Amaliy mashg‘ulot № zagotovkalarni bazalash variantlarini o‘lchamli taxlili 1-qism


Download 72.37 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi72.37 Kb.
#1638762
Bog'liq
6-AMALIY MASH

AMALIY MASHG‘ULOT № 6.

ZAGOTOVKALARNI BAZALASH VARIANTLARINI O‘LCHAMLI TAXLILI 1-qism




Ishdan maqsad: Zagotovkalarni bazalash variantlarini o‘lchamli taxlili qilish.
ISHNI BAJARISH UCHUN KERAKLI BO‘LGAN MA’LUMOTLAR
Har qanday qattiq jismning oltita erkinlik darajasi mavjud: uchta o‘q buyicha siljishi va shu o‘qlar atrofida aylanishi. O‘z navbatida hamma erkinlik darajasini yo‘qotish uchun detal yuzalarida oltita kontakt nuqta mavjud bo‘lishi kerak.
Ko‘pgina mashina detallari oddiy yuzalar bilan chegaralanib qolgan. Tekis, silindrik, konussimon va sharsimon ko‘rinishda. Bularni bazalashda uchta asosiy umumlashgan shakllar mavjud:
1. Prizmatik detallarni bazalash;
2. Uzun silindrik detallarni bazalash;
3. Kalta silindrik detallarni bazalash.
6.1-rasmda moslamada va uchta o‘zaro bir-biriga perpendikulyar tekisliklar tizimida prizmatik detallning holati tasvirlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, uchta no‘qta tayanch vazifasini bajaryapti. Detalni holatini XOY tekislikka nisbatan aniqlab turuvchi nuqtalar uni uchta erkinlik darajasini yo‘qotadi. Ikkita tayanch nuqta detalni ZOY tekislikka nisbatan holatini aniqlaydi va ikkita erkinlik darajasini yo‘qotadi. Oltinchi tayanch nuqta X0Z tekislikka nisbatan detalni holatini aniqlab oxirgi erkinlik darajasini yo‘qotadi.
Uchta tayanch no‘qtasiga ega bo‘lgan detal yuzasi asosiy o‘rnatish yuzasi deb ataladi; ikkita no‘qtali yon yuza yunaltiruvchi yuza; bitta tayanch no‘qtali toretsli yuza tayanch yuza.
6.2-rasmda uzun silindrik detalni uchta o‘zaro perpendikulyar tekisliklar tizimida va prizmali moslamada joylashish shakli ko‘rsatilgan. Bu shaklda beshta tayanch nuqtalar detalni beshta erkinlik darajasidan mahrum qiladi: bular OX, OZ, OY o‘qlar yunalishda yurish va OX, OZ o‘qlari, atrofida aylanishidir. Oltinchi erkinlik darajasi ya’ni o‘z o‘qi atrofida aylanishi pona ariqchasidagi tayanch nuqtasi orqali yo‘qotiladi.
Yo‘naltiruvchi va tayanch yuzalarini belgilab oling GOST 31107-73 bo‘yicha bazalash elementlarini shartli belgilarini qo‘llangan holda valni markazlarda o‘rnatish texnologik eskizini bajaring.



6.1-rasm. To‘g‘ri burchakli shakldagi detalni a) fazoda va
b) moslamadagi holati


6.2-rasm. Uzun silindrik detalni a) fazoda va b) prizmadagi holati
Xisobot mazmuni.

  1. Ishni nomi.

  2. Ishdan maqsad.

Texnologik jarayon operatsiyalarini texnik me’yorlashni taxlil qilish.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.

Download 72.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling