh Hukm etuvchi, rahmat hazinalarini ochuvchi. 34:26 20
Al-'Alīm Biluvchi, dono, ilm sohibi. Boʻlgan va boʻladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin narsalarning 2:158, 3:92, 4:35, 24:41,
barchasini biluvchi. 33:40
21 ﺾﺑﺎﻘﻟا
Al-Qobiz Kimlarningdir rizqini qiyuvchi, ruhlarni qabz etuvchi (oluvchi). 2:245
22 ﻂﺳﺎﺒﻟا
Al-Bāsit Kimlargadir keng rizq beruvchi, ruh baxsh etuvchi. 2:245 23 ﺾﻓﺎﺨﻟا Al-Hofiz Kofirlar martabasini tushiruvchi. 95:5
24 ﻊﻓاﺮﻟا
Ar-Rāfi' Moʻminlar martabasini koʻtaruvchi. 58:11, 6:83 25 ﺰﻌﻤﻟا Al-Mu’izz Kimlarnidir aziz, qadrli etuvchi. 3:26 26
Al-Muzill Kimlarnidur xoru zalil qiluvchi. 3:26 27
As-Samī Maxfiy va oshkora gap va sharpalarni, xatto dildan oʻtganini ham, eshituvchi. 2:127, 2:256, 8:17, 49:1 28 ﺮﻴﺼﺒﻟا Al-Basīr Hamma maxfiy va oshkora narsalarni koʻruvchi. 4:58, 17:1, 42:11, 42:27 29 ﻢﻜﺤﻟا
Al-Hakam Qatʼiy hukm etuvchi. 22:69 30
Al-`Adl Oʻta adolatli. 6:115 31
Al-Latīf Bandalariga sezdirmay oʻz lutfu ehsonini yetkasizb beruvchi. 6:103, 22:63, 31:16, 33:34 32 ﺮﻴﺒﺨﻟا Al-Hobīr Hamma maxfiy va oshkora ishlardan xabardor. [1][2][3][4] 6:18, 17:30, 49:13, 59:18 33 ﻢﻴﻠﺤﻟا
Al-Halīm Jazolashga shoshmaydigan, hilm bilan yaxshilik qilib turuvchi. 2:235, 17:44, 22:59, 35:41 34 ﻢﻴﻈﻌﻟا Al-'Azīm Azamatli va ulugʻ zot. Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulugʻ. 2:255, 42:4, 56:96 35
Al-Gʻofūr Koʻp magʻfirat qiluvchi. 2:173, 8:69, 16:110, 41:32 36 رﻮﻜﺸﻟا
Ash-Shakūr Oʻz amaliga koʻp savob beruvchi. 35:30, 35:34, 42:23, 64:17 37 ﻲﻠﻌﻟا Al-'Aliyy Martabasi oliylikda benihoya. 4:34, 31:30, 42:4, 42:51 38 ﺮﻴﺒﻜﻟا
Al-Kabīr Hammadan ulugʻ. 13:9, 22:62, 31:30
39 ﻆﻴﻔﺤﻟا
Al-Hafīz Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi. 11:57, 34:21, 42:6
40 ﺖﻴﻘﻤﻟا
Al-Muqīt Barcha moddiy va ruhiy rizqlarni yaratuvchi. 4:85 41
Hisob qiluvchi, kifoya qiluvchi. 4:6, 4:86, 33:39 42
Al-Jalīl Sifatlarida ulugʻlikka ega. 55:27, 39:14, 7:143
43 ﻢﻳﺮﻜﻟا
Al-Karīm Saxovatli va karami keng. Birov soʻramasa ham, hech bir evaz olmasdan, narsalarni ato qiluvchi. Qarama-qarshilikdan pok. Karamli ishlar va xislatlar sohibi. 27:40, 82:6 44 ﺐﻴﻗﺮﻟا
Ar-Roqīb Doimo kuzatib turuvchi. Raqiyb — hech bir zararni ham qoʻymay tekshirib turuvchi. 4:1, 5:117 45 ﺐﻴﺠﻤﻟا
Al-Mujīb Duolarni ijobat qiluvchi. 11:61 46
Al-Vāsi' Keng va keng qamrovli zotdir 2:268, 3:73, 5:54
47 ﻢﻴﻜﺤﻟا
Al-Hakīm Dono
31:27, 46:2, 57:1, 66:2 48 دودﻮﻟا
Al-Vadūd Bandalarini sevuvchi 11:90, 85:14 49 ﺪﻴﺠﻤﻟا Al-Majīd Eng ulugʻvor 11:73 50
Al-Bā'is Oʻliklarning tiriltiruvchisi 22:7 51
Ash-Shahīd Har bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi. 4:166, 22:17, 41:53, 48:28 52 ﻖﺤﻟا Al-Haqq Oʻzgarmas sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi zot. 6:62, 22:6, 23:116, 24:25 53 ﻞﻴﻛﻮﻟا Al-Vakīl Barchaning ishi unga topshirilgan zot. 3:173, 4:171, 28:28, 73:9 54 ىﻮﻘﻟا
Al-Qovviyy Quvvatli zot. 22:40, 22:74, 42:19, 57:25 55 ﻦﻴﺘﻤﻟا Al-Matīn Matonatli zot. 51:58
56 ﻰﻟﻮﻟا
Al-Valiyy Himoya qiluvchi doʻst, homiy va yordamchi 4:45, 7:196, 42:28, 45:19 57 ﺪﻴﻤﺤﻟا
Al-Hamīd Barcha maqtovlar ila maqtalgan zot. 14:8, 31:12, 31:26, 41:42 58 ﻰﺼﺤﻤﻟا Al-Muhsi Barcha narsaning hisobini olgan zot. 72:28, 78:29, 82:10-12 59 ئﺪﺒﻤﻟا Al-Mubdi' Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot. 10:34, 27:64, 29:19, 85:13 60 ﺪﻴﻌﻤﻟا
Al-Mu'īd Yoʻq boʻlgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi. 10:34, 27:64, 29:19, 85:13 61 ﻰﻴﺤﻤﻟا Al-Muhyi Tiriltiruvchi. U zot oʻliklarni tiriltiruvchidir va bu ismga ularni tiriltirishdan oldin sazovordir. Uni ularni oʻlik boʻlganlaridan keyin jon kiritib tirik qilganidan keyin tiriltiruvchi, deb atalganidek, ularni xalq qilishdan oldin, ularga hayot berishidan oldin ham, tiriltiruvchi, deyilaveradi. Xuddi, xaloyiqni xalq qilishidan oldin Xoliq boʻlganidek. 7:158, 15:23, 30:50, 57:2 62 ﺖﻴﻤﻤﻟا
Al-Mumīt Oʻldirivchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi. 3:156, 7:158, 15:23, 57:2 63 ﻲﺤﻟا
Al-Hayy Tirik. U tirikdir, oʻlmas. Yaʼni, Allohning hayoti abadiydir, oʻlim ila yoʻq boʻlmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliydir, oldindan yoʻq boʻlgan emas. 2:255, 3:2, 25:58, 40:65 64 مﻮﻴﻘﻟا Al-Qoyyūm Oʻz oʻzidan qoim boʻlgan va boshqalarni qoim qilgan zot. 2:255, 3:2, 20:111 65
Al-Vājid Topuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni toʻsa olmaydi. 38:44
66 ﺪﺟﺎﻤﻟا
Al-Mājid Majdu sharaf sohibi boʻlgan zot. 85:15, 11:73, 67 ﺪﺣاﻮﻟا Al-Vāhid Yagona. Bita. Boʻlinmas. U zot oʻz zotida ham, sifatlarida ham va ishlarida ham birdir. 2:163, 5:73, 9:31, 18:110 68 ﺪﻤﺼﻟا As-Somad Somad sifati koʻp maʼnolarni oʻz ichiga oladi:- itoat qilingan ulugʻ-Usiz hech bir ish bitmaydi.- hech 112:2
kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi.- butun maxluqot bitib tugasa ham, Oʻzi doim boqiydir va hokazo. 69 ردﺎﻘﻟا Al-Qodir Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. har bir ish unga osondir. 6:65, 36:81, 46:33, 75:40 70 رﺪﺘﻘﻤﻟا Al- Muqtadir
Juda ham qudratli. 18:45, 54:42, 54:55 71
Al- Muqoddim
Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan oldinga suradi. 16:61, 17:34, 72 ﺮﺧﺆﻤﻟا Al-Mu’ahhir Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan orqaga suradi. 71:4
73 لوﻷا
Al-'Avval „Avval“ — U hamma narsadan avval, yaʼni, barcha mavjudotlar yoʻqligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni „Avval“ sifatiga ega boʻlgan Alloh yaratdi. Yaʼni, Alloh vujudga kelishining boshlanishi yoʻqdir. 57:3
74 ﺮﺧﻷا
Al-'Ahir „Oxir“ — U hamma narsa yoʻq boʻlib ketganda ham Oʻzi qoladi. 57:3
75 ﺮﻫﺎﻈﻟا
Az-Zohir „Zohir“ — Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir. 57:3
76 ﻦﻃﺎﺒﻟا
Al-Bātin "Botin" — U koʻzga koʻrinmaydi. Hammadan pinhon-maxfiy narsalarni bilib turuvchidir. 57:3
77 ﻲﻟاﻮﻟا
Al-Vāli Har bir narsaga voliy — ega boʻlgan zot. 13:11, 22:7 78 ﻲﻟﺎﻌﺘﻤﻟا Al-Mutā'ali Nuqsonlardan yuqori turuvchi zot. 13:9
79 ﺮﺒﻟا
Al-Barr Ulugʻ yaxshilik qiluvchi. 52:28 80
At-Tavvāb Bandalarni tavbaga yoʻllovchi va ularning tavbasini koʻplab qabul qiluvchi zot. 2:128, 4:64, 49:12, 110:3 81 ﻢﻘﺘﻨﻤﻟا Al- Muntaqim
Zolim va osiylardan intiqom oluvchi. 32:22, 43:41, 44:16 82
Al-Afuvv Afv qiluvchi. 4:99, 4:149, 22:60
83 فوؤﺮﻟا
Ar-Roʻūf Oʻta shafqatli va mehribon. 3:30, 9:117,
57:9, 59:10 84 ﻚﻠﻤﻟا ﻚﻟﺎﻣ Mālik-ul- Mulk
Mulk egasi. Bu dunyodagi ishlarni oʻzi xohlaganicha qiladi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini oʻzgartiradigan yoʻq. 3:26
85 لﻼﺠﻟا وذ
ماﺮﻛﻹاو Zūl-Jalāli val’ikrom Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi. 55:27, 55:78 86 ﻂﺴﻘﻤﻟا Al-Muqsiţ Oʻz adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi. 7:29, 3:18 87 ﻊﻣﺎﺠﻟا
Al-Jāmi Jamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi. 3:9
88 ﻲﻨﻐﻟا
Al-Gʻoni Behojat. Uning hech kim va hech narsaga hojati tushmaydi. 3:97, 39:7, 47:38, 57:24 89 ﻲﻨﻐﻤﻟا Al-Mugʻni Behojat qiluvchi. U zot Oʻz bandalaridan qay birini xohlasa behojat qilib qoʻyadi. 9:28
90 ﻊﻧﺎﻤﻟا
Al-Māni' Man qiluvchi. 67:21 91
Az-Zorr Zarar qiluvchi. Zararli narsalarni ham yaratuvchi. 6:17 92
An-Nāfi Manfaat beruvchi. 30:37 93
An-Nūr Oʻz-oʻzi ila zohir boʻlgan va oʻzgalarni zohir qilgan. 24:35 94 يدﺎﻬﻟا
Al-Hādi Hidoyat qiluvchi. U zot Oʻz fazli ila xohlagan kimsani hidoyat qiladi. Yaʼni, Alloh kimni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilsa, albatta, Oʻz xohishi va fazli ila hidoyat qiladi. 22:54
95 ﻊﻳﺪﺒﻟا
Al-Badī Oʻxshashi yoʻq narsalarni keltiruvchi. 2:117, 6:101 96 ﻲﻗﺎﺒﻟا Al-Bāqi Boqiy qoluvchi. U doimiy bordir, unga foniylik oriz boʻlmas. 55:27
97 ثراﻮﻟا
Al-Vāris Muvjudotlar yoʻq boʻlganda ham boqiy qoluvchi zot. 15:23
98 ﺪﻴﺷﺮﻟا
Ar-Roshīd Toʻgʻri yoʻlga irshod qiluvchi. 2:256 99
As-Sobur Oʻta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi. 2:153, 3:200, 103:3
1. Allohning ismlari va sifatlari 2. Hadith: Book of Invocations - Sahih al-Bukhari - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad ( ﻢﻠﺳ
و
ﻪﻴﻠﻋ
ﻪﻠﻟا
ﻰﻠﺻ
) . sunnah.com. 3. Hadith - Book of Oneness, Uniqueness of Allah (Tawheed) - Sahih al-Bukhari - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad ( ﻢﻠﺳ
و
ﻪﻴﻠﻋ
ﻪﻠﻟا
ﻰﻠﺻ
) . sunnah.com. Manbalar
4. Khadem, Dhikru'llah (March 1976). "Bahá'u'lláh and His Most Holy Shrine" . Bahá'í News (540): 4–5. Archived from the original on 2017- 06-20. https://web.archive.org/web/201706 20121705/http://www.teachingandp rojects.com/meansandmaterials.ht m . Islom diniga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. So‘nggi tahrir 3 oylar avval Umarxon III tomonidan amalga oshirildi Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).
" https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Xudoning_nomlari&oldid=2066 693 " dan olindi Download 91.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling