Amaliy ish 1 Bajardi: Karimov Sh. Tekshirdi: Hamzayev J. Guruh: 215-18 Kio Toshkent 2021 Amaliy ish 1


Download 26.92 Kb.
bet1/5
Sana13.01.2022
Hajmi26.92 Kb.
#331540
  1   2   3   4   5
Bog'liq
215-18-Karimov-Shermuhammad-PVP-A1
5-Mavzu, 5-Mavzu, 312-16-gurux 3-jamoa RVT, bolalar adabiyoti, 2.01-умумий-психология-ФД-2018, 2.01-умумий-психология-ФД-2018, 5-1, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida manaviy-axloqiy tarbiyalash, 200ta g'oyalar toplami, O'zbek mumtoz adabiyoti va tasavvuf, Avstraliya davlatining investitsiya faoliyatini SWOT tahlil tahlili-конвертирован, 26, 4.13, Taqriz, Baratova Ch. Shifoxonada formulyar tizimi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL- XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“” Kafedrasi “Pedagogika va Psixologiya” Fani bo’yicha

AMALIY ISH 1

Bajardi: Karimov Sh.

Tekshirdi: Hamzayev J.

Guruh: 215-18 Kio

Toshkent 2021

Amaliy ish 1.



  1. Mustaqil O’zbekistonda pedagogika fanining tarkib topishi va rivojlanishi qanday davrlarga bo’linadi?

Javob:

Har bir jamiyat kelajagi va insoniyat istiqboli – kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq. Fan va madaniyat rivojlanishi ta’lim-tarbiya ishlarining qay darajada olib borilishidan kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi.

Shuning uchun mustaqillikka erishgandan beri, ta’lim-tarbiya sohasiga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Shu maqsadda qonun tomonidan ta’lim-tarbiya masalalariga alohida o’rin ajratilgan. Misol uchun, o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasining 41 moddasida shunday deyilgan: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. O’quv muassasasi ishlari davlat nazoratidadir”.

Mustaqillikka erishgandan keyingi yillar davomida ta’lim-tarbiya sohasida milliy axloq-odobni qayta tiklash borasida milliy urf-odatlar, turli-tuman an’analarni joy-joyiga qo’yish, milliy qadriyatlarni rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk burilishlar bo’lmoqda.



O’zbekistonda pedagogik tafakkur va ta’lim-tarbiya taraqqiyoti tarixiga nazar
tashlab, shartli ravishda uch davrga bo’lib o’rganish mumkin:

  1. Oktyabr to’ntarishigacha bo’lgan davr (1917 yilgacha)

  2. Sho’rolar tuzumi davri (1917-1991)

  3. Mustaqillik davri (1991 yildan keyin)

1-davrda Zardushtiylik dinining chuqur ildiz otishi va shu dinning muqaddas
kitobi «Avesto» ning Markaziy Osiyo va Eron kabi mamlakatlar o’rtasida yoyilishi,
islom dinini Markaziy Osiyoga kirib kelishi, tarqalishi va aholini bu dinni qabul
qilish bilan boshlanadi. Biror dinga nisbatan e’tiqodni keng xalq ommasiga majburan singdirish qiyin. Targ’ib qilinayotgan din xalq ruxiga mos tushsa, uning o’tmishdagi e’tiqodi, qadriyati va odob-ahloq, tarbiya an’analariga mos bo’lsagina qabul qilinishi mumkin. Bu fikrimiz islom dinining Avestoda o’z ifodasini topgan g’oyalariga yaqinligi, har tomonlama mukammalligi xalqparvarligi, insonparvarligi bilan izohlanadi.

2-Sho’rolar tuzumi davri. Bu yaqin o’tmishdagi sho’rolar mustamlakachik davri hisoblanadi. Bu davrda majburiy tarzda, qatag’onlar ko’rinishida sho’rolar xalqqa o’zining chirigan mafkurasini kiritishga harakat qilgan. Ko’p ziyolilar bunga qarshi kurashishgan. Bunda ular alohida maktablar ochib, yoshlarning savodini chiqarishga harakat qilishgan. Albatta ushbu fidoyi ajdodlarimizga qarshi juda ko’p ta’zyiqlar bo’lgan.

3-O’zbekiston Mustaqillikka erishgandan so’nggi davrdagi fan, madaniyat,
ta’lim-tarbiya.
Bu albatta hozirgi tinch, mussaffo osmon ostidagi hayot demakdir.


  1. Download 26.92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling