Allohning Rasulin xabarin bergin, Foniyda toparsan qudrat yoki mol


Download 15.59 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi15.59 Kb.
#257546
Bog'liq
Soliha ayol


Soliha ayol

Allohning Rasulin xabarin bergin,

Foniyda toparsan qudrat yoki mol,

Dunyodagi matoning eng yaxshisidir,

Erkakka berilgan soliha ayol.

Hadis hikmatidan g’ofil kimsalar,

Ayol matomi deb uzatsa savol.

Ayt maqsadla topgan ne’mat Sarasin,

Eng kata qismidir Soliha ayol.

U dir- U dir sirlaringni ko’mguvchi qabr,

Injiqliging ko’targan hammol.

U dir arazinga qilguvchi sabr,

U senga sodiq soliha ayol.

U bo’lsa doim qalbing hotirjam,

U bo’lsa nafsing ham topadi zavol.

U bo’lsa ro’zg’oring bo’lagaydir kam,

U bo’lsa bo’lgani Soliha ayol.

U senga ham darddir jafoga qolsang,

U senga tirgakdir qadding bukilsa,

U senga ko’makchi haqni jar solsang,

U senga shijoat Soliha ayol.

U shunday ko’rganda quvonar ko’zing,

Pardozi er uchun qad chiroy jamol.

Ikkita qilmaydi bir aytgan so’zing,

Labbay der ohista Soliha ayol.

Uning mavjudligi o’zi bir hikmat.

U siz dining to’lishi bir mahol.

Qolgan yarmi uchun o’zing qil bir himmat,

Diningni yarmidir Soliha ayol.

Nomusing saqlaydi jonin berib ham.

G’ayrurliging qilmas behuda uvol,

Himoyasi uchun qoning to’ksang kam,

Alloh hadiya etgan soliha ayol.

Nopoklik sarhadi undandir olis,

Bevafolik qilmas hattoki hayol.

Allohim Firdavsing nasib et holis,

Sadoqatla yursa soliha ayol.

U farzandlar uchun madrasa yanlig’,

Beradi tarbiya ta’limu iqbol.

Jamiyatni burkar ziyo-yu yorug’,

Mafkura tarqatsa Soliha ayol.

Ojizga muruvat jangchiga quvvat,

Beradi lek emas na xon na qirol.

Uning daldasi ila qurilar davlat,

Boshqarmasa hamki soliha ayol.

Qancha zulm ko’risn haq yo’ldan toymas,

Shashtdan qaytarish ko’p amri mahol.

Borin fido qilar lek o’zi boymas,

Robbidan umidvor soliha ayol.

Iymonda border sobit aqida,

Tebranmas essa ham har qayon shamol.

Yashasa obida so’lsa shaxida,

Ikki dunyoda baxtli soliha ayol.

U tavoze qilsa chorasiz bilma,

Sindirma qabul qil qovurg’a misol.

Tirnoqdan kir izlab bag’rini tilma,

Senga omonatdir soliha ayol.

Senga botinsa gar osiyga yo’yma,

Arziga chida yeging kelsa bol.

Xatolarin ko’rib unutib qo’yma,

Senga qilgan fazlin Soliha ayol.

Vasling unutmagay doim zokira,

Muhabbati so’nmas nurab bo’lgin chol.

Jannatda sen uchun yana bokira,



Bo’lar abadiy hur soliha ayol.
Download 15.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling