Amaliy mashg’ulot 2 mavzu: 1-2- tip arifmetik masalalar va ular ustida ishlash metodikasi


Download 249.53 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.10.2020
Hajmi249.53 Kb.
#135632
Bog'liq
2-amaliy mashgulot TAM


Amaliy mashg’ulot 2 

 

MAVZU: 1-2- tip arifmetik masalalar va ular ustida ishlash metodikasi. 

 

REJA: 

 

1.    1-  tip    arifmetik  masalalarning    nomi  va  uning  xususiyatlari.  Ularni 



yechishga o’rgatish. 

2.  2-  tip    arifmetik  masalalarning    nomi  va  uning  xususiyatlari.  Ularni 

yechishga o’rgatish 

3. Masalani to’g’ri tahlil qilish va yechim yo’llarini izlash 



1-  tip    arifmetik  masalalarning    nomi  va  uning  xususiyatlari.  Ularni 

yechishga o’rgatish. 

 

Kishilar hayotida, turmushda “o`rta”, “o`rtacha” kabi atamalarni tez-



tez  uchratish  mumkin  masalan,  “sinfdagi  o`quvchilarning  o`rtacha  yoshi”, 

“bolalarning  to`plagan  o`rtacha  ballari”,  “xarid  qilingan  narsalarga  sarflangan 

mablag`ning  o`rtacha  miqdori”,  “sinf  o`quvchilari  bo`ylarining  o`rtachasi”, 

“o`rtacha  harorat”,  “o`rtacha  tezlik”  va  hokazo  shunga  o`xshash  so`z  birikmalari 

fikrimizning dalili bo`la oladi. O`rta arifmetik qiymat tushunchasini sharhlaylik. 

 

Ta`rif: bir necha son(ikki va undan ortiq)  ning o`rta arifmetik qiymati deb, 

shu sonlar yig`indisining sonlar soniga  bo`linmasiga aytiladi. 

1-topshiriq. 6,4,2 sonlarini qo`sh. Ularning yig`indisini 3 ga bo`l. Qanday son hosil 

bo`ladi?  

 

2-topshiriq. 10 va 8 sonlari yig`indisini 2 ga bo`l. 



 

3-topshiriq.  4  sonidan  boshlab,  2  tadan  oshib  boruvchi  4  ta  sonlar 

yig`indisini top. Yig`indini 4 ga bo`l. Qanday son hosil bo`ladi? 

 

Oxirgi  topshiriqni  2-sinf  oxirgi  chorak,  3-sinf  boshida  berish  mumkin.  Bu 



topshiriq  quyidagi  masala-topshiriqqa  adekvatdir:  “to`rt  sonidan  boshlanib,  2  ta 

ortib boruvchi 4 ta sonning o`rta arifmetigi nechaga teng? ” 

 

Albatta  yuqorida  keltirilgan  3-topshiriqni  bajarish  jarayonida  o`quvchi 



quyidagi  bilim,  ko`nikma  va  malakalarga  tayanadi:  a)  Natural  sonlar  qatoridan  4 

dan  boshlab,  2  tadan  ortib  boruvchi  sonlarni  (4  ta  sonni)  ajratib,  yoza 

olish(4,6,8,10,); 

b) yozilgan 4 ta son  (4,6,8,10,) larning yig`indisini toping (4+6+8+10=28)  

v) chiqqan natijani 4 ga bo`lish (28:4=7). Hosil bo`lgan natija (7 ni) ko`rsata bilish. 

 

4-topshiriq.  Daricha  o`rniga  shunday  sonni  tanlab  qo`yingki,  tenglik  to`g`ri 



bo`lsin:                (10+  ) :2=8 

 

Ushbu  topshiriq  ikki  son  yig`indisi  o`rta  arifmetik  qiymati    va  ma`lum  1-



qo`shiluvchiga  ko`ra,  ikkinchi  qo`shiluvchini  topishga  doir  masala  modelini 

ifodalaydi.  Ushbu  modelga  mos  keluvchi  bir  nechta  matnli  masalalarni  tuzish 

mumkin. Masalan:  

 

a)  10  ta  chiziqli  va  bir  necha  katakli  daftarlar  2  guruhga  8  tadan  qilib 



tarqatildi. Nechta katakli daftar tarqatilgan.? 

 

b) Dasturxondagi 2 ta likopchaning har birida olma va nokdan iborat 8 tadan 



meva bor. Bu mevalarning 10 tasi olma bo`lsa, nechtasi nok? 

 

v) Ko`chat o`tqazishga chiqqan maktab o`quvchilari teng ikkiga bo`lindi. Har 



bir guruhda 8 o`quvchi  ko`chat o`tqazishdi. Maktab o`quvchilarining 10 tasi o`g`il 

bola, qolgani qizlar. Nechta qiz bola ko`chat o`tqazgan.? 



 

g)  Aka-ukalar  bekinmachoq  o`ynayotgan  edi.  Akasi  10  yoshda.  Ularning 

o`rtasi 8 yosh bo`lsa, ukasi necha yoshda? 

TOPSHIRIQ:  Boshlang’ich  sinf  darsliklaridan  mazkur  tipga  oid  masalalar  toping 

va ularni yeching. Adabiyotlarni nomini to’liq 

 keltiring. 

2. Ikki (yoki bir necha) sonni ularning yig`indisi va ayirmasiga ko`ra topishga doir 

masalalar) (2-tip) 

 

Bunday  ko`rinishdagi  masalalarning  xususiy  holi:    ikki  sonning  yig`indisi  va 



ayirmasiga  ko`ra  shu  sonlarni  topishga  doir  masalalari  boshlang`ich  sinf 

matematika darsligida uchraydi. 

Masala:Ona,  opa-singillarning    har  biridan  20  kg  dan  ortiq  paxta  terdi.  Ona  va 

qizlar  birgalikda  140  kg  paxta  terishgan  bo`lsa,  opa-singillar  har  biri  necha 

kilogrammdan paxta terishgan? 

       Ushbu  masala  muhokamasini  o`tkazish  uchun  masalaning  grafik    modeli 

muhim ahamiyat kasb etadi.Ona opa-singillarning har biridan 20 kgdan ortiq paxta  

 

tergani  sababli,  opa-singillar  bir  xil  miqdorda  paxta  terganliklarini  bilib  olish 



mumkin.  Shu  bois,  ular  tergan  paxtani  bir  xil  o`lchamdagi  kesmalarda  ifodalash 

o`rinli.  Ona  ularning  har  biridan  20  kg  ortiq  paxta  tergani  uchun,  chiziladigan  3-

kesma  1  va  2-kesmalardan  uzunroq  bo`ladi.  Ular  birgalikda140  kg  paxta 

terganliklarini  bildiruvchi  yozuv  shartida  o`z  muhokamani  davom  ettiramiz.  Ona 

Она 

Опа 


Сингил 

20 kg 


140 kg 

opa-singillar terganidek paxta terganida, jami terilgan paxta 20kg kamayar edi va 

ularning uchchalasi bir xil miqdorda paxta tergan bo`lar edi.Demak 140 kgdan 20 

ni ayirib,3 ga bo`lsak, har bir opa-singil tergan paxta kelib chiqadi. 

          Yechish:1)  140-20=120 (kg) 

                        2)120:3=40 (kg)       

Javob: Opa singillarning har biri 40 kgdan paxta   terishgan. 



        Quyidagi masalalarni tahlil qilib yeching. 

1-masala.    Nodir  va  Akmal  birga  18ta  gul  rasmini  chizishdi.  Nodir  chizgan  gullar 

Akmal chizgan gullardan 4 ta ko`p. Nodir nechta gul rasmini chizdi? Akmal-chi? 

 

2-masala.  2-“A”  va  2-“V”  sinflarida  82  ta  o`quvchi  o`qiydi.  2”A”sinfdagi 



o`quvchilar  soni  2”V”ga  qaraganda  2ta  kam.  Har  qaysi  sinfda  nechta  o`quvchi 

o`qiydi?. 

 

3-masala.  Salima  va  Nafisa  birgalikda  o`qigan  ertaklari  soni  23ta.  Salima 



Nafisaga qaraganda 3ta ko`p ertak o`qidi. Nafisa nechta ertak o`qigan? 

 

4-masala.  Ikki  jo`yakdan  98kg  sabzi  olindi.  Birinchi  jo`yakdan  ikkinchisiga 



qaraganga 10kg kam sabzi olindi. Har bir jo`yakdan necha kgdan sabzi olingan? 

 

5-masala.  Daraxtning  ikki  shoxida  14  ta  chumchuq  qo`ngan.  Birinchi 



shoxdagi  chumchuqlar  ikkinchi  shoxdagiga  qaraganda  2  ta  ortiq.  Har  bir  shoxda 

nechtadan chumchuq qo`ngan? 

 

6-masala. Uch dugona olma terishdi. Nodira va Raima tergan  olmalar soni 



bir xil. Salima Nodiradan 12ta ko`p olma terdi. Raima nechta olma terdi? 

 

7-masala. Dam olish kuni paxta yig`im-terimiga maktabning 9-A, B, V sinflari 



yordam berishdi. Ular birgalikda 3 t 450 kg paxta terishdi. 9-A  sinf o`quvchilari 9-b 

sinf o`quvchilaridan 210 kg ortiq, 9-V sinf o`quvchilari 9-b sinf o`quvchilaridan 330 



kg  ko`p  paxta  terishdi.  Har  bir  sinf  o`quvchilari  necha  kilogrammdan  paxta 

terishgan? 



TOPSHIRIQ:  Boshlang’ich sinf darsliklaridan mazkur  tipga oid masalalar toping 

va ularni yeching. Adabiyotlarni nomini to’liq keltiring. 

 

 



Download 249.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling