“Alpomish” dostoni alpomish


Download 369.76 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi369.76 Kb.

“Alpomish” dostoni

alpomish

Qoraqalpoq xalq qahramonlik dostoni hisoblanadi. Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. “Alpomish”ning qoraqalpoq, qozoq, oltoy shakllari doston ko’rinishida, tatar, boshqird shakllari esa ertak va rivoyat ko’rinishida bizgacha yetib kelgan. O’zbeklar “Alpomish”, qoraqalpoqlar “Alpamis”, qozoqlar “Alpamis “, oltoyliklar “Apip-Manash”, qozon tatarlari “Alpamsha”, boshqirdlar “Alpamisha va Barsin hiluu” deb atashadi.


“Alpomish” dunyo estetik tafakkuri tarixida kamdan kam uchraydigan favqulodda va noyob badiiy hodisalardan biri hisoblanadi. Uning favqulodda va noyobligi shundaki, qadimiyatda yaratilgan bu ulkan epos baxshilar tomonidan asrlar davomida kuylanib, jonli epik an’analarda og’zaki ravishda bizgacha yetib keldi.

“Alpomish” dostoni bundan uch ming yil oldin turkiy xalqlarning dostonchilik an’analari asosida xalq og’zaki ijodi namunasi sifatida yaxlit doston shaklini olgan bo’lsad, aslida “Alpomish” dostonining eng qadim qatlamlari miloddan avvalgi yuz yilliklarda yurtimizda kechgan jarayonlarninng badiiy talqinini o’zida aks ettirgan. “Alpomish” dostonining og’zaki epik an’analarda bizgacha yetib kelgan nusxalari IX-X asrlarda yaratilgan. Doston sujeti ntarkibida islomgacha bo’lgan qarashlar va mifologik qatlam mavjuddir. Undagi mifologik qatlam esa, qadimgi turmush tarzining badiiylashtirilgan va ideallashtirilgan ko’rinishlaridir. “Alpomish” variantlari 1922-yildan yozib olina boshlangan.


“Alpomish” dostoni mazmuni


Doston turkiy tilda yozilgan bo’lib, uning mazmun mohiyati katta ko’lamni egallaydi. Doston bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtimizni , oilamiz qo’rg’onini qo’riqlashga, do’st-u yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizni muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o’rgatadi. Dostonda tasvirlangan jamiyat taraqqiyotining bosqichiga xos oliyjanob soddalik, ulug’vor vazminlik, patriarxal insoniylik, bolalarcha beg’ubor samimiylik g’oyatda go’zal mujassamlashgan.

doston qahramonlari


Alpomish va Oybarchin

Boysari va Boybo’ri

Qorajon

Surxayl kampir va uning 7 ta alp o’g’illari

Ultontoz

Qultoy


Qaldirg’ochoyim

Shohimardon

pir

Yortiboy


“Alpomish” dostonini kuylagan baxshilar


Fozil Yo’ldosh o’g’li

Muhammadqul

Jonmurod o’g’li

Berdi baxshi

Umir baxshi

Bekmurod Jo’raboy o’g’li

Ergash jumanbulbul o’g’li

Bo’ri baxshi

Xushboq Mardonaqulov

Hodir Rahim

O’g’li

“Alpomish” dostoni badiy barkamol asar. Unda o’zbek xalqi sheriy dahosining buyuk qudrati to’laligicha namoyon bo’lgan. Dostonning slovak tilida nasriy bayoni, rust tilida badiiy tarjimasi nashr qilingan. Undan parcha ingliz tilida e’lon qilingan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga hamda YUNESKO ning 1999-yidagi tadbirlar rejasiga binoan O’zbekistonda 1999-yil noyabrda “Alpomish” dostonining 1000 yilligi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Termiz shahrida xalqaro ilmiy konferensiya o’tkazildi va Alpomish nomidagi bog’ barpo etildi.


E’tiboringiz uchun raxmat!


Bajardi: Rabbiyeva Ozoda

Guruh: 219
Download 369.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling