Aloqaloyiha


Download 19.89 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi19.89 Kb.
#1756027
Bog'liq
Taqriz Asilbek


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI

ALOQALOYIHA” DUK



Talaba

Xabibullayev Qodirjon Xayriddin o‘g‘li

ning




Optik kabelning konstruktiv elementlarida agressiv muhitlarning ta'siri masalalari tahlili


mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga







T A Q R I Z

Hozirgi kunda aloqa sohasida telekommunikatsiya kabellarning o‘rni juda muhim rol o‘ynaydi, chunki axborotlarni uzatish uchun optik kabellardan foydalaniladi.
Ushbu BMI optik kabelning konstruktiv elementlarida agressiv muhitlarning ta‘siri masalalarini o‘rganib, bu ta’sirlarni kamaytirishga e’tibor qaratilgan. Optik kabelning konstruktiv elementlarida agressiv muhitlarning ta'siri, optik kabelning ishga tushirilishi va uning ishlashini ta'minlash uchun muhimdir. Optik kabelning konstruktiv elementlari, yani qurilish materiallari va qurilish usullari, kabelning ishlash jarayonida muhim rol o'ynaydi. Agressiv muhitlar, masalan, yuqori temperatura, namlik, kimyoviy moddalar, fizikaviy zararlar va boshqa muhit sharoitlari, optik kabelning ishlashini ta'sir qilishi, bunday ta’sirlar kabelning ishlashini buzib ketishiga olib kelishi mumkin va natijada, optik signalni to‘g‘ri uzatish imkoniyatini kamaytiradi. Bu BMIda optik signalning to‘g‘ri uzatish imkoniyatini oshirishga qaratilgan. Shu sababli BMI mavzusi va unda bayon etilgan masalalar dolzarblik kasb etadi.
Bitiruv malakaviy ishi 4 bo‘lim, 67 bet, bo‘limlarda tegishli rasm va jadval, xulosalardan xamda taqdimot materiallaridan iborat.
Bitiruvchi reja bo‘yicha topshiriqlarni to‘liq bajargan. Telekommunikatsiya tarmoqlarida ishlatiladigan elektr va optik kabelning tuzilishi, vazifasi, uzatish tezligini to‘liq yoritilgan. Bundan tashqari optik kabelning parametrlarini hisoblari amalga oshirilgan.
BMI da quyidagi kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan:
-chet el adabiyotlaridan olingan ma’lumotlarni tarjima qilishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.
-Rasm va grafiklarda ishlashda ba’zi xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Lekin bu kamchilik BMI ahamiyatini yo‘qotmaydi, bajarilgan ish yuqori ahamiyatga ega. Shularni e’tiborga olgan xolda BMI «a’lo» bahoga, bitiruvchi Xabibullayev Qodirjon Xayriddin o‘g‘li esa 5350100 «Telekommunikatsiya texnologiyalari» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasiga loyiq deb hisoblanadi.

“ALOQALOYIHA” DUK
Mobil aloqa tarmoqlari va
stansiya inshootlarini loyihalashtirish
boshlig‘i o‘rinbosari J.B. Xorunov
Download 19.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling