Alp mintaqasi


Download 12.53 Kb.
Sana10.08.2020
Hajmi12.53 Kb.
#125952

Alp mintaqasi – tog‘lardagi tabiiy balandlik mintaqasi, asosan mo‘’tadil va subtropik kengliklarda, aksari tog‘-o‘tloq landshaft tipidan iborat. Subalp mintaqasidan yuqorida joylashgan tog‘larning balandroq qismida Alp mintaqasi nival mintaqasi bilan al-mashinadi. Alp mintaqasining balandlik holati geografik kenglik, namlik darajasi va yon bag‘irlarining ekspozitsiyasi bilan bog‘liq. Alp tog‘lari va G‘arbiy Kavkazda Alp mintaqasi 2000 m dan 3000 m gacha, Himolay tog‘larining janubiy yon bag‘irlarida 3600 m dan 5000 m gacha oralikdagi balandli-klarni egallagan. Mo‘’tadil va subtro-pik kengliklardagi tog‘larning seryog‘in yon bag‘irlarida aniq namoyon bo‘lgan; yuqoriroq kengliklarda tog‘-tundra mintaqasi, quyiroq kengliklarda esa baland tog‘-dasht va cho‘l mintaqasi; ekva-torial kengliklarda o‘tloqlar (paramos) mintaqasi bilan almashinadi. Relefning tog‘-muzlik shakllari keng tarqalgan. Iqlimi sovuq, qor qoplami qalin (6–10 oy saqlanadi), vegetatsiya davri qisqa, qattiq shamollar bo‘lib turadi, yanvarning o‘rtacha temperaturasi – 15°, iyulniki 14° chama-sida, yillik yog‘in miqdori 1000 mm va undan ko‘p; tez-tez qor ko‘chkilari bo‘lib turadi. Alp o‘simliklari (butazor va o‘tloqlar) keng tarqalgan. Xo‘jalikda asosan yozda yaylovlar sifatida foy-dalaniladi. Hayvonot dunyosi quyi mintaqalarga tez ko‘chib o‘ta oladigan turlar (alqor, serpa, yovvoyi echki va boshqalar) yoki qishki uykuga ketadigan kemiruvchilardan iborat.

Subalp mintaqa — mo’ʼtadil va subtropik kengliklardagi toglarning balandlik mintaqasi. Subalp mintaqada subalp o’simliklari va iqlimi hukmron. Alp mintaqasidan pastda va o’rmon mintaqasidan yuqorida joylashgan. Sm. balandligi joyning kengligiga va iqlimning kontinentalligiga bog’liq. O’zbekistonda 2400 m dan balandda uchraydi. Qing’irqiyshiq daraxt va butalar, galla gulli o’tlar o’sadi. Yozgi yaylovlar sifatida foydalaniladi.
Download 12.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling