„amalga oshirish


Download 12.03 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2022
Hajmi12.03 Kb.
#764442
Bog'liq
Funksiya - Vikipediya
kimyo uslubiy ko\'rsatma Bobilova 2022y, shaxzod normurodov, Yoshlar tabiatni sevishga intiladi, Sobirova Ò. dars ishlanmasi, В. Распутин Рудольфио, Голубое и красное Маканин, двое в декабре, Казаков Юрий. Адам и Ева - royallib.ru, Economics-Institute-Uzbekistan, №1-laboratoriya topshiriqlari (1), axborot tizimlari mustaqil ish Raxmanqulova Zilola 332, Invoice-112540, 4) курс лой (МКК) Элбек, Девятов, Uzbekistan Culture and Tradition


Funksiya
Funksiya (
lotincha
functio — „bajarish“, „amalga oshirish“) (tilshunoslikda) — muayyan til, til
birligi, lisoniy shaklning u yoki bu vazifani bajarish qobiliyati; tilning kishilik jamiyatidagi roli,
vazifasi; til tizimining barcha sathlarida uning birliklari oʻrtasidagi bogʻliqlik yoki munosabatlar. Til
birligi funksiyasini belgilash uning muayyan til (til tizimi)dagi rolini aniqlashni koʻzda tutadi, mas,
gapda kommunikativ (biror narsa, voqea haqida xabar berish) va nominativ (ushbu voqeani
atash) funksiyalar ajratilishi mumkin. Har bir til birligi maʼlum maqsad uchun xizmat qiladi, yaʼni
muayayn funksiyani (vazifani) bajaradi, shuning uchungina boshqa til birligidan farq kilgan holda
mavjud boʻladi. Til birliklarining koʻplab funksiyalari — oʻxshatish, ajratish, farqlash funksiyalari
ajratiladi; ana shu funksiyalarga muvofiq ravishda til birliklarining oʻzlari ham farqlanadi, ajratiladi.
Mac, fonema turli soʻz va morfemalarni farklash yoki ular orasiga chegara qoʻyish uchun xizmat
qiladi.
Funksiyalar nafaqat til birliklarini, balki tilning oʻzini tizim sifatida tavsiflashda ham oʻrganiladi.
Tilning asosiy funksiyalari: kommunikativ (muomala, aloqa qilish funksiyasi), bilish, aks ettirish,
shakllantirish, aloqa oʻrnatish, nominativ (borlikdagi narsa va hodisalarni nomlash, atash),
ekspressiv (ifoda, bayon funksiyasi), apellyativ (murojaat, undash, daʼvat funksiyasi) va boshqa
Til funksiyalari qatorida uning sathiy funksiyalari — fonologik, morfologik va boshqa funksiyalari
ham koʻrsatiladi. Funksional nuqtai nazardan til tizimi koʻp oʻlchovli tuzilma boʻlib, uning
namoyon boʻlish shakllari (ogʻzaki va yozma til), ijtimoiy maqsadvazifasi (adabiy til, ijtimoiy
guruxlar tillari, argo va boshqalar), estetik yunalganligi (poetik til) va boshqa jihatlari farklanadi.
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 7 oy avval
 
185.139.137.170
 tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Funksi
ya&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Funksiya&oldid=2395485
" dan 
olindi


Download 12.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling