Alpomish dostoni haqida. Komil inson kim?
Download 7.39 Kb.
|
Alpomish dostoni haqida. Komil inson kim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurtboshimiz aytganlaridek, “Alpomish qahramonlik qoshigidir". Darhaqiqat, bu doston turkiy xalqlar patriarxat hayotining oziga xos poetik kozgusidir.
Alpomish dostoni haqida. Komil inson kim? Alpomish - qadimiy xalq dostonlardan biridir. Bu doston xalqimizning boy tarixini, o'zbek xalqining tub ildizlarini, milliy o'zligimizdan bizga so'zlovchi ulkan eposdir. Unda sharq xalqlari orasida keng tarqalgan yurtga muhabbat, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi kabi tuyg'ular ulug'langan. Xalq og'zaki ijodi, dostonchilikda qahramonlik dostonlari juda ko'p. Ular orasida o'zining yuksak badiiy o'rniga ega. Alpomish dostoni bundan ming yil oldin turkiy xalqlarning qadimgi dostonchilik an'analari asosida yuzaga kelgan. Alpomish dostonining eng qadimgi qatlamlari miloddan avvalgi yuz yilliklarda yurtimizda kechgan jarayonlarning badiiy talqinini o'zida aks ettirgan. Qo'ng'irot qabilasining turli hudularga ko'chishi va ularning yangidan shakllanayotgan xalqlar tarkibiga kira borishi natijasida doston boshqa urug' va elatlarga ham o'tib ularning epik an'anlari asosida qayta ishlana borib juda keng tarqalgan . Vanihoyat, uning yaratilishida ota bobolari ishtirok etgan har bir xalqning og'zaki epik an'analari bizgacha yetib kelgan nusxalari lX-X asrlarda yaratilgan. Yurtboshimiz aytganlaridek, “Alpomish qahramonlik qo'shig'idir". Darhaqiqat, bu doston turkiy xalqlar patriarxat hayotining o'ziga xos poetik ko'zgusidir. Dostonda ifodalangan milliylik va o'lmas an'analar o'zbek xalqining qadimiy hayotidan yorqin poetik namuna hisoblanadi Alpomish dostoni turkumiga bir qancha dostonlar kiradi: - "Alpomish" Qora baxshi Umir o'g'li - "Beva Barchin yohud barchin beka' ' Qahhor baxshi Qodir o' g'li - "Yodgorning tug'ulishi" Chori baxshi Umir o'g'li - "Yodgorning uylanishi'' Chori baxshi Umir o'g'li va Qahhor baxshi Qodir og'li Alpomish dostoni XXI asr yoshlarining axloqiy tarbiyasida juda katta ro'l o'ynaydi .Undagi har bir obraz va ularning qilayotgan qahramonliklari zamon yoshlari psixologiyasiga albatta o'z tasirini o'kazmay qolmaydi. Dostonni eshitib ulg'aygan yoshlar yurtga muhabbat, ota-onaga hurmat, sevgi va sadoqat, ota bobolar ruhiga ehtirom, haqiyqiy komil inson, asl o'zbek farzandi ruhida tarbiyalanadi. O'zbek ayol va qizlari asl o'zbek ayoli, o'zbek onasi qanday bo'lishi kerakligini dosdondagi Barchin obrazi orqali bilib olishlari mumkin. Uning mardligi, yurtga bo'lgan muhabbati, yorga vafosi epik asarda juda katta mahorat bilan ochib berilgan. Buni qarangki, dostonning asl mohiyatini to'g'ri tushunib, vatanimizning ba'zi hududlarida kelinlar seplariga Alpomish dostoni qo'shilayotgan ekan. Bu albatta quvonarli holat. Xulosa ornida shuni aytib o’tish kerakki, Alpomish dostoni yosh avlodni mardlik, jasurlik, oriyat, yuksak ahloq, mehr muhabbat, muhabatga sadoqat, diyonat ruhida tarbiyalaydi. Oilaga, vatanga fidoiylik ruhini singdiradi. Osib kelayotgan yosh avlodlarimizni Alpomish, Barchin, Qaldirgoch, Qorajon va boshqa epik qahramonlardagi insoniy fazilatlarni ozida mujassamlashtiradi. Bir soz bilan aytganda Alpomish milliy va umuminsoniy qadryatlar qomusidir. Komil inson – milliy g‘oyaning asosiy tamoyillaridan biri. Komil inson g‘oyasi va uni amalga oshirishga bo‘lgan intilish insoniyat sivilizatsiyasining ma’no-mazmunini tashkil qiladi. Komil inson haqidagi ta’limot insonning ma’naviy, axloqiy, intellektual va jismoniy nuqtai nazaridan yetuklik darajasiga ko‘tarilishini ko‘zda tutadi. Yurtimizda komil insonni voyaga yetkazish masalasiga azaldan katta e’tibor bilan qaralgan. Shuning natijasi o‘laroq tariximizda o‘zining ma’naviy fazilatlari, jismoniy imkoniyatlari bilan jahon ahlini hayratga solgan buyuk barkamol insonlar ko‘plab yetishib chiqqan. Ular qoldirgan boy ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy meros xalqimizning bebaho mulkiga aylangan. Komil insonni shakllanitirish masalasi barcha davrda ham muhim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta’kidlansa, islom ta’limoti g‘oyalariga ko‘ra etuklikning bosh mezoni – ilmlilik, bilimli bo‘lishdir. Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham komil inson qiyofasining yoritilishiga alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil insonni shakllantirish va fozil jamoa (etuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yo‘nalishi ekanligiga urg‘u beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson sa’yi-harakati bilan barpo etilishi mumkin. Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo‘lishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg‘u beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik, to‘g‘rilik, odillik, tadbirkorlik, o‘zini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, aadolatli va vijdonli bo‘lish komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo‘lgan eng asosiy sifatlardir. Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida bilimli bo‘lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo‘lishi esa uning yanada yuksalishini ta’minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat (ruhiy hotirjamlik)ning muhim ko‘rsatkichi ekanligini uqtiradi. Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o‘rinni egallaydi va o‘z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi borasidagi g‘oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, sahovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sog‘lom, jismonan baquvvat. Download 7.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling