Amaliy mashg’ulot №17 Zoologiya, fanining ikkinchi qismi bo’yicha darslarni tahlil qilish darslarni kuzatish Reja: Zoologiya darslarida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun asos bo’ladigan tushunchalar 2
Download 0.64 Mb.
|
Amaliy mashg’ulot №17 Zoologiya, fanining ikkinchi qismi bo’yicha darslarni tahlil qilish darslarni kuzatish Reja: 1.Zoologiya darslarida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun asos bo’ladigan tushunchalar 2.Zoologiyani o’qitishda o’quvchilarni kasbga yo’naltirish 3.Zoologiya darslarida beriladigan asosiy biologik tushunchalar 4.Ekologik tushunchalar. Zoologiya kursida hayvonlar atrof – muhit bilan birga o’rganilishiZoologiya (zoo... va ...logiya) — hayvonlar toʻgʻrisidagi fan, biologiyannt bir sohasi. 3. hayvonot olamining xilma-xilligi va tarixiy taraqqiyotini, hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, rivojlanishi, shuningdek, ularning yashash muhiti bilan munosabatlarini oʻrganadi. 3. keng tarmoqli kompleks fan boʻlib, bir qancha mustaqil fanlarni oʻz ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, ularning oʻzaro oʻxshashligi yoki bir-biridan farq qiluvchi belgilari asosida hayvonlarni sistemaga solish bilan shugʻullanadi. Hayvonlarning tashqi tuzilishini morfologiya, ichki tuzilishini anatomiya oʻrganadi. Solishtirma va evolyusion morfologiya turli sistematik guruxlarga mansub boʻlgan hayvonlarning tuzilishi va tarixiy rivojlanishini, embriologiya embrional rivojlanishini, etologiya xulq-atvorini tekshiradi. Fi-logenetika hayvonot dunyosining tarixiy taraqqiyotini, paleozoologiya qad. geologik davrda yashab qirilib ketgan hayvonlarni, ekologiya hayvonlarning tashqi muhit bilan va oʻzaro munosabatlarini, fiziologiya hayvonlar organizmi funksiyasini, biokimyo hayvonlar organiz-mining kimyoviy tarkibini oʻrganadiOrganik dunyo evolyusiyasi haqidagi materialistik taʼlimot asoschisi Ch. Darvin Z.ning rivojlanishiga ham be-vosita oʻz hissasini qoʻshgan, uning "Bigl" kemasida sayohatlari toʻgʻrisidagi "Izlanishlar kundaligi" (1839) asarida Jan. Amerika va unga yaqin orollardagi kemiruvchilar, qushlar, kaltakesaklar, toshbaqalar va b. hay-vonlar toʻgʻrisida ilk bor maʼlumot beriladi. Ayniqsa, uning boshchiligida tayyorlangan "Zoologiya" asari, "Moʻylovoyokli qisqichbaqasimonlar" monografiyasi (1851—54) katta ahamiyatga ega boʻldi. Z.da evolyusion gʻoyalar faqat Ch. Darvinning "Tabiiy tanlanish yoʻli bilan turlarning paydo boʻli-shi" asari nashr etilgandan soʻng toʻla-toʻkis oʻz asosini topdi. Olimning taʼ-limoti Z.ga qiziqishni yanada kuchay-tirib, bir qancha mamlakatlarda 3. jamiyatlari tashkil etildi. 1889-yildan boshlab zoologlarning xalqaro sʼyezdi, entomologlar va ornitologlarning xa-lqaro kongresslari chaqirila boshlandi. Dengiz, okean va quruqlik hay-vonlarini oʻrganish maqsadida juda koʻplab ekspeditsiyalar tashkil etiladi. 20-asrning 2-yarmidan boshlab sistematika sohasidagi tadqiqotlarda anʼ-anaviy usullar bilan bir qatorda tobo-ra koʻproq biokimyoviy, serologik, ka-riologik, molekulyar va genetik usullar keng tadbiq qilina boshladi. Bu borada DNK molekulasi strukturasining aniklanishi (A. N. Belozerskiy), tuproq hosil boʻlishida hayvonlar ahamiyatining koʻrsatib berilishi (Gilyarov), zararkunanda hasharotlarga qar-shi kurashning genetik usuliga asos solinishi (A. S Serebrovskiy) katta ahamiyatga ega boʻldi.Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling