“Amali fanlar” fan oyligini oʻtkazish yuzasidan metodik tavsiya


Download 29.47 Kb.
bet1/3
Sana09.09.2022
Hajmi29.47 Kb.
#803391
  1   2   3
Bog'liq
Amali fanlar2022
911-18, 8 12-dars, 9 14-dars, 10-14 dars, 9 9-dars, 7-10-dars., 5 14-dars, 111, test, 8-класс 1-вариант, Raqamli iqtisodiyot yakuy, Alibek

“Amali fanlar” fan oyligini oʻtkazish yuzasidan metodik tavsiya.


Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati boʻlgan taʼlim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Mustaqil taraqqiyot yoʻlidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz taʼlim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga koʻtarish, unga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda taʼlim samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Vatanimizning buyuk kelajagini yaratuvchi, barkamol avlodni, yangi zamon, yangi jamiyat kishisini tarbiyalashdek oʻta mashaqqatli va ayni zamonda sharafli ish shu kunning eng dolzarb vazifalaridan biri boʻlib qoldi. Uni amalga oshirish fidoyi oʻqituvchilar zimmasiga yuklanadi.
Bugungi kunda “Amaliy fanlarning” oʻquv dasturlarining izchilligi va oʻzaro muvofiqligi taʼminlandi, “Amaliy fanlarning” oʻquv dasturlarida umumiy va qoʻshimcha taʼlimning integratsiyalashuvini, shu bilan birga oʻquvchilarni olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllash, ijodkorligini oshirish, tadbirkorlikka yoʻnaltirish mazmuni-mohiyatini real hayotiy ehtiyojlarga maksimal darajada yaqinlashtirish koʻzda tutiladi.
Mustaqillik yillarida “Amaliy fanlarga” boʻlgan munosabat tubdan oʻzgardi. Prezidentining 5 ta Tashabbus loyixasi tadbiq yetilgandan keyin, “Amaliy fanlarga” boʻlgan etibor juda kuchaydi.
Mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yulida xalqimizning oʻz kuchi va salohiyatiga boʻlgan ishonchi naqadar mustahkam ekani, uning siyosiy-iqtisodiy – huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi, Vatanimizning bugungi va ertangi taqdiri uchun daxldorlik hissi tobora ortib borayotganini amalda yaqqol namoyon etganini taʼkidlash mumkin.
Oʻquvchilar dunyoqarashini shakllantirishda, mamlakatimizning – Mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridan boshlab Oʻzbekiston Prezidenti mamlakatimiz fuqarolari oldiga “Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yoʻnaltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga oʻtish, ochiq tashqi siyosatga ega boʻlgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat.” – degan maqsadni qoʻydi.
Mazkur maqsad asosida birinchi navbatda iqtsodiyotni ustun turmogʻi, uning ichki mazmunini tashkil qilmogʻi, aynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish muammolari mamlakatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri qilib belgilab berildi. Ushbu masalalarni amalga oshirishda dunyoda “oʻzbek modeli”deb tan olingan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʻtish tamoyillari belgilab berildi. Ushbu masalalarning amalga oshirilishi mamlakatimizni siyosiy-iqtisodiy mustaqil davlatga aylantirib, jahon hamjamiyatida oʻz oʻrnini topishi, jahon bozoriga kirib borishi imkonyatlarini beradi. Aynan ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun bugungi kun talablariga javob beradigan, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash taʼlim jarayonining asosiy maqsadlaridan biridir. Mazkur masala uzluksiz majburiy taʼlimning barcha bosqichlarida oʻqitiladigan iqtisodiy taʼlimning maqsadini ham tashkil etadi.
“Amaliy fanlarni” oldiga qoʻygan maqsadlarini amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilanadi.

  • Oʻquvchi yoshlarni kelajak xayotga tayorlash

  • oʻz mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash malakalarini shakllantirish;

  • mamlakatimizda xususiy tadbirkorlik va xususiy mulkchilikka berilayotgan imkoniyatlarni tushuntirish va ulardan oqilona foydalana olish koʻnikmalarini shakllantirish;

  • ijodkorlik madaniyatini yuksaltirish;

  • oʻquvchilar ongiga yakka tadbirkorlik va bozor iqtisodiyoti eng asosiy sababi mustaqillik bergan neʼmat ekanligini singdirib borish;

Bugungi kunda Amaliy fanlar o’qituvchilariga bo’lgan talablar kuchaytirilmoqda:
Oʻz bilimlarini muntazam oshirib borish;

  • Maʼlumotlarni toʻplash;

  • Ularni tahlil qilish;

  • Maʼlumotlarni qayta ishlash va ularni uzatish;

  • Muammolar va kelishmovchiliklarni hal etish;

  • Mustaqil qaror qabul qilish;

  • Ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik qilish;

  • Ilgʻor texnologiyalardan foydalana olish va ularni amaliyotga tatbiq etish;

Shu bilan birga ish oʻrinlaridagi asosiy vazifalar zamonaviy uskunalar zimmasiga yuklanib borar ekan, ijodkorlarning tobora koʻproq qismi moslashuvchanlik va muammolarni hal etishda ijodiy yondashuvni talab etuvchi vazifalar bilan band boʻladilar. Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda uzluksiz taʼlim bitiruvchilari:

Download 29.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling