Amaliy mashg'ulot 2


Download 143.53 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi143.53 Kb.
#142321
Bog'liq
1- kurs 110 bMamatova Shodiya amaliy mashg'ulot -2


AMALIY MASHG'ULOT - 2

1. Qovurgʻa — umurtqa pogʻonasi bilan birikkan, yoysimon qayrilgan juft suyaklar.

Sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar va odamda toʻsh suyagi bilan birlashib, koʻkrak qafasini tashkil etadi.

Q.larga muskullar birikkan boʻlib, u nafas olish va chiqarishda qoʻkrak qafasining kengayib-torayib turishiga imkon beradi.

Odamda XII juft Q. bor. Har qaysi Q. ikki qismdan, yaʼni orqa qismi suyak va oldingi qismi togʻaydan tuzilgan.

Q.ning orqa qismi boylamlar yordamida koʻkrak umurtqalariga tutashadi. Suyak qismi uzun, kambar, yoysimon qayrilgan plastinkaga oʻxshash.

[—VII juft Q. (chin qovurgʻalar) togʻay qismi orqali bevosita toʻsh suyagiga birikadi. VIII—IX—X juft Q.ning (soxta Q.)

oldingi qismlari bevosita toʻsh suyagiga yopishmasdan, oʻzidan yuqorida joylashgan VII qovurgʻaning togʻayiga tutashadi.

Qolgan XI—XII juft q. togʻaylari hech qayerga birikmay, qorin muskullari orasida erkin joylashgan, shu sababli u juda harakatchandir; ularni yetim Q.lar deyiladi.

Q.larning oldingi, orqa uchlari va bularning oraliq qismi, tanasi bor. Koʻpchilik Q. ichki yuzasining pastki chekkasiga yaqin joyida,

Q. egatchasi boʻlib, unda qon tomirlar va nerv tolalari joylashadi.

Q.larning shakli va uzunligi koʻkrak qafasining tuzilishiga va shakliga bogʻliq; ularning uzunligi 1-Q.dan 7-Q.gacha ortib borib, 8-Q.dan oxirgi 12-Q. gacha qisqarib kamayadi

2. Q ovurg'alarning umurtqa va t o ‘sh suyagi bilan birlashuvi

Qovurg'alar ko'krak umurtqalari bilan ikkita bo'g'im: qovurg'a boshi va

qovuig'a ko'ndalang o'simta bo'g'imini hosil qilib birikadi.

Qovurg'a boshi bo'g'imi

(articulatio capitis costae)

ikkita qo'shni

ko'krak umurtqalarining qovuig'a yariin chuqurchalari va qovurg'a boshining

bo'gcim yuzasi o'rtasida bo'ladi. Il-X qovurg'alarda bo'g'im ichida qovuig'a

boshchasi qirrasidan boshlanib, umurtqalararo diskka birikuvehi bo'g'im

ichi qovurg'a boshi boylami

(lig, capitis costae interarticulare)

bo'ladi


I, XI, XII qovuig'alaming boshida qirrasi bo'lmagani uchun ularda bunday

boylam yo'q. Bo'g'im xaltasi qovuig'a boshining oldingi yuzasidan boshlanib,

shu’la kabi tarqalib umurtqalar tanasiga va umurtqalararo diskka birikuvehi

qovurg'a boshining shu’lasimon boylami

(lig. capitis costae radiatum)

bilan mustahkamlanadi.

Qovurg'a-ko'ndalang o'simta bo'g'imi

(articulatio costotransversaria)

qovurg'a do'mbog'i bo'g'im yuzasi va ko'ndalang o'simtaning qovurg'a

chuqurchasi o'rtasida hosil bo'ladi. Bu bo'g'imning xaltasi yupqa bo'lib, uni

qovurg'a-ko'ndalang o'sim ta boylami

(lig . costotran sversariu m )

mustahkamlab turadi. Bu boylam tutamlari

lig. costotransversarium superior

va

lig. costotransversarium laterale



ga bo'linadi. XI, XII qovurg'alarda bu

bo'g'im bo'lmaydi.

Qovurg'alar to'sh suyagiga bo'g'im va sinxondrozlar hosil qilib birikadi. 1

qovurg'a tog'ayi to'sh suyagi bilan sinxondroz hosil qilib biriksa, II—VII

qovuig'a tog'aylari to'sh suyagi bilan to'sh-qovuig'a bo'g'imi

(articulatio

steraocostalis)

ni hosil qiladi. Bu bo'g'imni hosil qilishda qovurg'alar tog'ayining

oldingi uchi to'shning qovuig'a o'ymalari bilan birlashadi. To'sh-qovurg'a

bo'g'imida bo'g'im xaltasi bo'lmaydi, uning vazifasini to'sh suyagiga o'tuvchi

qovurg'a tog'ayini qoplagan tog'ay usti parda bajaradi. Bo'g'im ichida

lig.


sternocostale intraarticulare

bor. Bo'g'imning oldingi va orqa yuzalarini

shu’lasimon to'sh-qovuig'a boylami

(lig. stemocostalia radiata)

mustahkamlab

turadi. Bu boylamlar old tomondan to'shning suyak pardasi bilan birikib

ketib, zich to'sh pardasini

(membrana sterni)

hosil qiladi. VIII, IX, X

qovuig'a tog'aylari to'sh suyagiga birikmaydi. Ulaming tog'aylari bir-biriga chetlari

bilan yondashib tog'aylararo bo'g'imlar

(articulationes interchondrales)

hosil

qiladi. VIII qovuig'a tog'ayi esa VII qovuig'a tog'ayiga birikadi.



Ko'krak qafasi

3. Umurtqa pog‘onasi bir-birining ustida joylashgan 33-34 ta umurtqalar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib, u o‘tirishimizga, turli tomonga egilishimizga hamda boshimizni aylantirishga imkon beradi.

Umurtqa pog‘onalari o‘rtasida egiluvchan tog‘aylar – umurtqalararo disk joylashgan bo‘lib,

ular tizza, son va boshqa bo‘g‘imlardan kelayotgan zarbani yumshatadi. Bu o‘ziga xos “xavfsizlik yostiqchalari” bo‘lib, zarba vaqtida shikastlanishdan asraydi.

Qorin va ko‘krak sohasidagi deyarli barcha mushaklar umurtqa bilan tutashgan.

Makonda harakatlanishga hamda og‘irlikni ko‘tarishga yordam beradigan ustki mushaklardan tashqari ichki mushaklar ham mavjud bo‘lib,

u ichki a’zolarimizni ushlab turadi, og‘irlik kuchiga qarshilik ko‘rsatishga va vertikal holatda turishga yordam beradi.

Mazkur tizimlarning hammasi boshqalardan farqli o‘laroq chidamli va juda katta yukni ko‘tarishga qodir.

Mana, masalan, bel sohasidagi umurtqalararo disk 420 kg yukni ko‘tarishga qodir!

Boshqacha aytganda, sog‘lom odam yengil avtomobilni ko‘tarib, boshqa joyga o‘tkazib qo‘yishi mumkin.

Lekin shulardan bittasi safdan chiqsa bormi, tamom, muammo boshlandi deyavering.

4. Ko'krak qafasi - bu ichki a'zolarni shikastlanish, qichishish yoki jarohatlardan himoya qilish uchun yaratilgan tabiiy ichki karapas.

Yurak, o'pka, o'pka arteriyalari va tomirlari, timus, bronxlar, qizilo'ngach va jigar ko'krak qafasida yashiringan.

Unga nafas olish mushaklari va yuqori ekstremitalarning mushaklari biriktirilgan.

Inson ko'kragining tuzilishi

Ko'krak shakli:ko'krak shakli

Orqa tomondan torakal umurtqa pog'onasi va old tomondan sternumga bog'langan 12 juft kavisli qovurg'alar.

Sternum uzaygan shaklga ega, ochilmagan suyakdir. Bu old yuzadagi dumg'aza va orqa tarafdagi tortishish bilan tavsiflanadi.

U uchta qismni o'z ichiga oladi: dastani, tanasi va kipoid jarayoni.

Muskullar

Ko'krak qafasi moslashuvchanlikka ega, ya'ni nafas olish paytida u kengayadi va qisqaradi.

Ko'krak qafasi turlari

Ko'krak qafasi hajmi va shakli o'zgaruvchan bo'lib, mushaklar va o'pkaning rivojlanish darajasiga qarab o'zgarishi mumkin.

Va ikkinchisining rivojlanish darajasi insonning hayoti, faoliyati va kasbi bilan chambarchas bog'liq. Ko'krak qafasi shakli odatda uchta turga ega:

bolalarda ko'krak shakllari

tekis;


silindrsimon;

konussimon;

5. Yelka, kift — qoʻlning boshlanish qismi; uning asosini yelka skeleti tashkil etadi.

U tashqi tomondan qoʻlning erkin (osilib turgan) qismiga oʻtsa, ichki tomondan umurtqa pogʻonasiga taqaladi.

Yelka kamari suyaklari (kurak suyagining yelka oʻsigʻi bilan oʻmrov suyagi) boylamlar bilan oʻzaro birlashib muskullar, teri osti yogʻ qavati, teri bilan qoplangan.

Ye. muskullari oldindagi — bo'quvchi va orqadagi yozuvchi muskullardan tuzilgan. Ye. qoʻltiq va yelka arteriyasidan qon oladi.

Terisiga yelka chigalidan, bo'quvchi muskullarga muskul-teri nervidan, yozuvchi muskullarga bilak nervidan tolalar keladi.

Yelkaning shakllanishi, keng yoki tor boʻlishi uni qoplab turgan deltasimon muskul qolatiga bogʻliq. Jismoniy mehnat, sport bilan shugʻullangan odamlarda kift rivojlangan, keng , zabardast boʻladi. Ayollar yelkasi bir oz noziqroq tuzilgan.

Qo’l panjasida yo’g’on va qisqa bosh barmoq (pollex), ko’rsatkich barmoq

(index), eng uzun o’rta barmoq (digitus medius), nomsiz barmoq (digitus

annularis) va jimjiloq (digitus minimus) tafovut qilinadi.

Barmoq falangalari

(phalanges digitorum) qisqa naysimon suyakdan iborat. II-V barmoqlarda uchta

falanga: proksimal (phalanx proximalis), o’rta (phalanx media) va distal

(phalanx distalis) bor. Bosh barmoqda esa ikki: proksimal va distal falangalar bor.

Har bir falangada asosi (basis phalangis), tanasi (corpus phalangis) va boshi

(caput phalangis) tafovut qilinadi. Proksimal falangalarning asosida kaft suyaklari

bilan bo’g’im hosil qiluvchi chuqurcha bo’lsa, o’rta va distal falangalarda bo’g’im

yuzasi bor. Distal falangalarning uchlari yassilashib g’adir-budirlik (tuberositas

phalangis distalis) hosil qiladi.

Barmoq falangalari diafizida suyak nuqtasi homila hayotining 2 oyida distal,

3 oyning boshida proksimal, 3 oyning oxirida o’rta falangalarda paydo bo’ladi.

Epifizar suyak nuqtalari 2-3 yoshda barmoq falangalari asosida paydo bo’ladi.

Qarama-qarshi tomondagi tog’ay epifizlar suyak tanadan suyaklanish jarayonini

tarqalishi hisobiga suyaklanadi. Epifizlar tanasi bilan 18-20 yoshlarda

qo’shilib

ketadi.

5. Rentgenoanatomiyasi. Qo’l kafti suyaklari o’ziga xos rengenoanatomik

ko’rinish beradi. Kaft usti suyaklaridan (21-rasm) trapetsiya shaklidagi va

trapetsiyasimon suyaklarning soyasi bir-biriga qavatlanib noto’g’ri shakldagi

soyani hosil qiladi. No’xotsimon suyak soyasi uch qirrali suyak soyasiga

qavatlanadi, goho u bilan butunlay qo’shilib ketadi. Kaft va barmoq falangalari

suyaklari diafizida zich modda va suyak iligi kanali bilinadi. Suyak boshchasi

yupqa zich modda qatlami bilan qoplangan. Suyak asosining bo’g’im

chuqurchasida zich modda nisbatan qalin. Tirnoq falangasini distal uchida g’adir-

budir chekkali taqasimon tirnoq g’adir-budirligi bor. Kaft suyaklarining

suyaklanish nuqtalari ancha barvaqt paydo bo’ladi. II-IV kaft suyaklari diafizida

suyak nuqta homila hayotining 9-10 haftasida, I kaft suyagida esa 10-11 haftada

paydo bo’ladi. Epifizar suyak nuqtalari bola hayotining 3 yilida I kaft suyagi

asosida, II-V kaft suyaklarida esa boshchasida paydo bo’ladi. Suyaklarning

qarama-qarshi tomondagi tog’ay epifizlari suyak tanasidan suyaklanish

jarayonining tarqalishi hisobiga suyaklanadi. Kaft suyaklarini epifizlari tanasi bilan



16-20 yoshlarda qo’shiladi.




Download 143.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling